davlat boshqaruvi organining gorizantal, ya’ni bir-birining bo'ysunuvida bo'lmagan davlat boshqaruvi organlari bilan bo'lgan munosabatlar. Bunga misol qilip Sog'liqni saqlash vazirligining "Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashxis qo'yish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pullik asosida yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko'rsatish" qoidalari yuzasidan Moliya vazirligi bilan pulli tibbiy xizmatlar ta’rif koiffitsentlarini kelishib olishi.
davlat boshqaruvi organlarining xususiy shaxslar bilan bilan bog'liq bo'lgan munosabatlari: davlat boshqaruvi organlari va xususiy shaxslar o'rtasidagi ma’muriy tartib-taomillar bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar, yurisdiksion munosabatlar va yustitsion munosabatlar.
Davlat boshqaruvi organlari va xususiy shaxslar o'rtasidagi ma’muriy tartib-taomillar bilan bog'liq bo'lgan munosabatlarga: jismoniy shaxsning Davlat xizmatlari agentligi bo'limlariga o'z nomida uy-joy yo'qligi to'g'risidagi ma’lumotni olish uchun qilgan murojaati.
Davlat boshqaruvi organi bilan xususiy shaxslar o'rtasidagi yustitsion munosabatlarga: "O'zstandart" agentligining sertifikat berishni asossiz ravishda rad etishi ustidan xususiy shaxsning yuqori turuvchi organga murojaat etishini misol qilib aytsak bo'ladi.
Davlat boshqaruvi organi va xususiy shaxslar o'rtasidagi yurisdiksion munosabatlarga misol qilip esa fuqaroning jamiyatda o'rnatilgan o'zini tutish qoidalarini mensimasligi natijasida mayda bezorilik huquqbuzarligini sodir qilishi. Shu sababli unga nisbatan ichki ishlar organlari xodimlarining ta'sir chorasini ko'rishi va shu bilan bog'liq bo'lgan ish yurituv munosabatlarining yuzaga kelishini aytsak bo'ladi.
Ma’muriy huquq fani olimlarining aksariyati1, ma’muriy huquqning predmetiga davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan
quyidagi ijtimoiy munosabatlar guruhini kiritadi:
1) tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga bo ‘ysunadigan davlat
boshqaruvi organlari o'rtasidagi munosabatlar (masalan, vazirlik va
davlat qo‘mitalarining ularga bo‘ysungan boshqarma va bo‘limlari
o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar);
2) bir-biriga bo"ysunmaydigan davlat boshqaruvi organlari o'rtasidagi munosabatlar (masalan, ikki vazirlik, vazirlik va davlat
qo‘mitasi o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar);
3) davlat boshqaruvi organlari va ularga bo‘ysunadigan korxona, muassasa va tashkilotlar о 'rtasidagi munosabatlar,
4) davlat boshqaruvi organlari va jamoat birlashmalari o'rtasidagi munosabatlar,
5) davlat boshqaruvi organlari va fuqarolar o'rtasidagi munosabatlar.2
Demak fikrimizcha: ma’muriy huquqning predmetiga ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar kirar ekan.
Yuridik adabiyotlarda huquq subyektlari bo'yicha turlicha fikrlar bildirilgan. Aksariyat huquqshunos olimlarining fikricha, ma’muriy huquq subyektlari ikkiga bo'linadi: individual subyektlar va jamoa subyektlar.