Nazariy savollar



Download 107,86 Kb.
bet6/61
Sana06.06.2022
Hajmi107,86 Kb.
#642321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
Mamuriy Javobgarlik oraliq to`liq 007. (2)

8-Nazariy savol.
.Ma’muriy javobgarlik tushunchasi va ma’muriy javobgarlikning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib bering.
Maʼmuriy javobgarlik - fuqaro yoki mansabdor shaxsning huquqni buzganligi uchun davlat (maʼmuriy organ) oldidagi jinoiy boʻlmagan javobgarligi. Bu davlatning majburlov chorasi boʻlib, davlat faoliyatining turli sohalarida sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qoʻllaniladi. Maʼmuriy javobgarlik da odatda, jazo berayotgan maʼmuriy organ bilan huquq normasini buzgan shaxs oʻrtasida xizmat yuzasidan boʻysunish munosabatlari boʻlmaydi. Maʼmuriy javobgarlik shunisi bilan institutizomiy javobgarlikdan farq qiladi. Maʼmuriy javobgarlikga tortilganlar sudlangan hisoblanmaydilar, maʼmuriy jazo choralari yengil va muddati qisqa belgilanadi. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmurii javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, UzR qonunlari, OʻzR Oliy Majlisining qarorlari, OʻzR Prezidentining farmonlari, OʻzR Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri kengashlarining , viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlaridan iborat.
9-Nazariy savol.
Ma’muriy javobgarlikning turlari: voyaga yetmaganlarning ma’muriy javobgarligi; mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi; xizmatchilar va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa shaxslarning ma’muriy javobgarligi; xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ma’muriy javobgarligini tahlil qiling.

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi.  Tuman (shahar) komissiyalari ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmaganlarga nisbatan ta’sir ko‘rsatish choralari sifatida quyidagilarga haqli:


voyaga yetmaganga jabrlanuvchidan uzr so‘rash majburiyatini yuklash to‘g‘risida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritish;
ogohlantirish chiqarish;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘n besh yoshga to‘lgan voyaga yetmagan zimmasiga, agar u mustaqil ish haqiga ega bo‘lsa va zarar miqdori belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan ortiq bo‘lmasa yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash yoki uni bartaraf etish majburiyatini yuklash yoki belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan ortiq bo‘lmagan moddiy zararni o‘z mehnati bilan qoplash majburiyatini yuklash to‘g‘risida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritish;
(21-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
o‘n olti yoshga to‘lgan va mustaqil ish haqiga ega bo‘lgan voyaga yetmaganga O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan hollarda va miqdorlarda jarima solish;
voyaga yetmaganni o‘z ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud jamoat tarbiyachilari nazoratiga, shuningdek ularning roziligi bilan mehnat jamoasi yoki nodavlat notijorat tashkiloti kuzatuviga topshirish;
voyaga yetmaganni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma yuborish.
Har bir aniq holat bo‘yicha qabul qilingan ta’sir ko‘rsatish choralari to‘g‘risida tuman (shahar) komissiyalari voyaga yetmaganning yashash, o‘qish yoki ish joyi bo‘yicha huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo‘linmalari tomonidan voyaga yetmaganlar o‘rtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibda profilaktika ishlarini olib borish masalasini hal etish uchun tegishli hududiy ichki ishlar organlariga xabarnoma yuborishga majbur.
Voyaga yetmaganlar ishlari boyicha komissiyalar — voyaga yetmaganlaming nazoratsiz, qarovsiz qolishlari, huquqbuzarliklari va jamiyat uchun zararli xatti-harakat qilishlarining oldini olish, bularga imkon tug'diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish; voyaga yetmaganlaming huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash; ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan voyaga yetmaganlami ijtimoiy-pedagogika jihatdan reabilitatsiya qilish maqsadida tuziladi. Voyaga yetmaganlar ishlari boyicha komissiyalar tumanlar, shaharlar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tuziladi. Komissiyalar rais (tuman, shahar, viloyat hokimi o'rinbosari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o'rinbosari). rais o'rinbosari, mas’ul kotib va komissiyaning 6—12 a’zosi tarkibida tuziladi. Komissiya a’zolari soni komissiyaning ish hajmiga qarab belgilanadi.
Ana shu shaxslar mazkurKodeksning 61, 1161, 1162, 1163, 125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 1351, 136, 138, 183, 185, 1851, 1852, 1853, 194, 1941, 2091, 218, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda, ular umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyatini va huquqbuzarning shaxsini hisobga olgan holda mazkur shaxslarga nisbatan (ushbu Kodeksning 194 va 1941-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar bundan mustasno) ishlar voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha tuman (shahar) idoralararo komissiyalari ixtiyoriga berilishi mumkin, ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarning ishlari esa shu komissiyalarga berilishi lozim.
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 15-moddasining ikkinchi qismiga binoan mansabdor shaxs — bu mulk shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa, tashkilotda muayyan mansabni egallab turgan hamda rahbarlik, tashkiliy, farmoyish berish, tekshiruv-qazorat vazifalari yoki moddiy boyliklar harakati bilan bog'liq boigan vazifalar yuklatilgan shaxsdir. Mansabdor shaxslar: a) boshqaruv tartibini, davlat va jamoat tartibini saqlash; b) tabiiy muhitni; d) aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasida belgilangan qoidalarga; e) bajarilishini ta’minlash o'z xizmat vazifalariga kiradigan boshqa qoidalarga rioya etmaganlik bilan bog'liq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Mansabdor shaxslar — ma’muriy javobgarlikning maxsus subyektlaridan biri boiib, ular tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklar turli ko'rinishlarda ifodalanishi mumkin: birinchidan — o'z xatti-harakatlari bilan o'matilgan umumajburiy qoidalami buzishlari (ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etishlari); ikkinchidan — mansabdor shaxslaming o'z bo'ysinuvida boigan shaxslarga o'matilgan qoidalarga zid keladigan ko'rsatmalarni berishlari; uchinchidan — umumajburiy qoidalarga rioya qilishni ta’minlash mansabdor shaxsning xizmat vazifalariga taalluqli boisa, o'z bo'ysinuvida boigan shaxslar tomonidan mazkur qoidalarga rioya etilishini ta’minlamaganliklari. Mansabdor shaxs sifatida ma’muriy javobgarlikka tortish vaqtida, amaldagi qonunchilik talabiga ko'ra, quyidagilarni: a) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning korxona, muassasa yoki tashkilotda ma’lum bir lavozimni egallab tuiganligini; b) unga rahbarlik qilish, tashkiliy, farmoyish berish, tckshiiuvnazorat qilish vazifalari yuklatilgan bo'lishini; d) unga moddiy boyliklar harakati bilan bog'liq vazifalar yuklatilgan bo'lishini aniqlash lozim. Mansabdor shaxslar tomonidan sodir etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklar, odatda ehtiyotsizlikda. ifodalanadi. Mansabdor shaxs, o'z harakatlarining zararli oqibatlarga olib kelishini pldindan ko'ra bilsa ham, lekin kaltabinlik bilan ulaming oldini olish mumkin deb o'ylaydi yoki bunday oqibatlar kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko'ra bilmaydi, holbuki bulami ko'ra bilishlari lozim. Mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar turli xildagi vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, mangabiga sovuqqonlik bilan qaraganligi natijasida sodir etilgan harakatsizliklarda ifodalangan boiishi mumkin. Mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilishi ham mumkin. Bu ayb shakli masalan, mansabini suiiste’mol qilishda ifodalanishi mumkin. Mansabdor shaxslaming ma’muriy huquqbuzarligi, ayni vaqtda, uning xizmat qoidalarini buzish, ya’ni intizomiy nojo'ya xattiharakatni sodir etish ham hisoblanadi. Intizomiy nojo'ya xattiharakat uchun mehnat qonunchiligida intizomiy javobgarlik (intizomiy jazo choralari) nazarda tutilgan. Lekin shu narsaga alohida e’tibor berish kerakki, bitta huquqbuzarlik uchun faqatgina bitta javobgarlik chorasini qo'llash mumkin, ya’ni mansabdor shaxsning o'matilgan qoidalami buzishiga (huquqbuzarlikni sodir etishiga) nisbatan ikkita javobgarlikni qo'llash mumkin emas. O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga binoan mansabdor shaxslarga nisbatan — jarim a tariqasidagi ma’muriy jazo qo'llanilishi mumkin. Shu o'rinda ta’kidlab o'tish lozimki, mansabdor shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan jarima miqdori, fuqarolarga qo'llaniladigan jarima miqdoridan oshiq belgilangan.

Download 107,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish