Navoiy davlat pedagogika instituti «Tasdiqlayman»



Download 17,43 Mb.
bet20/121
Sana28.04.2022
Hajmi17,43 Mb.
#587135
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   121
Bog'liq
manaviatshunoslik 2021 1 kurslar majmua

Ma’rifat - ma’naviy kamolot yo’li, insonning ko’ngil ko’zgusini sayqallash jarayoni, ya’ni har bir insonning butun ongli hayoti davomida o’zligini anglash, o’zining Borliq haqiqatiga nisbatini aniqlash va o’z ruhini Borliq haqiqati bilan uyg`unlash-tirib borish yo’lidagi harakati.

raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz, janob Rasululloh hayotlik vaqtlarida, «Tag`in, biror baloga giriftor bo’lib qolmaylik!» deb xavotirlanganimizdan, ayollarimizga biror (qattiq) so’z aytib, bemalolroq muomala qilishdan qo’rqar edik. Janob Rasululloh (S.A.V.) vafot qilganlaridan so’ng, ayollarimizga (qattiq) gapirib, bemalolroq muomala qiladigan bo’ldik»32 Ushbu hadis mazmunidan ko’rinib turibdiki, Payg`ambarimiz ayollariga aslo qo’pol muomala qilmaganlar, natijada boshqa sahobalar ham o’z ahli ayollariga ehtirom va yumshoqlik bilan muomala qilishni o’rganib borganlar. Darhaqiqat, Muhammad (S.A.V.) biror ayolning ko’ngliga zarra ozor berganlari, xafa qilganlari haqida hech bir hadisda biror ishora yo’q, aksincha, ayollar Payg`ambarimizga nisbatan ba’zan ozor beruvchi xatti-harakatga yo’l qo’ysalar ham, u zot nihoyatda halimlik bilan javob qilganlar. Albatta, u kishi har bir inson singari ayollarning ham o’ziga yarasha kamchiligi bor ekanini sezganlar, ammo urish-so’kish, qattiq gapirish, izza qilish orqali bu kamchiliklarni aslo tuzatib bo’lmasligi, faqat sabr, yumshoq muomala va shaxsiy namuna bilan ta’lim berilsa, ta’sirli bo’lishi mumkinligini yaxshi bilgan va bu odobga izchil amal qilganlar. Demak, sunnaga amal qilgan kishi, ko’p xotin olish haqida emas, ahli ayol ko’nglini ranjitmaslik haqida qayg`urishi islom axloqiga munosibdir. Jismoniy va ma’naviy poklikka intilish islom axloqining, Rasululloh hadislarining yana bir muhim mavzu yo’nalishidir. Tahorat, g`usl masalalari, misvokdan foydalanish (ya’ni, tishni toza tutish) tashqi ozodalik talablari bo’lsa, haromdan, yolg`on so’z, g`iybat, tuhmat, zinokorlik, o’zga haqiga xiyonat, nohaqlik va zulmga yo’l qo’ymaslik, ulardan qat’iy saqlanish ichki, ma’naviy poklikka oid talablardir. Bular barchasi ham Qur’oni karimda, ham Rasululloh sunnatlarida juda qat’iy qilib qo’yilgan.
SHunday qilib, Sunna bosqichining asl mohiyati, uning ibrat ma’rifati asosiga qurilganligidadir, ya’ni Sunna Alloh hidoyat etgan Haqiqat yo’liga (as-Sirot al-mustaqim - to’g`ri yo’l) Rasululloh Muhammad (S.A.V.)ning hayot va tafakkur tarziga taqlid etish, undan ibrat olish orqali erishishni nazarda tutadi. Payg`ambarimiz va ul zotning yaqin kishilari (sahobalari) hayoti davomida musulmon jamoasi («umma»)ga birlashib qanday qadriyatlarga amal qilgan bo’lsalar, ushbu yashash tarzi keyingilarga ham o’rnak va namuna bo’lmog`i Sunna ma’naviyatining o’zak tomiridir.
Sunna davrida payg`ambarimizning hayot yo’llari haqida dastlabki mukammal asarlar - Ibn Ishoq (704-707) va Ibn Hishom (vafoti 834 yillar) «Sira»lari («Sirat ar-Rasululloh») vujudga keldi. Bu kitoblar oddiy tarjimai hol emas, balki Allohning payg`omini ahli basharga yetkazish vazifasi yuklangan shaxs - Rasululloh haqida bo’lib, diqqat markazida risolat (payg`ambarlik - messiya) masalasi turgani uchun asarning Muqaddima qismida Muhammad (S.A.V.) dan oldin o’tgan payg`ambarlar haqida ham axborotlar berilgan edi. Ushbu an’ana keyincha rivoj olib, hazrati Muso alayhissalom va boshqa payg`ambarlar hayoti va faoliyati haqida ham batafsil xabar beruvchi kitoblar yaratila boshlandi.
Bu davrda Muhammad (S.A.V.)dan boshlangan Qur’on tafsirlari an’anasi ham rivoj oldi, keng ma’nodagi adab ilmiga asos solindi. Ibn al-Muqaffaning (724-759) «Al-Adab as-Cag`ir», «Al-Adab-al-Kabir» asarlari yozildi. Xalil ibn Ahmad (718-792) lug`atshunoslik asoslariga bag`ishlangan «Al-Ayn» asari tarkibida aruz ilmining nazariy asoslarini yaratib, ham tilshunoslik, ham adabiyotshunoslikka zamin hozirladi. Keyingi asr oxirida Ibn al-Mutazz (861-908) adabiyotshunoslikning yana bir tarkibiy qismi «ilmi bade’» (she’riy san’atlar haqida ilm)ni kashf etdi. Arab mumtoz she’riyatining asoschilari Abu Nuvas (762-813), Bashshar ibn Burd (714-784), Abul Ataxiya (718-825) kabi ulug` shoirlar, Al-Johiz (775-868) kabi adiblar shu davrda yashab ijod etdilar. SHu zabardast siymolar orasida islom davrining ilk turkiy shoiri Adib Ahmad ham bor edi. Alisher Navoiy guvohlik berishicha, islom turkiy she’riyatining bu to’ng`ich shoiri hanafiya mazhabining asoschisi Abu Hanifa an-Nu’mon bin Sobit - Imomi A’zam (699-767)ning eng sevimli shogirdlaridan bo’lib, ko’zi ojiz bo’lsa ham, dil ko’zi nihoyatda ravshan va tiyrak edi. YUrtdoshimiz Adib Ahmaddan bizgacha turkiy adabiy tilda yozilgan «Hibatul-haqoyiq» («Haqiqatlar tuhfasi») dostonining XV asrda ko’chirilgan bir necha nusxasi va Alisher Navoiy asarlarida keltirilgan yana 1-2 parcha yetib kelgan. Adib Ahmad birinchilardan bo’lib Rasululloh hadislariga she’riy sharhlar bag`ishlagan alloma shoirdir. Uning ilm fazilati, johillikning kasofati haqida o’n bir asr ilgari aytgan hikmatlari hanuz dolzarbligini yo’qotgan emas33.
Shunday qilib VIII-IX asrlarda islom mintaqa madaniyati shakllandi va uning dastlabki bosqichi - Sunna - o’zining eng oliy yutuqlariga erishdi. Bu yutuqlar, avvalo, islom axloqi asoslarining mukammal tizimi vujudga kelganligi, shariat va fiqh ilmi, manbashunoslik va matnshunoslik nazariyasi va amaliy tarjibalarining shakllanishi, adab ilmi, dastlabki Qur’on tafsirlari, qiroat ilmi, she’riyat nazariyasi, sarfu nahv (grammatika), lug`atshunoslik va boshqa ilmlarga asos solina boshlaganligi bilan belgilanadi. Bunday ulug` ma’naviy boylikning vujudga kelishi va rivojida mintaqaning barcha xalqlari, ayniqsa, arab, fors, turk elatlarining hissasi katta bo’lib, jumladan, bizning vatandoshlarimiz - Adib Ahmad YUgnakiy, Imom Muhammad al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy kabi allomalar qo’shgan ma’naviy ulush butun jahon afkor ommasi tomonidan tan olingandir.
Insoniyat tarixida minglab payg`ambarlar o’tgan. Ularning oxirgisi («Xotimat-un-nabi») Muhammad (S.A.V.) arab qabilalarinngi yagona millat sifatida shakllanishida yetakchi o’rin tutdi. Ammo Qur’oni karim asosida shakllangan Tavhid e’tiqodi va «umma» tushunchalari faqat arablarni birlashtirishgagina qaratilgan bo’lmay, balki butun insoniyatni, balki butun tabiat, koinot, Borliqni yaxlit bir mohiyat sifatida anglab yetish imkonini beradi. Ammo bu Oliy mazmunga xalqlar osonlikcha yetishgani yo’q. Dastlab, VIII asr ikkinchi yarmi - IX asr boshlarida umummintaqa islom madaniyati shakllanishiga g`oyaviy-siyosiy zamin yaratildi. Abu Muslim qo’zg`oloni va Ma’munning (813-833) xalifalik taxtini egallashi jarayonida mintaqada arabiy, eroniy, turkiy millatlarning o’zaro siyosiy-ijtimoiy muvozanat holati vujudga keldi. Harbiylar ko’proq turkiy xalqlar vakillaridan, vazirlar va saroy amaldorlari eroniylardan, diniy nufuz egalari arabdan bo’lishi an’anaga aylandi. Keyinroq she’riyat asosan fors tilida, aniq fanlar arab tilida yozila boshlandi. Ana shunday sharoitda IX-XV asrlar mobaynida turli xalq namoyandalari ishtirokida yagona mintaqa madaniyati shakllandi. Va turkiy millat vakillari ham ushbu umumiy merosga sezilarli ulush qo’shdilar.

Download 17,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish