7-Nazariy savol.
Ma’muriy huquqbuzarlikning yuridik tarkibi tushunchasini yoritib bering.
Ma’muriy huquqbuzarlikning tarkibi
Har qanday huquqbuzarlik tarkibi singari, ma’muriy huquqbuzarlik ham: uquqbuzarlikning obyekti va obyektiv tomoni, subyekti va subyektiv tomoni kabi xususiyatlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Ma’muriy huquqbuzarlikning obyekti — bu ma’muriy huquq normalari bilan o‘rnatilgan va muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Bu, birinchi navbatda davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlardir. Davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida nafaqat ma’muriy huquq normalari bilan, balki ma’muriy-huquqiy vositalar bilan muhofaza etiladigan boshqa huquq tarmoqlari (konstitutsiyaviy, moliya, yer, mehnat va h.k.lar) normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar ham vujudga keladi. Shu sababli, ma’muriy huquqbuzarlik obyektiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks normalari bilan himoya qilinadigan har qanday munosabatlarni kiritish mumkin. Ma’muriy huquq nazariyasida huquqbuzarlik obyekti, odatda
uch guruhga bo‘linadi: Birinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikning umumiy obyekti – davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi MJTK 10- moddasining 1-qismida ma’muriy huquqbuzarlik obyekti umumiy holda – «shaxs, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, mulkchilik,
davlat va jamoat tartibi, tabiiy muhit» ko‘rsatib o‘tilgan. Ikkinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikning turdosh obyekti - mazmuni va o‘zaro yaqin xususiyatlariga qarab yagona tizimga keltirilgan obyektlardir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi MJTKning Maxsus qismida ma’muriy huquqbuzarliklar quyidagi guruhlarga birlashtirilgan:1) fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar;
2) aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar;
3) mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar;
4) tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar;
5) sanoatdagi, qurilishdagi va issiqlik hamda elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar;
6) qishloq xo‘jaligidagi huquqbuzarlik, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzish;
7) transportdagi, yo‘l xo‘jaligi va aloqa sohalaridagi huquqbuzarliklar;
8) fuqarolarning turar joy huquqlariga taalluqli, communal xizmat va obodonlashtirish sohasidagi huquqbuzarliklar;
9) savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar;
10) odil sudlovga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar;
11) jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar;
12) boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar.
Uchinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita obyekti - huquqbuzarlik oqibatida bevosita zarar yetkazilgan aniq obyekt hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 40- moddasida mustahkamlangan tuhmat huquqbuzarligining bevosita
obyekti - fuqaroning sha’ni va qadr-qimmati hisoblanadi yoki 237-moddasiga binoan harbiy xizmatga yoki muqobil xizmatga chaqirilishdan bosh tortishda ifodalangan huquqbuzarlikning bevosita obyekti bo‘lib boshqaruv jarayonida o‘rnatilgan tartib, ya’ni fuqarolarning harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tash majburiyati hisoblanadi. Ma’muriy huquqbuzarlikning obyektiv tomoni — huquqqa xilof qilmish, ya’ni ma’muriy huquqbuzarlik obyektiga qaratilgan harakat yoki harakatsizlik, uning xususiyatlari, shuningdek, uni sodir etish (yoki sodir etmaganlik) sharoitlari hisoblanadi. Ma’muriy huquqbuzarlik obyektiv tomondan ikki ko‘rinishga ega: Birinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikni harakat natijasida sodir etish. Harakat - nsonning faol xulq-atvori hisoblanadi. Aksariyat ma’muriy huquqbuzarliklar, obyektiv tomondan shaxslarning harakati orqali sodir etiladi. Masalan, tuhmat, haqorat qilish, yengil tan jarohati yetkazish, o‘rnatilgan turli umummajburiy qoidalarni buzishda ifodalangan huquqbuzarliklar - harakatlar natijasida sodir etiladi. Ikkinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikning harakatsizlik natijasida kelib chiqishi. Harakatsizlik – insonning belgilangan vazifa, majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlikda ifodalanadigan passiv xulq-atvori. Masalan, mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaganlik, ota-onalarning bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi, hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaganlikda ifodalangan huquqbuzarliklar — harakatsizlik natijasida kelib chiqadi. Xuquqbuzarlikni sodir etish sharoitlari, ma’muriy huquqbuzarlik obyektiv tomonining elementi sifatida, uni sodir etish vaqti va uslubini nazarda tutadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi MJTK 90-moddasining 2-qismida ov qilish qoidalarini buzishning shartlari, ya’ni tegishli ruxsati bo‘lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki uslublar bilan ov qilish yoki baliq tutish ko‘rsatib o‘tilgan. Ma’muriy huquqbuzarlikning obyektiv tomoni — huquq normalari bilan nazarda tutilgan, mazkur huquqbuzarlikning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan xususiyatlar y ig‘indisidir. Obyektiv tomon - qilmishni huquqbuzar xulq-atvorining tashqi ko‘rinishi sifatida ifodalaydi. Obyektiv tomon xususiyatlariga: huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik va ularning sodir etilishi bilan vujudga kelgan zararli oqibat kiradi. Masalan, transport vositalari haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish — harakat tezligini oshirish (harakat), yo‘l belgilariga rioya etmaslik (harakatsizlik)da ifodalanuvchi turli xatti-harakatlarda namoyon bo‘ladi. Bunday qilmishlar yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid solishi boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga halaqit berishi, avariya holatini vujudga keltirishi yoki yo‘l-transport hodisalarining sodir etilishiga olib kelishi mumkin. Ma’muriy huquqbuzarlik obyektiv tomonining tarkibiy qismlariga, huquqqa xilof qilmish (harakat yoki harakatsizlik) va vujudga kelgan zararli oqibatdan tashqari, sodir etilgan qilmish va undan kelib chiqadigan zararli oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish ham kiradi. Bunday bog‘lanishni aniqlash - zararli oqibatlarning kelib chiqishi sharoitlarini, zararli oqibatlarning aynan mana shu yoki boshqa qilmish oqibatida vujudga kelganligini, qilmishning vujudga kelgan oqibatlarga qay darajada ta’sir etganligi va boshqalarni aniqlashga xizmat qiladi. Lekin ma’muriy huquqbuzarlikda sababiy bog‘lanishni aniqlashga hojat yo‘q, chunki qoida bo‘yicha vujudga kelgan zararli oqibatlar nomoddiy va odatda ijtimoiy zarar yoki ijtimoiy xavfli ko‘rinishda bo‘ladi. Shu sababli, huquqqa xilof qilmish bilan uning oqibati o‘rtasida sababiy bog‘lanishning
mavjudligiga shubha tug‘ilmaydi. Ma’muriy huquqbuzarliklar ikki ko‘rinishga: formal yokimoddiy tarkibli huquqbuzarliklarga bo‘linadi. Moddiy zarar kelib chiqishini nazarda tutmaydigan ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi – formal tarkibli ma’muriy huquqbuzarlik deb ataladi. Ma’muriy huquqbuzarliklar, jinoyatlardan farqli ravishda, aksariyat hollarda formal tarkibda bo‘lib, uni sodir etish natijasida moddiy zarar kelib chiqishi yoki kelib chiqmasligidan qat’i nazar, javobgarlik nazarda tutiladi. Masalan, transport vositasi
haydovchisi tomonidan harakat tezligini oshirish natijasida hech qanday moddiy zarar kelib chiqmagan bo‘lishi mumkin, lekin bu harakatni sodir etish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanib, unga nisbatan ma’muriy javobgarlik qo‘llaniladi. Formal tarkibli ma’muriy huquqbuzarliklardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi MJTKda bir necha moddiy tarkibli huquqbuzarliklar ham nazarda tutilgan. Bunday huquqbuzarliklarni sodir etish natijasida moddiy zarar kelib chiqqan bo‘lishi kerak. Masalan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo‘li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish - moddiy tarkibli huquqbuzarlik hisoblanadi. Ma’muriy huquqbuzarlikning sodir etilganligini aniqlashda qonun chiqaruvchi, huquqbuzarlik obyektiv tomonining boshqa xususiyatlarini ham nazarda tutishi mumkin. Jumladan, sodir etilgan qilmishni ma’muriy huquqbuzarlik sifatida tasniflashda, ushbu qilmishning qaysi vaqtda sodir etilganligi muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 192-moddasida tungi vaqtda — soat 23.00 dan 06.00 gacha - fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, ya’ni baland ovoz bilan qo‘shiq aytish, musiqa chalish, tovush signallari berish, xonadonlarda, turar joylarning yo‘laklari va eshiklarida, ko‘chalarda ovozi baland qilib qo‘yilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish, turar joy inolari va ulardan tashqarida juda zarur bo‘lmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek, maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan. Agar, mazkur xatti-harakatlar boshqa vaqtda (soat 06.00 dan 23.00 gacha) sodir etilgan bo‘lsa, ushbu huquqbuzarlikning tarkibini vujudga keltirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |