Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji



Download 0,74 Mb.
bet8/8
Sana22.06.2017
Hajmi0,74 Mb.
#11165
1   2   3   4   5   6   7   8

Sport estetikasi
Sport estetikasi deganda, inson harakati go`zalligi va ulug’vorligini estetik anglab yetish tushuniladi. Sport estetikasining rivojlanish jarayonlari insonning ma’naviy va jismoniy yetuklik uyg’unligining in’ikosidir. Bunda insonda jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy kamolot, jismoniy ta’lim, jismoniy madaniyat kabi bosqichlar kuzatiladi.

Jismoniy rivojlanish - kishi organizmi shakli va funksiyalarining o`zgarish jarayoni bo`lib, asosan, atropometrik va biometrik ko`rsatkichlarni anglatadi. Ya’ni, bo`y, gavda og’irligi, qaddi-qomati, o`pkalarning tiriklik sig’imi, shuningdek, tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, kuch-chidamlilik kabilarni o`z ichiga oladi.

Jismoniy tayyorgarlik - bu harakat ko`nikmalari malakalari, jismoniy sifatlarining sport razryadlari va unvonlar, talab va me’yorlar bilan belgilanadigan rivojlanish darajasidir.

Jismoniy kamolot - bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog’liqning, hayotga, mehnatga, vatan himoyasiga har tomonlama jismoniy tayyorgarlikning eng yuqori bosqichidir.

Sport - bu musobaqa jarayonida namoyon bo`ladigan u yoki bu jismoniy mashq turida eng yuqori natijaga erishishga yo`naltirilgan maxsus faoliyatdir.

Jismoniy madaniyat - umumiy madaniyatning bir qismi bo`lib, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to`plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi moddiy va ma’naviy boyliklarining majmuiasidir. Moddiy boyliklarga sport inshootlari, stadionlar, sport zallari, basseyn, kortlar, jismoniy tarbiya jihozlari, maxsus kiyim, poyabzal, shuningdek, sport sohasida erishilgan yutuqlar, ya’ni kamolot darajasi kiradi. Ma’naviy boyliklarga jismoniy tarbiya haqidagi fan, san’at asarlari, adabiyot, haykaltaroshlik, rang-tasvir, musiqa va boshqalar kiradi.

Shaxsning har tomonlama uyg’un rivojlanishi uchun sport turlarining ahamiyati katta. Sport, avvalo, chiniqtiradi, tarbiyalaydi, shu bilan birga, go`zallikka va ezgulikka chorlaydi.

Chempionlar millionlab muxlislar oldida ajoyib kombinatsiyalar yaratadilar. Shu bilan birga, estetik zavq uyg’otadilar. Sportning estetik turlari figurali uchish, badiiy gimnastika, sinxron suzish, ot sporti, qilichbozlik va boshqalardir.

Bu sport turlari mohiyati jihatidan san’at darajasida ijro etiladi. Yurtimizda jismoniy tarbiya va sport ishlariga alohida ahamiyat berilmoqda. Yoshlarimiz jahon arenalarida O`zbekiston san’atini dunyoga ko`z-ko`z qilmoqda. O`zbekiston bayrog’i Yer sharining deyarli har yerida baland ko`tarilmoqda.



15-mavzu:

Estetik tarbiya


Reja:

1. Estetik tarbiyaning maqsadi va mazmuni.

2. Voqelikka estetik munosabatda bo`lishning mohiyati mazmuni va asosiy yo`nalishlari.

3. Estetik tarbiya omillari va vositalari.
Estetik tarbiyaning maqsadi va mazmuni

Ta’lim-tarbiyaning boshqa shakllari kabi estetik tarbiya ham o`z diqqat-e’tiborini yakka odamga va ijtimoiy guruhga qaratadi. Estetik tarbiya ham umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, his-tuyg’ulariga, tasavvuriga, e’tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, xulq-atvoriga ta’sir o`tkazishni o`z oldiga maqsad va vazifa qilib qo`yadi. Estetik tarbiya ham ana shu umumiy maqsad va vazifaning tarkibiy qismi sifatida amal kilib, tarixiy-ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik hodisani anglatadi. Shuni ta’kidlash joizki, qadimgi dunyoda umuman tarbiya maqsadi estetik asosda namoyon bo`lgan. Masalan, kadimgi yunonlarda estetik tarbiya maqsadi fuqarolarning har tomonlama rivojlanishiga, «ruh va badan» hamohangligini qaror toptirishiga yo`naltirgan edi. Aflotun va Arastu kabi zabardast mutafakkirlar ta’limotlarida estetik tarbiya tizimining bir-biridan farqli tomonlari bo`lgani holda umumiylik ham mavjud bo`lib, u yagona estetik orzuni qaror topgirishga, yagona axloqiy xulk-atvor va fukarolik xislat-fazilatlarini shakllantirishga xizmat qilgan edi. O`rta asrlar Sharqi va Ovrupoda estetik tarbiya ilohiy kuch-qudrat manbai bo`lgan Allohga e’tiqod qilish va «bu dunyo» ning o`tkinchii arzimas ekanligini inson shaxsiga singdirishini o`z oldiga maqsad qilib ko`ygan edi. Estetik tarbiya g’oyalarining ilohiy va dunyoviy mohiyatini kuchaytirishga intilish hozir ham o`z ahamiyatini yo`qotgan emas, zero estetik tarbiyada ilohiylik odamlar mehnati va maishiy hayoti bilan chambarchas bog’lanib, ya’ni dunyoviylik bilan qo`shilib ketgan edi. Muayyan jamiyatda ijtimoiy qarama-qarshiliklar zaiflashib, ijtimoiy tenglik va ijtimoiy adolat qaror topib borgani sari odamlarning estetik tarbiya olishlari uchun zarur bo`lgan muayyan ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy axloqiy shart-sharoitlar vujudga keladi, Moddiy-iqtisodiy va umumma’naviy imkoniyatlar kengayib, qashshoqlik va savodsizlik batamom tugatilsagina, jamiyat hayotida estetik tarbiya muhim omil bo`lib xizmat qiladi. O`zbekiston mustaqil davlat sifatida qaror topayotgan hozirgi paytda estetik tarbiyaning ahamiyati yanada ortib bormoqda. Birinchidan, mustaqillik sharoitida inson omilining ortib borishi uchun shart-sharoitlar vujudga kelayapti hayotning barcha jabhalarida faoliyat ko`rsatayotgan odamlarning ezgu xislat-fazilatlari, ongliligi, faolligi ijodiy yaratuvchi qobiliyatlari sezilib turibdi. Ikkinchidan, O`zbekiston aholisining aksariyat ko`pchiligining umumiy madaniyati yuksalib borishi jarayonida yangi texnika va texnologiyalar, ishlab chikarishni tashkil qilish ishi tobora takomillashib borayapti.

Uchinchidan, yangi ishlab chiqarish munosabatlarining, bozor iqtisodiyotining keng o`rin egallab borayotganliga qonunchilikning keng tarzda rivojlashb, amal qilayotganligi fuqarolarning umumiy madaniyati, ayniqsa, estetik madaniyati darajasining ham yuksalib borishini taqozo etadi.

To`rtinchidan, hozirgi davr ilmiy-texnik inqilobi sharoitida elektronika, avtomatika, kibernetika, informatika kabi fanlar ishlab chiqarish sohasini tubdan qayta qurishga imkoniyatlar yaratib berayapgi, Bu hol ishlab chiqarishda band bo`lgan odamlarning ruhiy holatini ham tubdan o`zgartirishni, kasb-korlik, ijtimoiy-ruhiy, axloqiy-estetik holatning vujudga kelishini taqozo etadi.

Beshinchidan, radio, kino, ayniqsa «oynai jahon» kabi ommaviy axborot vositalarining turmushdan keng o`rin olishi natijasida badiiy axborot hajmining ham keskin ortib borishi estetik tarbiya ahamiyatining tez sur’atlarda o`sishini ta’minlaydi.

Avvallari estetik tarbiya o`ta tor va bir, tomonlama talqin kilinar, ya’ni uni san’at asarlarini to`g’ri idrok etish, bu bilan alohida lazzatlanish yoki biror sanat turini bilib olib, muayyan badiiy ko`nikmalarga ega bo`lish doirasida in’ikos etilar edi. Ba’zan estetik tarbiyaga odamlarda yuksak zstetik did-farosatni shakllantirish sifatida qaralar edi. Bularning barchasi badiiy-estetik tarbiyaning vazifa va maqsadlari doirasiga kiradi. Badiiy tarbiya estetik tarbiyaning tarkibiy qismi bo`lib, u estetik tarbiyaning asosiy mazmunini va maqsad yo`nalishlarini to`la ifodalamaydi. Badiiy tarbiyaning asosiy maqsadi — munosabatlarni sanat vositalari yordamida shakllantirishdir. Estetik tarbiya bilan badiiy tarbiyani bir-biriga tenglashtirishni ham, qorishtirish ham, qarama-qarshi qo`yish ham xato bo`lardi. Shuni nazarda tutish lozimki estetik tarbiya san’at bilan chegaralanib qolmayiq balki uning asosiy mazmuni insonning voqelikka estetik munosabatini faollashtirish va rivojlantirishdan iboratdir.



Voqelikka estetik munosabatda bo`lishning mohiyati mazmuni

va asosiy yo`nalishlari

Voqelikka estetik munosabat o`z xususiyatlariga ega bo`lgan holda nisbiy mustaqillikka ham ega bo`lib, foydali-amaliy, ilmiy-nazariy munosabatlarni ham o`z ichiga oladi. Binobarin, voqelikka bo`lgan inson munosabatining har qanday ko`rinishi estetik mazmundan ajralib qolsa, u asl insoniy mohiyatini yo`qotib qo`yadi. Estetik munosabat hayotga iste’molchilik nazari bilan qarashdan xalos bo`lish, dunyoga keng va xolis qarash, odamlarda, tabiat vokea-hodisalarida, narsalarda, eng avvalo, jamiyat, insoniyat taraqqiyot uchun xizmat qaladigan ijtimoiy ahamiyatli bo`lgan fazilatlarni ko`ra olish qobiliyatini tarbiyalaydi. Estetik tarbiya insonning estetik ongini shakllantirish jarayonida uni axloqin, mehnat, ekologik jihatlardan ham tarbiyalash vazifalarini qamrab oladi. Estetik tarbiyaning axloqiy tarbiyaga ta’siri shundaki, nafosat olami ezgulik va yaxshilikdan, beg’arazlikdan ajralmagan holda amal qiladi. Estetik tarbiyaning estetik ongni shakllantirish maqsadi va vazifasi ko`prok yosh avlodga taalluqli estetik ongni shakllantirish demakdir. Estetik tomonsnz dunyoqarash chala, biryoqlama bo`lib kqlishi turgan gap, estetik dunyoqarash falsafiy axloqiy va boshqa dunyoqarash sohalaridan bahramand bo`lib, o`z navbatida ularni ham boyitib turadi. Estetik tarbiya, eng avvalo, odamlarning estetik didlari shakllanishiga katta ta’sir o`tkazadi. Shaxs o`zligi uning estetik didi orqali namoyon bo`ladi. Estetik didda inson aqliy va hissiy dunyosi, orzu-umidlari, talab-ehtiyojlari, maqsad-manfaatlari ro`yobga chiqishi ifodalanadi. Did faqat kayfiyat baholarigina emas, balki inson faoliyati samaralari vositasida ham ifoda topadi. Inson faoliyatining barcha samaralarida uning didi aks etadi. Estetik tarbiya o`z diqqat-z’tiborini shaxs estetik ehtiyojlarini shakllantirishga qaratadi, xilma-xil o`ta murakkab talab-ehtiyojlarni birlashtiradi, uyg’unlashtiradi va hamohang tarzda amal qilishi uchun shart-sharoitlar yaratib beradi. Estetik tarbiyaning inson talab-ehtiyojlari madaniyatini shakllantirishdagi o`rni ham beqiyosdir, zero insonning talab-ehtiyojlari madaniyatida muayyan mezon tuyg’usi ham mavjud bo`lishini, bu mezon tuyg’usi shaxsiy ehtiyojni jamiyat ehtiyoji bilan mutanosib tarzda qo`shib olib borishni taqozo etadi. Ana shu mezon tuyg’usida yetuklikka erishish estetik tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biridir. Estetik ehtiyoj faqat moddiy va ma’naviy go`zalliklardan lazzatlanishgina emas, balki har qanday amaliyot sohasida narsalarni nafosat qonunlariga rioya qilgan holda yaratishni, faoliyatga go`zallikni tatbiq qilishni ham bildiradi. Shu bois estetik tarbiya hayot jabhalarining hammasiga o`qish, mehnat qilish, maishiy va texnik ishlanish, jamoaviy faoliyatga tatbiq etilishi lozim bo`ladi. Shunday qilib, etetik tarbiya — bu estetik jihatdan rivojlangan va ijodiy faol bo`lgan inson shaxsini shakllantirish demakdir. Estetik tarbiya insonparvar mohiyatga, estetik orzu mos keladigan voqelikni idrok etish, baholash va nafosat qonunlari asosida qayta yaratishga qobil bo`lgan inson shaxsini shakllantirishga mo`ljallangan ta’lim -tarbiya sohasidir.
Estetik tarbiya omillari va vositalari
Estetik tarbiya omillari va vositalari O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida qaror topishi jarayonida fuqarolar tafakkurini yangilash va tarbiyalash dolzarb vazifa bo`lib qoldi. Mazkur vazifa fuqarolarni ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-axloqiy jihatdan har tomonlama kamol toptirish uchun ta’lim-tarbiyaning barcha sohalarini, ularning omillari va vositalarini ishga solishni taqozo etadi.

Estetik tarbiya omillari deb, shaxsning estepshk kamolotiga ta’sir o`tkazadigan tashqi va ichki shart-ishroitlarga aytiladi. Estetik tarbiya vositalari deb shaxsning voqelikka estetik munosabatini rivojlanpshrishga xizmat qiladigan tarbiyaviy fooliyat shakllariga aytiladi. Estetik tarbiya omillari va vositalari o`rtasidagi chegara nisbiy va shartlidir. Muayyan sharoitlarda estetik tarbiya omillari estetik tarbiya vositalari vazifasini o`tashi va aksincha, bo`liish ham mumkin. Mehnat takomillashgan sari, ayniqsa, jismoniy mehnat turlari texnikalashib borgani sari, ularning ko`ngilli va ijodiy tabiati ortib boradi. Shu tariqa mehnat estetik tarbiyaning eng muhim omili bo`lib qoladi. Qoloq ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi sharoitida har kanday mehnat turi shaxsga estetik ta’sir ko`rsata olmaydi. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan har bir shaxs o`z mehnatidan ko`prok moddiy va ma’naviy manfaatdor bo`lsagina mehnat estetik tarbiya omili bo`la oladi. Shaxs hayotiga mehnatning estetik ta’sirini kuchaytirishda ishlab chiqarish jarayonlariga ko`prok estetika texnikasi (dizayn) ni keng ravishda joriy qilish kerak bo`ladi. Bu esa o`z navbatida butun ishlab chiqarish muhitini nafosat qonunlariga mos tarzda qayta qurishni taqozo etadi. Mehnat sharoitlari va vositalariga estetik mazmun baxsh etish omili shaxsni estetik kamol toptirish bilan birga, shaxsning foydali-amaliy vazifalarni ham kengroq doirada bajarishga safarbar qiladi. Natijada estetik mazmun mehnat unumdorligini, samaradorligi va sifatini oshirishning muhim omiliga aylanadi. Estetik madaniyat O`zbekiston istiqloli uchun o`ta zarur bo`lgan zamonaviy texnika va texnologiyalar, muhandislik va sanoat menejmenti tafakkurini shakllantirishni taqozo etadi. Estetik tarbiyannng eng muhim omili sifatida mulkchilik, iste’mol kabi ijtimoiy munosabatlar siyosiy, axloqiy munosabatlar bilan mutanosib tarzda amal qilishi muqarrardir.

Estetik tarbiyaning eng muhim omili — bu tabiatdir. Tabiat bilan doimiy ravishda munosabatda bo`lmay turib, estetik jihatdan rivojlanish, estetik tarbiyani uyushtirish mumkin emas. Shaxs ongida tabiatning estetik qadriyatlari tuyg’usini shakllantirish inson estetik kamolatining o`ziga xos «poydevor» dir. Hozirga ekologik inqiroz va halokat xavfi ortib borayotgan sharoitda estetik tarbiyaning bu qirrasi tobora ko`proq ahamiyat kasb etoqda. Hozirgi kunda estetik tarbiya va ekologik tarbiya o`rtasida azaldan mavjud bo`lgan aloqadorlik yanada kuchaymoqda. Insonparvarlik ruhi, maqsadlarning umumiyligi ularni bir-biriga yaqinlashtiradi. Bu yaqinlik, o`zaro bog’liklik estetik tarbiya ekologik tarbiyaning eng muhim vositalaridan biri sifatida namoyon bo`lishiga, ekologik tarbiya esa o`z navbatida estetik tarbiya jarayonlarining samarali amal qilishga zarur shart-sharoitlar yaratib berishida ko`rinadi.

Estetik tarbiya omillari qatorida maishiy turmush narsalari, turarjoy jihozlari, xonalar va binolar joylashuvi, ularniig ranglari, bo`yoqlari va boshqa narsalar muhiti alohida o`rin tutadi. Shahar qurilishining, me’morchilik majmualarining, turar joy dahalarining; jismoniy tarbiya inshoatlarining, dam olish va istirohat bog’larining bir-biriga monandligi, xamoxdngligi, go`zallngi, mosligi, yuksak did-farosat shmunasi ekashigi va nihoyat, foydali-amaliy tomonlarining mavjudligi ham estetik tarbiyada muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Narsalar muhitining barcha bo`lak va qismlari inson shaxsini qurshab olgan holda uning kayfiyatiga, ruhiy holatiga ta’sir o`tkazib turadi va uning his-tuyg’u muhitini yaratadi. Estetik tarbiya vositalari orasida sanat muhim o`rin egallaydi. Sanat voqelikka estetik munosabatning eng muhim shaklidir. Jamiyat estetik madaniyatining darajasi ko`p jihatdan san’at rivojining darajasi, uning ijtimoiy hayotda qanchalik ko`p ahamiyat kasb etishiga bog’liq. Sanat estetik tarbiya vositasi sifatida har bir shaxsga mo`ljallanganligi bilan dunyoga keng va ochiq ko`z bilan qarash tuyg’usini shakllantirish, nafosatni bevosita mushohada etishi, yuksak orzu-umidlar yo`lida ijodkorlik qobiliyatini vujudga keltirish bilan izohlanadi. Agar fan insonning kasb-korlik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilsa, sanat uning har tomonlama tabiiy qobiliyatini rivojlantiradi, dunyoni yaxlit in’ikos etishga o`rgatadi. San’at ham kasb egallashga ko`maklashsada u tor kasbkorlikda o`ralashib qolishdan xalos etadi. Ijtimoiy ongning boshqa shakllariga qaraganda san’at inson shaxsining har tomonlama, hamohang ravnaq topishiga ko`proq va samaraliroq ta’sir etadi. Estetik tarbiyaning eng muhim vositasi sifatida sanat nafakat badiiy qadriyatlarni idrok qilish, balki, ularni yaratishni ham o`z ichiga oladi. Badiiy qadriyatlarni yaratishga jamiyat a’zolarining, ayniqsa, yosh avlodning faol ishtirok etishi ularda estetik did-farosat va talab-ehtiyojlarning rivojlanishiga, ijodkorlik qobiliyatlarini rag’batlantirishga olib keladi.

Estetik tarbiya vositalari tizimida estetik bilimlar asoslari hisoblangan estetik nazariya ham katta ahamiyat kasb etadi. Estetik nazariya estetik tuyg’u, estetik did, estetik orzu kabi estetik ong qismlariga ta’sir o`tkazadi. Estetik tuyg’u-estetik did, estetik orzu estetik nazariyaning ta’siri ostida quvvat oladi. Shaxs estetik qarashlari uning e’tiqodiga aylanib boradi, bilim doirasini kengaytiradi. Sanatdan bahramand bo`lish, undan lazzatlanish uchun muayyan darajada badiiy bilimlarga ham ega bo`lish lozim. San’atga intilib yashash, badiiy ijod mahsullarini idrok etish, zavq olish qobiliyati ko`p jihatdan insonning badiiy saviyasiga bog’lik. Estetik tarbiyada badiiy-nazariy bilimlar va badiiy ta’lim (estetik nazariya) bilan bir qatorda san’atshunoslikning ahamiyati ham katta. Sanatshunoslik bilimlari sanat aniq turlarining xususiyatlari va maxsus qonuniyatlari mohiyatini ochib berishga, badiiy ijodning ayrim sohalari tarixi bilan tanishishga, sat’atning eng muhim yo`nalishlari va oqimlari to`g’risida tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Estetik tarbiyaning muhim vositalarida yana biri adabiy-badiiy tanqid bo`lib, u g’oyat murakkab ijtimoiy maqomga ega. Adabiy-badiiy tanqid bir vaqtning o`zida fanga ham, san’atga ham xizmat qiladi. Adabiy-badiiy tanqidning oraliq — «chegaraviy» holati uni shaxs estetik kamolotining beqiyos vositasiga aylantiradi. U badiiy idrok madaniyatini shakllantirishda, sanat asarlarini ishonchli tarzda baholash qobiliyatini rivojlantirishga, ularning his-tuyg’uli va nazariy tomonlarini qo`shib in’ikos etishga xizmat qiladi. Estetik tarbiya tizimi oila va maktab, ishlab chiqarish jamoalari, mafkura muassasalari, ommaviy axborot vositalari, madaniy muassasalar. ijtimoiy-siyosiy va ommaviy tashkilotlar kabi bo`g’inlarda yaxlit holda amal qilgandagina kutilgan natijalarga olib keladi. Estetik tarbiyada oila, maktab va o`kuv yurtlarning o`zaro hamkorligi ham yaxshi natijalar keltiradi. Estetik tarbiya ijtimoiy faol, har tomonlama va hamoxang rivojlangan shaxsni tarbiyalash maqsadiga yo`naltirilgan. O`zbekiston mustaqil davlati fuqarolariniig estetik ongini yanada shakllantirish estetik tarbiya oldidagi dolzarb vazifa bo`lib, jamiyat badiiy madaniyatini yanada yuksaltirishga, estetik talab-ehtiyojlar va qadriyatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Voqelikka estetik munosabatda bo`lishning mohiyati, mazmuni va asosiy yo`nalishlarn insonning go`zallik haqidagi zohiriy va botiniy tushunchalari voqelikni estetik idrok etishi jarayonlari tabiati va mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Voqelikni estetik jihatdan inikos etish tabiatni anglashning ilmiy qoidasi mavjud: iison borliqni nafosat qonunlariga rioya qilgan holda anglaydi. Hayvonlar ham xuddi odamlarga o`xshash xatti-harakatda bo`ladilar; o`zlari mansub bo`lgan jonivor turining ehtiyojlari darajasida tabiiy mayl (instinkt) bilan tabiatga ta’sir ko`rsatadilar. Hayvonlar o`zlarining yashash jarayonlarida narsalar va ularning xossalari bilan emas, balki fakat o`zlarining anglamagan tabiiy ehtiyojlari amri bilan ish ko`radilar. Inson ongli mavjudot sifatida o`zini qurshab turgan voqelikka faol munosabatda bo`ladi, narsalarning xossalarini ham inobatga oladi. Inson hayvonlardan farqli o`larok, har bir narsaga o`ziga xos mezon nuqtai nazaridan yondashadi. Agar inson mezon tuyg’usidan mahrum bo`lganda, voqea-xodisalar, narsalardagi go`zallikni idrok etish qobiliyatiga ega bo`lmaganda, uning faoliyati bunyodkorlik bilan birga vayronagarchilikka qaratilgan bo`lardi. Nafosat qonunlariga rioya qilish, ya’ni yaratish qobiliyati inson faoliyatining mohiyat va mazmunini tashkil etadi.



Insonning har qanday faoliyatida estetik manba mavjud: inson o`z faoliyati davomida moddiyat bilan birga ma’naviyatga shodlik - sevinch, orzu-umid, erk-shodlik tuyg’ulariga suyanib yashaydi, moddiy samaralar bilan birga o`zi va boshqalar faoliyatining nafosat mezonlari bilan o`lchanadigan ijtimoiy baholanishiga harakat qiladi. Binobarin, inson o`zining bu mohiyatli xususiyatini yo`qotib qo`ysa, uning faoliyati o`zining insoniy tabiatidan ham mahrum bo`lib qoladi. Nafosat qonunlariga rioya qilgan holda voqelikni amaliy va ma’naviy o`zlashtirish jarayonida inson faoliyatining nisbatan mustaqil sohasi bo`lgan san’at muhim ahamiyat kasb etadi. Nafosat qonunlariga rioya kilib yaratilgan sanat eng toza poklangan ko`rinishda namoyon bo`ladi. Shu ma’noda sanat (badiiy faoliyat)ni vokelikni nnson tomonidan estetik jihatdan idrok etilishining eng oliy ko`rinishidir, deymiz.

Adabiyotlar:


  1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviy-yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

  2. Abdusametov X. Drama nazariyasi. Toshkent: G’. G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 2000.

  3. Abdulla Sher. Estetikada ijodkor muammosi. “O’z MU xabarlari” jurnali. 2009, №4.

  4. Сhoriyev A. Inson falsafasi. 2 tomlik. Mustaqil shaxs./monografiya. T., Chinor ENK, 2002.

  5. Andreyev A. L. Mesto iskustva v poznani mira. Moskva : Politizdat, 1980.

  6. Borev Y. Estetika. Moskva: Gardariki, 2003.

  7. Bichkov V. V. Estetika. Moskva: Gardariki, 2004.

  8. Abdullayev M. Esteticheskaya kultura/ Uchebnik. Tashkent: Fan, 1991.

  9. Guliga A. Prinsipi estetiki. Moskva: Politizdat, 1987.

  10. Gulyamov V. X. Esteticheskiy vospriyatiy v paradigme esteticheskoy nauki. Jurnal “O’zMU habarlari”. 2009,№4

  11. Normatov U. Tafakkur yog’dusi. Toshkent. Fikr-media. 2005.

  12. Jakbarov M. Komil inson g’oyasi: tarixiy-falsafiy tahlil/Monografiya. T.: Abu Ali Ibn Sino nashriyoti, 2000.

  13. Lanovenko O. P. Xudojestvennoe vospitaniye. Kiyev: Naukovo dumka, 1987.

  14. Lombrozo Ch. Genialnost I pomeshatelstva. Minsk: Popurri,1998.

  15. Priroda iskusstva i teoriya esteticheskogo vospitaniya. Moskva: Iskusstvo, 1980.

  16. Umarova D. “Ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashda estetik tarbiyaning o’rni. “O’z MU xabarlari” jurnali. 2009-yil, № 4

  17. Reich Ch. A. The Greening of Amerika. N.Y., 1970.

  18. Abdulla Sher, B. Husanov. Nafosat falsafasi./Majmua. Toshkent: Universitet, 2008.

  19. Abdulla Sher, B. Husanov. Estetika. Toshkent. Uslubiy qo’llanma. Ikkinchi nashri.2010.

20. E.Umarov. Estetika asoslari. -T.: Sharq, 2012 yil.





Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish