Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori



Download 1,23 Mb.
bet88/134
Sana13.03.2023
Hajmi1,23 Mb.
#918521
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   134
Bog'liq
1-kurs Mutaxassislikka kirish majmua innov.

Savol va topshiriqlar
1. Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqi va mantiqiy tafakkurini rivojlantirish yo’llari va vazifalarini ayting.
2. Ta’lim jarayonini lug‘at ishining ahamiyatini qanday asoslaysiz?
3. Matn va gap materiallari asosida tashkil qilish qanday metodik imkoniyatlari bor?
4. O‘quvchilarning lug‘at boyligini oshiruvchi muhim vositalarni ayting.
5.«Leksikologiya» bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarni aqliy faoliyat usullariga o‘rgatish deganda nimani tushunasiz?
6.O‘quvchilar nutqini boyitishda nutq uslublari bilan ishlashning qanday ahamiyati bor?
Mavzu bo‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Bobomurodova A. Ona tili ta’limi jarayonida o‘yin-topshiriqlardan foydalanish. Toshkent, «Musiqa», 2009, 25–34-b.
2. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili leksikologiyasi asoslari. Toshkent, «O‘qituvchi», 1995.
3. Ne’matov H., G‘ulomov A, Ziyodova T. O‘quvchilar so‘z boyligini oshirish. Toshkent, 1996.
4. Ta’lim jarayonida so‘z boylitini oshirishning asosiy omillari. «O‘zbek tili» doimiy anjumani 3-yig‘inining tezislari. Toshkent, 1995.
5. To‘xliyev B, Shamsiyeva M, Ziyodova T. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. Toshkent, «O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi», 2006,
6. G‘ulomov A., Ne’matov H. Ona tili ta’limi mazmuni. Toshkent, «O‘qituvchi», 1995.
7. G‘ulomov A., Qobilova B. Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari. Toshkent, «O‘qituvchi», 1995.
8. G‘ulomov A., Qosimova N. Ijodiy ishlar nazariyasi. Buxoro, 2011.
9. Qosimova N. O‘rta maktablarning 5-sinflarida «Leksikologiya» bo‘limini o‘rganishda sinonim so‘zlar ustida ishlash. Toshkent, 1996.
10. Ernazarova M., Matnazarova G. «Leksikologiya» bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarni aqliy faoliyat usullariga o‘rgatish. Navoiy, 1998, 3–7-b.


12-MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINF “ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI” DARSLARIDA MATN USTIDA ISHLASH TEXNOLOGIYASI.


Reja:
1.Matn nutqiy hodisa
2. Matnning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati
3. Matn turlari
4. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matn yozishga o‘rgatish yo‘llari.


«Ona tili va o‘qish savodxonligi» darsligi matnlarning bolalarbopligi, qiziqarliligi, integratsyaviyligi va hayot bilan bog‘langanligi bilan oldingi draslardan ahamiyatli hisoblanadi. Agar har bir o‘qituvchi kichik o‘quvchilarni matn ustida uzluksiz ravishda namunadagidek ishlata bilsa, bolalar ham bunga asta-sekinlik bilan o‘rganib boradilar va ularda badiiy asarlar bilan ishlash borasida istalgan ko‘nikma hosil bo‘ladi. Natijada bola shaxsida fikr kishisi shakllanadi. Fikr kishisi hech qachon o‘zgalarga ko‘r-ko‘rona ergashmaydi, munosabat bildirish kerak bo‘lganda jim turmaydi. O‘qituvchi bolalarda shunday sifatlarni shakllantirishga da’vat etilgan shaxsdir. Buning uchun, avval, uning o‘zi shunday sifatlarni egallagan bo‘lishi lozim. O‘qituvchi o‘zida yo‘q narsani o‘quvchisiga berolmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi "Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-5538-son Farmoni ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan umumiy doidalarda mavjud darsliklarning eskirganligi, yangi avlod darsliklarini yaratish lozimligi borasida ko‘rsatma beriladi. Darsliklarni yaratish tizimida xilma-xillikning yo‘qligi ularni yaratish va nashr qilishni monopollashtirishga omil bo‘lib qolmoqda hamda ularning mazmuni, metodikasi va nashr sifatiga salbiy ta’sir etayotganligi, davlat ta’lim standartlari kompetensiyaviy yondashuvga asoslanganligiga qaramasdan, o‘qitish va baholash metodlari, shuningdek darsliklar va boshqa o‘quv materiallarini asosan axborotni yodlash va bayon qilishga qaratilgan bo‘lib, tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish ko‘nikmalari va boshqa malakalarni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotganligi ta’kidlab o‘tiladi. Shuningdek, foydalanilayotgan darsliklar sifatini oshirish, xorijiy o‘quv qo‘llanmalarini qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv materiallari sifatida qo‘llash amaliyotini yo‘lga qo‘yish fursati kelganligi ham ta’kidlab o‘tiladi. 2021-yil sentabrdan birinchi va ikkinchi sinflariga qo‘llanilishi boshlangan Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligi ushbu talabni bajarish uchun tashlangan qadamdan biri bo‘ldi. Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchida tilga doir toʻrt koʻnikma: oʻqib tushunish, tinglab tushunish, nutq soʻzlash va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar voqea-hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez qilishga o‘rgatish orqali ijodiy va tanqidiy tafakkurini, fikrlash doirasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ona tili va o‘qish savodxonligi fani ushbu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. O‘qish savodxonligini o‘rgatishda kommunikativ yondashuv, ya’ni tilning muloqot vazifasi birlamchi hisoblanib, integrativ, faoliyatga yo‘naltirilgan, onglilik, kashfiyotchilik, farqli va tanqidiy yondashuvlar e’tiborda bo‘lishi lozimligi ta’kidlanadi. Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda tamoyillar belgilangan bo‘lib, 4-tamoyilda o‘qish savodxonligi doirasida o‘quvchida to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish, ularni oddiy kitob oʻquvchidan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish; o‘qish orqali tevarak-atrof, borliq haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularning dunyoqarashini boyitish; tafakkurida elementar adabiy tushunchalarni shakllantirish; har qanday uslubdagi matnni o‘qish va uni anglash, tanqidiy va kreativ fikrlash ko‘nikmasini oshirish nazarda tutilganligi ko‘rsatib o‘tilgan. O‘qish savodxonligi – jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir O‘qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma’no hosil qila olish qobiliyati hamdir. Ushbu nuqtayi nazar o‘quvchilarning o‘qishdan olingan ma’lumotlardan foydalanish qobiliyatiga tobora ko‘proq e’tibor qaratadigan zamonaviy jamiyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy e’tibor tushunishni namoyon qilishdan o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda. O‘qish savodxonligiga o‘rgatishda konstruktiv va interaktiv jarayon sifatida ko‘plab o‘qish nazariyalarini aks ettiradi. O‘quvchining matn bilan ishlashi jarayonida o‘quvchi va matn orasidagi muloqot orqali (shuning uchun ham bu jarayon interaktiv deyiladi) o‘quvchi ma’noni yaratadi (shuning uchun ham bu jarayon konstruktiv inglizcha «construct» – yaratmoq deyiladi). O‘quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo‘lib, ma’no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o‘qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo‘llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o‘quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo‘lishi mumkin. Bular an’anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko‘rinishdagi yozma shakllarni ham o‘z ichiga oladi.
Badiiy adabiyotning kuchi shundaki, u tasvirlagan voqealar, harakatlar va oqibatlar o‘quvchilarga haqiqiy hayotni yoritibgina qolmay, tasavvur qilishlari mumkin bo‘lgan vaziyatlarni bilvosita his qilish va aks ettirishga imkon beradi. Adabiyot namunalarini tushunish orqali o‘quvchi ongosti uzvlaridagi strukturalarni o‘zgartira oladi. Anglashlar asnosida harakterlar o‘zgaradi, yaxshi fe’l-atvor, olijanob qarashlar shakllanadi.

O`quvchi matnni to`g`ri, tez, tushunib o`qish, mazmunini o`zlashtirish bilan ilk bor o`qish darslarida yuzlashadi. O`qish darslari orqali o`quvchilarning Davlat ta`lim standartlari (DTS) talablari bo`yicha o`zlashtirishlari ko`zda tutilgan o`quv-biluv ko`nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo`l ochiladi. Aynan o`qish ta`limida insonning, avvalo, o`zligini, qolaversa olamni anglashga bo`lgan intilishlariga turtki beriladi.


Shu maqsadda «O`qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o`rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma`naviy qadriyatlar, xalqlar do`stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo`yicha atroflicha tushunchalar berishga mo`ljallangan badiiy, axloqiy-ta`limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
Badiiy asarni izohli o`qishga yaqin bo`lgan metodlardan biri ijodiy o`qishdir. Atoqli metodist olim N. I. Kudryashov ijodiy o`qish metodi tarkibiga quyidagi ish usullarini kiritadi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish