Xo’jalik yurutuvchi subyektlar moliyaviy resurslarni tashkil etishning mohiyati va funktsiyalari



Download 361,5 Kb.
bet1/14
Sana08.06.2022
Hajmi361,5 Kb.
#644060
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
original


REJA:
Kirish


    1. Xo’jalik yurutuvchi subyektlar moliyaviy resurslarni tashkil etishning mohiyati va funktsiyalari



    1. Xo’jalik yurutuvchi subyektlar moliyaviy mablag'larni shakllantirish manbalari va uning tarkibi




    1. Xo'jalik yurituvchi sub'ekt moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati




Kirish
Xo’jalik yurutuvchi subyektlarning moliyaviy resurslari ulardagi resurslarining bir qismi bo'lib, bu resurslar pul shaklida amal qiladi. Resurslarning pul shaklida amal qilishi moliyaviy resurslar mohiyatan tavsifining ajralmas qismi hisoblanib, bu narsa ularni xo’jalik yurutuvchi subyektning boshqa resurslari ko'rinishlaridan, xususan, ishlab chiqarish vositalari (dastgohlar, mashinalar, xom-ashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo'ljallangan binolar va shunga o'xshashlar) dan farq qiladi. Buni inobatga olgan holda xo’jalik yurutuvchi subyekt vositalarining «pul shakli» va «pul qiymati» tushunchalarini farqlamoq lozim. « xo’jalik yurutuvchi subyekt vositalarining pul qiymati» tushunchasi, odatda, pul mablag'larining o'zini emas, balki turli maqsadlar uchun mo'ljallanilgan vositalar va fondlar (masalan, asosiy fondlar) ning qiymat jihatidan baholanishini anglatadi.
Pulga sotib olinganligiga qaramasdan ishlab chiqarish vositalari (yuqoridagi dastgohlar, mashinalar, xom-ashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo'ljallangan binolar va shunga o'xshashlar) haqiqatda ular pul emas va pul hisoblanmaydi. Ishlab chiqarish fondlarini qaytadan pul shakliga aylantirish uchun, avvalo, ularni sotish kerak. Bu holda esa, o'z navbatida, mol-mulkning balansda aks ettirilgan qiymat baholari emas, balki haqiqatdagi bozor baholari harakatga tushadi. Moliyaviy qiyinchiliklar va bankrotlik xavfi ostida vujudga keladigan bunday vaziyatlar xo’jalik yurutuvchi subyektni yomon oqibatlarga, xususan, mablag'lar va resurslarning yo'qotib qo'yishiga olib kelishi mumkin. Holbuki, xalqaro amaliyotdagi ma'lumotiarga ko'ra bankrotga uchragan xo’jalik yurutuvchi subyekt tugatilayotgan paytda unga tegishli bo'lgan aktivlar qiymatining 40 foizdan ortiq bo'lmagan qismini olishga muvaffaq bo'linishi mumkin. Shu munosabat bilan hatto, sog'lom bozor aylanmasida, ya'ni talabga ega bo'lgan tayyor mahsulot realizatsiya qilinganda ham u faqat sotilganidan so'ng pul mablag'iga aylanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivojlantirishga mo'ljallangan xo’jalik yurutuvchi subyektning moliyaviy resurslari bu pul shaklidagi uning kapitalidir. Mehnat vositalari, predmetlari va natijalariga aylangan moddiy-buyumlashgan kapital, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining jismoniy va intellektual qobiliyatlaridan iborat bo'lgan inson kapitali kapital mavjudligi va harakatining boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi. Prinsip jihatidan, takror ishlab chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning egasiga daromad keltiruvchi har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital bo'lishi mumkin.
Tijoriy xo’jalik yurutuvchi subyektlarning moliyaviy resurslari dastlab (birlamchi holda) ular ta'sis kapitalining bir qismini pul shaklida qo'yish va shuningdek, boshqa shaxslar va tashkilotlardan maqsadli moliyalashtirish va subsidiyalar ko'rinishida kelib tushgan pul mablag'lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Ta'sis kapitalining pulsiz qismi (sanoat va intellektual mulk ob'ektlari, ulardan foydalanish . huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli tushilmalar singari, agar ular pul ko'rinishida qo'yilmagan bo'lsa, ularni xo’jalik yurutuvchi subyektning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas.
Dastlabki (birlamchi) kapitalning ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi tovar-pul doiraviy aylanishi jarayoni kengayishini boshlab beradi. Uning pul shakiidagi yakuni sifatida xo’jalik yurutuvchi subyektning tushumi maydonga chiqadi. O'z navbatida, tushum xarajatlarni moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ish lab chiqarish jarayonini davom ettirishni ta'minlovchi bir necha pul mablag'lari fondlariga bo'linadi.
Bozor iqtisodiyotining xorijiy nazariyasi va amaliyotida pul tushumi yalpi daromad tarzida talqil qilinadi. Bu narsa xo’jalik yurutuvchi subyekt moliyaviy resurslari fondini shaklIantirish va qayta yangilashda tushumning umumlashtirilgan ahamiyatini o'zida aniqroq aks ettiradi. Moddiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun mo'ljallangan pul tushumlarining bir qismi, xo’jalik yurutuvchi subyektning real moliyaviy resursi mol yetkazib beruvchilar va kontragentlarning hisob varaqlariga o'tkazilmasdan uning aylanmasida bo'lgan paytda unga qo'shimcha daromad keltiradi.

Download 361,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish