cho’nqirlarga, qoya toshlarning xamma kamarlariga kirib borib, yemirilgan mayda jinslarni xam
uchirib ketadi. Bu xodisa deflyatsiya deyiladi. Deflyatsiya xarakati tog’ jinslari qatlamlarining
(ayniqsa gorizontal xolda yotganini) yon tomonlarini silliqlaydi, yemirib donalarga ajratib uchiradi,
natijada xar xil shakllar: minorasimon, stol, ustun, qurbaqa sallasiga uxshash shakllar hosil bo’ladi.
Deflyatsiya jarayoni natijasida yuqorida aytib o’tilgan jinslar yemiriladi, mayda donachalarni
shamol uchirib ketadi va u joylarda xar xil shakllar hosil bo’ladi. Yer yuzasiga yaqin joylardagi
bo’sh jinslarni shamol uchirib ketadi, uning o’rnida xovuzsimon relyef hosil bo’ladi. Bunday joylar
eol qozoni deb ataladi. Bunday chuqurliklarda yog’inlarning to’planishidan vaqtli ko’lchalar yoki
botqoqliklar hosil bo’lishi mumkin. Ko’pincha cho’llarda bunday joylarda loyqa to’planib, yozda
qurib qolib yorilib-yorilib ketadi va bu yerlar taqir deb ataladi.
Korroziya. Korroziya so’zi lotincha bo’lib silliqlash, o’yish, tekislash demakdir. Shamol qum
donachalarini uchirsa, qattiq tog’ jinslariga uriladi va ularni shamolga qarshi tomonini qiradi,
o’yadi, silliqlaydi. Shamoning ana shu bajargan geologik ishiga karroziya deyiladi. Shamol olib
borayotgan qum odatda yer yuzasidan 2-3m balandda uchadi; shuning uchun korroziya qoya
toshlarini tagini eng ko’p o’yadi;
Shamol qum donachalarini tuxtovsiz qattiq kuch bilan tog’ jinslariga urishi natijasida ularda 1,5-
2m keladigan chuqurchalar hosil bo’ladi. Shamol yumshoq jinslar orasidagi toshlarni ochib, tozalab
ketadi. Karroziya qattiq cho’kindi jinslarni uyib, kichik-kichik chuqurlar hosil qiladi; ba'zan bunday
jinslar juda jimjimador bo’lib qoladi. Cho’llarda shamolning ta'siri natijasida qumtepaliklar ya'ni
barxanlar hosil bo’ladi. Barxnlarning balandligi 2m dan 30m gacha, ba'zan 50-100m gacha yetishi
mumkin. Barxanlar siljib turadi, masalan 1 yilda o’rta xisobda 2-10m gacha, ba'zi xollarda 100- 150
m gacha siljiydi. Dengiz, ko’l va daryo soxillariga to’lqin chiqarib tashlagan qumlarni shamol
uchirib, quriqlik ichkarisiga olib ketishi va soxil buylab yotqizishi mumkin. Dengiz yoki daryo
buyidagi qumtepaliklar dyunalar deyiladi. Dyunalarning balandligi 20-25m gacha , ba'zan katta
dengiz soxilida 20m gacha yetishi mumkin. Ular ham siljib, bir yil ichida 100m dan 200m gacha
yo’l bosishi mumkin.
Shamol keltirgan yotqiziqlar eol yotqiziqlar deyiladi. Eol yotkiziklari o’z xususiyati va shakli
bilan boshqa yotqiziqlardan farq qiladi. Eol yotqiziqlariga qumdan tashqari, tabiatda keng tarqalgan
lyoss (soz tuproq) xam kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: