Navoiy Kon Metallurgiya kombinati Navoiy Davlat Konchilik instituti Konchilik fakulteti Noyob va radioaktiv metall rudalarini qazib olish va qayta ishlash kafedrasi


II. Texnologik qism…………………………………………………....40



Download 464,21 Kb.
bet2/22
Sana12.07.2022
Hajmi464,21 Kb.
#782064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
2 5226686822242847835

II. Texnologik qism…………………………………………………....40
2.1. Molibden boyitmasini qayta ishlash texnologik sxemasi…………..40
2.2. Molibden boyitmasini ekstraksiyalashda material balansini hisoblash........................................................................................................40
2.3. Molibden boyitmasi ekstraksiyasi qo`llaniladigan ekstraktor parametrlarini hisoblash…………………………………………………….43
III. Hayot faoliyati xavfsizligi qismi………………………………….45
3.1. Elektr xavfsizligi……………………………………………….…..45
3.2.Yong’in xavfsizligi………………………………………………....46
3.3. Ekstraktsiya zavodlarining xavfsizligi……………………….…….47


Xulosa………………………………………………………………...49
Adabiyotlar ro`yxati………………………………………………....51
KIRISH
Noyob metallar ishlab chiqarish texnologiyasi
Noyob metallar (hammasi 57 dona) guruhi o‘z navbatida qo‘yidagi guruhlarga bo‘linadi:
a) qiyin eriydigan noyob metallar: titan, sirkoniy, gafniy, vanadiy, volfram, molibden, tantal, niobiy, reniy;
b) engil noyob metallar: litiy, berilliy, rubidiy i syeziy;
v) tarqoq noyob metallar: galliy, indiy, talliy, germaniy, selen, tellur, reniy;
g) noyob – yer metallari: skandiy, ittriy, lantan i lantanoidlar (seriydan lyutesiyagacha bo‘lgan 14 element);
d) radioaktiv metallar: radiy, aktiniy va aktinoidlar (toriy, prokaktiniy, uran va transuran elementlar), poloniy.
Rangli metallarni tasniflanishi shartli bo‘lib, ayrim metallar turli guruhlarga kirishi mumkin. Masalan, titanni ham qiyin eruvchi, ham engil noyob metallarga, reniyni ham tarqoq, ham qiyin eruvchi metallarga kiritish mumkin.
Keltirilgan metallarning sanoatlashgan tasnifi hozirgi vaqtda ilmiy va texnologik ketma – ketlik asosida tuzilgan deb tan olish mumkin emas. Unda metall guruhlari nomlanishi ham ma’lum bir tamoyillarga asoslanmagan. Ko‘p hollarda u yoki bu metallning ishlab chiqarilishi va ishlatilishining o‘sishi bilan metallarni sanoatlashgan tasnifining umumiy tamoyillariga zid holda metall bir guruhdan boshqa guruhga o‘tishi mumkin Hozirgi kunda har bir soha jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bir vaqtda metallurgiya-noyob metallar metallurgiyasi ham rivojlanib bormoqda. Zamonoviy texnika noyob va tarqoq metallarsiz tasavvur etish qiyin. Chunki elektrovakuum texnikasini, elektronikani, atom energetikasini, avia – va raketasozlikni, shuningdak maxsus po‘latlar ishlab chiqarishda, qattiq, o‘lovbardosh va yemirilishga chidamli qotishmalar tayyolash kabi texnikaning asosiy tarmoqlarining takomillashishida noyob metallarning o‘rni beqiyos. Respublikamizda noyob metallar Olmaliq tog‘ ’ metallurgiya kombinatida, Navoiy kon metallurgiya kombinatida va O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘tga chidamli metallar kombinatida ishlab chiqarilib, dunyo bozorida o‘z mahsulotlari bilan Respublikamiz valyuta zaxirasini boyitib kelmoqda.
XX asr boshlariga kelib ilgari qo‘llanilmagan kimyoviy elementlarning sanoat miqyosida ishlatilishi katta ahamiyat kasb eta boshladi. Bu elementlarni birlashtirib «Noyob elementlar», keyinchalik esa «Noyob metallar» deb yuritila boshlandi.
D.I.Mendeleyev tomonidan tuzilgan davriy tizimning barcha guruhida noyob metallar joylashganini ko‘rish mumkin. Ular o‘zining fizik-kimyoviy xossalari bilan boshqa elementlardan katta farq qiladi va sanoat miqyosida qo‘llanishi hamda bir qator xususiyatlariga ko‘ra, noyob metallar guruhiga kiritilgan.
Noyob metallarning kashf etilishi, asosan, XVIII asr oxirlari va XIX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, ularni ishlab chiqarishda qo‘llash uchun ham ma’lum bir vaqt kerak bo‘lgan. O‘sha davrda «Noyob metallar» tushunchasi metallar yer bag‘rida kam tarqalganligi, yoki texnikada butunlay ishlatilmaganligi bilan bog‘liq bo‘lgan. Geolog olimlarning izlanishlar natijasida ayrim noyob metallarining (titan, sirkoniy, vanadiy, litiy, seriy va boshqalar) yer bag‘ridagi miqdori boyich to‘qqizinchi o‘rinni egallaydi, ammo ularning ko’p qismi odamzotga ilgaridan ma’lum bo‘lgan metallarga nisbatan tarqoqdir.
Noyob metallarni amaliyotda keng qo‘llash va ularning texnologiyasini ishlab chiqish, asosan XX asrlarga to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda zamonaviy texnikaning asosiy qismi noyob metallardan iborat ekanligini ko‘rish mumkin. Ayrim sanoat ishlab chiqarish turlarini noyob metallarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Metallurgiya sanoat ishlab chiqarilayotgan 70 turdagi metallarning 41 tasi noyob va tarqoq metallar guruhiga kiritilgan.
Hozirda “noyob metallar” tushunchasi ishlatilish sohalarga binoan yangicha tarifda talqin qilinmoqda, ya’ni, ular sof metall holida, qo‘ra va rangli metall qotishmalarni mexaniq, kimyoviy xususiyat talab darasida yaxshilashda, turli kimyoviy birikmalar sifatida shisha ishlab chiqarishda, medisinada, qishloq xo‘jaligida va ko’pgina boshqa sohalarda qo‘llanilishi bilan o‘zining noyob elementlar ekanini namoyon etmoqda.
Noyob metallar o‘zining fizik-kimyoviy xossalarining bir-biriga yaqinligi, ularni xomashyolardan ajratib olish hamda ishlab chiqarish usullarini o‘xshashligi va boshqa turli xususiyatlari bo‘yicha beshta guruhga bo ’linadi: yengil noyob metallar, qiyin eriydigan noyob metallar, tarqoq noyob metallar, noyob yer metallari hamda radioaktiv metallar.
Jumladan, Molibden noyob va radioaktiv metallar sinfining qiyin eriydigan noyob metallar sinfiga kiradi. Bir qancha xususiyatlari hamda yuqori temperaturaga bardoshliligi tufayli hozirgi kunga kelib istiqbolli loyihalar tuzilmoqda va amalga oshirilmoqda. Molibden hozirgi kunda mamlakatimizda asosan Mis-Molibden rudalaridan Qalmoqir konidan qazib olish ishlari amalga oshirilmoqda.

Download 464,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish