Ishning maqsadi: Uch fazali transformatorlarni tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish. Asosiy va yordamchi qismlarini o’rganish.
CHulg’amlari elektromagnit bog’lanishdan tashqari elektr bog’lanishga ham ega bo’lgan transformatorning bir turiga avtotransformator deb ataladi.
Transformatorda birlamchi chulg’amdan ikkilamchi chulg’amga to’la energiya elektromagnit vositasida berilsa, avtotransforma-tor (AT)da to’la energiya-ning bir qismigina shu yo’l bilan uzatilib, energiyaning boshqa qismi esa uning birlamchi va ikkilamchi zanjirlari elektr jihatdan ulanganligi tufayli bevosita beriladi. Bu AT da elektr energiyani uzatish usulining o’ziga xos xususiyati hisoblanadi.
AT lar kuchlanishni pasaytiruvchivaoshiruvchi, bir fazali va uch faza-li, ikki chulg’amli va uch chulg’amli turlarga bo’linadi. Agar AT chulg’amining "AX" uchlarini tarmoqqa ulab, uning "ax" qismiga iste’molchi ulansa – pasaytiruvchi AT (7.4-rasm),agarda "ax" qismini tarmoqqa ulab, "AX" uch-lariga iste’molchi ulanganda –oshiruvchi ATbo’ladi.
Kam quvvatli (masalan, kuchlanishni rostlagich) AT ning bitta chulg’ami bo’lib, uning bir qismi ikkilamchi (yoki birlamchi) chulg’am vazifasini ba-jaradi. Bu holda chulg’am sirtidan sirpanuvchi kontaktlar yordamida ikki-lamchi chulg’am o’ramlari sonini o’zgartirib kuchlanish rostlanadi. Katta quv-vatli yuqori kuchlanishli AT lar uchun chulg’amlarning bunday konstruktsiyasi to’g’ri kelmaydi, chunki kontaktlar katta tok yuklamasiga bardosh bera olmaydi. SHu sababli katta quvvatli AT larda elektr jihatdan ulangan o’zakda bir xil balandlikda joylashtirilgan ikkita chulg’ami bo’ladi.
AT ni amaliyotda bajaradigan vazifasi nuqtai nazardan o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bunda ularning o’ziga xos xususiyatlari to’la ravishda namoyon bo’ladi.
I sh l a sh p r i n ts i p i.AT ningyuksiz ishlash rejimidagi elek-tromagnit jarayon odatdagi transformatornikidan farq qilmaydi. Yuklama ulanmagan pasaytiruvchi ATning "AX" chulg’amiga (o’ramlar soni WAX) o’zgaruvchan kuchlanish U1 berilganda undan yuksiz ishlash toki I0.A o’tib, transformatordagisingari o’zinduktsiya EYuK Ye1 ni hosil qiladi. Yuksiz ish-lashda shu chulg’amning yuklama ulanadigan(o’ramlar soni Wax) qismidagi EYuK Yeax kelib chiqishiga ko’ra o’zinduktsiya EYuK bo’lib, YeAX ning bir qismini tashkil etadi (Izoh: Transformator ikkilamchi chulg’amida esa o’zaro induktsiya EYuK hosil bo’ladi).
Yuksiz ishlash rejimdan AT ning transformatsiyalash koeffitsienti kA, yuksiz ishlash toki I0N.A, isroflari R0N.A va almashtirish sxemasining para-metrlarini aniqlash mumkin.
AT ning transformatsiyalash koeffitsienti kA quyidagicha aniqlanadi
kA YeYK YePK wAX wax U1 G’ U2 . (7.7)
Pasaytiruvchi AT ga yuklama ulanganda chulg’amining birlamchi zanjiri-dan I1, ikkilamchi zanjiridan esa I2>I1 tok o’tadi. Bu holdagi AT ning MYuK muvozanat tenglamasi quyidagicha yoziladi
I1 w1I2 w2I0 w1, (7.8)
bu yerda I0 – «A-X» chulg’amdan o’tuvchi magnitlovchi tok.
I 1I 0 – I 2kA tok chulg’amning faqat "A–a" qismidan o’tib, ikkala chulg’am uchun umumiy bo’lgan "a–x" qismidan esa I1 va I2 toklarning geometrik yi-g’indisiga teng bo’lgan
I ax I 1I 2I 0 – I 2kAI 2I 0I 2 (1–1kA) (7.9)
tok o’tadi. I1 va I2 toklar faza jihatdan deyarli 180 bo’lgani sababli (I0 0) ularni algebraik ayirma ko’rinishida yozish mumkin:
I ax I 2 – I 1 . (7.10)
Bundan ko’rinishicha, pasaytirilgan AT chulg’amining umumiy qismi "a-x" bo’yicha o’tayotgan tok Iax birlamchi zanjir toki I1 ga teskari, ikkilamchi zan-jir toki I2 bilan esa mos yo’nalgan bo’ladi.
AgarAT ningtransformatsiyalashkoeffitsienti 1 gayaqinbo’lsa, I1va I2 toklarbir-biridankamfarq qilib, ularningayirmasikichik qiymatnitashkiletadi. BuholATchulg’aminingumumiy (a-x) qisminikesim yuzasikichikbo’lgansimdantayyorlashgaimkonberadi.
ATda chulg’amikkilamchizanjiriningchiqishidagito’la quvvat S2ni "o’tuvchi quvvat (So′t)" deyiladi. Bundan tashqari, birlamchi zanjirdan ikkilamchisiga magnit maydoni vositasida uzatiladigan hisobiy (Sh Sem) quvvat ham mavjuddir. Bunihisobiy quvvatdeyilishiga sabab shuki, ATning gaba-rit o’lchamlari va og’irligi shu quvvat kattaligiga bog’liq bo’ladi.
Demak, AT da hisobiy quvvat o’tuvchi quvvatning bir qismini tashkil etib, qolgan qismi esa elektr bog’lanish hisobiga chulg’amning birlamchi zan-jiridan ikkiinchisiga uzatiladi, ya’ni
So′t Se Sh .
Do'stlaringiz bilan baham: |