Jamoa subyektlariga — turli ko'rinishdagi davlat va nodavlat tashkilotlari kiradi. Birinchi guruhga — ijro hokimiyati organlari, davlat korxonalar va muassasalari hamda ulaming birlashmalari (masalan, korporatsiya, konsem va h.k.lar), ijro hokimiyati organlarining ma’lum bir vakolatga ega bo'lgan tuzilmaviy bo‘linmalari (masalan, departamentlar) kiradi. Ikkinchi guruhga esa jamoat birlashmalari (partiyalar, kasaba uyushmalari, ommaviy harakatlar), xususiy korxona va tashkilotlar hamda boshqa tijorat va notijorat tuzilmalari kiradi.3
Do'stlaringiz bilan baham: |