Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


«FONETIКA» BO‘LIMINI O‘QITISH METODIКASI



Download 1,23 Mb.
bet70/134
Sana13.03.2023
Hajmi1,23 Mb.
#918521
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   134
Bog'liq
1-kurs Mutaxassislikka kirish majmua innov.

«FONETIКA» BO‘LIMINI O‘QITISH METODIКASI


Maktabda «Fonetika» bo‘limini o‘qitishning maqsad va vazifalari. «Fonetika» bo‘limi 5-sinfda o‘rganiladi va u tilning tovushlar tizimini o‘rgatadi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga unli va undosh tovushlar, ayrim unlilar va ayrim undoshlarning imlosi, alifbo tartibi, jarangli va jarangsiz undoshlar, bo‘g‘in, urg‘u singarilar xususida ayrim zaruriy ma’lumotlar berilgan. Ammo 5 - sinfda «Fonetika»ni yaxlit, bir butun bo‘lim sifatida o‘qitish ko‘zda tutiladi. Mazkur bo‘lim o‘z zimmasiga quyidagi vazifalarni oladi:

  • o‘quvchilarni adabiy talaffuz me’yorlariga o‘rgatish;

  • imlo savodxonligini oshirish maqsadida ularni zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar silsilasi bilan qurollantirish;

  • so‘z zaxirasini oshirish; so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish malakalarini rivojlantirish;

  • badiiy o‘qish malakalarini takomillashtirish;

  • fonetikadan fikrni og‘zaki va yozma shakllarda bayon qilish uchun zarur bo‘lgan ilmiy-amaliy ma’lumotlar berish;

  • o‘quvchilarda turli lug‘atlar va ma’lumotnomalar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.

Maktab «Fonetika» kursining mazmuni va uni o‘qitish metodikasi. «Fonetika» bo‘limining izchil kursi «Fonetika va grafika», «Nutq tovushi va harf», «Unli tovushlar», «Undosh tovushlar», «Nutq a’zolari», «Lab tovushlari», «Til tovushlari», «Burun tovushlari», «Bo‘g‘iz tovushi», «Nutq tovushlarining ma’no farqlash vazifasi» singari mavzularni o‘z ichiga qamrab oladi.
«Nutq tovushi va harf» mavzusini o‘tishda o‘qituvchi ayrim so‘zlarni o‘quvchilar diqqatiga havola etib, bu so‘zlardagi tovushlarning talaffuzini qiyoslash, unlilar va undoshlarning xususiyatlarini aniqlash, ularning talaffuzida ishtirok etadigan nutq a’zolarini belgilashni topshirishi mumkin. Кuzatishlar asosida o‘quvchilar nutq tovushlarini hosil qilishda o‘pka, tovush paychalari, bo‘giz, og‘iz bo‘shlig‘i, til, lablar, tishlar, pastki va yuqori jag‘lar, burun ishtirok etishini aniqlaydilar. Shu o‘rinda tovushlarning hosil bo‘lish o‘rinlari aks ettirilgan rasmlar yordamida yuqorida tilga olingan nutq uzvlarining qayerda joylashganligi va tovushlarning qayerda hosil bo‘layotganligi aniqlanadi.
O‘quvchilar nutq tovushlari xususida zaruriy bilim, malaka, ko‘nikmalar bilan qurollantirilgach, tovushning yozuvdagi aksi – harf haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar va «O‘zbek alifbosi» mavzusi o‘rganiladi. Bu mavzuni o‘rganishda boshlang‘ich sinflarda egallangan bilimlar takrorlanadi; alifboni yoddan bilishning ahamiyati xususida savol-javob o‘tkaziladi va berilgan so‘zlarni alifbo tartibida tez joylashtirish bo‘yicha musobaqalar tashkil etiladi. Mazkur mavzuni o‘rganishda, ayniqsa, lug‘atlar bilan ishlashga alohida e’tibor berishga to‘g‘ri keladi. Zero, 5-sinf o‘quvchisi «Imlo lug‘ati»dan zarur so‘zni yarim daqiqada topa olishi lozim.
Mashg‘ulot «Alifboni yoddan bilish nega zarur?» mavzusida matn yaratish bilan yakunlansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
«Unli va undosh tovushlar» mavzusini o‘rganishda o‘quvchi-larning egallagan bilimlariga asoslangan holda quyidagi savollar o‘rtaga tashlanadi:
1. a, i, e, o, u, o‘ tovushlarining talaffuzi b, v, g, d, z, k, l, m, n, p, r, s, t, f, x singari tovushlarning talaffuzidan nima bilan farq qiladi?
2. Qaysi tovushlar faqat ovozdan, qaysilari ovoz va shovqinning ishtirokidan va qaysilari faqat shovqindan iborat?
Unli va undosh tovushlarni o‘rganishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning imlo savodxonligini yaxshilash, ularning so‘z boyligini oshirish, so‘z ma’nolarini farqlash, undan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish malakalarini kengaytirish, talaffuz me’yorlarini shakllantirish ustida ishlashga qaratiladi.
Unli tovushlar va ularning imlosi xususida o‘quvchilarda zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida matndan a, i, o‘, u, o, e harflari ishtirok etgan so‘zlarni ajratish, ularning talaffuz xususiyatlarini sharhlash; ie, uo‘, iu, ao singari tovush juftlari bilan farqlanuvchi so‘zlar topish va ularni izohlash; birinchi bo‘g‘inida u, o‘, ikkinchi bo‘g‘inida u yoki i kelgan so‘zlar talaffuzi, imlosi va ma’nosi ustida ishlash (urush–urish, tushum–tushim kabi); iu tovushlari (harflari) tushib qoladigan so‘zlar ro‘yxatini tuzish; k, g‘, h, x tovushlari (harflari) va k, g, y tovushlari (harflari) bilan yonma-yon kelgan a, i, u tovushlarining talaffuz xususiyatlari ustida ishlash; matnda o, e tovushlari ishtirok etgan so‘zlarni ajratish va tovush hamda harf orasidagi munosabatlarni izohlash; oa bilan farqlanuvchi so‘z juftlari (ana-ona, ata - ota kabi) tanlash, ular ishtirokida gaplar tuzish, i, e harfi bilan farqlanuvchi so‘z juftlari tuzish (ishesh, bilbel, tishtesh kabi), ular ishtirokida gaplar tuzish singari ishlar ko‘zlangan maqsadga erishishning eng samarali usulidir.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish