Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


-MAVZU. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MUSTAQIL TA’LIM ORQALI NUTQ VA TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI



Download 1,23 Mb.
bet91/134
Sana13.03.2023
Hajmi1,23 Mb.
#918521
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   134
Bog'liq
1-kurs Mutaxassislikka kirish majmua innov.

13-MAVZU. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MUSTAQIL TA’LIM ORQALI NUTQ VA TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI.

REJA:
1. Nutq o‘stirishda til va tafakkur uyg‘unligi.


2. Mustaqil ta’lim orqali nutq va tafakkurni rivojlantirish.
3. Mustaqil ishlarni tashkil etish usullari.
4. Mustaqil ish turlari.
Inson hayotida nutq va tafakkurning o’rni va roli qadimdan ko’pchilikni qiziqtirib keladi. O’tmish mutafakkirlari ijodida nutqning ma’naviy kamolot belgilaridan biri sifatida qayd qilinishi bejiz emas. Jumladan, Kaykovus “Suxandon kishilar bilan ham suhbatda bo’lgan va qanday qilib so’zlash shartlarini ham bilgil”; Yusuf Xos Hojib “uquv va bilimning tilmochi tildir… Agar tilga e’tibor bermasa, uni noo’rin qo’llasa, odam boshi yorilishi hech gap emas”, Farobiy so’zning inson hayotida tutgan o’rni va roli haqida: “…so’zlash quvvati shunday quvvatki uning yordamida xulq – atvordagi hunuk va go’zal harakatlarni ajrat biladi va bajarilishi zarur bo’lgan – bo’lmagan ishlarni ado etadi, shu bilan birga, zararli va foydali narsani, lazzatli va achchiq narsalarni fahmlaydi” deb yozgan bo’lsa, M. Koshkariyning “Devoni lug’otit - turk” asarida “Adab boshi -til” maqolining keltirilishi, A.Navoiyning “Bir bo’lu, bir ko’r, bir de, bir tila, Mayl qilma munda ikkilik bila” misralarida bir so’zlilik, fikriy sobitlik, so’z va fikr birligi – chin inson uchun bosh dasturdir degan fikr ilgari suriladi. Yuqoridagi fikrlar buyuk ajdodlarimizning inson ma’naviyatining shakllanishi va rivojlanishida tilning nechog’li ahamiyatli ekanligiga urg’u berganini ko’rsatadi.
Buyuk mutafakkirlarning mazkur fikrlari yosh avlodning nutqini o’stirish, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish masalasi qadimdan jahon pedagogikasida dolzarb masala bo’lib kelganidan dalolat beradi.
Biz tilini jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas rivojlantirib, boyitib kelgan ajdodlarning vorislarimiz. O’quvchilarni tilning mavjud imkoniyatlaridan nutq jarayonida maqsadga muvofiq foydalana olishga o’rgatish maktab ona tili ta’limi oldida turgan mas’uliyatli vazifalardan sanaladi.
Umumiy o’rta ta’lim tizimida mazkur muammo o’quvchilarni mustaqil faoliyatga yo’llash usuli bilan bog’lab e’tirof etiladi. Shu tufayli ta’lim jarayonida mustaqil ishlar va ularni tashkil etish metodikasi bo’yicha ko’pgina ishlar amalga oshirilgan.
V.V.Davidov, N.G.Dayri, M.A.Danilova, B.P.Esipov, N.A.Menchinskiy, I.T.Ogorodnikov kabi pedagog – psixologlarning izlanishlarida mustaqil ishlarga didaktikaning asosiy konsepsiyalaridan biri sifatida qaraladi.
V.K.Buryak, L.V.Jarovalar mustqil ishni metod sifatida talqin qiladi. B.P.Esipov, M.M.Moro, T.I.Shamovalar mustaqil ishlar o’quv faoliyatining shakli; P.I.Pidkasistiy o’quvchilarning mustaqil bilish faoliyatining vositasi sifatida ko’rsatadilar.
Taniqli ruxshunos olimlar: A.N.Leontiv, P.Ya.Galperin, I.A.Zimnyaya, D.B.Elkonin, N.Boymurodovlar ishlab chiqqan faoliyatni shakllantirishning psixologik konsepsiyasida mustaqil ishlarga shaxning bilish faolligini oshiruvchi omil sifatida qaraladi.
Adabiyotlarning nazariy tahlili mustaqil ishlarga uch xil w=qarash mavjudligini ko’rsatadi, ya’ni mustaqil ishlar ta’lim metodi, o’quv faoliyatini tashkil etish shakli, o’quvchilarning bilish faolligini oshiruvchi vosita sifatida talqin etilgan.
Shunga ko’ra , umumiy o’rta ta’lim tizimidagi mustaqil ishlarning asosiy belgi sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  • O’quvchilarning berilgan topshiriqlarni bajarishlarida, o’z ishlarini rejalashtirishi, o’qituvchining yordamisiz bajargan ishlarning natijasini baholay bilishi;

  • O’quvchilarning topshiriqni bajarish usullarini to’g’ri tanlashi va amalda tadbiq eta bilishi ;

  • Bilishga rag’bat uyg’otilishi ,o’quvchilarning mustaqil intellektual faoliyatga undovchi muammoli vaziyatlar yaratilishi ;

  • O’quvchilarning mustaqil ijodiy faolligini namoyon qilishi .

Mustaqil ishlar o’quvchilarning bilish qobilyatini rivojlantirishga xizmat qilishi tufayli boshlang’ich sinflarning ona tili ta’limida keng miqyosda qo’llashni taqozo etadi .
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini til materiallarini tahlil qilish , mustaqil fikrlash ,olingan bilimlarni ko’nikma va malakaga aylantirish ,o’zini o’zi boshqarishga o’rgatishda mustaqil ishlar muhim o’rin tutadi .
Mustaqil faoliyatga yetarli darajada o’rganmagan o’quvchi ta’limning keying bosqichlarida bilimlarni o’zlashtirishda qiynalishi shubhasiz.
O’quvchilarning ta’lim jarayonidagi mustaqil faoliyati o’quv-biluv vazifalarni bajarishga yo’naltirilishi bilan ahamiyatlidir .
Mustaqil ishlar , bir tomondan ,ta’lim vositasi sifatida o’zida bir qancha topshiriqlarni mujassamlashtiradi ,ikkinchi tomondan esa bilishga yo’naltirilgan amaliy vazifalarni ifodalaydi ,o’quv-biluv faoliyatida o’ziga xos tarzda yuqori darajadagi intilishni yuzaga keltiradi .
Boshlang’ich sinflarning ona tili ta’limi jarayonida o’quvchilarning muayyan darajada bilim , ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishlariga ,nutq va tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan mustaqil ishlarni didaktik maqsadi ,mazmuni va murakkablik darajasi hamda ijoday yondashilishiga ko’ra quyidagicha tasniflash mumkin:
1 Namuna asosidagi mustaqil ishlar .
2 Konstruktiv mustaqil ishlar .
3 Variativ mustaqil ishlar .
4 Ijodiy mustaqil ishlar .
Namuna asosidagi mustaqil ishlar o’quvchilarni ona tili ta’limi bilan bog’liq ko’nikma , malakalarni shakllantirish va mustahkamlash orqali mustaqil faoliyatga tayyorlaydi .
Konstiruktiv mustaqil ishlar til hodisalarini nutq o’stirish nuqtai nazardan tahlil qilish , bilishga doir metod va usullarni shakllantirish, bilishga bo’lgan ichki motivlarni rivojlantirishda qulaylik yaratadi.
Variativ mustaqil ishlar topshiriqlarini to’g’ri bajarish orqali o’quvchilarni so’z zahirasini boyitishga doir ko;nikma va malakalarni shakllantiradi .
Ijodiy mustaqil ishlar nutq va tafakkurni rivojlantirishga doir bilimlarni mustaqil o’zlashtirish malakalarni mustahkamlashi jihatidan ijodkorlikni shakllantiruvchi samarali vosita sanaladi .
Bilimlarni faollashtirishga yo’naltirilgan mustaqil ishlarda yangi material ustida ishlash va mustahkamlash oldidan tayanch bilim va ko’nikmalarni tayyorlashga qaratilgan topshiriqlar namunaviy va konstruktiv-variativ xarakterga ega bo’lishi mumkin .Namumaviy xarakterdagi ishlar shartlari to’liq berilgan ko’p sonli mashqlardir.Bu ish turini o’quvchilar tartib bilan berilgan ko’rsatmalar asosida bajaradilar . Konstruktiv-variativ xarakterdagi ishlar o’quvchilardan oldin o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalar yordamida har xil umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishni talab etadi. Bular, o’z navbatida,o’quvchilarning nutqini boyitadi, bilimlarni chuqurlashtiradi,fikrlash doirasini samarali faoliyat darajasiga ko’taradi.
Yangi bilimlarni o’zlashtirishga doir mustaqil ishlar mavzuning murakkabligi va o’quvchilarning tayyorgarligiga bog’liq biolish faolligi va nutqiy faolligining har xil darajasida namuna yoki batafsil ko’rsatma asosida bajariladi. Rekonstruktiv-variativlik xarakteridagi ishlarda o’quvchilarning nutq o’stirishga doir tayanch bilim va ko’nikmalarni tatbiq eta bilishi talab etiladi . Buning uchun tayyorlangan savol-topshiriqlar oldingi mustaqil ishlardan izlanish xarakterida bo’lishi bilan farqlanadi.Tayyorlov mashqlari muhim rol o’ynaydigan bu xildagi ishlar muammoni hal qilish, topshiriqlarni bajarish tartibini belgilash va umumlashtirishni taqozo etadi.
O’rganilgan mavzularni takrorlash , mustahkamlash hamda ko’nikmalarni rivojlantirish maqsadiga yo’naltirilgan mustqil ishlarda nazariy tushunchalarni tizimlashtirish, umulashtirish , bilim va ko’nikmalarni amalda qo’llash , nutq o’stirishga doir tushuncha va bilimlarni mustahkamlash -uzoq muddat davom etadigan jarayon bo’lib , muayyan izchillikda bajariladigan topshiriqlar asosida o’zlashtirilgan bilimlar yangi sharoitda tatbiq etiladi va oldin o’rganilgan bilimlar doirasiga kiritiladi.
Bilim va ko’nikmalarni nazorat qilishga doir mustaqil ishlar orqali o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasi aniqlanadi . Nazoratning natijasi baholash bilan yakunlanadi . Bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash bosqichida mustaqil ishlar namuna va konstruktiv-variativ xarakterda bo’ladi . Ta’lim jarayonida , mustaqil ishlarning har xil turlarini amalda qo’llash o’quvchilarning mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Boshlang’ich sinflarning ona tili ta’limida mustaqil ishlarning samaradorligi mustaqil ish tizimini rejalashtirish va tashkil etish ,boshqarish va nazorat qilish shartlariga bog’liq. U o’quv-tarbiyaviy jarayonlarda o’quvchilarning o’quv faoliyatini boshqarish metodlari hamda ular egallagan bilim va ko’nikmalarni boshqarish metodlarini parallel ishlatishga imkon beradi. Tabiiyki, bunday sharoitlarni yaratish o’qituvchidan mustaqil ishlarni bajarish jarayonida o’quvchilarning bilish faoliyatini to’g’ri boshqarish metodlarining psixalogik-pedagogik xususiyatlariga doir bilimlarni talab etadi.
Tatqiqot muammosi yuzasidan olib borilgan izlanishlar asosida ona tili darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish bo’yicha quyidagicha metodik tafsiyalarni berish mumkin:
1.O’quvchilarga berilgan bilim, ko’nikma va malakalarning mustahkam bo’lishiga yo’naltirilgan mustaqil ishlarni tizimli tarzda tashkil qilish.
2. Mustaqil ishlarning aniq maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi.Bu talabni bajarmaslik o’quvchilarni topshiriqning maqsadini tushunmaslikka olib keladi. Natijada ishni bajarish jarayonida o’qituvchiga bir necha marta murojaat qilinadi. Bu esa vaqtning ko’p sarflanishi va mustaqillik darajasining pasayishiga olib keladi.
3. Mustaqil ishlarni hajmini va mazmuniqat’iy belgilangan bo’lishi, topshiriqni mas’uliyat bilan bajarishga qaratilishi.
4.Mustaqil ishlarning ko’rgazmalilik xarakterida bo’lishi.
5.Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqning bir qolibga tushgan va retsept asosida bajariladigan bo’lmasligi,o’quvchilarning bilimlarini yangi vaziyatda tatbiq eta oladigan bo’lishi,bilish qobilyati va tashabbusini shakllantirishi.
6.Mustaqil ishi topshirig’i o’quvchilarda qiziqish uyg’otishi, turli vaqt oralig’ida bajarilishning hisobga olinishi.
7. Mustaqil ishlarni tashkil etishda o’quvchilarning bilim ko’nikma va malakalaring turli darajada bo’lishini hisobga olgan holda ularga differensial yondashinishi.
Mustaqil ishlarni bajarishda xatoga yo’l qo’yilishi sabablari tushuntirib borilsa, o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlashga zamin yaratiladi.
Ko’rinadiki, boshlang’ich sinflarning ona tili ta’limi jarayonida tashkil qilinadigan mustaqil ishlarda maqsad va topshiriqni bajarish tartibning aniqligi ,o’quvchilarning o’quv imkoniyatlariga mos bo’lishi, turli faoliyat uyg’unlashishi, o’quvchilarning bilish qobilyatini rivijlantirishi muhim o’rin tutadi.Boshqacha aytganda, shu jarayondagi ta’lim samaradorligi darsda o’quvchilarning mustaqil ishlarni bajarishdagi individual imkoniyatlarning hisobga olinishiga bog’liq.
K.E.Bezuklandinikov boshlang’ich sinflarda ingliz tilidan sinfdan tashqari mustaqil ishlarni tashkil etish,G.I.SHayxuddinova tatar tili morfologiyasini o’rganishda o’quvchilarning didaktik sistema sifatida mustaqil ishlarini tashkil etish, E.A.Saribekova xorijiy tillarini o’rganishda talabalarning mustaqil ishlarga doir ko’nikma va malakalarni shakllantirish,T.P.Malyavina orfografiyani o’rganishda o’quvchilarning mustaqil ishlari, L.V.Abakumova o’quv jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’zini- o’zi nazorat qilish ko’nikma va malakalarni shakllantirish nomli tadqiqotlarda mustaqil ishlarga doir kuzatishlarni keltirib o’tishgan bo’lsa, A.F.Boytsova lug’at ishini tashkil etishda so’zlar orasidagi semantik aloqadorlikka asoslanish g’oyasini ilgari suradi. N.F.Titova nutq o’stirish uchun o’quvchilarning tafakkur va fikrlash qobilyatini tarbiyalash zarur degan masalani o’rtaga tashlasa, G.N.Pristupa so’zlarning semantik tomoni ustida ishlamasdan turib nutqiy va fikrlash qobilyatini o’stirish mumkin emas deb hisoblaydi. Shuningdek, M.R.Lvov nutq fikrlashni rivojlantiruvchi vositasi deb ta’kidlaydi. Psixolog N.I.Jinkin ”Nutq-intellektni rivojlantiruvchi kanal.Til qancha erta o’zlashtirilsa, bilimlar shuncha oson va to’liq o’zlashtiriladi”.A.A.Pronina matnning lingvistik tahlili nutq o’stirish materiali bo’ladi deydi.
Alibek Rustamov so’zni to’g’ri tushunish va to’g’ri ishlatish uchun uning manolarini iloji boricha mukammal bilishga urinish lozimligini, N.Mahmudov, T.U.Ziyadova, N.Ahmedova, G.Ramazonovalarning “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida matn yaratish ko’nikmalarini shakllantirish “nomli o’quv qo’llanmasida “…so’z va atamalarni izohlash, ularning lug’aviy ma’nolarini sharhlash, mustaqil va ijodiy tafakkur ko’nikmalarini shakllantirishning muhim omili”deyiladi
Kuzatishlardan ma’lumki, ikki yoshli bola tilning qonun-qoidalaridan behabar holda nutqida so’zlarni to’g’ri turlab va tuslab qo’llaydi, so’z birikmalaridan to’g’ri foydalanadi, 6-7 yoshli bola esa tilning morfologik va sintaktik vositalarini so’zlashuv nutqi orqali egallab oladi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish