Tarbiyaning umumiy metodlari Tayyorladi: SHARIPOVA ONAJON RO’ZMAT qizi PRIP- 536
07/19/2022
Tarbiya metodlari – metod lotincha metodos – yo’l so’zidan olingan. Metod tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot deb tarjima qilinadi.
Tarbiya metodi turli xil yo’nalishlarni o’z ichiga qamrab oladi bular :
Rag’batlantirish – o’quvchining namunali xulqi uchun boshqalarga ibrat qilib ko’rsatish, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, devoriy gazetada talaba to’g’risida kichik ma’lumotnoma berish, uning suratini maxsus doskaga qo’yish, ota-onasining nomiga tashakkurnoma yuborish.
Mashq - bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq ravishda va har tomonlama tashkil qilish, ularni axloq mezonlari va xulq atvor qoidalarini bajarishga oatlantirish
Tanbeh berish – eng muhim jazo chorasi. O‘qituvchi o‘qituvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo‘yish mumkin.
Ogohlantirish – sodir etilishi mumkin bo‘lgan muayyan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Jazolash – tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berish.
Hayfsan berish – o‘quvchining ma'lum xatti-harakatlarini qat'iy choralar asosida baholash. Agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, o‘quvchi belgilangan intizomni buzaversa, uning aybi qay darajada bo‘lishi va intizomni qanday sharoitda buzganligini inobatga olib unga hayfsan e'lon qilish mumkin.
Uyaltirish - o‘quvchining ma'lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiyasi uchun mas'ul bo‘lgan sub'ektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va boshqalar) oldida baho berish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus va sharm-hayodir.
p.s lekin haddan tashqari bolaning nafsoniyatiga tegish uning kelajagiga o’ziga bo’lgan ishonchiga zarar yetqazishi mumkun o’rinli foydalanilgan har narsaning kelajakda albatta foydasi tegishiga ishonaman
TARBIYA TURLARI
HISSIY ( ESTETIK ) TARBIYA
FUQOROLIK TARBIYASI
JISMONIY TARBIYA
EKOLOGIK TARBIYA
AQLIY TARBIYA
MEHNAT TARBIYASI
HUQUQIY TARBIYA
AHLOQIY TARBIYA
Aqliy tarbiya idrokni insonning bilishga oid barcha vazifalari vositasida rivojlantirishni, aqliy faoliyatning o‘z-o‘zini tashkil qilish mehanizmini shakllantirishni, aqliy qobiliyatlar va ijodiy salohiyatni rivojlantirishni taklif qiladi. Uning vazifalari: - ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish; - ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; - aqliy qobiliyatlar va iste’dodlarni rivojlantirish; - bilishga oid qiziqishlarni rivojlantirish - bilishga oid faollikni shakllantirish - bilim olishga dalillashni shakllantirish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |