14-Nazariy savol.
Musodara qilish mazmuni va xususiyatlari. Maxsus huquqdan mahrum etish tushunchasi va turlarini tahlil qiling.
Javob.
27-modda. Musodara qilish
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilish mazkur ashyoni haq to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat bo‘lib, ushbu chora jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llaniladi. Huquqbuzarning shaxsiy mulki bo‘lmagan ashyo musodara qilinishi mumkin emas, muomaladan chiqarilgan ashyolar bundan mustasno.
O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni, boshqa ov qurollarini musodara qilish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.
Musodara qilish chorasini qo‘llanish tartibi ushbu Kodeks va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
28-modda. Maxsus huquqdan mahrum qilish
Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan uch yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi kerak.
Nogironligi sababli transport vositalaridan foydalanadigan shaxslarga nisbatan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi qo‘llanilishi mumkin emas, ushbu Kodeks 1283-moddasining beshinchi qismida, 1284-moddasining uchinchi qismida, 131-moddasining birinchi qismida, 136-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollar bundan mustasno.
Asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan ov qilish huquqidan mahrum etish chorasi qo‘llanilishi mumkin emas.
Sharx.
Bundan tashqari, ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish shu ashyoni haqini toʻlamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga oʻtkazishdan iborat bo'lib, bu chora tuman (shahar) sudining ma'muriy ishlar boʻyicha sudyasi tomonidan; bojxona organlari tomonidan aktsiz markalari qoʻyilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda, shuningdek eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketilayotgan hollarda soliq organlari, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari tomonidan aktsiz markalari qo'yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar saqlanganda, realizatsiya qilinganda, shuningdek yashirin ravishda ishlab chiqarilganda qoʻllaniladi. Basharti O'zbekiston Respublikasi qonunlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo lsa, faqat huquqbuzarniing shaxsiy mulki bo'lgan ashyogina musodara qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |