Nazariy savollar


-modda. Harbiy xizmatchilar va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa shaxslarning ma’muriy javobgarligi



Download 107,86 Kb.
bet7/61
Sana06.06.2022
Hajmi107,86 Kb.
#642321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61
Bog'liq
Mamuriy Javobgarlik oraliq to`liq 007. (2)

16-modda. Harbiy xizmatchilar va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa shaxslarning ma’muriy javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar organlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ma’muriy huquqbuzarlik uchun intizom ustavlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. Mazkur shaxslar yo‘l harakati qoidalarini, ov qilish, baliq tutish va baliq zaxiralarini saqlash qoidalarini, bojxona qoidalarini buzganliklari uchun umumiy asoslarda ma’muriy javobgar bo‘ladilar. Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan ma’muriy qamoqqa olish choralari qo‘llanilishi mumkin emas. Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilariga jarima solinishi mumkin emas.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar jumlasiga kirmaydigan, intizom ustavlari yoki intizom to‘g‘risidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu ustav yoki qoidalarda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy javobgar bo‘ladilar, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda ma’muriy javobgar bo‘ladilar.
17-modda. Ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ma’muriy javobgarligi
O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortilishlari lozim.
Immunitetga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning O‘zbekiston Respublikasi qatnashchi bo‘lgan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid bo‘lmagan qismi qo‘llaniladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 17-moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boMmagan shaxslar umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortilishlari lozim. Immunitetga ega boMgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning O'zbekiston Respublikasi qatnashchi bo'lgan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid boMmagan qismi qoMlaniladi. Xorijiy fuqaro — bu O'zbekiston Respublikasi hududida boMgan, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmagan va xorijiy davlat fuqaroligi mavjud boMgan jismoniy shaxsdir. «O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g‘risida»gi Qonunning1 11-moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasi hududida yashab turgani holda O'zbekiston Respublikasi fuqarosi boMmagan va chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan dalillari boMmagan shaxslar — fuqaroligi bo'lmagan shaxslar deb hisoblanadi. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boMmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasi fuqarolari singari bir xildagi huquq va majburiyatlarga egadir, qonun hujjatlarida ko'rsatib o'tilgan cheklovlar bundan mustasno. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boMmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasi hududida boMgan vaqtlarida sodir etgan ma’muriy huquqbuzarliklari uchun qonun hujjatlari bilan o'matilgan tartibda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari singari umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. Xorijiy fuqarolaming ma’muriy javobgarligining o'ziga xos xususiyatlaridan biri — bu ayrim toifadagi xorijiy fuqarolaming immunitet huquqiga. ega bo'lishidir. O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan hamda O'zbekiston Respublikasi bilan tuzilgan xalqaro shartnomalarga binoan xorijiy fuqarolar ma’muriy yurisdiksiyadan immu- nitetga (daxlsizlik) ega bo'lishlari mumkin. Ular tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik ishlari diplomatik yo‘l bilan hal etiladi. Bu toifadagi xorijiy fuqarolar jumlasiga: diplomatik vakolatxonalaming boshliqlari (elchilar, ishonchli vakillir) va xorijiy davlatlar vakolatxonalarining diplomatiya xodimlari: maslahatchilar, savdo vakillari, savdo vakillarining o'rinbosarlari, harbiylar, harbiyhavo va harbiy-dengiz attashelari va ularning yordamchilari, attashelaming birinchi, ikkinchi, va uchinchi kotiblari va diplomatik vakolatxonalaming arxivchi-kotiblari. Immunitet huquqi diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining oila a’zolariga va diplomatiya xodimlariga mansub shaxslaming oila a’zolariga ham (agar ular mazkur shaxslar bilan birga yashasalar va O'zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmasalar) tatbiq etilishi mumkin. Bundan tashqari, konsullik vakolatxonalarining boshliqlari (bosh konsullar, konsullar, konsullarning o'rinbosarlari) va boshqa konsullik lavozimidagi shaxslar ham immunitetga ega bo'lishlari mumkin. Ular o'zlarining xizmat faoliyatiga taalluqli sohalarda ma’muriy yurisdiksiya immunitetidan foydalanadilar. O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 23-moddasi 3-qismiga binoan qonun hujjatlarida ma’­ muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun xorijiy fuqarolami va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni O'zbekiston Respublikasi hududidan m a’muriy tarzda chiqarib yuborish nazarda tutilishi mumkin

Download 107,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish