Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


Ona tilidan metodbirlashma faoliyati



Download 1,23 Mb.
bet99/134
Sana13.03.2023
Hajmi1,23 Mb.
#918521
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   134
Bog'liq
1-kurs Mutaxassislikka kirish majmua innov.

Ona tilidan metodbirlashma faoliyati. Ona tili o‘qituvchilariga metodik yordam ko‘rsatishning asosiy markazi metodbirlashmalardir.
Metodbirlashma maktabda ishlaydigan barcha ona tili va adabiyot o‘qituvchilarini o‘z safida birlashtiradi.
Metodbirlashmaning asosiy maqsadi o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashini tashkil etish, maktabda ona tili va adabiyot fanlarining to‘g‘ri o‘qitilishini uyushtirish va uni nazorat qilish, pedagogik tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish, yosh o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish kabilardan iborat.
Metodbirlashma o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:

  • maktabdagi barcha ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining hamjihatlikda ishlashini ta’minlash;

  • ona tili va adabiyot fanlarining o‘qitilishiga oid yangiliklardan o‘qituvchilarni doimiy xabardor qilib borish;

  • yosh o‘qituvchilarga har jihatdan metodik yordam ko‘rsatish, ularning faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish;

  • ona tili va adabiyot fanlaridan o‘quv-metodik majmua yaratish;

  • o‘qituvchilarning o‘z ilmiy va metodik saviyasini mustaqil oshirib borishini tashkil etish;

  • ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining ilg‘or tajribalarini aniqlash, o‘rganish va ommalashtirish;

  • ona tili kabinetining faoliyatini tashkil etish va unga rahbarlik qilish;

  • maktabda yagona imloviy va nutqiy rejimni tashkil etish.

O‘quvchilar bilan ishlash borasida ham metodbirlashma zimmasiga bir qator vazifalar yuklatiladi. Bular:

  • ona tili va adabiyot fanlaridan iqtidorli bolalar bilan ishlashni tashkil etish;

  • o‘quvchilarni maktab olimpiadasiga tayyorlash ustidan nazorat o‘rnatish; olimpiadalarning nizom talabi asosida o‘tishini ta’minlash;

  • maktab ona tili va adabiyot to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularning doimiy ishlashini ta’minlash; sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni samarali tashkil etishdan iboratdir.

Metodbirlashma faoliyatiga rahbarlik maktab ma’muriyatining buyrug‘i bilan eng tajribali va tashabbuskor o‘qituvchi zimmasiga yuklatiladi. Metodbirlashma yillik ish rejasiga ega bo‘ladi. Birlashma rahbari rejaning bajarilishini nazorat qiladi va hisobot beradi.
Metodbirlashma yig‘ilishlari o‘quv yili boshlanishi oldidan, chorak oxirlarida, o‘quv yili yakunida, inspektorlik va ichki nazoratlardan keyin o‘tkazilishi mumkin.
Ona tili o‘qituvchilari bilan olib boriladigan ishlarning salmoqli qismini ularning o‘z ustida ishlashi, mustaqil ravishda o‘z malakasini oshirishi tashkil etadi. Shuni nazarda tutgan holda, har bir o‘qituvchining umumpedagogik va ixtisosligiga oid adabiyotlar ustida ishlashini tashkil etish metodbirlashmaning diqqat markazida turmog‘i lozim. Maktab ma’muriyati va metodbirlashma tashabbusi bilan «Ona tili va adabiyot o‘qituvchisining kutubxonasi»ni tashkil etish, har bir o‘qituvchining shaxsiy kutubxonasi bo‘lishiga erishish bu murakkab ishni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Metodbirlashma yig‘ilishlarida o‘qituvchilarning o‘qilgan adabiyotlar yuzasidan bahs-munozaralarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish maqsadida dars ishlanmalari tuzish, ularning muhokamasini uyushtirish ham mumkin.
Yosh o‘qituvchilar bilan ishlash metodbirlashma zimmasiga yuklatilgan eng muhim vazifalardan biridir. Endigina pedagogik faoliyatga qadam qo‘yayotgan o‘qituvchilar bilan ish shunday tashkil etilmog‘i lozimki, ularning tanlagan kasblariga muhabbatlari oshsin; bolalar bilan ishlash zavqu shavq ishiga aylansin.
Maktab metodbirlashma faoliyatining ko‘p qirrali ekanligi va ish ko‘lamining kengligini hisobga olib, o‘qituvchilar orasida ishni to‘g‘ri taqsimlashga alohida e’tibor qaratish lozim. Ish taqsimotida o‘qituvchining iqtidori va imkoniyati hisobga olinadi.
Ona tili ta’limining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘quv materialining to‘g‘ri rejalashtirilishiga bog‘liq. Shuning uchun metodbirlashma har bir bo‘limga ajratilgan soat miqdori hamda uning mavular bo‘yicha taqsimotiga, nutq o‘stirishga ajratilgan soatlarning o‘quv yili davomida to‘g‘ri joylashtirilishiga, joriy, oraliq va yakuniy nazoratning to‘g‘ri tashkil etilishiga e’tibor qaratish lozim.
Ona tili o‘qituvchisi tadrijiy (tematik) ish rejasini tuzishda quyidagilarga amal qilishi kerak:
– har bir sinfda ona tilini o‘rganishga ajratilgan haftalik va yillik soat miqdori (masalan, 5-sinfda haftada 6 soat, 1 yilda 202 soat) ;
– muayyan bo‘limni o‘rganishga ajratilgan soat miqdori (masalan, 5-sinfda «Muqaddima» bo‘limini o‘rganishga 48 soat vaqt ajratilgan);
– yirik mavzularning ichki bo‘linishi;
– egallangan bilimlarning malaka va ko‘nikmaga aylanishi;
– nazorat xarakteridagi yozma ishlarning o‘quv yili davomida to‘g‘ri taqsimoti;
– o‘quv choraklari (1- chorak 2 sentabridan 3 noyabrgacha 9 hafta; 2-chorak 11 noyabrdan 29 dekabrgacha 7 hafta-yu 2 kun; 3-chorak 11 yanvardan 20 martgacha 9 hafta-yu 3 kun; 4-chorak 1 apreldan 25 maygacha 7 hafta-yu 3 kun);
– maktab ta’tillarini (kuzgi ta’til 4 noyabrdan 11 noyabrgacha; qishki ta’til 30 dekabrdan 10 yanvargacha; bahorgi ta’til 21 martdan 1 aprelgacha);
– yil taqvimining xususiyatlari (yil davomida o‘tkaziladigan hayitlar, bayramlarning qaysi kunga to‘g‘ri kelishi).
Maktabda ona tilidan o‘quv-metodik majmua yaratish ham metodbirlashma zimmasiga yuklatiladi. «Ona tili» darsliklari, lug‘atlar, o‘quv qo‘llanmalaridan tortib, turli xildagi tarqatma materiallar, rasmlar, jadvallar, natyurmortlar, diapozitiv, diafilm va o‘quv filmlari, magnit tasmasiga yozib olingan nutq namunalari kabilarning barchasi ana shu majmuani tashkil etadi. Shubhasiz, bularni to‘plash yoki yaratish uchun ona tili o‘qituvchilarining hamjihatlik bilan ishlashlari talab etiladi. Bu murakkab ishni amalga oshirish uchun har bir sinfni muayyan o‘qituvchiga topshirish, ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallarning tanlovini o‘tkazish foydalidir.
Metodbirlashma faoliyati maktabda ona tili kabinetini jihozlashga ham mutasaddidir. Кabinet mudirligi metodbirlashma topshirig‘i bilan tajribali o‘qituvchilarning biriga yuklatiladi.
Ona tili kabineti zamonaviy texnika vositalari, mashhur tilshunos olimlarning portretlari, donolarning til haqida aytgan hikmatli so‘zlari, DTS talablari, tahlil namunalari, o‘quvchilarning diktant, bayon va insho yozishlari uchun esdalik kabilar bilan jihozlangan bo‘lishi, o‘quv-metodik majmuani o‘zida mujassamlashtirishi lozim.
Ona tili kabinetida ish qog‘ozlaridan namunalar bo‘lsa, o‘quvchilar uchun ancha foydali bo‘ladi.
Metodbirlashma ona tili kabinetini zarur o‘quv-tadrijiy qo‘llanmalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor berishi lozim. Bu o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlariga tayyorlanishiga, o‘z ustida ishlashlariga yordam beradi. Maktabda yagona orfografik va nutq rejimini joriy etishda ham ona tili o‘qituvchilari metodbirlashmasining xizmati katta. Boshqa o‘quv fanlaridan dars beradigan o‘qituvchilarning imlo, punktuatsiya, talaffuz va nutqqa katta e’tibor berishlari, o‘quvchilarning yo‘l qo‘ygan imloviy, ishoraviy va nutqiy xatolarini o‘z vaqtida tuzatib borishlari, daftarlar yuzidagi yozuvlarning yagona talablar asosida bo‘lishi juda katta amaliy ahamiyatga ega. Bu ishlarni yo‘lga qo‘yishda, birinchidan, ona tili o‘qituvchilarining o‘zlari namuna bo‘lishlari va ikkinchidan, maktab o‘qituvchilariga bu ishda amaliy yordam ko‘rsatishlari talab etiladi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish