Mavzu: Almashlab ekish sxemalari asosida rotatsiya jadvalini tuzishni о‘rganish
Mashg‘ulotning maqsadi: almashlab ekish sxemalari asosida rotatsiya jadvalini tuzishni о‘rganish.
Nazariy ma’lumot
Yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash masalalari dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda. Qishloq xo’jaligida sug’oriladigan, lalmi yerlar va yaylovlardan to’g’ri foydalanish, meliorativ holatini yaxshilashni tashkil qilish muhim vazifalardan hisoblanadi. Almashlab ekish deyilganda ekinlarning yillar davomida ma’lum dalalarda rejali tartibda navbati bilan almashib turilishi tushuniladi. Bu ta’rif almashlab ekishning tor ma’nodagi tushunchasi bo`lib, unda agrotexnikaning mohiyati aniq ifoda etilgan. Lekin almashlab ekish keng ma’noga ega bo`lib, dehqonchilik tizimi yoki boshqacha qilib aytganda, dehqonchilik madaniyatining asosini tashkil etadi.Qishloq xо‘jalik ekinlarini uzoq vaqt bir dalada yetishtirish tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligining mutassil pasayib borishi kabi salbiy holatlarning sabablarini aniqlash maqsadida turli mintaqalarda kuzatish va tajribalar olib borildi.
Ana shunday tadqiqotlardan dastlabkisi XVIII asrning ikkinchi yarmida rus olimi, agronom A.T.Bolotov tomonidan о‘tkazilgan bо‘lib, yakunda u dehqonchilikni samarali asoslarini ishlab chiqdi. U о‘zining nazariy g‘oyalarini 1771 yilda nashr ettirgan “Dalalarni taqsimlash tо‘g‘risida” deb nomlangan asarida bayon etdi. Ushbu asar keyinchalik nafaqat yer tuzish va undan foydalanish tо‘g‘risida, balki kо‘p dalali almashlab ekish bо‘yicha ham asosiy qо‘llanma bо‘lib qoldi.
A.T.Bolotovning zamondoshi I.M.Komovning 1788 yilda nashr etgan “Dehqonchilik tо‘g‘risida” nomli asarida asosiy e’tiborni tuproq unumdorligini oshirish va dehqonchilik madaniyatiga qaratdi. U tuproq unumdorligini mahalliy о‘g‘itlarni keng qо‘llash, ekinlarni almashlab ekishni tо‘g‘ri tashkil qilish va tuproqqa ishlov berishni mukammallashtirish orqali oshirish mumkinligini ilmiy asoslab berdi.
I.M.Komov kо‘p dalali almashlab ekish g‘oyasini ilgari surdi va uni qо‘llab quvvatladi. U ekstensiv holatlarda 6 dalali, intensiv holatlarda esa 2 dalali almashlab ekish tizimlarini taklif qildi. Oradan 25 yil о‘tib, 1831 yilda A.Teyer о‘simliklarni chirindi bilan oziqlanishini isbotlab, fanda tuproqda gumus hosil bо‘lishi va uni о‘simliklar tomonidan о‘zlashtirishi nazariyasiga asos soldi. Ammo 1840 yilda nemis olimi Y.Libix о‘simliklar tomonidan tuproqdagi chirindini о‘zlashtirish nazariyasini tanqid qildi. U о‘simliklar asosan tuproqdagi mineral moddalarga ehtiyoj sezishi, hech bir о‘simlik tuproqni oziq moddalar bilan boyita olmasligi, shuning uchun о‘simlik tuproqdan qancha miqdorda oziqa elementi olib chiqqan bо‘lsa, uning о‘rnini shuncha miqdordagi mineral о‘g‘itlar solib tо‘ldirish kerakligi tо‘g‘risidagi nazariyasi bilan chiqdi.
4-rasm. Almashlab ekish
Almashlab ekish asosan dalachilik, yem-xashak (ferma oldi) va maxsus almashlab ekishdan iborat uchta turga bo`linadi. Dalachilik almashlab ekishi almashlab ekishning eng ko`p tarqalgan turi bo`lib, don ekinlari, kartoshka, lavlagi, texnik va boshqa dala ekinlari yetishtirishda qo`llaniladi. Bu turdan mamlakatimiz ekinzorlarining yarmidan ko`prog`ida foydalaniladi. Asosiy ekinga ko`ra, dala almashlab ekishi don, lavlagi, paxta beda va hokazo almashlab ekish turlariga bo`linadi. Yem-xashak chorvachilikning zarur ozuqa talabini qondirishga yo`naltirilgan bo`lib, har xil ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun mo`ljallanadi. Yem-xashak almashlab ekishda ozuqabop ekinlar jami ekinzorning yarmidan ko`prog`ini tashkil qiladi. Ferma oldi yem-xashak almashlab ekishida ko`k o`tlar, shirali ozuqalar yetishtirilishi asosiy o`rinni egallaydi va chorvachilikda yil davomida «yashil konveyer»ni tashkil qilishning asosi hisoblanadi.
Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish turli hududlarda va hatto bir korxonada turli tuproq sharoitlarida olib borilganligi tufayli surunkasiga mo`l va arzon mahsulot yetishtirishni ta’minlash uchun hatto bir korxonada almashlab ekishning turli sxemalari qo`llanilishi mumkin. Paxtakor xo`jaliklar uchun 10 dalali (3:6:1) va 12 dalali (3:6:3) almashlab ekish sxemalari tavsiya etilishi mumkin. Bunda bo`luv nisbati bilan berilgan raqamlar ekinlar turini, ekilish navbatini va necha dalani egallashni bildiradi (3:6) sxemada birinchi raqam bedani, ikkinchi raqam g`o`zani (paxtani), uchinchi raqam g`allani bildiradi, ya’ni bu sxemada paxta-beda-g`alla almashlab ekiladi. Bu almashlab ekish sxemasida uch dalani beda, olti dalani paxta va uch dalani g`alla egallaydi. Bir dalaga 3 yil davomida beda ekilgandan keyin 6 yil paxta va uch yil g`alla yetishtiriladi. Beda birinchi yili makkajo`xori, oq jo`xori, raygras yoki sudan o`tiga, ko`k ozuqa yoki don uchun esa arpaga qo`shib ekilishi mumkin.
Yerdan yanada samaraliroq foydalanish uchun beda sepiladigan birinchi dalaga don uchun kuzgi boshoqli ekin, uning o`rniga silos uchun makkajo`xori ekishi, hosilni yig`ishtirib olish bilanoq sentabr, oktabr oylarida uchinchi asosiy ekin sifatida beda sepish ham mumkin. Almashlab ekishning 2:5:3, va 2:6:4 sxemalarida beda yolg`iz o`zi, ko`k ozuqa uchun makkajo`xori, oq jo`xori, raygras yoki sudan o`ti bilan almashtirib ekiladi, ikki yildan keyin surunkasiga 5 yil paxta ekiladi. Shundan keyin dalaga bahorgi boshoqli don, so`ngra makkajo`xori silos yoki ko`k ozuqa olish uchun ekilib, hosil yig`ishtirib olinganidan keyin oraliq sifatida ko`k ozuqa uchun javdar yoki raps ekilishi mumkin, keyin 3-4 yil yana paxta yetishtiriladi. Aniq sharoitlarni hisobga olgan holda almashlab ekishning 1:3:5, 1:3:6 sxemalari qo`llanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |