1-Nazariy savollar.
Maʼmuriy javobgarlik fani tushunchasi va predmetini yoritib bering.
Har bir fanning tushunchasi va predmeti bo’lganidek Ma’muriy javobgarlikning ham o’z tushunchasi va predmeti mavjud.
Maʼmuriy javobgarlik - fuqaro yoki mansabdor shaxsning huquqni buzganligi uchun davlat (maʼmuriy organ) oldidagi jinoiy boʻlmagan javobgarligi. Bu davlatning majburlov chorasi boʻlib, davlat faoliyatining turli sohalarida sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qoʻllaniladi. Maʼmuriy javobgarlik da odatda, jazo berayotgan maʼmuriy organ bilan huquq normasini buzgan shaxs oʻrtasida xizmat yuzasidan boʻysunish munosabatlari boʻlmaydi. Maʼmuriy javobgarlik shunisi bilan institutizomiy javobgarlikdan farq qiladi. Ma’muriy javobgarlikgina qilmishning huquqbuzarlik ekanligini va jazoga sazovarligini, ma’muriy javobgarlikning asoslarini, ma’muriy jazo tayinlash, qilmishning huquqbuzarlik ekanligini istisno qiluvchi yuridik baza hisoblanadi. Ma’muriy javobgarlik munosabatlarining subyektlari bir tomondan faqat davlat nomidan vakolatli davlat organlar bo’lsa, ikkinchi tomondan ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilgan shaxs hisoblanadi.
Bevosita fanning predmetiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ma’muriy javobgarlik fani predmeti ma’muriy javobgarlik normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlardir. Ma’muriy javobgarlikning predmeti deganda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga xavf soluvchi ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilishi bilan vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Qo’shimcha qilib aytadigan bo’lsak, ma’muriy javobgarlikning predmetini aniqlash bu ma’muriy javobgarlik normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar doirasini belgilash demakdir.
2-Nazariy savol.
Maʼmuriy javobgarlik fanining vazifalari. Maʼmuriy javobgarlik va uning boshqa huquq sohalari bilan oʼzaro aloqasini tahlil qiling
(jinoyat huquqi, kriminologiya, jinoyat-protsessual huquqi, maʼmuriy huquq, soliq huquqi, fuqarolik huquqi).Ma’muriy javobgarlik fanining asosiy vazifalari - inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning o‘z vaqtida va obyektiv ko‘rib chiqilishini, shuningdek bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalash hisoblanadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Ma’muriy javobgarlik Kodeksi qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |