5-Nazariy savol.
Huquqbuzarlik tushunchasi va ma’muriy huquqbuzarlikning mazmunini yoritib bering.
Huquqbuzarlik - huquq va muomala layoqatiga ega subʼyekt tomonidan sodir etiladigan, huquq normalari talablariga zid keluvchi hamda shaxsga, mulkka, davlatga va butun jamiyatga zarar keltiruvchi ijtimoiy xavfli qilmish. Oʻz xususiyatiga koʻra, H. jinoyat, nojoʻya harakat, intizomni buzish shaklida boʻladi. Koʻp hollarda H. qonunbuzarlik soʻzi bilan bir xilda ishlatiladi. Fuqaroviy H. (shaxsga, fuqaro yoki tashkilotning mulkiga ziyon yetkazish), maʼmuriy H. (mas, mayda bezorilyk, yoʻl harakati qoidasini buzish), intizomiy H. (nojoʻya harakat, mast, ishga kelmaslik, kech qolish) farqlanadi. H.ning eng xav-fli koʻrinishi jinoyatdir. H. uchun qonunda tegishlicha fuqaroviy, maʼmuriy, intizomiy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Huquqbuzarlik-sodir etilganligi uchun ma'muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli,g'ayriijtimoiy qilmish (harakat yoki harakatsizlik).
10-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik deganda qonunchilikka binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik, basharti bu huquqbuzarlik o‘z xususiyatiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmagan taqdirda, amalga oshiriladi.
6-Nazariy savol.
Ma’muriy huquqbuzarlikning boshqa g‘ayriqonuniy xatti-harakatlardan farqini tushuntirib bering.
Mamuriy huquqbuzarlik - faqatgina vakolatli mamuriy organ tomonidan ushbu qilmishga nisbatan javobgarlik qoʻllaniladi. Mamuriy huquqbuzarlikning boshqa huquqbuzarliklardan farqi ijtimoiy xavflilik darajasi bilan farqlanadi. Yani mamuriy huquqbuzarlik intizomni buzish, yoki biror bir korxona muassasa va tashkilotning ichki tartib qoidalarini buzishi, yoki ishga kechik kelish kabi huquq buzarliklarga nisbatan ogʻirroq qilmish sanaladi. Mamuriy huquqbuzarlik oz navbatida jinoiy qilmishga nisbatan yengil huquqbuzarlik turi sanaladi. Mamuriy huquqbuzarlik natijasida kelib chiqqan zararning ortib borishi yoki mamuriy huquqbuzarlik malum vaqt siklida qayta takrorlanishi natijasida jinoiy qilmishga ham aylanishi mumkin. Mamuriy huquqbuzarliklarda unga nisbatan javobgarlikni Mamuriy kodeksda belgilangan qilmishlar va ushbu kodeksda belgilanmasdan bevosita Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida mamuriy javobgarlik belgilangan taqdirda qoʻllash mumkin. Mamuriy huquqbuzarlikka nisbatan taşır chorasini Mamuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda belgilangan organlar qoʻllashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |