Nazariy savollar



Download 107,86 Kb.
bet8/61
Sana06.06.2022
Hajmi107,86 Kb.
#642321
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61
Bog'liq
Mamuriy Javobgarlik oraliq to`liq 007. (2)

10-Nazariy savol.
Zaruriy mudofaa. Oxirgi zarurat. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli ma’muriy javobgarlikdan ozod qilishni yuridik taxlil qiling.
18-modda. Zaruriy mudofaa
Ushbu Kodeksda yoki ma’muriy huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilovchi boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan, lekin zaruriy mudofaa holatida, ya’ni shaxsni yoki mudofaalanuvchining yoxud boshqa shaxsning huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini g‘ayrihuquqiy tajovuzlardan shunday tajovuz qilayotgan shaxsga zarar yetkazish yo‘li bilan himoya qilish vaqtida, basharti bunda zaruriy mudofaa chegarasidan chiqib ketilishiga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa, sodir etilgan harakatlar ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblanmaydi.
19-modda. Oxirgi zarurat
Ushbu Kodeksda yoki boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan, huquqlarga hamda qonun bilan himoya etiladigan manfaatlarga zarar yetkazgan, oxirgi zarurat holatida, ya’ni shaxsga yoki mazkur shaxsning yoxud boshqa shaxsning huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid etayotgan xavfni, basharti bu xavfni o‘sha holatda boshqacha choralar bilan bartaraf etib bo‘lmasa hamda yetkazilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo‘lsa, bartaraf etish uchun sodir etilgan harakatlar ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblanmaydi.
21-modda. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish
Sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli bo‘lgan taqdirda, sud huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etib, uni ogohlantirish bilan kifoyalanishi mumkin. Agar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi boshqa organ (mansabdor shaxs) sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi haqida xulosaga kelsa, ish huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ushbu Kodeksning 3081-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
Sudlarga tushuntirilsinki, huquqbuzarlik kam ahamiyatliligi sababli shaxsning ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinishi (MJtK 21-moddasi) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritishni istisno etuvchi holat hisoblanmaydi. Sud bunday qarorga faqat ish mazmunan ko‘rib chiqilgandan va shaxs huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilgandan so‘ng kelishi mumkin.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
MJtKda kam ahamiyatli huquqbuzarlik tushunchasi ochib berilmaganligi tufayli, sodir etilgan huquqbuzarlikni bunday deb topish masalasi sud tomonidan ishning muayyan holatlari, huquqbuzarlikning xususiyati, shu jumladan, MJtK bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar jiddiy tarzda buzilgan-buzilmaganligidan, aybdorning shaxsi, huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan moddiy yoki qoplangan ma’naviy zarar miqdoridan kelib chiqqan holda hal etilishi lozim;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ayrim ma’muriy huquqbuzarliklarning obyektiv tomonini tashkil etuvchi harakatlar MJtK bilan qo‘riqlanadigan jamoat munosabatlarini jiddiy buzishini inobatga olib, bunday huquqbuzarliklar hech bir holda ham kam ahamiyatli deb topilishi mumkin emas. Bunday huquqbuzarliklarga, jumladan, MJtK 54-moddasi ikkinchi qismi99131-moddalari, 135-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari136-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar kiradi;
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zararni undirish (ma’naviy zararni qoplash) masalasi fuqarolik sud ishini yuritish tartibida hal etiladi



Download 107,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish