Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti kimyo-metallurgiya fakulteti



Download 0,78 Mb.
bet52/91
Sana04.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#482019
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91
Bog'liq
Кулланма док

Maktabgacha ta’lim.

  • Umumiy o’rta ta’lim.

  • O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi.

  • Oliy ta’lim.

  • Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim.

  • Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.

  • Maktabdan tashqari ta’lim.

    Bugungi kunda ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan xorijiy texnik yordam xajmi tobora ortib bormoqda. O‘tgan davrda bu boradagi yordam 500 million dollardan ortib ketdi. Osiyo taraqqiyot bankining salkam 290 million dollar mablag‘i, Janubiy Koreya xukumatining 110 milliondan ortiq, Jaxon bankining 33 million. OPEK fondi, Saudiya fondi, Islom taraqqiyot bankining 42 million, Germaniya xukumatining «KfV» banki orqali yo‘naltirilgan qariyb 20 million va boshqa donorlarning 100 million dollardan ortiq yordamini qayd etish lozim. Bu esa talim jarayonining bevosita davlat nazoratida ekanining so‘zsiz isbotidir. Ya’ni, davlat ertangi kun istiqbolini o‘ylab, talim jarayonida ana shunday yirik islohotlarni amalga oshirmoqda.
    Ta’lim-tarbiya va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini jadal rivojlantirish uchun 2015 va 2016 yillarda davlat byudjeti jami xarajatlarining qariyb 60 foizi yo‘naltirildi. Shu jumladan, talim va ilm-fanni rivojlantirishga 34.3 foiz mablag‘ sarflandi.
    Bugungi kunda ta’lim davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Davlat byudjetidan ta’limga ajratilgan mablag‘lar byudjet xarajatlar qismining 33,7 foizi darajasida rejalashtirilib ta’lim sohasiga yo‘naltirilayotgan xarajatlar xajmi mamlakatimiz YaIM tarkibida 10-12 foizni tashkil etadi. Xolbuki, jaxon tajribasida bu ko‘rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan maktablarning deyarli barchasida qurilish, kapital rekonstruktsiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. O‘quv maskanlarining zamonaviy o‘quv laboratoriya, mebel jixozlari bilan ta’minlangani ta’lim sifati va mazmuniga yuksak e’tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi.
    Yana shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida kam ta’minlangan oilalar va ularning bolalarini davlat tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlashga aloxida e’tibor qaratilgan. Xususan, bugungi kunda davlat tomonidan kam ta’minlangan oilalar va ularning bolalarini davlat tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlashning quyidagi mexanizmlari mavjud:

    • ota-onalar to‘lovi joriy etilgan barcha ta’lim muassasalarida kam ta’minlangan oilalarning bolalarini badal to‘lovlaridan ozod qilish;

    • maktablarda kam ta’minlangan oilalarning bolalarini qishki kiyim- bosh to‘plami bilan tekin ta’minlash

    • umumta’lim muassasalarida kam ta’minlangan oilalarning bolalarini darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovlaridan ozod qilish va boshqalar

    Kelgusida amalga oshiriladigan tadbirlar tufayli Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat test markazi, O‘zNNTMA zimmasiga aholining ijtimoiy nochor qatlamlarining sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida inklyuziv ta’lim tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirildi. Vazirlar Maxkamasining shu boradagi qarori loyixasida quyidagi amaliy natijalar nazarda tutilgan:

    1. nogiron bolalarni zarur maxsus adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalar

    bilan ta’minlashni qamrab oluvchi inklyuziv tizimni yanada rivojlantirish;

    1. inklyuziv ta’lim tizimi o‘qituvchilariga imtiyozlar berish;

    2. jismoniy imkoniyati cheklangan talabalarning oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish;

    3. nogiron bolalarni uyda o‘qitadigan pedagoglarning ishini rag‘batlantirish.

    Bugungi kunda aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy- texnik bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatgichi hamon pastligicha qolmoqda(27 foiz). Shu boisdan ham 2017 yil davomi 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash uchun jami 2,2 trillion so‘m mablag‘ ajratildi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘i 50 ta Yangi qurilish hamda mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruktsiya qilish va 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali kengaytirildi.
    Shuningdek, mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi va uning asosida dastur ishlab chiqildi.
    Mazkur qaror maktabgacha ta’lim tizimi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy dasturlar va texnologiyalarni tatbiq etish, farzandlarimizni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi dolzarb masalalarni xal etishda muxim dasturulamaldir. Binobarin, mazkur xujjatga muvofiq, maktabgacha ta’lim tizimi yanada takomillashtirilib, Yangi muassasalar quriladi, mavjudlari rekonstruktsiya qilinadi hamda mukammal ta’mirlanadi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha tashkil qilinadigan qisqa muddatli guruxlarda o‘g‘il-qizlarning kerakli bilimlarni egallashiga aloxida e’tibor berilmoqda. Umumiy o’rta ta’lim sifatini ohirish, fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganishga Yangicha yondashuv - barkamol avlodni tarbiyalash garovi.
    BugungikundamillionlabbolalarimizYangitdanbarpoetilganvarekonstruktsiya
    qilingan 10 minggayaqinmaktablarda,
    1556 talitseyvakollejda, 70 danziyodoliyo‘quvyurtlaridaYangita’limtizimiasosidabilimvatarbiyaolib, zamonaviykasb-hunarlargaegabodib, xayotdao‘zmunosibo‘rninitopmoqda, mamlakatimizta’limmodeliningsamarasivaraqobatdoshligixalqaromaydonlardatano linmoqda.
    Umuman, umumiyo‘rtata’limtizimiisloxotlariniyanadademokratlashtirishtufaylichettillarham
    damatematika, fizika, kimyo, biologiyakabiboshqamuximvatalabyuqoribodganfanlarnichuqurodganishyoshlarnin gbilimvasaloxiyatiniyanadaoshirishga, mamlakatningbarqarorrivojlanishigaxizmatqiladi.
    Tizimdaraxbarvapedagogkadrlarningmasofadanmalakaoshirishibo‘yichazam onaviymetodlarjoriyetilgan. Birgina 2016 yilda 93 mingdan ortiq raxbar va pedagog kadrlar 140 ta malaka toifasi asosida o‘z maxoratini oshirdi.
    Hozirgi kunda yurtimizdagi umumta’lim maktablarida 389 ming 740 nafar pedagog faoliyat yuritmoqda. Jumladan, 2016 yilda o‘qituvchilar bilim darajasini o‘rganish bo‘yicha sinovlar odkazildi. Jami 20 ming 119 nafar o‘kituvchidan 17250 (89,5 foizi) nafari sinovdan muvaffaqiyatli oddi. Qolgan 2869 nafar o‘qituvchi navbatdan tashqari malaka oshirish kurslarida o‘z bilimini oshiribbormoqda.
    2017 yil 14 yanvarda bodib odgan Vazirlar Maxkamasining kengaytirilgan majlisida davlatimiz raxbari ta’lim-tarbiya tizimida o‘quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligini qayd etdi. Ta’lim muassasalarida darslarni samarali tashkil etishda, yetuk kadrlar bilan bir qatorda ta’limga doir me’yoriy xujjatlar, o‘quv-uslubiy ta’minotning o‘rni katta. Prezidentimiz tomonidan o‘qitishning zamonaviy metodologiyasini yaratish va amaliyotga joriy etish, o‘quvchilarning ongli ravishda kasb-xunar tanlash ishtiyoqini kuchaytirish, darsliklarni yaratishga butunlay Yangicha yondashish kabi dolzarb vazifalar aynan shu maqsaddan kelib chiqqan xolda qo‘yilmoqda. Haqiqatan ham globallashuv jarayonning jadallashuvi o‘quv dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni, keng bilimga ega bodgan, mantiqiy fikrlay oladigan yoshlarni voyaga yetkazishga xizmat qiladigan, takomillashgan me’yoriy xujjatlar, o‘quv-metodik majmualarni yaratishni taqozo etmoqda.
    Metodik xizmatning o‘qituvchi extiyojiga asoslangan Yangi shakllarini yaratish, ta’lim sifatini baxolash jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish ham muxim vazifalardan xisoblanadi. Bu kabi ishlarning yodga qo‘yilishi ayni paytda aholining xaqli e’tiroziga sabab bodayotgan bir qator muammolarni, jumladan, o‘quv muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonidagi kamchiliklarning barham topishiga xizmat qiladi.
    Kasb-hunar kolleji talabalarini bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish. 2017-2021 yillarda amalga oshiriladigan tadbirlar tufayli mamlakatimizdagi 135 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. So‘nggi yillarda kollej bitiruvchilari tomonidan o‘z biznesini tashkil etishga bodgan intilish kuchayib borayotganini yaqqol kuzatish mumkin. Bitiruvchilarning o‘z biznesini tashkil
    etish istagi oshib borishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatmoqda:

    1. Kollejlarda ta’lim-tarbiya ishi zamon talablari darajasida tashkil etilayotgani, o‘quv ustaxonalarining sohaga oid eng ilg‘or vositalar bilan jixozlangani natijasida bitiruvchilarda o‘zi tanlagan mutaxassislik bo‘yicha yetarli bilim va kasbiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish imkoni kengayib bormoqda.

    2. Kichik biznes va tadbirkorlik davlat tomonidan xar tomonlama qodlab- quvvatlamoqda.

    3. Bitiruvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida xududlarda «Mikrokreditbank», Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda «Yosh tadbirkor - yurtga madadkor», «Mening biznes g‘oyam» kabi mavzularda turli seminarlar va ko‘rik-tanlovlar tashkil etilmoqda.

    4. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan bitiruvchilarga imtiyozli kreditlar berilmoqda.

    Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalasiga davlat raxbarining bevosita jon kuydirishi bejiz emas. Bu - mamlakat ertasining xal qiluvchi kuchi bodgan yoshlar xayoti, qolaversa, ularning ortida turgan odamlar, oilalar taqdiriga daxldor bodgan masaladir.
    Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining korxonalarni tanlashi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida amalga oshirilmoqda:

    • bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi;

    • o‘quvchi va talabalar uchun ish o‘rinlarini tashkil etish imkoniyatining mavjudligi;

    • mehnat bozorida raqobatdosh, yuqori talabga ega mutaxassislikka o‘rgatish imkoniyatining mavjudligi;

    • doimiy ish o‘rniga qabul qilish imkoniyatining mavjudligi;

    • kasb-hunar o‘qitish, malaka oshirish sharoitlarining mavjudligi.

    «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish Dasturini ishlab chiqish» bilan bog‘liq Prezident qarori loyihasi natijasida:

    1. akademik soha, o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, tasdiqlanadi, bunda:

    -o‘quv jarayonini tashkil etish;
    -pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlari vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantiriladi.

    1. milliy kadrlarning raqobatdoshligiga va umumjaxon amaliyotiga asoslangan oliy talim milliy tizimining sifati oshishiga olib keladi.

    -Boloniya jarayoni ishtirokchi mamlakatlari diplomlarini o‘zaro tan olish;
    -o‘qituvchi va talabalar bilan almashuv dasturlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi 1999 yil 19 iyundagi Boloniya deklaratsiyasiga qo‘shilish
    masalasi ko‘rib chiqiladi.
    Ilm-fan taraqqiyotining Yangi bosqichi: fan, ilmiy-tadqiqot, innovatsion yutuqlarni rag‘batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish hamda ixtisoslashgan laboratoriya, yuqori texnologiya markazlari va texnologiyalarni joriy etish. 2016 yil 30 dekabrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizning yetakchi ilm- fan namoyandalari bilan uchrashuvida qayd etganidek, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish muxim ahamiyatga ega. Bugun jaxonning yetakchi universitetlari, ilmiy markazlari va fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashni zamonning o‘zi talab qilmoqda.
    Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm- fansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muxim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali Yangi bilimlar o‘zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi. Kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustaxkam asos yaratiladi.
    Bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham Yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilmoqda. Bu boradagi ishlar bugun izchil va tizimli davom etmoqda. Davlatimiz raxbari Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 17 fevralda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi farmonida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o‘rnini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini xar tomonlama qo‘llab quvvatlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida bir qator muxim chora- tadbirlar belgilangan.
    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan bo‘lgan muloqotida ko‘p masalalar muxokama qilinib, taklif va muloxazalar o‘rtaga tashlandi, ya’ni quyidagi dolzarb masalalar tilga olindi:

    1. Mamlakatimizda yuqori saloxiyatga ega, jaxon miqyosida e’tirof etilgan olimlar ko‘pligi, ular o‘z maktablarini yaratishi, shogirdlar tarbiyalashi lozim.

    2. Jaxonning yetakchi institutlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish. O‘zbek olimlari juda ham katta zaxira to‘plaganlar, uni rivojlantirish zarur.

    3. Yuqori saloxiyatga ega kadrlar tayyorlash masalasini takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislar, dunyo darajasidagi Yangi olimlar avlodini tayyorlash darkor.

    4. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muxim ahamiyatga ega. Aynan ular orqali Yangi bilimlar o‘zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi.

    5. Ilm-fan iqtisodiyotning barcha tarmog‘i taraqqiyotida katta o‘rin tutadi, davlat esa bu yo‘lda avvalo olimlarga suyanadi. Chunki, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiya bo‘lishi - dolzarb masala.

    O‘zbek xalqining tarixiy-madaniy va intellektual merosini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash hamda ko‘paytirish, shuningdek, yosh avlodni umuminsoniy va milliy an’analar hamda qadriyatlar ruxida tarbiyalashga aloxida e’tibor qaratish zarur. Ta’kidlash kerakki, mazkur masala davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri xisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturining eng muxim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 14 yanvardagi kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida, Fanlar akademiyasi a’zolari bilan o‘tkazgan uchrashuv va muloqoti davomida bu borada asosan ikkita asosiy vazifani xal etish lozimligini bayon etdi:

    1. Ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilg‘or xorijiy markazlar darajasida va olimlarning talablariga muvofiq, sezilarli ravishda mustahkamlash kerak. Bunda, albatta, davlatning extiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga olinishi shart.

    2. Akademiklarni xar taraflama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha aniq, chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish lozim.

    2017 yilning 1 yanvaridan boshlab akademiklarga eng kam oylik ish xaqining 10 barobari miqdorida jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqlardan ozod etilgan oylik ganorar belgilanadi. Bundan tashqari, ular uchun sanatoriy muassasalarida xar yili bepul sog‘lomlashtirish kursidan foydalanish xuquqi nazarda tutildi. Akademiklar ilmiy, talim va ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etilib, ularga yuqori malakali kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratilmoqda.
    Umuman, xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimi jaxon talablari darajasida, yuksak ma’naviyat zaminida qurilib, davlat ta’lim standartlari va tegishli ta’lim dasturlari bilan ta’minlandi. Uzluksiz ta’lim tizimi umumdavlat dasturlari, maktabgacha tarbiya, boshlang‘ich, umumiy va maktabdan tashqari ta’lim asosida amalga oshirilmoqda. Endilikda uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash siyosatini rivojlantirish hamda uning moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash borasida qilinayotgan ishlar muxim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim sifatini yuksaltirish, umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish, fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganishga Yangicha yondashuv yuksak taraqqiyot
    garovi xisoblanadi. Kasb-hunar kolleji talabalarini bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish davlatimiz va jamiyatimiz, maxalliy Hokimiyatlarning e’tibor markazida turibdi. Shuningdek, ta’lim va o‘qitish sifatini baxolashning xalqaro stan- dartlariga o‘tishda oliy ta’lim muassasalari faoliyati va samaradorligini oshirish taqozo etilmoqda. Ilm-fan taraqqiyotining Yangi bosqichi, Yangi fan, ilmiy tadqiqot, innovatsion yutuqlarni rag‘batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlari yaratilmoqda.

    7-MAVZU: XAVFSIZLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG’RIKENGLIKNI TA’MINLASH


    Reja:

    1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar

    2. Chuquro‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar


    Download 0,78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish