Qasdda subyekt qilmishning ijtimoiy xavfliligini anglaydi, oqibatini oldindan biladi va shu oqibatning yuz berishini istaydi.
Ehtiyotsizlikda esa subyekt qilmishning ijtimoiy xafliligini anglaydi, uning oqibatiga ko’zi yetadi va ushbu oqibatni yuz berishiga ongli ravishda yo’l qo’yib beradi.
Subyektiv tomon – Ehtiyotsizlikning o’z-o’ziga ishonish shakli orqali sodir etilgan
Jinoyatning obyektiv tomoni- jinoyat sodir etishning tashqi tomon belgisi bo’lib, harakat yoki harakatsizlik orqali sodir etiladi. Jinoyatning obyektiv tomoni zaruriy belgilari ijtimoiy xavfli qilmish, oqibat, qilmish va oqibat o’rtasidagi sababiy bog’lanish. Fakultativ belgilari esa vaqt, joy, sharoit, jinoyat sodir etish usuli, vositasi kabilar.
Obyektiv tomon – S ismli shaxsning ehtiyotsizlik qilib xavfsizlik choralarini ko’rmasligi ortidan o’zga shaxsning o’limiga olib kelinishi.
2- masala. Jinoyatning tamom bo’lish vaqtini aniqlash uchun qilmish tasvirlov usuliga ko’ra qanday turga tegishli ekanligini aniqlash lozim.
Tasvirlov usuliga ko’ra:
Moddiy tarkibli jinoyat bu jinoyatning tamom bo’lishi oqibat kelib chiqqan paytdan boshlab hisoblanadigan jinoyatdir.
Formal tarkibli jinoyat- jinoyat sodir etish boshlanishidayoq tamom bo’adigan jinoyatdir. Bunda oqibat yuz bergan bermagani ahmaiyatsiz.
Kesik tarkibli jinoyatda oqibat ham, oqibatga sabab bo’luvchi qilmishni oxiriga yetkazish ham talab etilmaydi.
O’z navbatida jinoyat kodeksi mana shu qoidalardan kelib chiqib, jinoyat qachon tugallanishini 13-moddada belgilab bergan
13-modda. Qonunning vaqt bo‘yicha amal qilishi
Qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi ana shu qilmish sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan qonun bilan belgilanadi. Agar ushbu Kodeks moddasida harakat yoki harakatsizlik sodir qilish payti jinoyat tamomlangan payt deb hisoblangan bo‘lsa, ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan payt jinoyat sodir qilingan vaqt deb topiladi. Agarda ushbu Kodeks moddasida jinoiy oqibat yuz berishi bilan jinoyat tamom bo‘lgan deb hisoblangan bo‘lsa, jinoiy oqibat yuz bergan payt jinoyat sodir etish vaqti deb topiladi.
Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega, ya’ni ushbu qonun kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish sodir etgan shaxslarga, shu jumladan jazoni o‘tayotgan yoki o‘tab bo‘lgan shaxslarga nisbatan, agar ular hali sudlangan hisoblansalar, tatbiq etiladi.
Qilmishni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni kuchaytiradigan yoki shaxsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas.
Bundan kelib chiqadiki yuqoridagi holatda jinoyatning tamom bo’lish vaqti jabrlanuvchining, ya’ni X ning o’lim holati kelib chiqqan payt tugallangan hisoblanadi. Chunki S ning sodir etgan qilmishi moddiy tarkibli jinoyat hisoblanadi, bilamizki moddiy tarkibli jinoyatlarda jinoiy oqibat yuz berishi bilan jinoyat tugallangan hisoblanadi.
Shuningdek, jinoyatlar o‘z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra: ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan; uncha og‘ir bo‘lmagan; og‘ir; o‘ta og‘ir jinoyatlarga bo‘linadi. Bu JK ning 15-moddasida belgilab qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |