Savol va topshiriqlar
1. Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqi va mantiqiy tafakkurini rivojlantirish yo’llari va vazifalarini ayting.
2. Ta’lim jarayonini lug‘at ishining ahamiyatini qanday asoslaysiz?
3. Matn va gap materiallari asosida tashkil qilish qanday metodik imkoniyatlari bor?
4. O‘quvchilarning lug‘at boyligini oshiruvchi muhim vositalarni ayting.
5.«Leksikologiya» bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarni aqliy faoliyat usullariga o‘rgatish deganda nimani tushunasiz?
6.O‘quvchilar nutqini boyitishda nutq uslublari bilan ishlashning qanday ahamiyati bor?
Mavzu bo‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Bobomurodova A. Ona tili ta’limi jarayonida o‘yin-topshiriqlardan foydalanish. Toshkent, «Musiqa», 2009, 25–34-b.
2. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili leksikologiyasi asoslari. Toshkent, «O‘qituvchi», 1995.
3. Ne’matov H., G‘ulomov A, Ziyodova T. O‘quvchilar so‘z boyligini oshirish. Toshkent, 1996.
4. Ta’lim jarayonida so‘z boylitini oshirishning asosiy omillari. «O‘zbek tili» doimiy anjumani 3-yig‘inining tezislari. Toshkent, 1995.
5. To‘xliyev B, Shamsiyeva M, Ziyodova T. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. Toshkent, «O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi», 2006,
6. G‘ulomov A., Ne’matov H. Ona tili ta’limi mazmuni. Toshkent, «O‘qituvchi», 1995.
7. G‘ulomov A., Qobilova B. Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari. Toshkent, «O‘qituvchi», 1995.
8. G‘ulomov A., Qosimova N. Ijodiy ishlar nazariyasi. Buxoro, 2011.
9. Qosimova N. O‘rta maktablarning 5-sinflarida «Leksikologiya» bo‘limini o‘rganishda sinonim so‘zlar ustida ishlash. Toshkent, 1996.
10. Ernazarova M., Matnazarova G. «Leksikologiya» bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarni aqliy faoliyat usullariga o‘rgatish. Navoiy, 1998, 3–7-b.
12-MAVZU. BOSHLANG‘ICH SINF “ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI” TA’LIMIDA O‘QUVCHILARNI SO‘Z MA’NOLARI USTIDA ISHLASHGA O‘RGATISH.
REJA:
1.Boshlang‘ich sinflarda so‘z ma’nosi ustida ishlashning maqsadi va
vazifalari
2.So‘z ma’nosi ustida ishlashning nazariy va amaliy asoslari
3.So‘z ma’nolarini tushuntirish usullari
4.Mantiqiy mashqlar orqali o‘quvchilar savodxonligini oshirish.
So’z – tilning asosiy birligi bo’lib, u orqali tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar nomlanadi. ”So’z,- deyiladi ”O’zbek tilining izohli lug’ati”da, - o’z tovush qobig’iga ega bo’lgan narsa va hodisalar, jarayonlar shaxslar, belgi va miqdorlarni, xususiyatlarni harakat va holatni, aloqa va munosabatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan, mustaqil lug’aviy ma’noga ega bo’lgan, shuingdek, turli grammatik ma’nolar ma’nova vazifalarda qo’llanadigan eng muhim til birligidir”. Boshlang’ich sinflarda so’zning fikr ifodasida nutqda tutgan o’rnidan, gapda turli ma’no vazifalarda qo’llanishdan kelib chiqqan holda so’z ma’nolarini tushumtirish usullari tanlanadi. O’qituvchi ona tili va o’qish darslariga faol nutqqa kiritiladigan ma’nosi tushuntiriladigan so’zlarning ma’nosini o’quvchilar bilan birga ”O’zbek tilining izohli lug’ati”dan topib, so’ng ayrim so’zlarning ma’nosini izohlashni uyga vazifa qilib bersa, jamoa bo’lib ma’noni izohlashga rag’bat uyg’otsa mustaqil faoliyatga o’rgatish oson kechadi. ”Amaliy fazilatlar, odatlar ikki turli yo’l bilan hosil qilinadi: birinchi yo’l qanoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so’zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiradi, odamklarga g’ayrat kasbga intilish, harkatga aylantiriladi ”, -deb yozgan edi Farobiy.
Mavzu yuzasidan olib borilgan tajriba- sinov davrida so’z ma’nosini tushuntirishda quyidagi usullardan foydalanish ijobiy samara berishi kuzatildi.
1.So’z ifodalagan narsa , belgi,harakatni ko’rsatish.
2.Predmet va uning belgisi- harakati ifodalangan rasmni ko’rsatish orqali ularni og’zaki va yozma tavsiflash,tasvirlash.
3.So’zni tarkibiy qismlarga ajratib tahlil qilish .
4. Sinonimlar tanlash.
5.Badiiy matnlar asosida so’z ma’nolarini tushuntirish.
6.Antonimlar yordamida so’z ma’nosini izohlash.
7.Shakli bir xil so’zlar ma’nosini so’z birikmasi tarkibida izohlash.
So’z ma’nolarini tushuntirish usullari o’quvchilarining bilim darajasiga , izohlanadigan so’zning xususiyatiga qarab tanlanadi. Lug’at ishi so’z birikmasi, gap, ya’ni grammatik qurshov asosida tashkil etilsa ,o’quvchilar so’zning ma’nosini oson o’zlashtirib oladilar. Yangi o’rganilgan so’z, so’z birikmasi tarkibida qanchalik ko’p qo’llansa, o’quvchilar uni shunchalik esda saqlab qoladilar, nutqda qo’llashga qiynalmaydilar.
O’qituvchi ta’limning dastlabki kunlaridanoq o’qilgan matn, gap tarkibida ma’nosi o’quvchilarga tushunarsiz so’zni topishga doir topshiriqlar berishi, izohlash usullaridan namunalar ko’rsatishi , izlanishlar uchun adabiyotlar tavsiya qilishi lozim.
So’zga sinonim tanlash orqali so’z ma’nosini izohlash quyidagicha topshiriqlar asosida tashkil qilinadi:
Matndan sinonimlarni topib, ma’nosidagi farqni izohlash;
Berilgan so’zga sinonim topib, ma’nosidagi farqni aytish;
Sinonimlarni qatnashtirib, kichik matn yaratish;
Sinonimlar guruhini tuzish.
Berilgan sinonimlar guruhidan (katta, gigant, buyuk, ulug’) mavzuga doirini tanlash.
Antonimlar yordamida so’z ma’nosini izohlashda so’zning antonimik juftidan foydalaniladi. Antonimik juftlikni qo’llab gap tuzish topshirig’i oldin jamoa bo’lib, so’ng yakka tartibda bajariladi.
1-sinfda savol -javob usulida tasvirlash, tavsiflashga o’rgatish orqali qarama- qarshi ma’noli so’zlar ustida ishlanadi. O’quvchilarga so’roq gap orqali gap namunasi beriladi. Masalan, Olma achchiq bo’ladimi? Yoz issiqmi yoki sovuq?
3-4 sinflarda antonimlar ishtirokida gaplar tuzdirish yordamida o’quvchilar nafaqat so’z ma’nosini o’zlashtiradi, balki uning qo’llanish doirasini, qaysi so’zlar bilan bog’lana olishini va qaysi so’zlarda bog’lana olmasligini ham bilib oladi.
O’quvchi maktabga kelgan birinchi kunlaridan ma’nosintushunarsiz so’zlarga duchkeladi.Masalan:”Alifbe” darsligidagi ”omil, manbai, kamolot, murod, asil, to’kinlik, masal, himmatli, himmat, idrok, iqbol, to’kinlik, jasorat, jumboq, bo’tam, ma’shal, sabot, davron” so’zlarining ma’nosini o’qituvchi izohlarisiz birinchi sinf o’quvchilarining anglamoqlari mushkul. Shuning uchun so’z ma’nosi ustida ishlash savod o’rgatish davridan boshlanadi.Savod o’rgatish darslarida o’quvchi bilimlarni tayyor holda o’zlashtiruvchiga aylanib qolmasligi,dars davomida qo’llanganso’larning ma’nosini bilish-bilmasligini o’ylab ko’rish ,so’z ma’nosiga e’tibor berish ko’nikmasini shakllantirish fikrni to’liq ifoda etish uchun zamin yaratadi. Bu davrda so’zlarning ma’nosi bilan tanishtirish suhbat va tushuntirish orqali amalga oshiriladi.O’qituvchi suhbat jarayonida ma’nosi tushunarsiz so’zni so’z birikmasi va gap ichida qo’llab,rasmlar yoki narsa-predmetlarni namoyish qilish, turli xatti-harakatlar, o’yinlar vositasida so’zning ma’nodoshini keltirish orqali izohlaydi.
So’z ma’nosini izohlash suhbat jarayonida ma’nosi tushunarsiz so’zni so’z birikmasi va gap ichida qo’llash,rasmlar yoki narsa-predmetlarni namoyish qilish, turli xatti-harakatlar, o’yinlar vositasida so’zning ma’nodoshini keltirish orqali tushuntirish, mazkur so’zlarni o’quvchilarning faol nutqiga aylantirish ijobiy natija berishi tajriba -sinov ishlari jarayonida o’z isbotini topdi.
She’r, hikoya, ertak kabi turli janrdagi asarlar matnida uchragan ma’nosi tushunarsiz so’zlar ma’nosini o’qituvchi qayta-qayta izohlashi o’sha asarning emotsional ta’sirini va o’quvchida asarni o’qish va eshitishga bo’lgan qiziqishni susaytirish shubhasiz. Negaki o’quvchi badiiy matnlardagi barcha so’zlarning ma’nosini yaxshi tushunmasa ham, matn mazmuni anglab yetishi tufayli ularning ma’nosini izohlashga hojat yo’q.
Ba’zan o’quvchi matndagi bir so’zning ma’nosinigina emas balki bazi so’z birikmasining (nurli iqbol, issiq quchog’ing, kelajaging buyukdir, kanda qilmaydi, ilm cho’qqisi, jur’at ila toqat bilan ado qiladi, porloq kelajak), gapning (Do’st bilan obod uying. Qor yog’di – don yog’di. Vatan – mening onamsan. Har so’zida olam ma’no. O’qib topaman kamol.), hatto yaxlit bir jumlani ham ma’nosinitushunmay qolishi mumkin.
1-2 – sinflarda yod oldirish usuli ham o’quvchilar lug’atini boyitadi. O’quvchilarga ona tili va o’qish darslaridagi she’r, topishmoq, maqol, tez aytish, qo’shiqlarni yod oldirish, nasriy asarlardan parchalar yodlatish mumkin. Ona tili darslarida ulardan yoddan yozuv diktanti olinsa, o’qish darslarida ifodali yod ayttirish usuli qo’llanadi.
Bunday leksik mashqlar o’quvchilarning o’qish ko’nikmalarini takomillashtirishga, o’qilgan asar mazmunini tushunishga, yozuvchining aytmoqchi bo’lgan fikrini anglashlariga yordam berishinidan tashqari, ularda nutq madaniyatini shakllanishiga, lug’at zahirasining boyishiga ham katta ta’sir ko’rsatadi.
So’z turkumlari doirasida o’quvchilarga uyadosh so’zlar guyruhini tuzdirish ham so’z ma’nosini tushunishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Uyadosh so’zlar to’plami ijodiy ishlarni tashkil etishda muhim zamin bo’lib, xizmat qilishi uchun o’qituvchi ”Polizda”, ”Bog’da”, ”Qushlarga g’amxo’rlik” kabi mavzularda ”Kichik matn yarating” topshirig’ini berishi o’quvchilar lug’at boyligining nazorat shakli sanaladi.
Ma’nodosh so’zlar guruhi ishtirokida ham matn tuzdirish so’z ma’nosini tushunish, so’zlarni uslubiy to’g’ri qo’llash ko’nikmalari shakllantiriladi.
Mashq matnidagi yoki o’qish darslarida o’qilgan matndagi ma’nosi izohlangan so’zlarni tushirib qoldirib, ”Chiziqlar o’rniga zarur so’zni qo’ying. Qo’ygan so’z va iborangizni ma’nosini izohlang” topshirig’i berilsa, so’zlar o’quvchi xotirasida qayta tiklanadi.
So’z turkumlarini o’rganishga doir 4-sinf ona tili darslarida ”O’qish kitobi” darsligidagi G’.G’ulomning ”Ola buzoq” she’ri matnidagi otlarni va ularning belgilarini bildirgan so’zlarni topib yozish topshirig’i berilsa, o’quvchilar ”Ola buzoq, qashqasi ham bor, usti qora, bag’ri oppqoq qor, safsar gulday tikka qulog’i, dumi gajak, qo’ng’ir qo’ng’iroq, sadaf munchoq tishi, yaltiroq olxo’riday quralay ko’zi, bosvoldiday cho’zinchoq yuzi”, kabi so’z birikmalariga alohida e’tibor bilan qarashadiki, natijada mustaqil ishlarning bu usuli so’z ustuda ishlash ko’nikmasini shakllantirishda muhim o’rin tutadi.
Leksik – frazeologik test topshiriqlari, krassvordlar, shuningdek, topishmoq va maqol matnlari ustida ishlash ham o’quvchilar lug’atini boyitishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
O’quvchilarning bilimlarini umumlashtiradigan darslarda uyadosh so’zlarni topish orqali so’z ma’nolarini bilib olishga doir mustaqil ishlardan foydalanish o’quvchilarni izlanishga, fikrlashga undaydi.
Xususan, 2-sinf ona tili darsligida keltirilgan topishmoqlar matni yuzasida uyushtiriladigan mustaqil ishlarda quyidagicha topishmoqlar asosida leksik tahlil etish mumkin:
Topishmoq matnidan uning javobini topishda yordam beradigan so’zlarni aniqlang va ma’nosini izohlang.
Topishmoq matnidan ma’nodoshi bor so’zlarni toping.
Topishmoq matnidagi so’zlarga qarama – qarshi ma’noli so’zlarni topish.
Topishmoq matnidagi ko’chma ma’noli so’zlarni aniqlang va ma’nosini izohlang.
Leksik tahlildan so’ng so’z turkumlarini grammatik va orfografik xususiyatlari yuzasidan tahlil o’tkaziladi.
O’quchilarning adabiy tilni egallashlari va nutqini boyitishda badiiy adabiyot namunalariga tayanish, matndagi so’zlarning ma’nosi, ma’nodosh so’zlar, qarama – qarshi ma’noli so’zlar, uyadosh so’zlar, ko’p ma’noli so’zlar, poetik so’zlar ustida ishlash, ularning uslubiy vazifasini aniqlatish, nutqda qo’llashga ehtiyojni yuzaga keltiradigan ta’lim metodlaridan foydalanish samarali usullardan sanaladi.
Ona tili va o’qish darslarida grammatik mavzuga doir til birliklari – atamalar va mavzuni o’zlashtirish uchun zaruriyat sezadigan so’zlar har bir darsda tayanch so’z sifatida belgilab olinishi o’quvchilarni so’z ma’nolari bilan tanishtirishda muhim o’rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |