Savol:
- Vaziyatga huquqiy baho bering.
- M.Muxsinovning harakatlarini huquqbuzarlik sifatida eʼtirof etish asoslarini tahlil qiling.
Yuqoridagi kazusimizga huquqiy yechim beradigan bo’lsak, avvalo vaziyatni tahlil qilib olamiz:
G.Muxsinova 2020 yil 12 sentyabr kuni soat 17:00 da amakisi M.Muxsinovning uyiga kelgan va ikki yildan beri fuqarolik pasporti ololmayotganligi uchun amakisidan uy daftarini so’ragan. Amakisi M.Muxsinov jiyaniga uy daftari yo’q deb janjal qilib uni uyatli va qo’pol so’zlar bilan haqorat qilgan, bu jarayon bir necha marta takrorlanayotganligi uchun G.Muxsinova militsiyaga xabar qilgan va M.Muxsinovga nisbatan qonuniy chora qo’llashni so’ragan.
Yuqoridagi vaziyatda M.Muxsinovning harakatida MJTK ning 41-moddasining bo’zilishi kuzatilmoqda, ya’ni Haqorat qilish huquqbuzarligi. Qonunga yuzlanadigan bo’lsak,
41-modda. Haqorat qilish
Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish - bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Haqorat qilish huquqbuzarligiga kengroq tushuncha beradigan bo’lsak,
Haqorat qilish - fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qiluvchi ma’muriy huquqbuzarlik, bunday tajovuz salbiy baho berishdan iborat bo’lib, shaxsning ma’naviy nufuziga atrofdagilar ko’z o’ngida putur yetkazadi, jabrlanuvchining o’ziga bo’lgan hurmatga zarar yetkazadi.
Yuqoridagi kazusimizda G.Muxsinovaning sha’niga, qadr-qimmatiga zarar yetkazmoqda va bu ma’muriy javobgarlikka tortishga sabab bo’ladi.
3-kazus
A.Muxsinov 2020 yil 2 mart kuni taxminan soat 02:00 larda mast holda Toshkent shaxri, Sergeli tumani, Daryo ko‘chasi 120/9-uy, 7-xonadonda yashovchi fuqaro N.Nurimova xonadoniga borib, uning eshigini taqillatib, tepib, pod’ezdda uyatli va qo‘pol so‘zlar ishlatib, uerda yashovchi fuqarolarni tinchligini buzib, fuqarolarning osoyishtaligini buzganligi aniklangan.
Fuaro N.Nurimova o‘zining tushuntirish xatida, 2020 yil 2 mart kuni uyida uxlab yotganida soat taxminan 02:30 larda uning uyiga unga notanish fuqaro A.Muxsinov mast holda kelib, uning eshigini oyog‘i bilan tepib, uni bezovta qilganligi, so‘ng u chiqib A.Muxsinovni ketishi so‘raganida, uni pod’ezdda uyatli va qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilganligi hamda uning qo‘ni-qo‘shnilarni tinchligini buzganligi, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Savol:
Vaziyatga huquqiy baxo bering.
A.Muxsinovning harakatlarini huquqbuzarlik sifatida e’tirof etish asoslarini tahlil qiling.
Javob
Avvalo ushbu huquqbuzarlikning tarkibini aniqlab olamiz:
Subyekt - Aqli raso, voyaga yetgan, jismoniy shaxs
Obyekt- Jamoat tartibi va osoyishtaligi
Sebyektiv tomon- qasddan
Obyektiv tomoni- Jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarlik.
Ushbu holatda fuqaro Muhsinovga nisbatan maʼmuriy javobgarlik belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 183-moddasiga asosan Mayda bezorilik
"Mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi".
Fuqaro Muhsinovga nisbatan BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima yoki 15 sutkagacha mamuriy qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Ushbu holatda Mamuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 41-moddasida belgilangan "Haqorat qilish" huquqbuzarligi elementlari ham bor dek tuyiladi, goʻyo. Ammo bu holatda Muhsinovga nisbatan 41-modda emas, balki 183-modda asosida javobgarlik belgilanadi. Sababi 41-moddada faqatgina bitta shaxsga qaratilgan haqoratomuz soʻzlardan ishlatish, uning obroʻsini toʻkishga qaratiladi. Bunda jabrlanuvchi va javobgar shaxs oʻrtasida malum kelishmovchilik orqali ushbu holat kelib chiqadi va bu shaxslar odatda oldindan ijtimoiy munosabatlarga kirishib kelgan boladi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishmagan boʻlgan taqdirda ham haqorat qilish jamoat joyida sodir etilmasligi kerak, 41-modda boʻyicha javobgarlikka tortish uchun.
Bu yerda yana bir huquqbuzarlik elementi bordek koʻrinadi, yani fuqarolarning turar-joy daxlsizligini buzish (MJTK 45-modda). Bu norma bilan ham Musinovni javobgarlikka tortib boʻlmaydi. Sababi turar joy daxlsizligi qachonki uy egasining xohish irodasiga zid ravishda uning uyiga kirib borilgandagina buziladi. Bizdagi holatda esa Muhsinov faqat eshikni tepganligj, ammo ichkariga kirishga qasd yuzaga kelmaganligini koʻrishimiz mumkin.
Bu holatda yuqorida aytganimizdek MJTKning 183-moddasoda belgilangan mamuriy jazo tayinlanishi mumkin.
4-kazus
Sh.Muxsinov 2020 yil 15 sentyabr kuni taxminan soat 14:00larda, o‘zi yashaydigan Toshkent shaxri Olmazor tumani Nigora ko‘chasida bo‘la turib, u yerda o‘zaro kelib chiqqan janjal natijasida fuqaro Sh. Olimovani itarib yuborib, unga tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.
Sud tibbiy ekspertizasining 2020 yil 19 sentyabr’ kungi № 1712-X-sonli xulosasiga ko‘ra fuqaro Olimova Shaxnoza Saitmuratovnaga og‘irlik darajasi bo‘yicha YeNGIL tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.
Fuqaro Sh.Olimova mazkur holat bo‘yicha, 2020 yil 15 sentyabr’ kuni taxminan soat 14:00larda Nigora ko‘chasida qizi bilan ketayotgan bo‘lganligi, u yerda fuqaro Sh.Muxsinov bilan janjallashib qolganligi, janjal natijasida Sh.Muxsinov uni itarib yuborganligi, buning oqibatida u tan jaroxati olganligi, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab ko‘rsatma bergan.
Savol:
Vaziyatga huquqiy baxo bering.
Sh.Muxsinovning harakatlarini huquqbuzarlik sifatida e’tirof etish asoslarini tahlil qiling.
Javob
Huquqbuzarlik tarkibi:
Subyekt - Alqi raso, voyaga yetgan, jismoniy shaxs
Subyektiv tomoni - Qasddan
Obyekt - inson sogʻligi
Obyektiv tomoni - Aholi sogʻligiga qarshi qaratilgan huquqbuzarlik
Ushbu holatda fuqaro Muhsinovga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 52-moddasi 2-bandiga asosan javobgarlik qoʻllaniladi. Sababi ushbu yengil tan jarohat yetkazish qasddan sodir etilgan.
Yani :
Qasddan yengil tan jarohati yetkazish, bu harakat sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko‘p davom etmaydigan turg‘un tarzda yo‘qotishga olib kelmagan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu holatda Sud tibbiy ekspertizasining 2020 yil 19 sentyabr’ kungi № 1712-X-sonli xulosasi asos boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |