4.Matematik tahlil usuli. Statistik usulning lingvistik tadqiqotlardagi ahamiyati barchaga ma’lum. Uning yordamida lisoniy birliklarning qo‘llanish koeffitsienti, ya’ni nutqiy (yozma va og‘zaki) faollik darajasi aniqlanadi. Statistik tahlil natijalaridan amaliy maqsadlarda, masalan, yozma yodgorliklar sirlarini ochishda, kriminalistikada (noma’lum muallifni aniqlashda), lug‘atlar tuzishda, stilistik tahlilda va boshqa sohalarda foydalaniladi. Statistik tahlil, so‘z shakllari va gaplar qurilishining‘ analitik qoliplarini tuzish bir tildan ikkinchi tilga mashina (avtomatli) tarjimaning matematik asosini yaratish imkonini beradi. Hozirgi kuida turli xil tarjima avtomatlari paydo bo‘lgan va har bir shaxs ulardan foydalanish imkoniga ega. Ammo bu turdag‘i mashinalarning‘ qobiliyati anchag‘ina cheklanganligini ham unutmaslik lozim, ularning‘ “tishi” faqatg‘ina sodda, unchalik murakkab bo‘lmag‘an matnlarga “o‘tadi”. Faqatg‘ina avtomatik lug‘atlarning (masalan Yaponiyada keng ko‘lamdagi qo‘llanishda bo‘lgan ierogliflar lug‘ati) imkon darajasi anchagina keng. Ammo bu turdagi mashinalarning qobiliyati anchagina cheklanganligini ham unutmaslik lozim, ularning‘ “tishi” faqatgina sodda, unchalik murakkab bo‘lmagan matnlarga “o‘tadi”. Faqatgina avtomatik lug‘atlarning (masalan Yaponiyada keng ko‘lamdagi qo‘llanishda bo‘lgan ierogliflar lug‘ati) imkon darajasi anchagina keng.
Matematik metodlarni (ba’zan ularni “aniq” yoki “jiddiy” metodlar deb ham atashadi) tilshunoslikka tadbiq etish tarafdorlari til tizimida tovush, so‘z, morfema kabi qiymatlar (kattaliklar) mavjud va ularni miqdoran tahlil qilish mumkin, deb hisoblaydilar. Biroq ushbu qiymatlarning o‘zaro nisbati matematik xususiyatga ega bo‘lmasa kerak va shu sababli bu nisbatni matematik ishoralar vositasida ifodalash qiyin masala. Masalan, “notinchlikda” so‘z formasini morfemalar yig‘indisidan (no+tin+ch+lik+da=notinchlikda) iborat deb hisoblasak, morfemalarni ramziy belgilar bilan almashtirish mumkin: no-(prefiks) - p; tin - (o‘zak) - o‘; -ch -(suffiks) - s; lik - (suffiks) - s; -da - (flektiv qo‘shimcha) - f; uida quyidag‘i teng‘lama hosil bo‘ladi: p+o‘+s+s+f. Lekin bunday tuzilmani matematik formula sifatida talqin qilish mushkul, chunki bu yerda matematik o‘zgarish amallarini (qo‘shilayotganlar o‘rnini almashtirish, bir qiymat o‘rniga ikkinchisini qo‘yish, qavsdan chiqarish kabilar) bajarib bo‘lmaydi. Demak morfemalarning‘ o‘zaro munosabati butunlay boshqachadir. Matematika, biologiya, fizika kabi aniq fanlarga xos metod va usullarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri lisoniy tahlil doirasiga ko‘chirish metodologik jihatdan noto‘g‘ridir. Bu yo‘sindagi urinishni, masalan, matematik glottoxronologiya metodi qo‘llanishida ko‘rishimiz mumkin. Ushbu metod tarafdorlarining‘ fikricha, til lug‘at boyligining yangilanishi ma’lum vaqt davriyligida ma’lum foizda yuzaga keladi. Shunga binoan ikki qarindosh tilning bir-biridan ajralish davrini yoki umuman tilning bir taraqqiyot holatining ikkinchisiga o‘tish vaqtini aniqlash mumkin emish.
Birinchisida quyidagi formula taklif qilinadi: s1 = 1o§ s 2 1o§ g (ajralish payti saqlangan lug‘aviy birliklar foizi logarifmini saqlanish koeffitsienti logarifmiga ikki hissa ko‘paytirishiga teng).
Ikkinchi formula: 1o§ g = 1o§ 1; + (1000 yil davomida saqlanish koeffitsienti logarifmi lug‘atlar o‘rtasida moslik foizining logarifmiga teng. Bunda lug‘atlar mosligi foizi element hosil bo‘lgandan buyon o‘tgan davr mikdoriga taqsimlanadi). Masalan, arxeologik qazishlar jarayonida topilgan ko‘mir tarkibiga asoslanib, yong‘in bo‘lib o‘tgan vaqtni aniqlashadi. Lekin, lison - ijtimoiy hodisa, uning‘ taraqqiyoti «o‘lik» dunyo mavjudotlaridan tubdan farq qiladi. Til lug‘at tarkibi qisqa muddatda katta o‘zgarishlarni boshdan kechirib, keskin yangilanishi hech gap emas. (masalan, XI asrda normanlar istilosi natijasida ingliz tili lug‘at tarkibining qariyb yarmini roman o‘zagidagi so‘zlar tashkil qila boshladi. Huddi shuningdek, mustaqillik davrida o‘zbek tili lug‘ati yangi atamalar hisobidan keskin boyib bormokda). Shuning bilan birgalikda, ayrim tillar lug‘at boyligi asrlar davomida sezilarli darajada o‘zgarmasdan qolishi mumkin. (masalan, litva tilida bu hodisa kuzatilgan). Bundan tashqari, tillarning ajralish davriga oid yozma yodg‘orliklar bo‘lmasa (yoki ular kam mikdorda saqlangan bo‘lsa), ushbu tillar lug‘at tarkibini to‘lig‘icha aniqlashning imkoni yo‘q. Demak, matematik glottoxronologiya metodining‘ qo‘llanishi har doim ham ijobiy natija beravermaydi. Ammo glottoxronologiya metodining‘ kamchiliklarini ko‘rib, uni butunlay unutish lozim degan xulosa paydo bulishi aslo mumkin emas. Lisoniy tahlilda matematik amallardan foydalanish imkoniyatlari ko‘p va tilshunoslikning «aniq» fanlar bilan birga rivojlanishi, o‘z muammolari yechimini topishda aniq fanlarga xos metodlardan samarali foydalanish imkoniga ega ekanligining allaqachon guvohi bo‘lganmiz.
Nazorat savollari:
1. Deskriptiv tilshunoslik til tuzilishini qandaytushunadi ?
2.G.Glison ifoda planini qanday qismlarga ajratadi?
Z.Distributiv lingvistikada distributsiya modellarining qaysi turlari belgilanadi?
4. Ularga alohida ta’rif bering.
5.Bevosita ishtirokchilar metodining mohiyati nimada?
6. BI metodida konstruksiya atamasi qanday talqinetiladi?
7.BI metodining ojiz tomonlari nimada?
Do'stlaringiz bilan baham: |