Boshqa yozadigan narsa yoq shekilli bu kazusga. 🙂
5-kazus
2020 yil 9 oktyabr kuni taxminan soat 18:00larda, fuqaro R.Muxsinov korxonaga tegishli “Mercedes-Benz” rusumli, davlat raqami 01 M 175 RO bo‘lgan avtomashinasida Shirin ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotib, YPX noziri tomonidan to‘xtatilgan, so‘ng tekshiruv davomida R.Muxsinovning avtoulovi guvoxlar ishtirokida tekshirilganda, uning avtoulovi ichidan o‘zi is’temol qiladigan 1 dona gugurt qutiga solingan, og‘irligi 0.14 grammli giyohvandlik vositasi, ya’ni nasha borligi aniqlanib, ushbu giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida vaqtinchalik olib qo‘yilgan.
R.Muxsinov mazkur xolat yuzasidan tushuntirish berib, 2020 yil 9 oktyabr kuni taxminan soat 17:45larda ishdan chiqib “Mercedes-Benz” rusumli, davlat raqami 01 M 175 RO bo‘lgan avtomashinasida “Yangidaryo” maxallasiga kelganida, YPX noziri tomonidan to‘xtatilganligi va tekshiruv davomida undan YPX noziri noqonuniy narsa avtoulovida bor-yo‘qligini so‘raganligi, so‘ng guvoxlar ishtirokida tekshirilganda, uning avtoulovi ichidan 1 dona gugurt qutiga solingan, og‘irligi 0.14 grammli giyohvandlik vositasi, ya’ni nasha borligini aniqlaganligi, u bu giyoxvand vositasini ya’ni nashani Sirdaryo soyiga baliq ovlashga borganida terganligi, lekin sotish maqsadida olmaganligi, faqat o‘zi is’temol qilishlik uchun olganligi, hozirda qilgan ishidan pushaymonligi va boshqa takrorlanmasligi to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.
Savol:
Vaziyatga huquqiy baxo bering.
R.Muxsinovning harakatlarini huquqbuzarlik sifatida e’tirof etish asoslarini tahlil qiling.
Yuqoridagi vaziyatda huquqbuzarlik alomatlari mavjud. R. Muhsinov mashinasidan 0.14 gramm giyohvandlik vositasi, ya`ni nashi topilgan. U bu nashani sotish maqsadi yo’q ekanligini Sirdaryo soyiga baliq ovlashga borganida terganini,o’zi iste`mol qilishini aytgan. Demak, ushbu vaziyatni ikki xil kvalifikatsiya qilishimiz mumkin, ya`ni MJTKning 56-moddasi va JKning 276-moddasi 1-qismi bo’yicha. Ushbu ikkala moddada ham bir xil obyektiv tomon, ya`ni sotish maqsadini ko’zlamasligi kerak. Ular o’rtasidagi o’zaro farq miqdor ko’rsatgichi hisoblanadi. Agar shaxs Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay oz miqdorda g‘ayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish MJTKning 56-moddasi bilan javobgarlik keltirib chiqaradi. Qolgan hollarda esa oz miqdordan ko’p bo’lsa bu jinoiy javobgarlikka sabab bo’lishi mumkin. Ushbu miqdorni, oz yoki ko’p ekanligini hal etish masalasi esa tergov va sud organi vakolatiga kiradi. Ular O’z. Res. Giyohvandlik vositalarini nazorat qilish komissiyasining tavsiyalariga va giyohvandlik vositalarining ro’yxatiga amal qilishlari kerak bo’ladi. Yuqoridagi miqdorni biz oz miqdor deb hisoblab MJTKning 56-moddasi bilan malakalaydigan bo’lsak, ushbu huquqbuzarlikning subyekt Yoshi 16 yoshga to’lgan, aqli raso jismoniy shaxs. R. Muhsinov huqubuzarlik subyekti bo’la oladi. Ushbu harakatlar subyektiv tomondan qasddan sodir etilishi mumkin. Aybdor o’z g`ayriqonuniy harakatlar sodir etayotganini anglab yetadi, ularning zararli oqibatlarini oldindan ko’radi yoki bunga ongli ravishda yo’l qo’yadi. Yuqoridagi vaziyatlarni hisobga olgan holda Muhsinovning harakatlari MJTKning 56-moddasi tarkibini beradi va ushbu modda sanksiyasida giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni musodara qilib, o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq jazosiga sabab bo‘lishi belgilab o’tilgan. O’z aybiga amalda pushaymonligi va boshqa takrorlanmasligiga ko’rsatma berganini biz MJTKning 31-moddasi bo’yicha javobgarlikni yengillashtiruvchi holat sifatida e`tirof etishimiz mumkin va 33-modda bo’yicha yengilroq ma`muriy jazo chorasi qo’llanishi, Sud ma’muriy jazo chorasini qo‘llayotganda javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda sabablar va asoslarni albatta ko‘rsatib, ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi moddalarning sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo yoki ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa yanada yengil jazo chorasini qo‘llashi mumkin. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi boshqa organ (mansabdor shaxs) javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda, yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun ishni ushbu Kodeksning 3081-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboradi. Ushbu ma`muriy huquqbuzarlik bo’yicha ishni jinoyat ishlari bo’yicha tuman sudlari ko’radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |