Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu jinoyat ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyat hisoblanar ekan.
102-modda 1-qismi sanksiyasiga qaraymiz endi. ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bu jinoyat ham ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyat hisoblanar ekan. Shuni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, yuqoridagi vaziyat bo’yicha Q.ga nisbatan 59-modda 2-qism bilan jazo tayinlasa bo’ladi, Agar jinoyatlar majmuini faqat ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar tashkil etsa, unda tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng og‘iri uchun nazarda tutilgan eng ko‘p jazo muddatidan yoki me’yoridan ortiq bo‘lmasligi lozim.
6-KAZUS
A. fuqarolik ishlari bo'yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudining 2019 yil 8 yanvardagi dublikat ijro varaqasiga asosan undiruvchi G.Toshkenbaeva foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining ta'minoti uchun har oylik ish haqi va boshqa daromadlarining to'rtdan bir qismi miqdorida aliment to'lashi belgilangan bo'lsada, 2017 yil may oyidan 2020 yil 23 fevralga qadar jami 9.464.752 so'm aliment pullarini to'lashdan qasddan bo'yin tovlab kelgan.
Bundan tashqari, A.ga nisbatan 2019 yil 16 sentyabr` kuni jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar Olmazor tuman sudi tomonidan bir yil muddatga ma'muriy nazorat o'rnatilgan bo'lib, unga ko'ra: spirtli ichimlik ichish maqsadida kafe-bar, restoran, choyxona va oshxonalarga kirish man etilishi; Toshkent shahar hududidan Olmazor tumani IIB rahbariyatining ruxsatisiz chiqib ketmaslik; soat 20:00 dan 06:00 ga qadar yashash joyidan chiqib ketmaslik; har oyning 7, 21-kunlari IIBga kelib ro'yxatdan o'tish belgilangan. Biroq u o'ziga tegishli xulosa chiqarib olmasdan, ma'muriy nazorat qoidalarini buzganligi uchun jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar Olmazor tuman sudining 2020 yil 4 maydagi qaroriga ko'ra O'zbekiston Respublikasi MJtKning 206-moddasi 1-qismi bilan jarima jazosiga tortilgan. Shundan so'ng ham u ma'muriy nazorat qoidalarini buzib, 2020 yil 12 iyul` kuni soat 23:00 da yashash joyida bo'lmagan.
Shuninigdek, A. 2020 yil 13 iyul` kuni taxminan soat 20:00larda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, G.Uzoqov ko'chasi, 10a-uyda joylashgan “Tabassum” to'yxonasi orqa tomonida fuqaro X. tomonidan A.ni haqoratlab, urib shaxsiyatiga tekkanligi natijasida u bilan janjallashib, jamoat joyida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, bezorilik oqibatida X.ning badaniga og'ir shikast yetkazish maqsadida o'zida bo'lgan pakki pichoq bilan X.ning bel, qorin va yelka sohalariga shafqatsizlarcha bilan bir necha marta urib, tan jarohatlari yetkazgan.O'tkazilgan sudga oid tibbiyot ekspertizasining 11.10.2019 yildagi 1251-sonli xulosasiga ko'ra X.ga og'irlik darajasi bo'yicha “Og'ir” tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.
Kazus bo‘yicha savollar:
A. ismli shaxs tomonidan sodir qilingan qilmish tarkibini tahlil qiling.
A. ismli shaxs tomonidan sodir qilingan qilmishdagi og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni tahlil qiling.
Jinoyatni tamom bo‘lish vaqtini hamda jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlab qilmishini tahlil qiling.
Vaziyat bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish va JK maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida jazo tayinlash asoslarini muhokama qiling.
Yuqoridagi vaziyatlarda A. ning harakatlarida bir necha huqubuzarlik alomatlari mavjud. Ularning hammasiga to’xtalib o’tishga harakat qilamiz. Birinchi vaziyat 2017 yil may oyidan 2020 yil 23 fevralga qadar jami 9.464.752 so'm aliment pullarini to'lashdan qasddan bo'yin tovlab kelgani. Ushbu harakatlari MJTKning 47belgili 4-moddasi tarkibini beradi. Ikkinchi huquqbuzarligi, unga nisbatan ma`muriy nazorat o’rnatilganligi, u bu nazoratga amal qilmaganligi uchun ma`muriy javobgarlikka tortilgandan so’ng ham yana shu ishni qilgan. Avvalo, ma`muriy nazorat kimlarga nisbatan o’rnatilishiga to’xtalib o’tsak. «Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma’muriy nazorati to‘g‘risida»gi Qonunning 4-moddasiga asosan, ma’muriy nazorat voyaga etgan quyidagi shaxslarga nisbatan o‘rnatiladi: a) og‘ir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ularning jazoni o‘tash davridagi xulq-atvori tuzalish va halol mehnat qilib kun kechirish yo‘liga o‘tishni aslo istamaganliklaridan dalolat bersa; b) og‘ir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ular jazo muddatini o‘tab bo‘lganlaridan so‘ng ichki ishlar idoralarining jamiyat uchun zararli kun kechirishni to‘xtatish to‘g‘risidagi ogohlantirishiga qaramay, jamoat tartibini muntazam buzayotgan va fuqarolarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazayotgan bo‘lsalar; v) o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxslar. Demak, shuni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, A. ismli shaxs ilgari qaysidir jinoyati uchun sudlanib chiqqan hisoblanadi. Uning bu harakatlari jinoyat hisoblanadi va JKning 226-moddasi 2-qism a) ma’muriy nazoratdan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z istiqomat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish; tarkibini beradi,
Ushbu jinoyatning bevosita obyekti ma’muriy nazoratni amalga oshirishning belgilangan tartibi, ma’muriy nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar idoralarining normal faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi
Jinoyat obyektiv tomondan shunday qilmishi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng, ma’muriy nazorat qo‘llanilgan shaxslar tomonidan ma’muriy nazoratning u yoki bu qoidasining buzilishida ifodalanadi. «Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma’muriy nazorati to‘g‘risida»gi Qonunning biron-bir bandi buzilgan paytdan e’tiboran jinoyat tugallangan hisoblanadi. Basharti ma’muriy nazorat qoidalari xuddi shunday qilmishi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, u JK 226-moddasi 2-qism a bandi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. Subyektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Uni kvalifikatsiya qilishda jinoyatni sodir etish motivi va ko‘zlangan maqsad ahamiyatga ega emas. Jinoyat subyekti 18 yoshga to‘lgan ma’muriy nazorat o‘rnatilgan shaxs hisoblanadi. Xulosa A. ning harakatlarida ushbu jinoyat tarkibi mavjud va subyekti hisoblanadi. Kiyingi huquqbuzarligiga to’xtaladigan bo’lsak, A. 2020 yil 13 iyul` kuni taxminan soat 20:00larda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, G.Uzoqov ko'chasi, 10a-uyda joylashgan “Tabassum” to'yxonasi orqa tomonida fuqaro X. tomonidan A.ni haqoratlab, urib shaxsiyatiga tekkanligi natijasida u bilan janjallashib, jamoat joyida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, bezorilik oqibatida X.ning badaniga og'ir shikast yetkazish maqsadida o'zida bo'lgan pakki pichoq bilan X.ning bel, qorin va yelka sohalariga shafqatsizlarcha bilan bir necha marta urib, tan jarohatlari yetkazgan.O'tkazilgan sudga oid tibbiyot ekspertizasining 11.10.2019 yildagi 1251-sonli xulosasiga ko'ra X.ga og'irlik darajasi bo'yicha “Og'ir” tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan. Ushbu holatda yana ikki jinoyat tarkibi mavjud. Birinchisi, JK 277-moddasi (bezorilik) 2-qism v bandi (sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoxud qo‘llab). Ushbu jinoyat tarkibi, asosiy bevosita obyekti jamoat tartibini ta’minlovchi munosabatlardir. Qo‘shimcha bevosita obyekti shaxsning sog’lig’i, jismoniy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmatini, shuningdek, o‘zganing mulki xavfsizligini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Obyektiv tomondan bezorilik jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish natijasida ancha miqdorda zarar yetkazishda ifodalanadi. «Jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslik deganda, qonunlarga, axloq-odob normalariga, jamiyatda mavjud bo‘lgan urf-odat va an’analarga hurmatsizlik tushuniladi». Subyektiv tomondan bezorilik to‘g’ri qasd bilan sodir etiladi. o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoki nobud qilish bilan bog’liq bo‘lgan jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslik ancha miqdorda zarar yetkazish tarzidagi oqibatlar yuz bergan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi. Sovuq qurol deganda, o‘z mohiyatiga ko‘ra insonning hayoti va sog’lig’iga qarshi ishlatish uchun mo‘ljallangan, sud-kriminalistik ekspertizasi xulosasiga muvofiq sovuq qurol deb topilgan narsalar tushuniladi. Ushbu jinoyat tarkibi badanga qastdan og’ir shikast yetkazish jinoyatini qamrab olmaganligi sababli A. ning harakatlarini JK 104-moddasi 2-qism v bandini qo’shib kvalifikatsiya qilamiz. Ushbu jinoyat tarkibi Mazkur jinoyatning bevosita obyekti boshqa shaxsning sogʻligini himoya qilish borasidagi ijtimoiy munosabat hisoblanadi. JKning104-moddasida nazarda tutilgan jinoyat obyektiv tomondan huquqqa xilof ravishda boshqa shaxs sogʻligiga ogʻir zarar yetkazishga sabab boʻlgan harakat yoki harakatsizlikda ifodalanadi. Ogʻir tan jarohati yetkazilgan qilmishni JK 104-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan, ya’ni oʻta shafqatsizlik bilan sodir etilgandebkvalifikatsiya qilish uchun aybdorda qilmishni jabrlanuvchiga jismoniy yoki ruhiy azob beruvchi usullar orqali amalga oshirish qasdi borligini aniqlash lozim. Mazkur holatda oʻta shafqatsizlik ogʻir tan jarohati yetkazilishiga olib kelgan azoblash va qiynashda namoyon boʻlishi mumkin. «Bunda azoblash deganda, uzoq vaqt ovqat, suv yoki issiqlikdan mahrum qilish kabi xoʻrlovchi harakatlar yoxud insonni sogʻliq uchun ziyon yetkazuvchi sharoitga solish yoki unda qoldirish va hokazolar tushunilishi lozim. Qiynash deganda, koʻp marta yoki uzoq vaqt davomida ogʻriq yetkazuvchi, jumladan, muttasil doʻpposlash, chimchilash, kesish, oʻtmas yoki oʻtkir-sanchiluvchi (kesuvchi) predmetlar bilan koʻp sonli, biroq chuqur boʻlmagan jarohatlar yetkazish, elektr yoki termik omillar orqali ta’sir koʻrsatish va hokazolar bilan bogʻliq harakatlar tushunilishi lozim»1 . subyektiv tomondan qastdan sodir etilmoqda. Subyekt 14 yoshga to’lgan aqli raso jismoniy shaxs. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, A. ning harakatlari JKning 226-moddasi 2-qism a) ma’muriy nazoratdan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z istiqomat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish, JK 277-moddasi (bezorilik) 2-qism v bandi (sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoxud qo‘llab), JK 104-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan, ya’ni oʻta shafqatsizlik bilan, , e) bezorilik oqibatida; l) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan bo‘lsa, kabi jinoyatlar tarkibini bermoqda.
A. ismli shaxs tomonidan sodir qilingan qilmishdagi og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni tahlil qiling. Yuqoridagi vaziyatlarda bizning fikrimizcha faqat bir holatda qilmishni yengillashtiruvchi holat mavjud, fuqaro X. tomonidan A.ni haqoratlab, urib shaxsiyatiga tekkanligi. JK 55-moddasi 1-qism I bandi, jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta’siri ostida jinoyat sodir etish. Shuni ham takidlab o’tish mumkinki, sud boshqa holatlarni ham, ya`ni JK 55-moddasida nazarda tutilmagan holatlarni ham qilmishni yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin. Qilmishning og’irlashtiruvchi holatlariga to’xtalsak, JK 56-moddasida qilmishni og’irlashtiruvchi holatlar keltirilgan. Shaxs sodir etgan, JKning 226-moddasi 2-qism a) ma’muriy nazoratdan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z istiqomat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish, JK 277-moddasi (bezorilik) 2-qism v bandi (sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoxud qo‘llab), JK 104-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan, ya’ni oʻta shafqatsizlik bilan, , e) bezorilik oqibatida; l) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan bo‘lsa, jinoyatlarining o’zi qilmishni og’irlashtiruvchi holat hisoblanadi, shuning 56-moddani qo’llashning hojati yo’q. Asos, JK 56-moddasi 4-qism Ushbu holatlar Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi.
Yuqorida shaxsga nisbatan ma`muriy nazorat o’rnatilganligi, ma`muriy nazorat sudlangan shaxslarga nisbatan qo’llanilishini hisobga olgan holda yana bir og’irlashtiruvchi holatni qo’shishimiz mumkin, biroq bu muammoli chunki bizga yuqoridagi vaziyatda A. ismli shaxsning oldin sudlabgan, sudlanmaganligi keltirilmagan. Unga nisbatan JK 56-moddasi 1-qism n bandini, ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi bandini qo’llashimiz biroz muaommoli.
Vaziyat bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish va JK maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida jazo tayinlash asoslarini muhokama qiling. JK maxsus qism sanksiyalariga to’xtalib o’tamiz. JKning 226-moddasi 2-qism a) ma’muriy nazoratdan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z istiqomat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish ikki yildan to‘rt yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. JK 277-moddasi (bezorilik) 2-qism v bandi (sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoxud qo‘llab) uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. JK 104-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan, ya’ni oʻta shafqatsizlik bilan, e) bezorilik oqibatida; l) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan bo‘lsa, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shaxs ushbu jinoyatlarning birortasi uchun ham sudlanmaganligini hisobga olgan holda, jinoyatlar majmui sifatida, JK 59-modda bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash, 3-qismi Agar jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, ushbu Kodeksning Umumiy qismida shu jazo turi uchun belgilangan doirada tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi.
7-KAZUS
Tuman IIB Tergov bo‘limi narkotrafik va giyohvand moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi qaratilgan jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha bo‘linmasining katta tergovchisi A fuqaro N ga nisbatan o‘zi yashab kelayotgan Yakkasaroy tumani, X-xonadonda fohishaxona saqlaganligi haqidagi soxta hujjatlar asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atib, 2020 yil 12 martda N ni JKning 131-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilib, N ga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borish davomida uning ahvolini yanada og‘irlashtiruvchi tomonga o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan holatda uni o‘ziga qaram sharoitga tushirib, shu kuni N bilan birga mazkur xonadonga kelib, undan jinsiy aloqada bo‘lishini talab qilib, o‘ziga xizmat va boshqa jihatlardan qaram bo‘lgan N ni jinsiy aloqa qilishga majburlab, uyning balkonidagi yotog‘ida N bilan jinsiy aloqada bo‘lgan.
Kazus bo‘yicha savollar:
Katta tergovchi A. ning qilmishiga baho bering, uning qilmishida qaysi jinoyat tarkibi alomatlari mavjud.
Jinoyatni tamom bo‘lish vaqtini hamda jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlab qilmishini tahlil qiling.
Katta tergovchi A. qilmishidagi og`irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni tahlil qiling.
JKning 57, 61-moddalarini qo‘llagan holda jazo tayinlashni tahlil qiling
Vaziyat bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish va JK maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida jazo tayinlash asoslarini muhokama qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |