7-mavzu
Paralel ulash shartlari Maxsus transformatorlar turlari.
Reja
1.Maxsus transformatorlar turlari.
2.O‘lchov transformatorlari.
3.Payvandlash transformatorlari.
Maxsus transformatorlar turlari. Avtotransformatorlar.
Chulg‘amlari elektromagnit bog‘lanishdan tashqari elektr bog‘lanishga ham ega bo‘lgan transformatorning bir turiga avtotransformator deb ataladi.
Transformatorda birlamchi chulg‘amdan ikkilamchi chulg‘amga to‘la energiya elektromagnit vositasida berilsa, avtotransformator (AT)da to‘la energiya-ning bir qismigina shu yo‘l bilan uzatilib, energiyaning boshqa qismi esa uning birlamchi va ikkilamchi zanjirlari elektr jihatdan ulanganligi tufayli bevosita beriladi. Bu AT da elektr energiyani uzatish usulining o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi.
AT lar kuchlanishni pasaytiruvchi va oshiruvchi, bir fazali va uch fazali, ikki chulg‘amli va uch chulg‘amli turlarga bo‘linadi. Agar AT chulg‘amining "AX" uchlarini tarmoqqa ulab, uning "ax" qismiga iste’molchi ulansa – pasaytiruvchi AT, agarda "ax" qismini tarmoqqa ulab, "AX" uchlariga iste’molchi ulanganda – oshiruvchi AT bo‘ladi.
Kam quvvatli (masalan, kuchlanishni rostlagich) AT ning bitta chulg‘ami bo‘lib, uning bir qismi ikkilamchi (yoki birlamchi) chulg‘am vazifasini ba-jaradi. Bu holda chulg‘am sirtidan sirpanuvchi kontaktlar yordamida ikki-lamchi chulg‘am o‘ramlari sonini o‘zgartirib kuchlanish rostlanadi. Katta quv-vatli yuqori kuchlanishli AT lar uchun chulg‘amlarning bunday konstruksiyasi
to‘g‘ri kelmaydi, chunki kontaktlar katta tok yuklamasiga bardosh bera olmaydi. Shu sababli katta quvvatli AT larda elektr jihatdan ulangan o‘zakda bir xil balandlikda joylashtirilgan ikkita chulg‘ami bo‘ladi.
AT ni amaliyotda bajaradigan vazifasi nuqtai nazardan o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bunda ularning o‘ziga xos xususiyatlari to‘la ravishda namoyon bo‘ladi.
I sh l a sh p r i n s i p i. AT ning yuksiz ishlash rejimidagi elek-tromagnit jarayon odatdagi transformatornikidan farq qilmaydi. Yuklama ulanmagan pasaytiruvchi AT ning "AX" chulg‘amiga (o‘ramlar soni WAX) o‘zgaruvchan kuchlanish U1 berilganda undan yuksiz ishlash toki I0.A o‘tib, transformatordagi singari o‘zinduksiya EYuK Ye1 ni hosil qiladi. Yuksiz ish-lashda shu chulg‘amning yuklama ulanadigan (o‘ramlar soni Wax) qismidagi EYuK Yeax kelib chiqishiga ko‘ra o‘zinduksiya EYuK bo‘lib, YeAX ning bir qismini tashkil etadi (Izoh: Transformator ikkilamchi chulg‘amida esa o‘zaro induksiya EYuK hosil bo‘ladi).
Yuksiz ishlash rejimdan AT ning transformatsiyalash koeffitsienti kA, yuksiz ishlash toki I0N.A, isroflari R0N.A va almashtirish sxemasining para-metrlarini aniqlash mumkin.
O‘lchov transformatorlari.
Bunday transformatorlar o‘zgaruvchan tok zanjirlarida elektr o‘lchash as-boblari (voltmetr, ampermetr, vattmetr va boshq.)ning o‘lchash chegaralarini kengaytirish va yuqori kuchlanish tarmoqlarida mazkur asboblar bilan ishlash xavfsizligini ta’minlash maqsadlarida ishlatiladi. Bundan tashqari releli himoya asboblarini ulashda ham foydalaniladi. Bunday transformatorlarni o‘lchov transformatori deyiladi. Ularning quvvati 5 VA dan bir necha yuz VA gacha bo‘ladi. O‘lchov transformatorlari kuchlanish va toklarni o‘zgartirganda xatolik mumkin qadar kam bo‘lishining zarurligi ularga qo‘yiladigan asosiy talabdir.
Kuchlanishni o‘lchash sxemalari uchun transformatorlar. Bunday transformatorlar kuchlanishi 0,381150 kV bo‘lgan o‘zgaruvchan tok tarmoqlari kuchlanishini o‘lchash sxemalarida ishlatiladi. Shu sababdan ularni "kuchlanish transformatorlari" deyiladi. Mazkur transformator pasaytiruvchi bo‘lib, birlamchi chulg‘amda kuchlanish nominal (masalan, 3; 6; 10; 35; 110kV va boshq.) bo‘lganda ikkilamchi kuchlanishi 100, 100 yoki 1003 V bo‘ladigan qilib bajariladi. Uning ikkilamchi zanjiriga voltmetr hamda vattmetr, chastota o‘lchagich, energiya hisoblagich (schetchik) va fazometrlarning kuchlanish chulg‘amlari ulanadi.
Tokni o‘lchash sxemalari uchun transformatorlar. Bunday transformatorlar katta qiymatli toklarni oddiy ampermetr bilan o‘lchash uchun hamda vattmetr, energiya hisoblagich (schetchik) va fazometr-larning tok chulg‘amlarini ulashda ishlatiladi. Shu sababdan ularni "tok transformatorlari" deyiladi. Tok transformatorining birlamchi chulg‘ami kesim yuzasi katta bo‘lgan o‘tkazgich (sterjen)dan yasalib, tarmoqqa ketma-ket ulanadi. Chulg‘amlardagi o‘ramlar shunday tanlanadiki, bunda birlamchi chulg‘amning toki nominalga teng bo‘lganda, ikkilamchi zanjirdagi tok 5 A bo‘ladigan qilib bajariladi.
Tok transformatorini tarmoqdan uzishda, dastlab uning ikkilamchi chulg‘ami shunt qilinib, o‘lchash asboblari ajratiladi.
Payvandlash transformatorlari.
Elektr yoyi vositasida payvanlash uchun ishlatiladigan maxsus maqsadli transformatorlarni odatda payvandlash transformatorlari deb yuritiladi.
Payvandlash transformatorlari kuchlanishi 220 yoki 380 V bo‘lgan elektr energiyani metalni yoyli payvandlash uchun zarur bo‘lgan yuksiz ishlashdagi kuchlanishi 60 V bo‘lgan elektr energiyaga o‘zgartirib beradi. Reaktor (drossel) – magnit zanjiri havo oralig‘ini o‘zgartirish yo‘li bilan payvandlash tokini rostlashga mo‘ljallangan.
Metallni payvandlashda STN-500-1 tipli payvandlash transformatori amalda ko‘p qo‘llaniladi: U1=380 va 220 V, U2.0 =60 V, payvandlash toki 500 A, bu tok rostlash jarayonida 800 A gacha oshishi mumkin. Chiqishidagi quvvati 15 kW, tarmoqdan oladigan quvvati 33 kVA.
Do'stlaringiz bilan baham: |