Nazariy ma’lumot


Almashlab ekishning ahamiyati quyidagilardan iborat



Download 241,67 Kb.
bet2/4
Sana25.03.2022
Hajmi241,67 Kb.
#508593
1   2   3   4
Bog'liq
Almashlab ekish

Almashlab ekishning ahamiyati quyidagilardan iborat:
1) Tuproq strukturasini mustahkamlaydi va unumdorligini oshiradi;
2) Tuproqni chirindiga boyitish hisobiga uning suv – fizik va kimyoviy xossalarini yaxshilaydi. Tuproqning hajmiy massasi kamayadi, suv о‘tkazuvchanligi, suv sig‘imi, suv berish qobiliyati ortadi, kimyoviy elementlar balansi barqarorlashadi;
3) Yerning meliorativ holatini yaxshilaydi: yer osti suvlari sathini pasaytiradi, shо‘rlanishning oldini oladi ;
4) Ekin maydonlarini begona о‘tlar, zararkunanda va kasalliklardan tozalaydi;
5) Tuproqni suv va shamol eroziyasidan muhofaza etadi, ekologik muhitni yaxshilaydi;
6) Qishloq xо‘jalik mashinalaridan samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi;
7) Barcha agrotexnik tadbirlarning (tuproqka ishlov berish, о‘g‘itlash, sug‘orish, begona о‘tlar, hashorat, kasalliklar va b.q.) samarasini oshiradi;
8) О‘simliklarning о‘sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi;
9) Qishloq xо‘jalik ekinlari hosilini 2 baravargacha, undan ham kо‘proq oshiradi;
10) Qishloq xо‘jalik ekinlari hosili sifatini yaxshilaydi, tannarxini kamaytirish imkonini beradi;
11) Chorvachilikning yem – xashak bazasini mustahkamlaydi va boshqalar.
Qanday mahsulot yetishtirish, ekinlarning biologik vaagrotexnik xususiyatlariga kо‘ra almashlab ekishlar 3 turga bо‘linadi:
1.Dala almashlab ekish;
2.Yem-xashak yetishtirishga ixtisoslashgan almashlab ekish;
3.Maxsus almashlab ekish.

Almashlab ekish sxemalari asosida rotatsiya jadvalini tuzishni о‘rganish


Ishlab chiqarish maqsadiga va tuproq unumdorligini tiklash usuliga kо‘ra bir necha almashlab ekish sxemasi mavjud. Xо‘jalik maqsadiga kо‘ra dala, yem-xashak, sabzavot va maxsus almashlab ekish farq qilinadi.
Almashlab ekishda ma’lum sondagi dala (8,9,10,12 ta va hokazo) va ekinlarni navbat bilan ekishning belgilangan tartibi bо‘ladi. Misol uchun, о‘n dalali almashlab ekish qо‘llanilsa, ekin ekiladigan maydon teng о‘nta qismga bо‘linadi. Mazkur ekin uchun ajratiladigan maydonga qarab u bitta yoki bir nechta dalani yoki dalaning bir qismini egallashi mumkin.
Bir necha xil ekin о‘stiriladigan almashlab ekish dalasi terma (yig‘ma) daladeb ataladi. Terma dala tarkibiga, imkoni boricha, tuproq sharoitiga, yerga ishlov berish tizimiga va ularni parvarish qilishga bо‘lgan talablarga, shuningdek, tuproq unumdorligiga ta’siriga kо‘ra, о‘zaro kо‘p jihatdan о‘xshash bо‘lgan ekinlar tanlab olinishi kerak.
Almashlab ekishning har qaysi dalasida ma’lum vaqt davomida ekinlarni izchillik bilan navbatlab ekish rotatsiya deb ataladi. Odatda, almashlab ekish dalalar soni rotatsiya yillari soniga mos keladi. Bir rotatsiya davomida yillar va dalalar bо‘yicha ekinlarni navbatlash rejasi belgilanadigan jadval rotatsiya jadvali deb ataladi. Almashlab ekishda ekinlar nomi о‘rniga, unga kiradigan о‘simliklar guruhi, masalan, kuzgi, bahorgi g‘alla ekinlari va boshqa ekinlar kо‘rsatilishi mumkin, bu ekinlar guruhining rо‘yxati va ularni navbatlash almashlab ekish sxemasi deb ataladi.
Ekinlarni har yili yoki bir necha yil о‘tgach almashtirish mumkin. Masalan, g‘о‘za almashlab ekishda bitta dalaga surunkasiga bir necha yilgacha g‘о‘za ekiladi.
О‘zbekiston sharoitida xо‘jalikni ixtisoslashtirishni hisobga olib, almashlab ekish massivlarida ekin maydonlarining quyidagi jadvalda kо‘rsatilgan srukturasini qabul qilish tavsiya etiladi.



Download 241,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish