Korrupsiyaning uchta asosiy shaklini ajratishni taklif qiladi: 1)siyosiy.Mansabdor shaxs yuzaga kelgan qarindosh-urug‘chilik
munosabatlari tufayliqonunga zid harkat qiladi;
jinoyatfaoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, mansabdor shaxslarni sotib olishga asoslangan. Ular esa mukofot puli olish evaziga g‘ayoriqonuniy xizmatlar ko‘rsatadi;
taraflardan biri o‘ziga eng qulay tartib vujudga keltirish uchun jinoyatga mansabdor shaxslarning tegishli toifalarini izchillik bilan jalb etishni nazarda tutadi.Korrupsiyaning bu shakli uyushgan jinoyatchilik bilan mustahkam bog‘langan bo‘lib,mansabdor shaxslarga nisbatan sotib olish, provakatsiya qilish va tahdid solishni anglatadi.
Siyosiy korrupsiyaning ayniqsa ko‘p uchraydigan shakllari pora olish va pora berish hisoblanadi. Keyingi o‘rinda saylov huquqini amalga oshirish chog‘ida siyosat sub’ektlarini pora evaziga og‘dirish turadi.
Faoliyat ko‘rsatish darajalariga ko‘ra quyi darajadagi, yuqori darajadagi va vertikal korrupsiya farqlanadi. Quyi darajadagi korrupsiya hokimiyat va boshqaruv organlarining o‘rta va quyi darajalarida ayniqsa keng tarqalgan bo‘lib, amaldorlar va fuqarolarning muntazam o‘zaro aloqasi bilan bog‘liq (ro‘yxatdan o‘tkazish, jarimalar, litsenziyalash, turli ruxsatnomalar olish va sh.k.).
Yuqori darajadagi korrupsiya hokimiyat organlarida ishlaydigan siyosatchilar, oliy martabali amaldorlarni qamrab oladi va juda katta qimmatga ega bo‘lgan qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq (qonunlarni ilgari surish va qabul qilish,
davlat buyurtmalari, mulk shakllarini o‘zgartirish va sh.k.). Aksariyat hollarda korrupsiya bitimidan manfaatdor bo‘lgan ikkala tomon ayni bir davlat hokimiyati organida ishlaydi. Masalan, quyi turuvchi davlat organining amaldori o‘zining yuqori turuvchi boshlig‘iga u pora beruvchining korrupsion harakatlariga homiylik qilishi yoki qo‘shimcha mablag‘lar, resurslar, vakolatlar berishi uchun pora beradi.
Korrupsiyaning pora olish va xizmat mavqeini suiiste’mol qilish kabi odatdagi shakllaridan tashqari, korrupsiya amalda namoyon bo‘lishining quyidagi shakllarini farqlash mumkin: mansabdor shaxslar, davlat xizmati xodimlari, deputatlar tijorat faoliyatida shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish uchun bevosita ishtirok etishi; davlat pul mablag‘larini o‘zlashtirish niyatida tijorat tuzilmalariga o‘tkazish uchun o‘z xizmat mavqeidan foydalanish; o‘z korporativ (siyosiy, diniy, milliy va sh.k.) guruhiga davlat resurslari hisobidan imtiyozlar berish; shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish maqsadida ommaviy axborot vositalariga tazyiq o‘tkazish uchun o‘z xizmat mavqeidan foydalanish; mansabdor shaxslar va davlat xizmati xodimlari shaxsiy boyish maqsadida tijorat tuzilmalarida soxta shaxslardan va qarindoshlaridan foydalanishi; shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish maqsadida axborotni manipulyasiya qilish (buzib ko‘rsatish, bermaslik, berish muddatlarini cho‘zish va sh.k.) uchun xizmat mavqeidan foydalanish; tor gruppaviy manfaatlarda normativ hujjatlar qabul qilish haqidagi qarorlarni ilgari surish; ayrim nomzodlarning saylov fondlariga davlat moliyaviy va moddiy resurslarini taqdim etish.
AQSHda korrupsiyaning “kikbeking” degan shakli ancha keng tarqalgan. Uning sxemasi juda sodda: jinoiy til biriktirish ishtirokchilari muayyan narxlarda bitim tuzishga og‘zaki kelishadilar, rasmiy bitimni esa balandroq narxlarda imzolaydilar. Tafovutning bir qismi bitimga ruxsat bergan mansabdor shaxslarga topshiriladi, ya’ni yashirin pora beriladi. Pora olishning mazkur shakli so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham qo‘llanilmoqda.
Korrupsiya jinoyati nafaqat xufyona, balki korrupsiyaga doir munosabatlarga kirishgan tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan sodir etiladi. Aksariyat hollarda u tegishli hokimiyat organlariga shikoyat berilishiga sabab bo‘lmaydi, Chunki g‘ayriqonuniy kelishuvdan ikkala tomon ham naf ko‘radi. Hatto pora so‘rash hollari ustidan ham kamdan-kam holda shikoyat qilinadi, Chunki odamlar korrupsiyaga qarshi kurash jarayoniga ishonchsizlik bilan qaraydilar. Buning uchun milliy va xorijiy tajriba bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan ob’ektiv va sub’ektiv asoslar mavjud. Korrupsiya harakatlari odatda davlat faoliyatining mutaxassis bo‘lmagan kishilar tushunishi ancha qiyin bo‘lgan o‘ziga xos turlarida sodir etiladi. Korrupsiya o‘ta moslashuvchan jinoyatdir. U vaziyatga qarab tinimsiz o‘zgaradi va takomillashib boradi. SHu bois bu hodisa haqida to‘liq, mukammal yoki hech bo‘lmasa reprezentativ ma’lumotlar mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |