Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji


Estetik ehtiyoj va estetik hissiyot



Download 0,74 Mb.
bet4/8
Sana22.06.2017
Hajmi0,74 Mb.
#11165
1   2   3   4   5   6   7   8

Estetik ehtiyoj va estetik hissiyot.
Estetik ehtiyoj. Estetik anglash va shu asosdagi faoliyat jarayoninig ibtidosi estetik ehtiyojga borib taqladi. Estetik ehtiyoj inson hayotida ro`y beradigan barcha estetik hodisalarning asosi sifatida ham tabiiy – biologik, ham ijtimoiy – ma’naviy, mohiyatga ega; “go`zal nafs” , nafosatga tashnalik, insonda estetik hissiyotni qo`zg’atish xususiyatini saqlab qolgan holda, keyinchalik uning butun umri moboynida takomillashib boradi, estetik muhokama, estetik baho, estetik did va estetik idealning shakllanishiga xizmat qiladi. Har bir shaxsdagi madaniyatlilik darajasi, ma’naviy salohiyati uning estetik ehyitoji darajasi bilan o`lchanadi. U “go`zal nafs” sifatida boshqa ehtiyojdan talab etilayotgan ob’ektdan moddiy – iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy va boshqa manfaatlar kutmasligi, beg’arazligi bilan ajralib turadi. Estetik ehtiyoj estetik hissiyot bilan uzviy, dialektik bog’liq; estetik ehtiyoj ko`pincha estetik hissiyotni uyg’otsa, ba’zan estetik hissiyot estetik ehtiyojni vujudga keltiradi. Masalan, siz “Mirzo Ulug’bek” spektaklini ko`rish xohishi – estetik ehtiyoj tufayli teatrga bordingiz; spektakl moboynida sizda estetik hissiyot – hayratlanish, zavqlanish, quvonish va boshqa tuyg’ular qo`zg’aldi. Spektakldan keyin esa u haqda mulohaza yuritishga, undagi ijobiy va salbiy qiyofalarni baholashga, qolaversa, yaqin kishilarga spektakl mazmunini o`z estetik nuqtayi nazaringizdan so`zlab berishga yoki Mirzo Ulug’bek suratini chizishga, unga atab she’r yozishga yoki u haqda insho yozishga ehtiyoj sezasiz. Demak, estetik ehtiyoj hissiyotni uyg’otsa, hissiyot yana estetik ehtiyojni, muayyan estetik hodisani o`zgacha badiiy – estetik talqin qilish, unga ijodiy yondashish ehtiyojini tug’diradi. Zero, J. Lokk aytganidek, “ nimaiki tushunchada bor ekan, u bundan avval hissiyotda mavjud edi; agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi uzatilmas ekan, u holda tafakkur uchun hech qanday material berilmagan bo`ladi”. Demak, estetik anglash avvalo estetik hissiyot bo`lishini taqozo etadi.

Estetik hissiyot. Ko`pincha adabiyotlarda esteik hissiyot “ estetik tuyg’u” so`zi birlik shaklida beriladi. Goh estetik kechinmaning, goh estetik hayajonning sinonimi tarzida talqin qilinadi. Bizningcha , bu unchalik tog’ri emas. Chunki hayajon ham, kechinma ham bitta tuyg’udan emas, tuyg’ular silsilasidan iborat bo`ladi, shu sababdan uni ko`plikda – hislar yoki hissiyot shaklida qo`llash maqsadga muvofiq.

Estetik baho. Qadriyat va baho, yuzaki qaraganda, mohiyatan bir xil bo`lishi kerakdek tuyuladi. Aslida ular orasida o`ziga xos farq mavjud. To`g’ri, estetik qadriyat ob’ektning subektga munosabatini anglatadi, ob’ekt, odatda, o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`ladi. Lekin bu-muayyan go`zallik yoki ulug’vorlik hamma uchun ham, hamma vaqt ham bir xildagi go`zallik va ulug’vorlik bo`lib qolaveradi, degani emas. Chunki estetik baho subektning ob’ektga munosabati, u ob’ektning qadriyatini belgilaydigan xususiy mezon, bu xususiylik shaxsga, jamiyatga va zamonga tegishlidir. Shu jihatdan bir ob’ekt-qadriyat har xil baholanishi va hatto muayyan vaqt mobaynida baholanmasligi mumkin. Shunday qilib, estetik baho shunday ma’naviy hodisaki, garchand qadriyat yaratmasa ham, qadriyatni idrok etish faqat u orqali amalga oshadi.

Estetik bahoning yana bir muhim xususiyati shundaki, u estetik anglash tuzilmasi ichidagi eng qamrovli, eng miqyosli ta’sirga ega. U ma’lum ma’noda estetik anglashning deyerli barcha unsurlari uchun mezon vazifasini o`taydi. Chunonchi, estetik hissiyot, estetik did va estetik idealda buni yaqqol ko`rish mumkin. Ayniqsa, u estetik did bilan chambarchas bog’liq. Endi ana shu estetik did masalasini ko`rib chiqamiz.


Estetik did va estetik idel
Estetik did. Estetik did tushunchasining o`ziga xosligi shundaki, u bir tomondan, idrok, fahm, farosat kabi ildizi aqlga borib taqalsa, ikkinchidan, o`zining ehtiros, his-hayajon, subektiv baholash xususiyati bilan ulardan ajralib turadi. Shu sababli biz did haqida gapirganimizda odatda,estetik did deganda – insondagi go`zallik, ulug’vorlik, fojiaviylik singari estetik xususiyatlarni, umuman, nafosatni idrok etish qobiliyatini nazarda tutiladi. Masalan, osmonni qora bulut to`liq qoplab olganini ko`ra- bila turib, yomg’irpushsiz va soyabonsiz yulga chiqqan odamni fahmsiz, chang, loy poyafzalini yechmay, gilamni bosib, ichkariga kirgan odamni farosatsiz deb ataymiz, qalampirnusxa rangli ko`ylak, jinsi shim va ayni paytda kirza etik kiyib, salla o`rab olgan odamni ko`rsak, uni didsiz deymiz. Birinchi hodisada biz tabiiy sharoitga moslashmay, o`ziga jabr qilayotgan kishini, ikkinchisida ham gigiyenik, ham axloqiy qonun-qoidalariga amal qilmay tarbiyasizligi tufayli uy egasini ranjitgan odamni, uchinchi hodisada kiyinishdagi uyg’unlikni tushunmagan, go`zallik bilan bachkana yaltiroqlikning farqiga bormagan kimsani ko`ramiz. Yoki, boshqacha qilib aytganda, biz ongning, birinchi hodisada- haqiqatga, keyingisida- ezgulikka, uchinchisida – go`zallikda munosabatini uchratamiz. Har uchala hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. Zero, fahm-aqliy, farosat-axloqiy, did-estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Uchala qobiliyatning ham ibtidosi, tabiiy-tug’malikka borib taqalsa-da, ular o`zlarini asosan tarbiya, ijtimoiy munosabatlar orqali ro`yobga chiqaradi. Ayniqsa, estetik did murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. Chunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya uyg’unlashgan umumiylikdan iboratdir.

Biz yuqorida estetik bahoning estetik did va ideal bilan bog’liqligini aytib o`tgan edik. Xuddi shunday holat estetik did uchun ham xos. U estetik baho bilan shu qadar uzviy bog’liqki, ularni ba’zan ajratib bo`lmay qoladi, guyo estetik baho estetik didning ajralmas qismidey tuyuladi. Lekin, shunday bo`lsa-da, ularni aynanlashtirish yoki bir xodisa sifatida qabul qilish mumkin emas, aks holda bunday qarash ilmiy tahlil tamoyillaridan yiroq “ ko`cha gapi” ga aylanib qoladi. Zero, estetik did muayyan estetik baho yoki baholar yig’indisi emas, balki estetik bahoga layoqatni anglatadigan, subekt uchun baho me’yorlarini va mezonlarini tayyorlab beruvchi - “ishlab chiqaruvchi” jarayondir. Demak, estetik didsiz estetik bahoning mavjudligi mumkin emas. Ayni paytda shunday holni estetik ideal bilan bog’liqlikda ham ko`rish mumkin: estetik ideal estetik didning yashash sharti hisoblanadi; did ma’lum ma’noda idealning amaliyotdan namoyon bo`lishidir; estetik idealning o`zgarishi albatta didning o`zgarishiga olib keladi. Shunday qilib, did estetik anglash jarayonidagi o`rnini almashtirib bo`lmaydigan muhim halqalaridan biri, estetik anglashning eng muhim unsuridir. Ana shu nuqtayi nazrdan estetik did tarbiyasi inson shaxsi kamolotida katta rol o`ynaydi, estetik did tarbiyasining asosan uch ildizi mavjud. Ular go`zallik, san’at va badiiy ijod. Albatta, badiiy ijod deganda faqat san’at asarlarining yaratilish jarayonini tushuninsh kerak emas, u ayni paytda dizaynda, modada, atrof – muhitni va mehnatni go`zallashtirishda ham namoyon bo`ladi. To`g’ri, badiiy did estetik didga nisbatan xususiy, tor qamrovli, lekin u shuning barobarida estetik didning asosini tashkil etadi, deyish mumkin.

Estetik did har kimda har xil bo`lishini, unda subektiv mushohada kuchli ekanini bilasiz Buyuk ingliz faylasufi Deyvid Hyum shundan kelib chiqib, did haqida bahslashmaydilar, ya’ni har kimning didi har xil degan fikrni ilgari surdi. Lekin shunday estetik qadriyatlar borki, ular muayyan zamon, ijtimoiy hayot, umummilliy, umuminsoniy, madaniy daraja bilan shartlanadi. Ular idrok etilganida bahslashish mumkin emas . Chunki, bunda bir ikki odamning yoki guruhning didi o`zgacharoq bo`lsa xususiylikka nisbatan maxsus e’tiborini qaratish shart emas: ularning fikri sukut saqlash yo`li bilan inkor etiladi. Chunki, yuz minglab yoki millionlab shaxslar va qator zamonlar tan olgan qadriyatni “bu menga yoqmaydi”, deyishga hech kimning ma’naviy haqqi yo`q, agar shunday deydiganlar topilsa, ularning didi, aytilganidek, e’tiborga noloyiq. Shuning uchun ham Kant o`zining o`zining did haqida bahslashish mumkin emas, degan mashhur qoidasini, o`ziga xos antinomiyasini o`rtaga tashlaydi. Kantning haqligini quyidagi misolda yaqqol ko`rish mumkin.

Deylik , Eshmat chinnigulni, Toshmat esa atirgulni yaxshi ko`radi. Bu holatda ularning birortasini tanqid qilib bo`lmaydi, chunki har ikki did o`ziga xos subektiv kechinmalarga asoslansa – da, ularning umumiy ob’ektiv ildizlari bor, ularga gullardagi go`zallikni ikki xil shaklda ko`radilar va bu holat tabiiy. Shu sabali har ikki did ham hurmatga, e’tiborga loyiq. Bordiyu Eshmat tovus va uning dumini , Toshmat esa echkiyemar va uning dumini go`zal desa, Toshmatning fikri yo nom chiqarish uchun qilinayotgan oliftagarchilik yoki estetik didsizlik tarzida qabul qilinadi. Chunki, insoniyat zamonlar moboynida tovusni – jannat qushi , go`zallik ramzi sifatida , echkiyemarni esa xunuklik timsoli sifatida qabul qilib keladi: bu o`rinda did borasida bahslashish mumkin emas, zero, tovusning go`zalligi umubashariy “tasdiqdan o`tgan”. Shu sababli Toshmatning fikri tanqidiy rad etiladi uning “o`ziga xos”, “subektiv” qarashi hisobga olinmaydi. Shunday qilib, umumbashariy yoki umuminsoniy estetik qadriyat sifatida tan olingan estetik ob’ektlar haqida bahslashmaydi, ular barcha rasmona did egalari tomonidan yuksak baholanadilar.

Estetik did murakkab hissiy – intelektual hodisa, dedik. Uning bu xususiyati doimo, yuqorida aytganimizdek, estetik ideal bilan bog’liq estetik ideal, bir tomondan, didni belgilab bersa, ikkinchi tomondan, estetik did estetik idealning amaldagi ko`rinishidir. Xo`sh estetik idealning o`zi nima? Endi estetik anglashning ana shu unsuriga to`xtalamiz.

Estetik ideal . Ideal deganda, biz odatda muayyan bir inson shaxsi yoki ijtimoiy – tarixiy hodisaning boshqalar tomonidan yuksak namuna , oliy maqsad hamda komillik tarzida qabul qilinishini nazarda tutamiz. U tasavvurdagi shaxs yoki jamiyatni real shaxslar va mavjud jamiyatdan yuqori qo`yish, ya’ni ideallashtirish bilan bog’liq. Masalan, O`zbekistonni kelajagi buyuk davlat sifatida tasavvur etishimiz uning hozirgi reallikdan baland, namunaviy bo`lishini anglatadi. Ayni paytda ana shu yuksak namunaviylik har bir o`zini tanigan odam uchun oliy ijtimoiy maqsaddur. Yoki Navoiy shaxsini olib ko`raylik, u komil inson sifatida biz uchun ideal hisoblanadi. Bularni biz ijtimoiy ideallar sirasiga kiritamiz. Shuningdek, har bir inson o`zi intiladigan subektiv idealda ham mavjud bo`ladi, o`z idealini belgilab olmagan inson shaxs hisoblanmaydi. Zero, har biro dam ko`rib turganidan yorug’roq, musafforoq, yuksakroq narsaga intilishi shart, aks holda uning hayoti ma’nosiz kechadi, uning mavjudligi faqat biologik jonzodligi bilan chegaralanib qoladi.

Ideal borasida gap ketganda, uning mavjudlik shartlari masalasi muhim. Ijtimoiy ideal ko`proq kelajak bilan, shaxsiy ideal esa asosan o`tmish bilan bog’liq. Masalan, Farobiyning fozil odamlar shahri – kelajakda ma’lum ma’noda realikka aylanishi mumkin bo`lgan ideal jamiyat. Bir necha asr avval yashab o`tgan Jaloliddin Manguberdi esa o`zbek millati uchun, ayniqsa yoshlarimiz uchun ideal qahramon. Lekin har ikki holda ham ideal real hayotimizda mavjud emas – biri kelajakdan, ikkinchisi esa o`tmish qa’ridan turib bizni yuksak axloqiylik, baxt va qahramonlikka chorlaydi. To`g’ri shaxsiy ideal real hayotda ham mavjud bo`lishi mumkin. Biroq bunday ideal ko`pincha ma’naviyatni mafkuraga bo`ysundirish oqibatida vujudga keladi. Shu sababli unga ko`proq vaqtinchalik, o`tkinchilik xususiyati xos: u jamiyatga hodisa sifatidagina ruhiy ta’sir ko`rsatadi va yangi bir mohiyat ochilgan paytda o`z ideallik xususiyatini yo`qotadi: “unday emas”. “bunday” bo`lib chiqadi. Ғoyaning o`z realligiga mos emasligi ochilib qoladi . “Zero, ideal – deydi, Xegel – o`z realligi bilan aynanlashgan g’oyadir” . Masalan, Lenin, Stalin kabi shaxslar yolg’on tashviqot, siyosiy fribgarliklar, vositasida jamiyatni totalitar mafkuralashtirish natijasida ma’lum muddat ideal sifatida qabul qilindilar . Lekin ularning asl mohiyati, munofiqliklari, qattolliklari, qizil terorga asoslanib siyosat yurgizganliklari fosh etilgach, ular aksil idealga aylandilar.

Idealning murakkab tomoni shundaki, u qadriyat bilan bog’liq. Qadriyat idealning ob’ektdagi in’ikosi tarzida namoyon bo`ladi. Xegel so`zlari bilan aytganda: “Ideal mavjud bo`lishi uchun tashqi shakl o`z-o`zicha qalbga mos kelishi lozim”. Ya’ni ideal jonli subektning qalbida mos keladigan namunaviy shakldir, unda inson o`z g’oyalarining hissiy-intellektuala ko`rinishi ma’naviy qadriyat sifatida idrok etadi. Bordiyu mazkur g’oyalar o`ta mafkuraviylashtirilsa yuqorida aytganimizdek, ideal o`rnida aksil ideal paydo bo`ladi. Ijtimoiy-axloqiy idealning o`zgaruvchanlik xususiyati ko`pincha ana shu bilan bog’liq. Bu hodisa tarixiy jarayonlar, zamon, jamiyat talablaridan kelib chiqib, qadriyatlarning qayta baholanishi natijasida ro`y beradi. Lekin diniy ideal o`zgarmaslik tabiatga ega. Masalan, musulmonlar uchun Muhammad alayhissalom, nasroniylar uchun Iso alayhhissalom, buddaviylik dinidagilar uchun Budda ideal hisoblanadi va har qanday sharoitda ham ular idealligicha qolaveradi.

Mana, biz ma’lum ma’noda ijtimoiy ideal haqida tushunchaga ega bo`ldik. Endi estetik ideal nimada, uning ahamiyati nima degan savollarga javob topishga harakat qilamiz.

Avvalo shuni aytish kerakki, estetik ideal inson, shaxs va jamiyatning estetik tajribasidan vujudga keladi. Inson dunyoni ana shu tajriba vositasida estetik estetik idrok etadi. Shu sababli estetik ideal go`zallik, ulug’vorlik mo`jizaviylik va boshqa estetik xususiyatlarni belgilovchi mezon sifatida yuzaga chiqadi. Inson ana shu idealga mos keladigan go`zallik yoki ulug’vorlikni tan oladi, mos kelmaydiganlarni va aksil estetik hodisa sifatida inkor etadi.

Estetik ideal o`ziga mos go`zallik, ulug’vorlikni yoki mo`jizaviylikni ko`proq san’atdan topadi. Shu tufayli u doimo erkinlikni talab qiladi. Avvalo san’at asari orqali san’atkor voqelikni o`z ideali prizmasidan o`tkazib tasvirlaydi, boshqacharoq aytganda, o`z ideallarini san’at vositasida moddiylashtiradi: binoga, haykalga, romanga, spektaklga, rasmga, badiiy asarga va boshqa ma’naviy hodisalarga aylantiradi: san’atkor erkin harakat qiladi. Biz esa o`z ideallarimizni ulardagi obrazlar orqali tanlaymiz, ularni o`zimiz uchun ma’lum muddatga yoki bir umrga namuna qilib belgilaymiz, bu holatdagi xatti – harakatimiz ham erkinlik orqali ro`y beradi. Ya’ni, san’at har bir insonni individual o`ziga xosligini hisobga olgan holda, uning o`z estetik estetik idealini obrazlar vositasida shakllantiradi. Estetik idealning ana shu shakllanish jarayoni murakkab: uzoq muddatni, hissiy – intelektual qudratni, tanlov imkoniyatni beradigan muayyan shart – sharoitni, erkin jamiyatni taqozo etadi; ana o`shanda shaxs uchun to`g’ri ruhiy yo`llanma vujudga keladi.

Qisqa qilib aytganda, estetik idealning shakllanishida go`zallik, ulug’vorlik, hayoliylik, mo`jizaviylik, uyg’unlik singari xususiyatlar asos vazifasini o`taydi. Ayni paytda u fojiaviylik va kulgulilik tushunchalrida ham o`zini namoyon etadi, Xunuklik va tubanlik kabi hodisalarni baholashda ishtirok etadi

Estetik faoliyat

Estetik faohyat asosini insonning muayyan talab va ehtiyojlari tashkil etadi. Inson feoliyatining xususiyati ana shu talab va ehtiyoj tabiati bilan belgilanadi.

Estetik iaoliyatning asosiy xususiyadari ham estetik ehtiyojlar bilan belgilanadi. Inson feoliyatining baicha turlari ijtimoiy hayot jabhalarida namoyon bo`Iadi.

Estetik faoliyat inson moddiy yoki nia’naviy feoliyatining o`zagi bo`lib, uning barcha shakllari inson kuch-qudrati mohiyatining erkin ifodasi bo`lib boigani sari estetik mazmun kasb etaveradi. Shunday qilib, estetik faoliyat inson feoliyati boshqa shakllarining «insoniylik» mezoniga aylanadi.

Estetik faoliyat ilmiy ijodning ham estetik tomonini tashkil qiladi. lekin estetik omillar ilmiy ijodga tarkiban xos bo`lib, unga yordamchi omil vazifasini o`taydi. Juda ko`p ilmiy tadqiqotlar va atoqli olimlar guvohhk berishlaricha, olimning salohiyati, ijodiy mehnati natijalari va samaradorligi uning estetik madaniyati darajasiga bevosita bog’liqekan.

Estetik faoliyat’ ilmiy izlanisVVarning hamma bosqichlarida ilmiy muammoiamtng qo`yilishi, ulaming yechimi, olingan ilmiy natijalami baholash jarayonida katta ahamiyat kasb etadi.

Eng yaxshi san’at asariari insonlarda xayol-farazni vujudga keltiradi va yaxlitlik, nafosat his-tuyg’usini uyg’unlashtiradi, tafakkur qiiish qobiliyatini oshiradi, erkin dunyoqarash baxsh etadi, yuksak muloqot madaniyatini shakllantiradi, hozirgi fan ravnaqi uchun juda muhim ahamiyat kasb etadigan barcha qobiliyat imkoniyatlarinisafarbarqilishga undaydi.

Estetik ong oddiy his-tuyg’u emas, balki muayyan axloqiy, huquqiy, ilmiy-mafkuraviy qadriyatlarga asoslangan e’tiqoddir. Demak, estetik ongning mohiyati, mazmuni insonning o`zini anglash darajasi bilan bogMiq. Estetik ong shakllangan e’tiqodlar, maqsad va manfaatlar tizimi, o`z-o`zini anglash esa shu tizimning shakllanish jarayonidir.

Estetik faoliyat nisbatan badiiy feoliyatda, ya’ni san’atda eng sof holda ko`rinadi. Shu bois san’at estetik faoliyatning-ixtisoslashgan ko`rinishidir. Inson faoliyatining asl xususiyatlarini anglash uchun1 san’atga murojaat qiiish maqsadga muvofiq ketadi. Chunki san’at o`z tabiatiga ko`ra ijodiy maqsadga qaratilgan, «nafbsat qonunlariga rioya qilingan» bo`lib, undan inson faoliyatining eng muhim belgilari ko`rinadi. Estetik faoliyat moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarmi mehnat sharoitlarini ham, mehnat samaralarini ham qamrab oladi. Mehnat insonning jismoniy va ma’naviy kuch-qudratining mohiyatini ko`proq ifodalasa, uning estetik ahamiyati ham shunchalik ko`proq ortib boradi.

Mehnatning estetik jihatdan to`laqonli bo`lishi, birinchi navbatda, ob’ektiv omillarga, qolaversa, ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilarining umumiy va estetik madaniyati darajasiga bog’liqdir. Bu yerda mehnat sharoitlari ham muhim o`rin tutadi.





7-mavzu:

Estetik faoliyat mehnatning o`ziga xos turi sifatida.

Ma’lumki, mehnat insonning maqsadga muvofiq tarzda aql yoki kuch vositasida amalga oshiriladigan faoliyati. Ibtidoiy davrlarda mehnat asosan majburiylik tabiatiga ega bo`lgan: Qadimgi odam qorin to`ydirish uchun ko`p va og’ir mehnat qilgani bizga yaxshi ma’lum. Keyinchalik ish qurollarining takomillashuvi, yangidan yangi ishlab chiqarish vositalarining olib keldi. Fan-texnika taraqqiy topgan hozirgi davrda odamlar asosan muayyan kasbiy tayyorgarlikdan keyin mehnat faoliyatini boshlaydilar.

Mehnat ibtidoiy davrlarda ish qurollari bezashdan boshlab, bugungi kundagi dizayngacha san’at bilan yonma-yon keladi. Ishlab chiqarish makoni, vositalari va jarayonlarining go`zallashib borishi mehnatni insondan, insoniylikdan naridagi faoliyat emas, balki ichki ehtiyojga, ma’naviy hodisaga aylanib borayotganligini bildiradi. Ana shu yaratish ehtiyoji mehnatni nafaqat ijtimoiy, balki estetik ehtiyoj darajasiga ham ko`taradi.

Mehnatning ana shu ijodiylik, bunyodkorlik xususiyatlari san’atda o`z aksini topib kelgan. Mehnat va mehnatkashlik ulug’langan badiiy asarlarni barcha san’at turlarida uchratishimiz mumkin. Hozir ham barcha san’at turlarida mehnat-baxt manbai, mehnatsevarlik-yuksak axloqiylik tarzida in’ikos ettiriladi.

Bu mehnatning san’at bilan bilvosita bog’liqligi, ularning bevosita aloqadorligi ham mavjud. San’atkorning mehnati bunga yaqqol misol bo`la oladi. M., Shukur Burxon ijro etgan “Shoh Edip” spektaklidagi Edip roli buyuk aktyorning ulkan is’tedodi bilan birga juda katta mehnatining ham mahsulidir.

Hozirgi paytda kundalik hayotimizda “shaharsozlik” va “obodonlashtirish” degan so`zlar tez-tez tilga olinmoqda. Agar uning Sho`rolar davridagi tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, me’moriy majmualarning umumiy ko`rinishi, ularning eksterer (tashqi) va interer (ichki)bezagidagi bir xillik shaharning badiiy-estetik qiyofasiga salbiy ta’sir etganligini sezishimiz mumkin. Xususan, aholi uchun qurilgan turar joylarning bir xil shaklda bo`lganligi shundan dalolat beradi. Mazkur binolar avvalo, xalqning mentalitetiga hurmatsizlik qilgan holda tartibsiz, noqulay hududda bunyod etilganligi, aksariyatining qurilishida tabiiy muhit, milliy xususiyatlarni hisobga olinmaganligi natijasida shahar ko`rkining buzib turar edi.

Endilikda, mustaqillik sharofati tufayli mamlakatimizda shaharsozlik sohasiga katta e’tibor qaratildi va bu borada ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Ana shulardan xulosa qilgan holda shahar o`z ko`rki va go`zalligi quyidagi estetik xususiyatlar orqali namoyon etadi, degan fikrga kelish mumkin:

shaharda qadimiy me’moriy obidalarning saqlanganligi va uning ko`rki;

binolarning aholi turmush tarzi uchun qulayligi va mos kelishi;

shaharda bunyod etilgan binolar, yo`llar xalq manfaati bilan muvofiqligi;

shaharning geografik jihatdan joylashuvi-suv va havosining musaffoligi, tabiiy manzaralarga boyligi.

Inson hayoti, faoliyati nafaqat tabiiy ehtiyojlarga, balki o`zi tomonidan yaratilgan narsalar olamiga ham bog’liq. Inson o`zini qurshab turgan olamning qanday bo`lishini ko`p hollarda o`zi belgilaydi. Ana shu jarayonning asosida esa zamonaviy amaliyotning muhim ko`rinishi hisoblangan narsalar olamini badiiy loyihalash masalasi yotadi. Fan’texnikaning taraqqiy yetib borishi natijasida badiiy loyihalash ham takomillashib boradi. Dastlabki yaratilgan texnika vositalarini kishilar go`zallik olamiga mutlaqo begona bo`lgan hodisa sifatida idrok etishgan edi. Keyinchalik loyihachilar tomonidan texnikaga nisbatan badiiy yondashuv natijasida u o`zining avvalgi dag’al, qo`pol, noqulay, insonni cho`chitadigan ko`rinishini yo`qotdi. Endilikda texnika o`zining bejirimligi, qulayligi, jozibasi bilan “insoniylana”boshladi. Mazkur holatning rivojlanib borishi bilan birga texnika loyihasiga nisbatan ikki xil munosabat ham shakllanib bordi. Birinchidan, loyihaning asosida texnikaning mexanik faoliyati,uning ishlash jarayoni ko`zda tutilgan bo`lsa, ikkinchidan, uning tashqi ko`rinishiga e’tibor qaratildi. Keyinchalik mazkur ikki munosabatning uyg’un faoliyati natijasida mashinalashgan ishlab chiqarishning “insoniylashgan” yangi uchinchi olami-dizayn yuzaga keldi.

Dizayn g’ozallik bilan hamkorlikda taraqqiy etib boradi. Holbuki, buyumni badiiy loyihalashtirishda uning shakli bilan mazmuni hamohang, mos bo`lishi kerak. Qisqasi, dizayndagi estetik talab shaxsning moddiy ehtiyoji bilan birga ma’naviy ehtiyojini ham qondira olgandagina o`zida g’ozallikni namoyon ettiradi.


8-mavzu:

Estetikaning asosiy tushunchalari


Reja:

1. Go`zallik.

2. Ulug’vorlik.

3. Fojealilik.

4. Kulgulilik.

Go’zallik

Go’zallik -  nafosatshunoslikning asosiy tushunchasi. Zero, go’zallik -  nafosat olamining mag’zi, bosh xossasi, mohiyati, asosini tashkil qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, estetika, nafosatshunoslik, go’zallik falsafasi tarzida ham talqin etib kelinadi.

Go’zallik muammosiga murojaat etgan barcha mutafakkirlar go’zallik haqida fikr yuritib va uni tadqiq qilish nihoyat darajada mashaqqatli masala ekanligini doimo ta’kidlaydi. Mazkur qiyinchilik, birinchi navbatda, go’zallik tushunchasining o’zaro hech bir umumiyligi bo’lmagan turli - tuman hodisalarning keng doirasiga taalluqliligi bilan bog’liqdir.

Go’zal bo’lgan, ya’ni bizda ijobiy tuyg’u qo’zg’atgan narsani ko’rsatib berish nisbatan ancha oson. Lekin nima uchun mazkur narsa go’zal ekanligini tushuntirib berish ancha mushkul. Huddi shu tarzda go’zallik muammosiga falsafiy yondoshish tarixan shakllangan.

Go’zallik bu voqelik (tabiat, jamiyat, san’at) hodisasi bo’lib, aniq hissiy ta’sir o’tkazish orqali insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko’payishiga, shodlik, zavqlanish, to’la ma’naviy qoniqish holati vujudga kelishiga imkon yaratadi. Go’zallik doimo foydalidir, lekin bu foydalilik jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilishga mo’ljallangan bo’ladi. Va nihoyat, go’zallik, Shillerning o’rinli iborasi bilan aytganda, inson ozodligining ramzi sifatida ifoda topadi. Mustaqil Respublikamizda erkin ma’naviyatli shaxs tarbiyasi muhim vazifaga aylangan tarixiy bir sharoitda alohida ahamiyat kasb etadi. Go’zallik cheksiz hilma - hillikka ega bo’ladi. Tabiatdagi go’zallik ijtimoiy hayot go’zalligidan, foydali amaliy faoliyatidagi go’zallik badiiy ijoddagi go’zallikdan farq qiladi. Lekin go’zallik qanchalik o’zining rango  -  rangligi bilan ajralib turmasin, ularning barchasi qandaydir umumiy tub belgilarga ega bo’lib, mana shu umumiy tub belgilar tufayli ularning barchasini maxsus ilmiy - falsafiy istiloh - go’zallik tushunchasi orqali talqin etish imkoniyati mavjud.

Inson hamma erda va har qanday darajada mavjud tabiiy hamohanglik bilan to’qnashar ekan, u albatta tabiatning go’zalligidan zavq - shavq oladi, ongli yoki anglamagan holda sevinadi, ma’naviy boylik orttiradi. Ijtimoiy orzuga muvofiq kelish tabiatda insondagi go’zallikdan zaifroq ko’rinadi, ammo bu erda ham o’sha qonuniyat amal qiladi. Inson tabiatdagi u yoki bu davr, u yoki bu ijtimoiy guruh ijtimoiy orzusiga muvofiq keladigan hodisalarni go’zallik sifatida baholaydi. Hamma vaqt tabiatga nafosatli munosabat va tabiatni nafosatli o’zlashtirish uni «insoniylashtirish», tabiat hodisalariga inson talab - ehtiyojlarini, maqsad - orzularini tadbiq etish bilan bog’lanib ketgan. Shu munosabat bilan bu erda atoqli yozuvchilarni tabiat manzaralari tasvirini rango - rang bo’yoqlarda inson qiyofasi, orzu - umidlari, intilishlari bilan uzviy - badiiy bog’lab ifodalashlarini eslatib o’tish o’rinlidir. (Oybekning «Navoiy» romani boshlanishi, Qodiriyning «O’tgan kunlar» romanidagi Otabekning Marg’ilonga borib kelishi badiiy tasviri shular jumlasidandir).

Insonda tabiatga qanday munosabatda bo’lish tuyg’usi birdaniga paydo bo’lmagan, albatta, u sekin - asta, inson zoti va tabiati rivojlanib borgani sari shakllanib borgan, ibtidoiy san’at manzarali tasvirlarni bilmagan, tabiat hodisalarining go’zal yoki hunuk ekanligini baholamagan, qadimgi ovchi - musavvir o’z diqqat e’tiborini asosan tirikchilik manbai bo’lgan narsalar, voqea hodisalarga qaratgan edi. (Omon - Qo’ton, Panjikent va boshqa qoya rasmlarni eslang). O’sha paytlarda inson faoliyatining asosiy turi bo’lgan ovchilik o’rniga u yoki u bilan yonma - yon dehqonchilikning paydo bo’lishi bilan, ya’ni inson atrofidagi tabiatni o’zlashtira boshlashi bilan tabiat boshqacha ijtimoiy orzu mezonlari bilan baholanadi, o’lchanadi, inson uchun tabiatning go’zallik va hunuk tomonlari ayon bo’la boshlaydi. Inson kuch - qudratiga nisbatan tabiat kuchlarining qudratliligi tabiatni estetik o’zlashtirishning dastlabki bosqichini belgilab berdi. Birinchi paytlarda u o’zida go’zallik va foydalilik tomonlarinig teng - barobar bo’lishini o’zida ifodaladi. Odamlar qurg’oqchilikka qarshi mashaqqatli kurash olib borgan davrlarda er yuzida suv bilan bog’liq bo’lgan hamma narsa go’zallik kasb etadi. Yil davomida ko’pchilik kunlar yog’ingarchilik bilan o’tgan erlarda quyosh eng go’zal hodisa sifatida qabul qilindi. Tabiatdagi go’zallikka manfaat nuqtai nazaridan yondoshish, odamlarning hozirgi kunda ham asalari va oddiy arilarga berayotgan baxosidan qarama - qarshi his - tuyg’ularga ko’rinadi. Bir vaqtning o’zida ular ikkalasi ham jon og’ritib chiqishlariga qaramay, odamlar uchun asalarida go’zallik, oddiy arilar hunuklik tasavvurlari bilan bog’langandir.

Go’zallikni yuksak darajadagi foydalilik tarzida idrok etish tushunarli, albatta. Lekin bunday qarash go’zallikning ko’rinishlaridan faqat bittasini o’z ichiga oladi. Biz yashab turgan asrda insoniyat ulkan vayron qilish qudratiga ega bo’lgan ishlab chiqarish kuchlariga ham ega bo’lib qoldi. Shu narsa aniq - ravshan bo’lib bormoqdaki, tabiatga faqat moddiy manfaatdorlik nuqtai nazaridan munosabatda bo’lish butunlay istiqbolsizdir. Insoniyat hozir tabiatni, atrof - muhitni himoya qilib, undan oqil tarzda foydalanib, ayni vaqtda, tabiiy hamohanglik sirlari ichiga yanada chuqur kirib borib, o’ziga uning yangidan - yangi mo’jizalarini ochmoqda, undan ta’lim - saboqlari olmoqda. Insoniyat tabiat ustidan qozongan g’alabalarini mutlaqlashtirib maqtanish tobora tabiat bilan birga o’zaro aloqadorlikda, ittifoqda bo’lish tomon intilmoqda. Bu holatni Chingiz Aytmatov o’zining mashhur «Kunda» «Plaha» romanida juda ishonchli tarzda badiiy bo’yoqlarda ifodalay olganlar.

San’atdagi go’zallik - esa hayotdagi go’zallik in’ikosi bo’lib, uning bitmas - tuganmas manbai - voqelikdir. Go’zallik yaratuvchi ijodkorlardan biri aytaganidek, ijodkorning boshqa odamlardan farqi shundaki, u boshqalar fahmlay olmagan go’zallikni hamma erda ko’ra bilish qobiliyatiga egadir.

Tabiatga, insonga, insoniy munosabatlarga ko’pincha biz san’atning buyuk ijodkorlari ko’zi bilan qarashga o’rganib qolganmiz. Bizni hayratga soladigan, ajoyib tabiat hodisalari bilan to’qnashganimizda beihtiyor: «Qanday go’zal, Huddi Van Gogdagidek - a | Levitandagidek, Rembrantdagidek, Goyyadagidek va h.|» deb hitob qilamiz. Bunday hayratli holatga kelish tasodifiy emas, chunki Van Gog, Levitan, Rembrant, Goyya va b. O’zlari yashab in’ikos etgan tabiatni, uning bag’ridagi odamlar va hayvonalrni umumlashtirilgan, ramziy shakllardagi ob’ektiv go’zalliklarini ochib namoyish qilganlar va ularni idrok etish bilan bog’liq ko’pchilikka xos kechinmalarni ifoda etganlar.

San’at hayotning beqiyos boyligini va hilma - hilligini, go’zallik va hunuklikni, yuksaklik va pastkashlikni aks ettirishi hamda bu vazifasini aniq estetik orzu mavqeida turgan holda amalga oshirishi lozimdir.

San’atdagi go’zallik ko’p qirrali, ko’p o’lchovli tomonlarga ega bo’lib, ular orasida estetik orzu belgilovchi ahamiyat kasb etadi. San’at go’zal va hunuk hodisalarni aks ettirishi mumkin. Lekin uning o’zi hamma vaqt ham go’zaldir, chunki u o’z tarkibiga ajralmas qism sifatida estetik orzu, ya’ni go’zallikning zaruriy xossasini singdirgan tasavvurni anglatadi.

San’at o’zining barcha taraqqiyot bosqichlarida estetik orzu o’zgaruvchanligini, uning ijtimoiy va milliy jihatlaridan bog’liqligini nozik va sezgir ifodalab bergan. San’atda qaror topgan estetik orzuning asosiy mazmunini inson go’zalligi haqidagi turli davr odamlari, millatlar, ijtimoiy guruhlar tushunchalari bo’yicha uni qanday qiyofada ko’rish istaklari mavjudligi to’g’risidagi tasavvurlar tashkil etadi.

Ko’p asrlar davomida san’at estetik orzuni ro’yobga chiqarishning ikki asosiy yo’nalishini ishlab chiqqan. Uning birinchisi –estetik orzuni ijobiy qahramon timsolini yaratish orqali ro’yobga chiqarish yo’li yo’li tashkil etadi. Ijobiy qahramon - ijodkor estetik orzusining, u orqali jamiyatning namoyandasidir.

Ilg’or orzularni ularga qarama - qarshi hayot hodisalarini tasvirlash orqali qaror toptirishning ikkinchi yo’li birinchisidan kam bo’lmagansamarali va estetik ahamiyatlidir. Buyuk so’z ustalaridan biri san’at orzu |ideal|dagi odamlarni emas, balki ijodkorning o’zida orzu bo’lishini taqozo etadi, deb haq gapni aytgan edi. Shunday orzu bo’lgan taqdirda eng mudhish, hunuk, pastkash hayot hodisalarni tasvirlash ham san’at asarlarining ijobiy estetik qiymatini tushurib yubormaydi.

San’atda ilg’or estetik orzuning bo’lishi san’at go’zalligi bilan bog’liq zaruriy, lekin yagona bo’lmagan omildir. San’at go’zalligi uning haqqoniyligidan ajralmagan holda qaror topadi. Badiiy haqiqat siz san’atda go’zallik bo’lishi mumkin emas. Haqiqat va go’zallik birligi san’at taraqqiyotining qonuniyatlaridan biridir. Mazkur qoidani nozik fahmlash, ifoda qilar ekan, Shekspir o’zining sonetlarida biri: «Go’zallik qimmatli haqiqat bilan yakunlanib, yuz chandon go’zallik kashf etadi», — deb yozgan edi. Go’zallikni hayot haqiqatidan ajratib tashlashga har qanday urinish san’atga halokatli ta’sir qilib, uning faol, o’zgaruvchan ahamiyatini pasaytiradi.

San’atdagi go’zallikni haqli ravishda shaklli va mazmuniy birligi bilan bog’lab mushohada etadilar. Kamolotga, go’zallikka intilish ko’p jihatlardan eng muvofiq shaklini izlab topish bilan bog’liq bo’lib, bu shakl yaratilmish narsaning mazmuniga mos kelishini taqozo etadi. Go’zallik qonunlari bo’yicha yaratish mutanosib shakl izlab topishni o’z ichiga oladi.

Shaklning mazmunga mos kelishi san’atdagi go’zallikning mezoni ekanligi haqidagi qoidaga ba’zi bir aniqliklar kiritishimiz bu erda o’rinlilir. Masala qanday mazmun haqida gap borayotganligidadir. Yolg’on, zararli, g’oyaviy buzuq mazmun o’ziga yarasha ifoda topadi, lekin buning natijasida san’at asari go’zalligining mezonlaridan biri biri sifatida qarash mumkin bo’ladiki, agar gap ijtimoiy ahamiyatli, g’oyaviy, ilg’or, hayot haqiqatiga ega mazmun haqida borsa hamda unga muvofiq, barkamol shaklda bu mazmun ifodalansa.

Yuqorida bayon qilingan fikr - mulohazalardan hulosa yasab shuni aytish mumkinki, san’atdagi go’zallik, uning kamolot darajasi ko’p tomonli, murakkab tizim birligini anglatib, uning tarkibiy qismlari sifatida tasvir ob’ektining go’zalligi, estetik orzuning haqqoniyligi va ilg’orligi, voqelikni bilishning haqiqiy va chuqur mazmundor ekanligi, badiiy mahoratning yuksakligi namoyon bo’ladilar. Mazkur omillar orasida estetik orzu o’zining haqqoniyligi, demokratikligi, insoniyligi bilan belgilovchi, sistema tashkil etuvchi ahamiyatga molikdir.


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish