3.GLOSSARIY
Adyunksiya – yadro gap tarkibiga boshqa elementlarni qo‘shish, kiritish.
Aksidensiya – sezgi organlari yordamida his qilish mumkin bo‘lgan belgilar, obraz.
Algoritm – biror masalani yechish qoidalari yoki amallari majmui.
Analiz – obyektni mustaqil o‘rganish maqsadida uzvlarga, qismlarga ajratish.
Germenevtika – matnni tushunish, talqin qilish san’ati, uni talqin qilish prinsiplari haqidagi ta’limot.
Glottoxronologik metod – lingvistika vositalari ko‘magida tilning kelib chiqishi va tarixiy taraqqiyot bosqichini belgilash metodi.
Gnoseologiya – umumiy bilish nazariyasi, bilish haqidagi ta’limot.
Darajali (gradual) zidlanish – bir belgining turli darajasini ko‘rsatuvchi zidlanish.
Deduksiya – bilishning umumiydan xususiyga, mavhumlikdan konkretlikka qarab borishi orqali amalga oshishi.
Dialektik metod – tabiat, jamiat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini e’tiborga oluvchi metod.
Ideallashtirish – sof fikriy narsa-predmetlarni yaratish.
Kvantitativ metod – dunyo tillarini muayyan belgi asosida qiyoslash, shu belgi asosida ularni guruhlarga, tiplarga birlashtirishda ishlatiladigan metod.
Kontrastiv tilshunoslik – qiyosiy tilshunoslik.
Mavhumlashtirish – ilmiy bilish jarayonida narsa-predmetlarni bir qator xossalari va munosabatlaridan uzish.
Metod – muayyan fan sohasida qo‘llanadigan vosita va usullar tizimi.
Metodologiya – metod haqidagi umumiy nazariya, metodlar sistemasi haqidagi ta’limot.
Metafizik metod – obyektni ajralgan holda, o‘zaro munosabatlardan tashqarida o‘rganuvchi metod
Nazariya – borliqdagai qonuniy aloqalar borasida yaxlit tasavvur beruvchi ilmiy bilim shakli.
Ontologiya – borliq to‘g‘risidagi umumiy ta’limot.
Operand – yadro gap, ya’ni tranformatsiya uchun asos bo‘lgan gap.
Privativ zidlanish – zidlanuvchi a’zolardan birida zidlanish uchun asos bo‘lgan belgining mavjudligi, ikkinchisida esa yo‘qligiga asoslangan zidlanish.
Propozitsiya – semantik tushuncha tarzida inson ongida aks etgan borliqdagi predmet va hodisalar o‘rtasidagi munosabat, borliqning muayyan vaziyati.
Sinergetika – organik va noorganik dunyoda yuz beradigan o‘z-o‘zidan tashkil etilish prinsipining matematik modellarini yaratuvchi umumiy fan.
Sintez – bo‘lakni butunga, turni jinsga birlashtirish, yiriklashtirish.
Substitutsiya - yadro gap tarkibidagi bir elementni o‘zaro munosabatdagi boshqa element bilan almashtirish.
Tavsifiy metod – obyektni bevosita sezgi a’zolari ma’lumotlariga asoslanib o‘rganish metodi.
Tavsifiy tilshunoslik - empirik (kuzatish, tajriba, qiyoslash) metodiga asoslangan tilshunoslik.
Tamoyil (prinsip) – obyektiv borliqning muhim belgilarini aks ettiruvchi, uni bilish usulini ifodalovchi nazariy tushuncha.
Teng qimmatli (ekvipolenet) zidlanish – zidlanuvchi a’zolarning har ikkisi mantiqan teng bo‘lgan – belgining ikki darajasini ham, bor yoki yo‘qligini ham bildirmaydigan zidlanish.
Transform//transformand – hosila gap.
Transformatsiya operatori – yadro gap (operand)dan hosila gap (transformand)ni hosil qiluvchi vosita.
Hukm – borliqdagi narsa-predmet, hodisa, jarayon, ularning xususiyati, munosabatlarini aks ettiruvchi tafakkur shakli.
Ellipsis – yadro gap tarkibidagi ba’zi elementlarni chiqarish.
Epistemologiya – ilmiy bilish haqidagi ta’limot.
Yadro gap – tranformatsiya uchun asos bo‘lgan gap, ya’ni operand.
Ekstralingvistika - tildan tashqarida, ammo bevosita til bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlarni o‘rganadi.
Sotsiolingvistika -tilning tabiati va ijtimoiy vazifasi, ijtimoiy taraqqiyot sharoitlarini o‘rganadi.
Metalingvistika - tilning tafakkur bilan, gapning fikr bilan o‘zaro bog‘liqligi, farqli tomonlari, tilning mazmun tomoni, nutq faoliyati, til birliklarining matn va sharoit bilan aloqasini o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |