Ma`naviyat sohasiga nazariy yondashuv va uning ahamiyati. Ba’zan savol bo’lib qoladi: “Ma’naviyat ilmmi?” Yo’q, ma’naviyat ilm emas, balki inson va jamiyat hayotining bir sohasi. Ilm o’zi nima? Bugungi o’zbek tilida “ilm” so’zi kamida ikki ma’noni bildiradi: 1) amaliy bilimlar majmui, ya’ni insonning hayot haqida hosil qilgan har qanday bilimlari (ruscha - “znaniye”), 2) nazariy bilimlar majmui, ya’ni biror soha bo’yicha yoki turli sohalar bo’yicha insoniyat yaratgan nazariy bilimlar tizimi (ruscha – “nauka”). Birinchi ma’nodan farq qilish uchun ikkinchisini “ilm-fan” deb atasak ish oydinlashadi. Har ikki ma’noda ham ilmning ma’naviyatga aloqasi yo’q emas, birinchi ma’noda ilm (bilim) shaxs ma’naviyatining tarkibiy jihati hisoblanadi, ikkinchi ma’noda madaniyatning tarkibiy qismi sifatida ma’naviyatning moddiy voqelikdagi izlari shaklida o’zligini namoyon qiladi.
“Ma’naviyat” hodisasi asl mazmuniga ko’ra haqiqiy ma’nodagi “ilm” hodisasini ham o’z ichiga qamrab oladi, ammo faqat undan iborat emas, ammo “Ma’naviyat asoslari” yoki mohiyatan olganda “ma’naviyat nazariyasi” bu endi ilmning (“nauka” ma’nosida) yangi bir tarmog’i bo’lib, bugungi kunda mustaqil O’zbekistonda alohida fan sifatida shakllanib bormoqda. 2001-2002 o’quv yilida “Milliy istiqlol g’oyasi: huquq va ma’naviyat asoslari”( 2010-2011 o’quv yilidan “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” deb ataldi) yo’nalishida (bakalavriat darajasida), magistraturada esa alohida “Ma’naviyat asoslari” yo’nalishi sifatida kadrlar tayyorlashning yo’lga qo’yilishi bilan endi fanning bu sohasi tarmoqlanib, “Ma’naviyatning rivojlanish tarixi”, “Ma’naviyatning ilmiy asoslari”, “Ma’naviyatning diniy asoslari”, “Axloqning ma’naviy asoslari”, “Ma’naviyat tizimida san’at” (yoki “San’atning ma’naviy asoslari”), “Islom ma’naviyati”, “Markaziy Osiyo (xalqlari) ma’naviyati” kabi turli yo’nalishlari, qismlari har biri alohida o’z qiyofasiga ega bo’lib bormoqda. Hozircha bular ichida birmuncha mukammal shakllanganlari 1) “Ma’naviyat asoslari” (yoki “Ma’naviyat nazariyasi”), 2) “Ma’naviyatning rivojlanish tarixi” va 3) “Milliy mustaqillik va ma’naviyat” (yoki “Mustaqil O’zbekistonda xalq ma’naviyatini rivojlantirishning dolzarb muammolari”) fanlari bo’lib, ushbu kursda ularning birinchisi haqida gap boradi.
O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.A. Karimovning har bir nutqi, ma’ruzasi, alohida asarlarida ma’naviyat masalalariga maxsus e’tibor qaratishi bejiz emas. Uning bu sohaga bag’ishlangan asarlarida bildirilgan nazariy fikr va xulosalar yurtimizda ma’naviyat nazariyasiga oid alohida fan yo’nalishining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatmoqda. Ayniqsa, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari bu sohaning mustahkam oyoqqa turishida katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Mustaqillik yillarida, birinchi navbatda, Prezidenti I.A. Karimovning tashabbusi tufayli, bu mavzuga O’zbekiston ijtimoiy fan vakillarining e’tibori ham kuchaydi. Qator risolalar, o’quv qo’llanma va dasturlar chop etildi20. Matbuotda kun sayin bu mavzuda katta-kichik maqolalar e’lon etilmoqda. Ushbu kitob va maqolalarda har kim aqli yetganicha ma’naviyat tushunchasiga ta’rif berishga, hech bo’lmaganda, munosabat bildirishga urinib kelmoqda. Ba’zan bir kishining o’zi bir maqolaning ichida turli ta’riflarni keltirgan holatlar ham uchraydi. Ma’naviyat nihoyatda keng qamrovli tushuncha bo’lganligidan bunga hayron bo’lmasa ham bo’ladi. Undan tashqari keltirilgan ta’riflarni barchasini dabdurustdan bekorga chiqarish, butkul noto’g’ri deb baholash ham insofdan emas, chunki ularning ko’pchiligida masalaning qaysidir qirrasi o’z aksini topgan bo’lishi mumkin.
Ammo, bir achchiq haqiqatni tan olish kerak, hanuzgacha ko’pchilik ilm ahli masalaga jiddiy yondoshishga, ilgari nazariy tizim darajasida ko’rib chiqilmagan inson va jamiyat hayotidagi muhim yo’nalish, hassos bir sohaga kamoli e’tibor bilan razm solishga muvaffaq bo’la olmayotirlar. Sababi, ko’pchilik ijtimoiy fan vakillari hanuz 70 yil davomida onglariga singdirilgan begona nazariyalar, asossiz metodologik qoliplardan xalos bo’lishlari qiyin kechayotir. YAna bir sabab - ularning ko’pchiligi o’z vaqtida ajdodlar ma’naviy merosidan benasib qoldirilganliklari tufayli bugungi kunda ham milliy ma’naviyatimiz mohiyatini to’g’ri anglab yetish imkonini topa olmayotirlar. Faqat bu emas. Inson ruhida shunday ojizlik ham bor-ki, nazarida oson yo’l turganda, qiyinroq, mashaqqatliroq yo’lni tanlashga erinadi. Uning ustiga tirikchilik tashvishlari, kundalik mayda-chuyda yumushlar. Xullas, jiddiy nazariy tadqiqotga na fursat bor, na bilim, na havsala. Natijada, topshiriqni qanday qilib bo’lsa ham tezlik bilan bajarish zaruriyati ustun kelib nazariy jihatdan nihoyatda no’noq va chuqur mulohaza qilib ko’rilmagan ta’riflar qog’oz yuziga tusha beradi, muallif o’zi yaxshi anglab yetmagan mavzuda dadil kitoblar yozib nashrga topshira beradi. Ba’zi misollar keltiramiz: “Ma’naviyat – bu kishining egallagan foydali bilimlari amaliy hayotda sinalaverib, ko’nikma va malaka darajalaridan o’tgan va ruhiga singib, hayot tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy sifatlar majmuidir.”21 Ikkinchi bir kitobda shunday ta’rif keltiriladi: “Ma’naviyat ko’proq insonning ichki, botiniy, yashirin dunyosini aks ettirishdir....ma’naviyat – insonning ruhiyatini, uning o’z-o’zini anglashi, didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, go’zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish qobiliyatini, aql-zakovatini, yuksak maqsad va g’oyalarni qo’ya bilish, ularni amalga oshirish uchun harakat qilish va intilish salohiyatidir...”22 Yana bir allomamiz shunday deb yozgan edilar: «Ma’naviyat moddiy hayotni aks ettiradi va jamiyatda mavjud bo’lgan ma’naviy hodisalar yig’indisi sifatida ko’zga tashlanadi.»23 Bu ta’riflarda, birinchidan, ma’naviyat yaxlit va mustaqil hodisa emas, balki “ijtimoiy sifatlar majmui”, “ma’naviy hodisalar yig’indisi”sifatida talqin qilinmoqda. Ikkinchidan, Birinchi Prezident I.A.Karimov ta’riflarida ifodalangan “botiniy kuch”, “insonning, xalqning kuch-qudrati” o’rniga bizga goh “insonning ichki, botiniy, yashirin dunyosini”, goh “moddiy hayotni” aks ettiruvchi qandaydir passiv “ko’zgu” ro’para qilinmoqda. O’ta cho’zilib ketgan ikkinchi ta’rifda esa mantiq uyoqda tursin, jumla tuzishning oddiy maktab o’quvchilaridan talab qilinadigan grammatik qoidalariga ham rioya qilinmagan24. Albatta, ushbu o’quv qo’llanma doirasida ma’naviyat xususida bildirilayotgan yuqoridagi singari barcha ayqash-uyqash fikr-mulohazalarni batafsil tahlil etish imkoni yo’q. Ammo bunday “ta’riflar” keltirilgan kitoblar talabalarga “o’quv qo’llanma” sifatida tavsiya qilinayotgani va oliy o’quv yurtlarida shular asosida darslar o’tilayotilgani nazarda tutilsa, vaziyatning qanchalik jiddiy ekanligi ma’lum bo’ladi. Bir jumla bilan bunday “asar”larning ko’pchiligida uchraydigan umumiy kamchilikni ifodalaydigan bo’lsak, uni yangi voqelikka oid tushunchalarni eski andazalar qolipida talqin etishga urinish deyish mumkin. Masalan, oxirgi misoldagi qarashning eskichaligi shundaki, muallif «Ma’naviyat moddiy hayotni aks ettiradi» deb, yana moddiyatni birlamchi, ma’naviyatni esa passiv (ko’zgu singari), ikkilamchi hodisa sifatida talqin etmoqda25. Shu bilan ma’naviyat hodisasining mustaqil mohiyati inkor etilib, u moddiyatga to’liq tobe qilib qo’yiladi. Buning oqibatida ma’naviyatga yaratuvchilik quvvatiga ega bo’lgan alohida kuch deb qarash imkoni kesiladi.
Xulosa qilib aytganda, ushbu sohada jiddiy nazariy tadqiqotlar o’tkazmasdan turib, ola-tasir o’quv qo’llanmalar yozib tashlash amaliyoti talabalar ongida “ma’naviyat nima?” degan savolga tayinli javob shakllanishiga to’sqinlik qilmoqda. Jiddiy nazariy tadqiqotlar o’tkazish uchun esa, avvalo, ajdodlarimiz yaratgan milliy ma’naviy merosimizni yaxshi biladigan olimlar jamoasini tuzish kerak bo’ladi.
Bugun biz insonni birinchi o’ringa qo’yib, uning yaratuvchilik fazilati, ijtimoiy faolligi, ma’naviy qudratiga urg’u bermoqdamiz. Chunki O’zbekistonning buyuk kelajagini shakllantiruvchi bosh omillar – shular. Ammo yuqoridagi kabi ta’riflarda inson moddiy borliqning bir unsuri sifatidagina e’tirof etilib, boshqa maxluqotlardan farqli mustaqil mohiyati soyada qolib ketmoqda. Insonning mohiyati aslida murakkab bo’lib, ayni moddiyat va ma’naviyatning tutashuvi bilan izohlanadi. Ularning qaybiri ikkinchisi orqali ta’riflana boshlasa, inson mohiyati haqida biryoqlama tasavvur hosil bo’la beradi.
Yurtimizdagi bizga ma’lum ilk shakllangan yaxlit ma’naviyat tizimi “Avesto” kitobida o’z aksini topgan. Ammo davr asotir tafakkur davri edi. Shu sababli bu kitobda bayon etilgan ma’naviy qadriyatlar tizimi keyinchalik mushriklik aqidalari bilan chalkashib ketdi. Masalan, Zardusht gohlarida tilga olingan 7 amshosipandlar mohiyatiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, qadim avesto tilida Spinta Maynyu (Sipand Miynu) - “tafakkur olami”, Ashah Vahishta (Ardabehesht) – “go’zal haqiqat”, “mukammal nizom”, Vuhuvmana (Bahman)– “ezgu niyat”, Spinta Ormaitiy (Ispandormaz) - “komil aql”, Zashra Vayrayah (SHahriyor)– “umid dunyosi”, Amirmitota (Amurdod) – “umrboqiylik”, “abadiyat”, Xavravatot (Xo’rdod) – “komillik”, “to’g’rilik” ma’nolarini anglatib kelgan. Keyinchalik kohinlar talqinida bularning harbiri ilohiy xilqat sifatida tasavvur qilinib, ularga sig’inish qoidaga aylangan, ya’ni Zardusht da’vatidagi yagona Parvardigor - Axura Mazda(ilohiy bilim egasi, ma’nosida)ga e’tiqod qilish o’rniga yuqoridagi kabi ma’naviy qadriyatlarni ilohlar, ya’ni sig’inish ob’ektlariga aylantirish holati yuz bergan. 26
Islom dini bu sohada masalani oydinlashtirdi. Qur’oni karimning nozil bo’lishi bilan umumbashariy miqyosda uzil-kesil asotir tafakkurdan ilmiy tafakkurga o’tishning e’tiqodiy asoslari mukammal tus oldi. Sunna shakllangach, ma’naviyatga oid fanlarning umummetodologik asosi - naqliy va aqliy bilimlar uyg’unligi mustahkam poydevorga ega bo’ldi. Asta-sekin
Imom G’azzoliy har sohada baquvvat olim bo’lib yetishdi. U o’z davrining yetakchi mutakallimi, faylasufi, faqihi edi, bu fanlardan madrasada dars berdi, ulug’ asarlar yaratdi. Ammo o’zining bu ishlaridan qoniqmadi. Oxiri madrasani tashlab, uzlatga chekindi, xonaqohda sufiylar irfonini o’zlashtirishga kirishdi. Va nihoyat 10 yil o’tib, o’z tajribalari asosida 40 kitobdan iborat “Ihyoyi ulum ad-din” (Diniy ilmlarning qayta tirilishi) asarini yozdi. Bu kitobda bayon qilingan ilmni alloma “muomala ilmi” deb ataydi. Mohiyatan G’azzoliy tilga olgan “muomala” - insonning Borliq haqiqati bilan muomalasi, ya’ni o’z davri uchun bugungi tilimizdagi ma’naviyat ilmi edi. Kitob arab tilida yozilgan. Keyinchalik alloma o’z kitobini fors tilida soddaroq va qisqaroq bayonini yaratib, uni “Kimiyoi saodat” (Baxt-saodatga erishish kimyosi) deb atadi. Ana shu kitobning muqaddimasida ma’naviyatni talqin etishda mutlaqo yangicha yondoshuv taklif etiladi. “Ko’ngil – podshoh, aql - vazir” deb e’lon qiladi G’azzoliy va ayni ko’ngilni poklash masalasini birinchi o’ringa olib chiqadi. Ko’ngil poklansa, undan bevosita “olami malakutga”(ya’ni farishtalar olamiga) ravzana (darcha) ochiladi, deydi alloma. YA’ni, uning fikricha, ilmi laduniy(g’ayb ilmi)ga ko’ngilni poklash orqaligina erishish mumkin. Aslida sufiylar olg’a surgan “ishqi ilohiy”ning ham mohiyati ayni shu ko’ngil ko’zgusiga sayqal berish jarayoni bilan bog’liqdir.
Imom G’azzoliy va barcha tasavvuf piri murshidlari “ilohiy ishq”qa juda katta e’tibor beradilar, uni “ishqi haqiqiy” deb hisoblaydilar. Sovet davrida bu tushuncha mutlaqo johilona talqin qilindi, bunday dahriyona talqin oqibatlari hanuz ko’pchilik ziyolilarimiz ongini to’liq tark etgani yo’q. “Ishqi haqiqiy” va “ishqi majoziy” nisbatining badiiy tahlili Sanoiy, Anvariy, Xusrav Dehlaviy, Sa’diy, Hofiz, Lutfiy kabi mintaqa mumtoz adabiyotining ulkan namoyandalari ijodida boshlanib, Alisher Navoiy asarlarida mukammal nazariy ifodasini topdi. Navoiy “avom ishqi” va “xos ishq”ning o’zaro farqini aniq ko’rsatib bergach, masala yechildi. Hadisda aytilgan “Majoz haqiqatning ko’prigidir” degan hikmatning chuqur ma’nosi oydinlashdi. SHunday qilib. Alisher Navoiy ijodi milliy ma’naviyatimizning ham nazariy, ham amaliy mukammal shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi.27
Xalq ma’naviyatini, millat ma’naviyatini sun’iy ravishda, qandaydir o’ylab topilgan aqidalarga, dogmalarga tayanib, yuzaga keltirib ham, keskin o’zgartirib ham bo’lmaydi. CHunki ma’naviyat tushunchasining mazmuni bir kunda, bir yilda, hatto bir asrda shakllanadigan narsa emas, u har bir xalqning juda uzoq tarixi qa’ridan oziq olib, teranlik kasb etib keladi.
Islom Karimov xalq ma’naviyatini yuksaltirish deganda nimani ko’zda tutganligini hali mustaqillikka erishmasimizdan - 1990 yili O’zbekiston Prezidenti sifatidagi birinchi nutqidayoq ochiq-oydin bayon etgan edi. Prezident ushbu ma’ruzasida inson ruhiyatining nozik va murakkab tomonlari bilan, “xazinalarga to’la milliy-tarixiy an’analar bilan, umuminsoniy ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik” yaqin o’tmishimizda jamiyatga qanchalar zarar keltirganligini qayd etib, yangicha vazifalarni olg’a surgan edi:
“Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish lozim. Bu xazina asrlar davomida misqollab to’plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o’tgan. Insonlarga og’ir damda madad bo’lgan. Bizning vazifamiz - shu xazinani ko’z qorachig’imizdek asrash va yanada boyitish, so’zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, e’tiqodining erkinligini ta’minlashimiz kerak”28.
Hech bir xalq dunyoda yakka yashamaydi, yolg’izlikda rivojlanmaydi ham. Elat va millatlar doimo o’zaro turlicha munosabatda bo’ladilar va tarix davomida bir-birlariga ta’sir o’tkazib, o’zlarini ham, o’zgalarni ham ma’naviy boyitib boradilar. Ammo hech qachon, hech bir xalq o’zligidan butkul kechib, boshqa xalq ma’naviyati hisobidan o’zini boyita olgan emas. YAkka bir shaxs butkul o’zga bir ma’naviy muhitda tarbiya topib, unga to’liq moslashishi mumkin. Bu inson tabiatiga xos narsa. Ammo bir xalq to’lig’icha o’zligidan kechib, o’zga xalq ma’naviy dunyosini qabul qilsa, demak, unday xalq yo’q bo’ladi, o’z ma’naviy qiyofasini yo’qotgan millat yo’qolgan millatdir. SHu sababli ham milliy mustaqillik poydevorini ma’naviy muctaqillik tashkil etadi, deymiz. Milliy ma’naviyatning takomili esa o’sha millatga mansub har bir shaxsning ma’naviy kamoloti bilan bevosita bog’liq va ushbu zaminga tayanib yuksaladi. Alisher Navoiy ijodi miliy ma`naviyatimiz qomusi sifatida. O‘zbek xalqining buyuk farzandi, mutafakkir, davlat arbobi, o‘zbek adabiyoti va tilining asoschisi Alisher Navoiy O‘rta Osiyoning ma’naviy va ma’rifiy fikr taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi. U adabiyot, san’atning turli sohalariga oid qirqdan ortiq asar yaratdi. «CHor devon», «Hamsa», «Mahbubul-qulub», «Muhokamatul-lug‘atayn», «Majolisun-nafis», «Lisonut-tayr» va boshqalar shular jumlasidandir.
Navoiy o‘z asarlarida zolim, mustabid, nodon, maishatparast shoh va hukmdorlarni qoralab, ularga qarshi insonparvar, xalqparvar, odil, adolatli hukmdor obrazini qo‘yadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |