Nazariy savollar



Download 107,86 Kb.
bet9/61
Sana06.06.2022
Hajmi107,86 Kb.
#642321
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61
Bog'liq
Mamuriy Javobgarlik oraliq to`liq 007. (2)

11-Nazariy savol.
Ma’muriy jazo tushunchasini yoritib bering.
Ma’muriy jazo — ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qo'llaniladigan davlat javobgarligining chorasi bo'lib, yangi huquqbuzarliklaming sodir etilishini oldini olish maqsadida qo'llaniladi. Ma’muriy jazo — ma’muriy majburlovning bir ko'rinishi hisoblanadi. Ma’muriy jazo ma’muriy majburlovning boshqa choralaridan farqli ravishda, o'ziga xos maqsadga ega bo'lgan jazo sanksiyalari bo'lib, protsessual tartibda qo'llaniladi. Ma’muriy jazo ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks bilan, ma’muriy majburlovning boshqa choralari esa turli normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ma’muriy jazo — turli huquq tarmoqlari (konstitutsiyaviy, ma’muriy, mehnat, moliya, fuqarolik, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual. huquq) normalarini buzganlik uchun qo'llaniladi. Uni qo'llash orqali shaxsga to'g'ridan-to'g'ri ta’sir ko'rsatiladi, aybdoming huquqiy maqomi vaqtincha cheklanadi (masalan, ma’lum bir huquqlar cheklanishi, qo'shimcha majburiyatlar yuklanishi mumkin), shuningdek, jazoga tortilganlik holatini vujudga keltiradi. Bundan tashqari, ma’muriy jazo sodir etilgan huquqbuzarlikka nisbatan davlat tomonidan rasmiy va oshkora salbiy baho berish hisoblanadi. Jazolash — ma’muriy jazoning asosiy maqsadi emas, balki huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsni qonunlami hurmat qilish ruhida tarbiyalash, huquq tartibotni ta’minlash, yangi qonunga xilof qilmishlaming sodir etilishini oldini olish maqsadida qo'llaniladi. Ma’muriy jazo, ma’lum bir ma’noda, jinoyatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Yu.M.Kozlovning fikricha, ma’muriy jazo choralari — ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash maqsadida qo'llanilmaydi. Agar ma’muriy huquqbuzarlik orqali jismoniy yoki yuridik shaxsga moddiy zarar yetkazilgan bo'lsa, huquqbuzarlik ishini ko'rib chiquvchi davlat organi rrm'-'uiriy jazoni tayinlash bilan bir vaqtda, mulkiy zararni undirish boyicha masalani hal etishi mumkin. Mulkiy zararni undirish fuqarolik ishlarini ko'rib chiqish tartibida amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 22-moddasiga binoan m a’muriy jazo - javobgarlikka tortish chorasi bo'lib, u ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, ana shu huquqbuzarning o'zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qo'llaniladi.



Download 107,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish