Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Agrar siyosatning asosi-davlatning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni to’g’ridan-to’g’ri boshqarib borishdan voz kechishdir



Download 136,08 Kb.
bet2/4
Sana01.03.2017
Hajmi136,08 Kb.
#3653
1   2   3   4

Agrar siyosatning asosi-davlatning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni to’g’ridan-to’g’ri boshqarib borishdan voz kechishdir

Islom Karimov

Dunyo iqtisodida yetakchi o’rinlardan birini egallovchi agrar soha, eng avvolo, har bir davlatning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib rivojlanadi. Bundan tashqari tuproq, iqlim sharoitlari, ishchi kuchi eksport masalalari ham katta ahamiyatga ega.

Mamlakatimizda qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Xususiy mulk, mulk egasi, mulkdorlar sinfi kabi iboralar hayotimizda kundalik ishlatiladigan va o’zining tub ma’nosi bilan yangi jamiyatni ifodalovchi iboralarga aylanib bormoqda. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq boshqa sohalarda bo’lgani kabi agrar sohada ham keng islohotlar o’tkazishga alohida e’tibor berila boshladi. Xo’jalik yuritishning sovet davridan olgan, o’zini olamagan shakllaridan voz kechib,ularning o’rniga butun dunyoda joriy etilgan xususiy fermer xo’jaliklari tashkil etildi.

Islohotlar o’tkazishdan maqsad, respublikamiz aholisini turmush darajasini oshirish, qishloq xo’jaligini barcha tarmoqlarini rivojlantirish, agrar sohaga rivojlangan mamlakatlar texnika va texnologiyalarini olib kirish, sohani har tamonlama rivojlantirish, mamlakatni iqtisodiy jihatdan yuksaltirishga qaratilgan. Bu borada Prezidentimiz I. Karimovning “islohotlar-islohot uchun emas avvalo inson uchun, uning manfaatlari uchun ”1, -degan fikrlari alohida ahamiyat kasb etadi.

Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining X sessiyasidagi ma’ruzasida qayd qilingan, qishloqda bozor munosabatlarini joriy qilish muammolarini yechishda mutlaqo yangicha yondashuv bo’lishi kerakligiga asoslangan.

Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning naqadar muhimligi quyidagilar bilan belgilanadi:

Iqtisodiy masala – agrar sohada mamlakat yalpi ichki mahsulotining chorak qismi yaratiladi, agrar soha bilan ishlab chiqarish va intellektual salohiyatning yarmidan ortig’iga bevosita aloqador va shu qatori qishloq xo’jaligi mahsuloti mamlakat eksport salohiyatida asosiy o’rinni egallaydi;

Ijtimoiy masalada – qishloq xo’jaligini rivojlantirishning samaradorligi bilan faqat qishloq joylarida yashaydigan 60% aholining turmush darajasigagina bog’liq bo’lmay, balki butun mamlakat aholisining farovonligiga bog’liqdir;

Siyosiy masalada – qishloq xo’jaligini isloh qilishning borishi va samaradorligi bilan jamiyat yangilanishining hamma jarayonlari amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning natijalari, o’zgarishi va jamiyatda demokratik asoslarning rivojlanishiga bog’liq bo’lib qolmoqda.

Mustaqillikni qo’lga kiritgunga qadar davlatimiz sobiq ittifoq bo’yicha paxta xom ashyosi bilan ta’minlaydigan bir holatda sobiq ittifoq tarkibida o’zini o’zi boqolmaydigan eng qoloq respublikalar qatoriga tushib qolgan edi. Davlatimiz mustaqil bo’lgan dastlabki kunlarida aholini non va non mahsulotlari bilan ta’minlash bo’yicha ham og’ir qiyinchilik va muommolar poydo bo’lgan edi, sababi g’alla va un mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarimizning 80 foizidan ortig’i chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobidan qoplangan. O’zbekistonda paxta yakkahokimligi shu qadar avjiga chiqqan ediki, masalan, Andijon viloyatidik aholi zich yashaydigan hududda ekin maydonlarining 88 foiziga paxta ekilgan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan fikr yuritib, Prezidentimiz jumladan shunday deydi: “Birinchi navbatda qishloq xo’jaligini tubdan isloh qilganimiz, mamlakatimiz iqtisodiyoti va ekologiyasiga katta zarar yetkazgan paxta monopoliyasiga barham berganimiz tufayli g’alla mustaqilligiga erishdik. O’zbekiston bugungi kunda o’zining g’allaga bo’lgan ehtiyojini qoplabgina qolmasdan, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tarkibidagi qo’shni mamlakatlarga, Afg’oniston, Eron va boshqa davlatlarga g’alla va un mahsulotlarini eksport qilmoqda ”1 Mustaqillik yillarida o’tkazilgan agrar islohotlar davomida qishloqda yangi xo’jalik tuzilmasi shakllandi. Eski tizimdagi davlat va jamoa xo’jaliklari o’rniga, bozor munosabatlariga mos keladigan va qishloq xo’jaligi tarmog’ida bozorning ob’ektiv qonunlaridan biri bo’lgan raqobatchilik muhitini tashkil etish uchun qishloq xo’jaligida teng huquqlarga ega bo’lgan shirkat, fermer va dehqon xo’jaliklari tashkil etildi. Respublikaning umumiy yer fondi 44797,7 ming ga, barcha qishloq xo’jalik yerlari 27987 ming ga, shundan sug’orishga yaroqli yerlar 5 mln. ga, sug’oriladigan yerlar maydoni 4238,6 ming ga, qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning umumiy maydoni salkam 32 mln. ga, ekiladigan yerlar 4090,2 ming ga, haydalma yerlar 4474,5 ming ga. Respublika yer fondining asosiy qismi (62% ga yaqini) qishloq xo’jalik yer turlari toifalariga mansub, qolgan qismi fuqarolar yerlari-tomorqa (1%), o’rmon va to’qayzorlar (3,2%) va qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan yerlardan (34,2 %) iborat. Sug’oriladigan yerlar jami yer resurslarining 9,2 % ni tashkil etishiga qaramay Respublika qishloq xo’jaligida yetishtiriladigan yalpi mahsulotning 98,5 % shu yerlarda yetishtiriladi.1

O’zbekistonda 20 asrda sug’oriladigan yerlar maydoni sezilarli ko’paydi (1914 yilda 1809,5 ming ga; 1994 yilda 4238,6 ming ga). Keyingi o’n yilliklarda irrigatsiya-melioratsiya ishlariga katta e’tibor berildi. Respublika aholisi sonining o’sish sur’atlari sug’oriladigan yerlarni kengaytirish sur’atlaridan o’sib ketish natijasida aholi jon boshiga to’g’ri keladigan sug’oriladigan haydalma yer maydoni yildan-yilga kamayib bordi. Yerlardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini tiklash, tabiiy muhitni asrash va yaxshilash, xo’jalik yuritishning hamma shakllarini teng huquqlar asosida rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida respublikada yer munosabatlari O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (1998 yil aprel; 1998 yilning 1 iyulidan amalga kiritilgan) bilan tartibga solinadi.

Mustakillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab hukumatimiz, shaxsan Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo’jaligini isloh qilishga qaratilgan ko’plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo’jaligida olib borilayotgan muhim iqtisodiy islohotlar allaqachon ijobiy natijalar bermoqda, ya’ni ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari bozor tamoyillari asosida shakllanmoqda. Xususiy mulk, mulk egasi, mulkdorlar sinfi kabi iboralar hayotimizda kundalik ishlatiladigan va o’zining tub ma’nosi bilan yangi jamiyatni ifodalovchi iboralarga aylanib bormoqda.

O’zbekiston Respublikasida olib borilgan agrar islohotlar natijasida bugungi kunda qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi asosiy uchta turdagi korxonalar shakllanib bormoqda.



Birinchisi yirik qishloq xo’jalik korxonalari sifatida shirkat xo’jaligi, ikkinchisi o’rtacha rivojlanish darajasiga ega bo’lgan fermer xo’jaliklari va uchinchisi kichik yer uchastkalarida ish olib boruvchi mayda tovar va yarim natural ishlab chiqarishga asoslangan dehqon xo’jaligi. Ular qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishda tutgan o’rni, tarmoq tarkibi va rivojlanish istiqbollari bilan bir—biridan farqlanadi.

Dehqon xo’jaliklarini qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqarishdagi samaradorlik ko’rsatkichlarini tadqiq etish katta ilmiy-nazariy ahamiyatga ega. Tahlillarga ko’ra jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish xajmi yoki eng yuqori ishlab chiqarish samaradorligi dehqon xo’jaligiga tug’ri kelmokda. 2007 yilda bu ko’rsatkich bo’yicha dehqon xo’jaligi shirkat xo’jaliklarga nisbatan 2,44 martaga, fermer xo’jaligiga nisbatan 2,46 martaga va jami qishloq xo’jaligiga nisbatan 1,54 martaga ko’p tashkil qilayotganini kuzatish mumkin. Lekin mahsulot birligiga to’g’ri kelayotgan mehnat sig’imi dehqon xo’jalikda eng yuqori darajani tashkil etadi.

Ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichlarini taqqoslashda barcha kategoriya xo’jaliklar buyicha mehnat sarfi ko’rsatkichlarini tadqiq etish muhim o’rin tutadi. Agarda 1998 yilda eng yuqori mexnat sarfi nisbati shirkat xo’jaliklar xissasiga 57.7% to’g’ri kelgan bulsa 2007 yilga kelib bu ko’rsatkich 4%ga tushib koldi. Mexnat sarfi eng yuqori sur’atlarda o’sganini fermer xo’jaligida kuzatish mumkin. Ularning umumiy mexnat sarflari xajmi 1998 yil 4.9%dan, 2007 yilgacha kelib 55,7%ga o’sdi.

Dehqon xo’jaligida jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishni xajmini yuqoriligining asosiy omillaridan biri bu ularda bir gektar ekin maydonida yetishtirilayotgan mahsulot xajmini yuqoriligidir. 2001-2007 yillarda qishloq xo’jalik bo’yicha bir gektar ekin maydonidan olinadigan mahsulot xajmini o’sish davri bilan xarakterlanadi. Qishloq xo’jalik buyicha bu ko’rsatkich 130,2%ni tashkil etdi. Bunday o’sishda eng yukori ko’rsatkich shirkat xo’jaliklarda amalga oshib 141,8%ni tashkil etdi.

Respublikamizda turli qishloq xo’jalik korxonalari tomonidan bir gektar ekin maydonidan olinadigan mahsulot xajmi nisbati o’rtasidagi katta differensiatsiyani kuzatish mumkin. Unda eng yuqori ko’rsatkich dehqon xo’jaligiga to’g’ri keladi. Bu ko’rsatkich buyicha dehqon xo’jaligi 2007 yilda shirkat xo’jaligiga nisbatan 9,5 martaga, fermer xo’jaligiga nisbatan 7,5 martaga va butun qishloq xo’jaligiga nisbatan 4,7 martaga yukoridir. Xo’jalikda qanchalik chorvachilik sohasini yuqoriligi barcha teng sharoitlarda bir gektar ekin maydonidan olinadigan mahsulot xajmini yuqoriligini belgilab beradi. 2007 yil ma’lumotlariga ko’ra qishloq xo’jalik buyicha chorvachilik 47.3%ni tashkil etdi, bu o’z navbatida shirkat xo’jalikda-13.6%ni, fermer xo’jaligida – 6.7% va dehqon xo’jaligida – 69%ni tashkil etdi.

O’zbekistonda uzoq muddatli milliy strategik vazifani aks ettiruvchi-jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiyalash va isloh etish bo’yicha konsepsiya ishlab chiqilgan. Ushbu strategik vazifaning asosiy maqsadlaridan biri mamlakat aholisini ijtimoiy jihatdan muhofazalash asosida barqaror iqtisodiy o’sish sur’atiga erishish xisoblanadi. Ma’lumki mamlakatimiz aholisining 64 foizi qishloq joylarda yashaydi, bu ko’rsatkich Qozoqiston respublikasida 2005 yili 42,3, Rossiyada esa 27 foizni tashkil qilgan.

Qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish hozirgi kundagi muhim masalalardan biri hisoblanib, ishsiz aholini ish bilan ta’minlash va aholi daromadlarini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Jumladan, tajribalardan ko’rish mumkinki qishloq hududlariga mos keluvchi hususiy tadbirkorlikning kasanachilik, dexqon va fermer xo’jaliklari, yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan tadbirkorlik turlarini shakllantirish va rivojlantirish hisobiga mamlakatda, qolaversa mintaqalarda yaratilayotgan jami ish o’rinlarining salkam 70 foizi aynan qishloq hududlariga to’g’ri kelmoqda. Bu esa malakatimizda aholi bandligini yanada oshirishga yordam beradi. Bugungi kunda ya’ni 2007 yil yakunlariga ko’ra Respublikamizda doimiy aholining o’rtacha yillik soni 26867,8 ming kishini tashkil etmoqda. Mintaqalarda yashovchi doimiy axoli o’rtacha yillik sonining 64,1 foizi, mexnat resurslarining 61,1 foizi shundan iqtisodiyotda bandlarning 60,4 foizi qishloq joylarda yashovchi aholi hissasiga to’g’ri kelmoqda.

(1-jadval)

2007 yilda qishloq axolisining bandlik ko’rsatkichlari to’g’risida MA’LUMOT

Mintaqalar

qishloq aholi soni

(ming kishi)



Qishloq mexnat resurslari (ming kishi)

Qishloq iqtisodiy faol aholisi (ming kishi)

SHundan iqtisodiyotda bandlari (ming kishi)

O’zbekiston Respublikasi

17226,6

9286,1

6894,3

6479,4

Qoraqalpog’iston Respublikasi

818

442,1

292,4

273,4

Andijon

1718,5

968,6

771,7

719,6

Buxoro

1100,6

615,8

524,1

495,7

Jizzax

752,8

395,3

239,4

229,9

Qashqadaryo

1874,2

977,7

671,9

626,8

Navoiy

498

265

222,5

208,5

Namangan

1355,1

758,1

498,9

460,5

Samarqand

2228,1

1166,3

841,5

782,4

Surxondaryo

1596,1

822

562,3

527,9

Sirdaryo

474,1

258,4

211,2

202,3

Toshkent

1522,5

849,8

638

607,3

Farg’ona

2123,9

1137,8

969,8

920,8

Xorazm

1164,7

629,2

450,6

424,3

Izoh: Jadval Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.

Bugungi sharoitda qishloq mehnat bozorini rivojlantirish uchun avvalo ishchi kuchi sifatini oshirish dolzarb muammodir. Respublikamizning mintaqaviy, ijtimoiy-iqtisodiy siyosati va uning tub maqsadi ham aholi bandligi, mehnat bozorini to’g’ri shakllantirish, ishsizlik ko’rsatkichini kamaytirish orqali ularning farovon yashashiga erishishiga qaratilgan. Ma’lumki, mustaqillik yillarida bu sohada qator tashkiliy va amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Bu tadbirlardan samarali natijalarga erishish ko’p jihatdan mintaqalarning ichki xususiyatlariga bog’liq. SHu sababli aholining ish bilan bandligi, mehnat bozori shakllanishining mintaqaviy hususiyatlarini tadqiqi xamda tahlil qilish orqali hududlarni barqaror ijtimoyi-iqtisodiy rivojlantirish mumkin bo’ladi. SHu bilan birga tadbirkorlikni rivojlantirish, faoliyat erkinligini ta’minlash, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga ortiqcha aralashuvlarni qisqartirish, hisobot topshirish tizimi hamda davlat ro’yxatidan o’tkazish mexanizmini soddalashtirish, soliq yukini kamaytirish bo’yicha joriy yilda bir qancha qaror va Farmonlar qabul qilindi.

Mamlakatimiz mintaqalarida qishloq mehnat bozori shakllanishining mintaqaviy xususiyatlari o’rganilganda ishchi kuchi shakllanishining demografik asoslari, mehnat taklifi va unga bo’lgan talabning vujudga kelishi o’rganilishini taqozo etadi.

Hozirgi davrning ob’ektiv qiyinchiliklari aholining sifat ko’rsatkichlariga ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Bu o’rinda eng avvalo aholining salomatligi, bilim darajasi, kasb malakasidagi o’zgarishlarni hisobga olish zarur bo’lmoqda. Mintaqalardagi aholi bandligini yaxshilashning ustuvor yo’nalishlarini belgilashda uning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib quyidagi muammolarni e’tiborga olish talab etiladi; taklif etilayotgan ish o’rinlarining ishchi kuchi ehtiyojlariga to’liq mos kelmayotganligi; mehnat resurslari sonining o’sishi bilan bandlik dinamikasi o’rtasidagi nomuvofiqlikdir; ish o’rinlariga bo’lgan ehtiyoj bilan ularning mavjudligi o’rtasidagi sifat jihatidan mutanosiblikning yo’qligi; ishchi kuchining kasbiy tayyorgarligi yoki mutaxassisliklarning bir tomonlama rivojlanganligi; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikdagi mamlaktimiz qishloq aholisining bandligini tahlil etish, qishloq hududlariga mos xususiy tadbirkorlik turlarining ortishiga va shu bilan birga aholi bandligining ortishiga imkon beradi.

Bu esa yaqin kelajakda mintaqada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish asosida axoli bandligini oshirishga hamda ijtimoiy qo’llab quvvatlash borasida aniq yo’naltirilgan samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha maqsadli mintaqaviy dasturlarni xayotga tadbiq etish masalasiga katta e’tibor qaratilishi mintaqa iqtisodiy taraqqiyotining negiziga aylanadi.

Qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va unda mehnat unumdorligi dinamikasi to’g’risida ma’lumot muhim nazariy ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini hisoblashning asosiy usullaridan biri bu yalpi qishloq xo’jalik mahsulot xajmini tarmoqda band bo’lgan ishchilar miqdoriga nisbati orqali aniqlanadi. Iqtisodiyotda vaqt birligi ichida mahsulot ishlab chiqarish xajmini o’sishi mehnat sig’imini pasayishiga olib keladi va aksincha mehnat sig’imini o’sishi vaqt birligi ichida mahsulot ishlab chiqarish xajmini kamayishiga olib keladi.

Respublika yalpi ichki mahsuloti dinamikasida bo’lgani kabi, qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi dinamikasida ham, ikki davr ajralib turadi: Birinchi davrda qishloq xo’jalik yalpi mahsuloti 10,9%ga kamaygan bo’lsa, ikkinchi davrda aksincha 66,6%ga o’sgan. Mehnat unumdorligini o’sish davrida moliyaviy zarar bilan ishlayotgan shirkat xo’jaliklarni fermer xo’jaliklarga aylantirish yuqori sur’atlarda olib borilgan 2000-2007 yillarida qishloq xo’jalik yalpi mahsulotini o’sish sur’ati 1995-2000 yillariga nisbatan yuqori darajada ekanligi bilan xarakterlanadi.

Bugungi kunda, qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi 1995 yil ko’rsatkichiga nisbatan 110,3%ga 2000 yilga nisbatan 64,7%ga yuqoridir. Mazkur sohada mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi mehnat unumdorligining o’sishi hisobiga erishilgan. Tarmoqda mehnat qilayotganlar soni 2007 yilda 1995 yildagiga nisbatan 555ming kishiga kamaygan.

Qishloq xo’jaligida mahsulot ishlab chiqaruvchi turli shaklda xo’jalik yurituvchi korxonalardagi mehnat unumdorligini tadqiq etish va uni qiyoslash muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

2-jadval

Qishloq xo’jalik korxonalari turlari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish xajmi va mehnat unumdorligi dinamikasi (1995-2007 yillar)1







2007 yil 1995 yilga nisbatan

2000 yil 1995 yilga nisbatan

2007 yil 2000 yilga nisbatan

1.

YAlpi qishloq xo’jalik mahsuloti

176,7

113.2

156

2.

Bandlik

84,0

0,88

0,94

3.

Mehnat unumdorligi

210,3

127,6

164,7

4.

Qishloq xo’jalik

korxonalari



16,4

68,8

25,2




Bandlik

0.29

0.92

0.22




Mehnat unumdorligi

156

174.7

114,5

5

Dehqon xo’jaliklar

34,3

151,6

152,9




Bandlik

0,74

0,85

0,87




Mehnat unumdorligi

316,6

178,4

175,7

6.

Fermer xo’jaliklar

557,2

221,9

701,7




Bandlik

585

146

403




Mehnat unumdorligi

266

152

174,1

Manba:O’zbekiston Respublikasining 1995-2007 yillar bo’yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari.

Jadval ma’lumotlariga ko’ra tadqiq etilayotgan davrda qishloq xo’jalik korxonalarida eng yuqori mehnat unumdorligi dehqon xo’jaliklariga 316,6% ga, ikkinchi o’rinda fermer xo’jaliklarda 266% va uchinchi o’rinda qishloq xo’jalik korxonalarida -156,5% to’g’ri kelmoqda. Iqtisodiy rivojlanishning so’ngi yetti yilida mehnat unumdorligi darajasi dehqon xo’jalik korxonalariga -175,7% to’g’ri kelmoqda.

Buning asosiy sabablaridan biri bu davrga kelib ushbu turdagi xo’jaliklarda bandlik darajasi 0,87%ga keskin pasayganligi bo’lib hisoblanadi. SHu bilan birga fermer xo’jalik korxonalarida yalpi mahsulot xajmi eng yuqori sur’atlarda 701,7%ga o’sganligi va shunga mos ravishda unda bandlik darajasini o’sganligi bilan xarakterlanadi. Bu turdagi korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini o’sishi, unda mehnat unumdorligini 174,1%ga o’sganligi bilan xarakterlanadi.

SHuni alohida ta’kidlash lozimki, fermer xo’jaliklariga ajratilgan yer maydonlari va ularning yalpi qishloq xo’jalik mahsulotidagi ulushi o’rtasida muayyan nomutanosibliklar mavjud. YUqoridagi jadvallar ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2003 yilda fermer xo’jaliklari jami ekin maydonining 37,3 foizini egallagan holda ularning yalpi qishloq xo’jaligidagi ulushi atigi 14,1 foizni tashkil etadi, xolos. 2007 yilga kelib bu nisbatda sezilarli o’zgarish bo’lmadi va jami ekin maydonida fermer xo’jaliklarning ulushi 82,0% ni va yalpi qishloq xo’jalik mahsulotidagi ulushi 34,7%ni tashkil etdi. CHorvachilik tarmog’ida bu ko’rsatkich yanada pastroq.

Tadqiq etilayotgan davrda barcha kategoriya xo’jaliklar buyicha mehnat sarfi nisbatida katta o’zgarishlar yuz berdi. Agarda 1998 yilda eng yuqori mexnat sarfi nisbati shirkat xo’jaliklar xissasiga 57.7% to’g’ri kelgan bulsa 2007 yilga kelib bu ko’rsatkich 4%ga tushib koldi. Mexnat sarfi eng yuqori sur’atlarda o’sganini fermer xo’jaligida kuzatish mumkin. Ularning umumiy mexnat sarflari xajmi 1998 yil 4.9%dan, 2007 yilgacha kelib 55,7%ga o’sdi. Bu davrda qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqarish uchun sarflangan mexnat sarfi xajmi pasaydi. Bu davrda xo’jaliklarda jonli mexnat sarfi xissasi pasaydi. Bu bir tomondan qishloq xo’jaligida iqtisodiy nochor va moliyaviy zarar bilan ishlayotgan shirkat xo’jaliklar mikdorini 1998 yildan keskin kamayganligiga xam bog’liqdir. Dehqon xo’jaligida jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishni xajmini yuqoriligining asosiy omillaridan biri bu ularda bir gektar ekin maydonida yetishtirilayotgan mahsulot xajmini yuqoriligidir.

2001-2007 yillarda qishloq xo’jalik bo’yicha bir gektar ekin maydonidan olinadigan mahsulot xajmini o’sish davri bilan xarakterlanadi. Qishloq xo’jalik buyicha bu ko’rsatkich 130,2%ni tashkil etdi. Respublikamizda turli qishloq xo’jalik korxonalari tomonidan bir gektar ekin maydonidan olinadigan mahsulot xajmi nisbati o’rtasidagi katta differensiatsiyani kuzatish mumkin. Unda eng yuqori ko’rsatkich dehqon xo’jaligiga to’g’ri keladi. Bu ko’rsatkich buyicha dehqon xo’jaligi 2007 yilda shirkat xo’jaligiga nisbatan 9,5 martaga, fermer xo’jaligiga nisbatan 7,5 martaga va butun qishloq xo’jaligiga nisbatan 4,7 martaga yuqoridir.

Bir gektar ekin maydonidan olinadigan mahsulot xajmi buyicha turli kategoriya xo’jaliklar o’rtasida keskin farqni mavjudligining asosiy sabablaridan biri bu ulardagi o’simchilik va chorvachilik o’rtasidagi farq bilan xarakterlanadi. 2007 yil ma’lumotlariga ko’ra qishloq xo’jalik buyicha chorvachilik 47.3%ni tashkil etdi, bu shirkat xo’jaligi-13.6%ni, fermer xo’jaligida – 6.7% va dehqon xo’jaligida – 69%ni tashkil etmoqda. Dehqon xo’jaliklarda boshqa turdagi qishloq xo’jalik korxonalariga nisbatan keskin katta darajadagi farq bu chorvachilik mahsulotlarini ushbu differensiatsiyaga mikdoriy ta’siridan dalolat beradi. Ushbu soha mahsulotining qanchalik darajada yuqoriligi xo’jalikda bir gektar ekin maydonidan olinadigan mahsulot xajmi darajasi shunchalik yuqori bo’ladi. Masalan bir gektar ekin maydonidan olinadigan mahsulot xajmi buyicha dehqon xo’jaligi shirkat xo’jaligiga nisbatan 7,5 marta yuqori lekin bu ko’rsatkichni fakatgina o’simchilik sohasi bo’yicha qiyoslaganda farq – 3,7 martani tashkil etadi. Fermer xo’jaligi bo`yicha bu ko’rsatkichlar shuncha mos ravishda 10,6 va 3,7 martani tashkil etadi.

Xo’jalik yuritishning, yerga egalik qilish va undan foydalanishning yangi shakllari mujassamlanishi, boshqarish tizimining bozor munosabatlariga moslashib borishi, ekinlar strukturasining bozor talabiga karab takomillashtirilishi, mahsulot yetishtiruvchilar va ularga xizmat ko’rsatuvchilar hamda muhsulot sotib oluvchilar o’rtasidagi munosabatlarning shartnoma asosida olib borilishi, mamlakat qishloq xo’jaligidagi barqarorlikni ta’minlovchi asoslar bo’lib xizmat qilmoqda. Shuning bilan bir qatorda, qishloq xo’jaligining bundan keyingi rivojlanishi ishlab chiqarish munosabatlarini yangi bosqichga ko’tarishni talab qiladi.

O’zbekiston hududi qishloq xo’jaligi jihatdan 3 mintaqaga bo’linadi:1 tog’ va tog’ oldi mintaqasi, Respublika hududining 20% dan ko’prog’ini tashkil etadi. Asosan, lalmikor dehqonchilik (bug’doy, arpa , no’xat, zig’ir), bog’dorchilik va tokchilik tarqqiy etgan, bu mintaqada mavsumiy bahorgi – ko’zgi yaylovlar bor, chorvachidigi go’sht – jun yetishtirishga ixtisoslashgan. Sug’orma dehqonchilik mintaqasi, Respublika hududining 20%ni tashkil etadi. Farg’ona vodiysi, Mirzacho’l, Dalvarzin cho’li, Chirchiq - Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxon – Sherobod vodiylari, Quyi Amudaryoni o’z ichiga oladi. Asosan, paxta, shuningdek kanop, don (bug’doy, makkajo’xori, sholi), kartoshka, sabzavot-poliz ekinlari (qovun, tarvuz, qovoq), yem-hashak ekinlari (beda, sudano’t, perko va boshqa) yetishtiriladi. Bog’ va tokzorlar, tutzorlar, rezavor meva maydonlari bor, go’sht-sut chorvachiligi rivojlangan. Cho’l-yaylov mintaqasi, Respublika hududining 60% ni tashkil etadi. Asosan cho’l va suvsiz tekisliklardan iborat. Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari, Qoraqalpog’istonda va Farg’ona vodiysining markaziy qismida joylashgan.

Xozirgi paytda O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning sifat jihatdan yangi, ikkinchi bosqichiga kirdi. Ushbu bosqich bozor munosabatlariga o’tish tuzilmalarini shakllantirishni yakunlashi, iqtisodiy tizimni va davlat mustaqilligini yanada mustahkamlash, milliy valyuta aylanishining barqarorligini va uning ichki konvertatsiyasini ta’minlash bilan bog’liqdir.2

Ma’lumki, infratuzilma tushunchasi so’nngi 5-10 yil mobaynida jamiyatda va umuman qishloq xo’jaligida ko’proq qo’llaniladigan bo’lib qoldi. Bozor infrato’zilmasi ob’ektlarini shakllantirishdan ko’zlangan asosiy maqsad, bu avvalo ishlab chiqaruvchilarning bank, sug’urta, konsalting hamda moddiy-texnika resurslariga bo’lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo’lib, raqobatli bozorda ko’rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashdan iborat.

Infratuzilma bu – mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita shug’ullanmaydigan, lekin ishlab chiqarishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etuvchi sub’ektdir.1

Qishloqda bozor infrastrukturasining dastlabki ko’rinishlari namayon bo’la boshladi. Iqtisoslashtirilgan tijorat banklari - “Paxtabank”, “G’allabank”, “Mevasabzovotbank”, “Tadbirkorbank”, “Turonbank”, “Zaminbank”, Ipoteka banki to’zildi. Ular fermer xo’jaliklari va kichik korxonalarga xizmat qilmoqda.

Tashkil etilgan infrato’zilma ob’ektlarining aksariyati Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan fermer xo’jaliklariga aylantirilgan shirkat xo’jaliklari negizida faoliyat ko’rsatmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 yanvardagi qarori bilan fermer xo’jaliklariga aylantirilgan 177 shirkat xo’jaligi hududida 118 ta mini bank, 129 ta mineral o’g’it sotish shahobchalari, 138 ta yoqilgi moylash materiallari sotish shahobchalari va boshqa infrato’zilma ob’ektlari tashkil etildi. Ammo Ushbu mini-banklarning 14 tasi, mineral o’g’it sotish va SFU shahobchalarining 12-16 tasi ishlamayapti. Jumladan, Jizzax viloyatida 8 ta, Sirdaryo viloyatida 2 ta mini bank, Jizzax viloyatida 6 ta minenral o’g’it sotish va 8 ta neft mahsulotlari sotish shahobchalari faoliyat ko’rsatmayapti.2

Shuningdek shirkat xo’jaliklar negizida tashkil etilgan fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatadigan mini banklar, o’g’it sotish shahobchalari, yonilg’i-moylash materiallar sotish shahobchalari to’liq ishlamay turibdi.

Umuman olganda qishloq xo’jaligida fermer xo’jaliklarini rivojlantirish evaziga amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlar evaziga tahlil qilinayotgan davr mobaynida ijobiy natijalarga erishildi. Shu bilan birga, shirkat xo’jaliklarini fermer xo’jaliklariga aylantirish bozor talablari bo’yicha shartnoma munosabatlarini shakllantirish ishlarida hamon hal etish lozim bo’lgan muammolar mavjud. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar xizmatlar ko’rsatuvchi turli mulk shaklidagi infrato’zilmani rivojlantirish dolzarb bo’lib qolmoqda.

Bozor infrastrukturasining rivojlanishidagi qoloqlik, ko’p sohalarning ham umuman rivojlanganligi yoki juda sekinlik bilan paydo bo’lishi,qishloqlarning sanoat va madaniy markazlardan o’zoqda joylashganligi bu sohani jadal rivojlantirishga, ayniqsa, qayta ishlash korxonalarining o’sishiga to’siq bo’lmoqda. Hozirgi kunda qishloq xo’jaligida paydo bo’lgan disproporsiyani yo’qotishda va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda tarmoq strukturasini sifat jixatidan qayta tashkil qilish, ilmiy asoslangan almashlab ekishni qo’llash hisobiga g’alla va yem - xashak ekinlarini ko’paytirish ham katta ahamiyatga ega. Agrosanoat kompleksida ishlab chiqarilayotggan mahsulotlar tarkibida asosiy mahsulot qishloq xo’jalik xom-ashyosi hisoblansa, yaqin kelajakda rivojlangan davlatlardagi kabi, asosiy mahsulot qayta ishlash sanoati va boshqa sanoat mahsulotlari ulishiga to’g’ri kelishi kerak. Shuning uchun ham farmonda qishloqda kechadigan strukturaviy o’zgarishda qayta ishlash sanoatini barpo qilishini jadal suratlar bilan rivojlantirish ko’zda tutilgan.



Bu esa zamonaviy texnika va texnologiyaga asoslanishi kerak. Bu sarflangan xom ashyo birligi hisobiga tayyor mahsulot chiqishining ko’payishiga, daromadning oshishiga, ekologik zararning kamayishiga olib keladi. Farmonning ikkinchi va uchinchi bandlarida mini traktor parklari qishloq xo’jalik korxonalari buyurtmalarini bajargani, xo’jaliklarga o’g’it yonilgi moylash materiallari yetkazib bergani uchun to’laydigan ko’shimcha qiymat solig’ini bekor qilish ko’rsatilgan. Bunday imtiyozlar amalga oshirilishi natijasida korxonalarda qoladigan mablag’lar evaziga ularning foydasi ortadi, ishlab chiqariladigan tovarlar sifatining ortishiga, mikdorining ko’payishiga va bozorlarda narxining arzonlashishiga olib keladi. Bu birinchidan, qishloq xo’jalik korxonalarining xarajatlarini kamaytirish va ularning daromadini ko’paytirish uchun yo’naltirilgan bo’lsa, ikkinchidan past darajada o’rnatilgan tarif va baholar xo’jaliklariga o’z ehtiyejlarini qoplashga va mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishga imkon yaratdi. Hozirgi kunda qishloq xo’jalik korxonalarining yangi traktorlar, kombaynlar va boshqa xo’jalik mashinalari sotib olish uchun mablag’lari yetarli emas. Farmonning to`rtinchi bandida bu muammoni hal qilish uchun yangi tashkil etiladigan mashina traktor parklariga zamonaviy qishloq xo’jalik texnikasini sotib olish va yangilash uchun zarur bo’ladigan mablag’larni topish Moliya Vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Bu mashina traktor parklari xo’jaliklarining yumushlarning shartnoma asosida bajaradi, natijada xo’jaliklarning yangi texnika sotib olishga bo’lgan ehtiyojlari birmuncha kamayadi.

Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning 2003 yil 24 martda qabul qilingan «Qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo’nalishlari to’g’risida»gi Farmoni qishloq xo’jaligida hozirgacha olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarga yakun yasash bilan bir qatorda, sohaning bundan keyingi rivojlanishining yo’nalishini belgilab berdi. Farmonda keltirilgan tovar mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning qishloq xo’jalik ekinlarini mustaqil ravishda joylashtirish va mahsulot yetishtirish hajmini pastdan, mintaqalarning ixtisoslashganligiga qarab kontraktatsiya shartnomalari asosida belgilashini, shuningdek, dehqonlarga yetishtirgan mahsulotini, tegishli mol-mulkini, moliyaviy va moddiy resurslarini o’z xohishiga ko’ra tasarruf etish huquqi berilishi, mamlakatimizda bosqichma-bosqich demokratik tamoyillarni joriy qilib borilishining navbatdagi bosqichi bo’lmoqda. Tovar mahsulot ishlab chiqaruvchilarga erkinliklar berilishi, ulardagi mehnat va mahsulot yetishtirishga bo’lgan munosabatlarni mutlaqo o’zgartirib yubormoqda. Ular endi ishni ko’proq ishonch bilan tashkil qilmoqdalar. Farmonda huquqiy masalalar, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan bog’lik barcha sub’ektlarning huquq va majburiyatlari bosh mezon qilib olingan. Bu bejiz emas, chunki qishloqda ishlab chikarish munosabatlarini takomillashtirar ekanmiz, buni huquqiy masalalardan boshlashimiz kerak. Qolaversa, iqtisodiy islohotning o’tgan davrdagi asosiy qiyinchiliklari va uning ba’zi joylarda oqsashiga – qishloq xo’jaligi xodimlarining va ularga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning huquqiy bilimlari yetishmasligi sabab bo’lmoqda. Respublikamizda iqtisodiy islohotlarning bir necha bosqichlari o’tganligiga qaramasdan, hanuzgacha ma’muriy-buyruqbozlik uslubidan to’liq voz kecholganimiz yo’q. Farmongacha, qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizimida respublika, viloyat va tumanlar miqyosida ish yuritishda bir – birini takrorlash, xo’jaliklar va fermerlarning ichki ishlariga aralshish hamda moddiy resurslarni markazlashtirilgan ravishda taqsimlash davom etib kelmoqda. Shuningdek, shirkat xo’jaliklarida rahbar kadrlarning qo’nimsizligi va shirkat rahbarlarining tez-tez almashtirib turilishi, xo’jalikning ishlab chiqarish va moliyaviy natijalarga salbiy ta’sir ko’rsatayotganini alohida ta’kidlab o’tish kerak. 1998 yil 18 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «1998-2000 yillardagi davrda qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi to’g’risida»gi Farmoni - agrar sohada iqtisodiy islohotilar jarayonini chqurlashtirishni ta’minlash, qishloq xo’jalik kooperativlari(shirkat)larni shakllantirish, mulkiy paylar va oilaviy pudrat tizimini joriy etish asosida qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantrish, tuproq unumdorligini oshirish, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, seleksiya va urug’chilikni yaxshilash, raqobatbardosh qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish maqsadida ushbu dastur qabul qilingan. Qishloq xo’jaligini isloh qilishni chuqurlashtirishning ustuvor vazifalari mamlakat hayoti va iqtisodiyotida agrar sohaning tutgan o’rni, respublikaning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, shu bilan birga xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib borish va rivojlantirishning muhim ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqmoqda.

I.3. AGRAR SOHADAGI ISLOHOTLARNING HUQUQIY ASOSLARINI YARATILISHI, SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING QONUNIY ASOSLARI

Ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror, erkin bozor itisodiyotiga, kuchli demokratik huquqiy davlatni barpo etish maqsadida respublikaning barcha sohalarida, jumladan, qishloq xo’jaligida o’lkan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar davlat rahbarligida boqsichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Dastavval, qishloq xo’jaligida erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini mustahkam barpo etilishini, yuritilishini ta’minlash qobiliyatiga ega bo’lgan huquqiy asosi yaratilib, rivojlantirilmoqda. Respublikamizda birinchi marta yer kodeksi 1927 yilda qabul qilingan. 1929 yilda esa mazkur kodeks o’rniga yer-suv kodeksi qabul qilinib, bu hujjat 1970 yilning 25 sentyabrigacha –yangi yer kodeksi qabul qilingunga qadar amalda bo’ldi. Respublikamizda yerdan oqilona foydalanishni ta’minlash, yerga doir huquqiy munosabatlarni takomillashtirish maqsadida Oliy majlis tamonidan 1998 yil 30 aprelda O’zbekiston Respublikasining yer kodeksi tasdiqlandi.

Mazkur kodeks 91 moddani o’z ichiga oluvchi 14 bobdan iborat.1 yer kodeksi va yer to’g’risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko’zlab, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproqni unimdorligini tiklash va oshirish, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xo’jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek, bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat. yerga e’tibor, undan oqilona foydalanish borasida sayi harakatlar mustaqilligimiz qo’lga kiritilgandan so’ng yanada oshdi. Bunga respublika Oliy Majlisi va Senati tomonidan qabul qilingan qonunlar, Prezidentning Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari yaqqol dalil bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasining:

- “Konstitutsiyasi”;

- “Mulk to’g’risida”gi;

- “Ijara to’g’risida”gi;

-“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi;

-“Investitsiyalar to’g’risida”gi;

-“Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi;

-“Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi;

-“Mehnat kodeksi”;

-“Er kodeksi”;

-“Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi;

-“Tadbirkorlik to’g’risida”gi;

-“qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkatlar) to’g’risida”gi;

-“Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi; yangi tahrirda:

-“qishloq xo’jalik korxonalarini sanatsiya qilish to’g’risida”gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining “2005-2007 yillarda fermer xo’jaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, "qishloq xo’jalik mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash to’g’risida»gi qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi, «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmonlari va boshqalar, sohani isloh qilishning huquqiy asosini yaratadi.

YAratilgan huquqiy asos negizida qishloq xo’jaligida amalga oshirilishi zarur bo’lgan tashkiliy, iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlarning mohiyati nihoyatda muhim quyidagi holatlarni shakllantirishga qaratilgandir:

-Qishloq xo’jaligini erkin bozor iqtisodiyoti talablari asosida boshqarishni barpo etish, takomillashtirish;

-mulkchilikning turli xildagi shakllarini barpo etib, samaralisini rivojlantirish;

-qishloqda bozor mulkiy munosabatlarini barpo etish, rivojlantirish va erkinlashtirish;

-tarmoqda turlicha mulkchilikka asoslangan sub’ektlarni barpo etish, ularga erkin faoliyat ko’rsatish uchun zarur sharoitlar yaratish;

-qishloqda mulkdorlar sinfini yaratish, ularning mulkiy ongini yuksaltirish;

-barcha turdagi iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish va erkinlashtirish;

-aholining daromadining o’sishini ta’minlash;

-qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirish;

-tarmoqda qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda tarkibiy o’zgarishini ta’minlash;

-aholini, qayta ishlash sanoatini qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan ta’minlashni yuksaltirish, rag’batlantirish;

-aholini ijtimoiy jihatdan ta’minlanganligini yaxshilash va boshqalar;

-o’tish davrida ularni ta’minlash masqadida qishloq xo’jaligida yer, suv, mulk, tashkiliy-tarkibiy, moliya-kredit, soliq, narx, investitsiya hamda innovatsiya va bosha islohotlar o’zaro bog’liq holda amalga oshirilmoqda.

Er, suv resurslariga egalik qilishning huquiy asosi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida «Yer... suv... umummilliy boylikdir, ulardan oqilana foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir»1- deb ta’kidlangan. Respublikaning jami yer maydoniga umummilliy boylik, davlat mulki sifatida egalik qilish huquiq O’zbekiston Oliy Majlis zimmasiga yuklatilgan. Oliy Majlis o’z vakolatidagi yer munosabatlarining ayrim masalalarini xalq deputatlari qishloq, shahar, poselka, tuman hamda viloyat kengashlari va ularning ijroiya qo’mitalari zimmasiga yuklangan. Ular yer kodeksi va bosha qonunlarga asoslangan holda yerlardan oqilona samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida foydalanuvchilarga ma’lum muddatga haq to’lash evaziga foydalanish uchun bermoqdalar, cheklangan miqdordagi yerlarni kim oshdi savdosida sotmoqdalar. Demak, ular yer islohotini amalga oshirishga ma’suldorlar. Islohot natijasida respublikada yashayotgan fuqarolarga umrbod foydalanish uchun 650 ming gektarga yaqin yer berildi. SHuning bilan birgalikda 2005 yilning 1 iyuliga 121,6 mingta fermer xo’jaliklariga 3666,4 ming gektar yer uzoq muddatga (30 yildan 50 yilgacha) foydalanish uchun ijaraga berildi. Ular yerdan foydalanayotganliklari uchun yer solig’ini to’laydilar.

SHu davrda cheklangan miqdordagi yer bino-inshootlari bilan birgalikda xususiy mulk sifatida sotilgan. Demak, yer islohoti: uzoq muddatga ijaraga, umrbod foydalanishga berish hamda sotish orqali amalga oshirilmoqda.

SHuning bilan birgalikda tarmoqda mulk va unga asoslangan korxonalarni isloh qilishni amalga oshirib kelmoqda. Markazdan rejali boshqarilgan iqtisodiyot davrida qishloq xo’jaligida a) davlat mulki; b) kolxoz- kooperativ mulki; v) shaxsiy mulk shakllari mavjud bo’lgan. Ular tarmoqdagi jami mulkning 99,9 foizini tashkil etgan.

Mulkchilikning bu turlariga egalik qilish, ulardan foydalanish bilan bog’liq munosabatlar erkin bozor munosabatlariga mos kelmaganligi uchun hozirgi davrda respublika qishloq xo’jaligida; - davlat mulki unga asoslangan davlat korxonalari:

-jamoa mulki (paychilik mulkiga asoslangan shirkat xo’jaliklari):

-xususiy, shaxsiy mulk (ularga asoslangan fermer va dehqon xo’jaliklari);

-aralash mulk (unga asoslangan qo’shma korxonalar) shakllangan. Hozirgi davrda nodavlat mulkining salmog’i oshib bormoqda. SHuning bilan birgalikda, ularning qishloq xo’jalik yalpi mahsulotidagi salmog’i o’zgarmoqda. Jumladan, 2005 yilning boshiga kelib qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 20,4 foizini fermer xo’jaliklari, 66 foiziga yaqinini dehqon(tomorqa) xo’jaliklarida ishlab chiqarmodalar.

Respublikada qishloq xo’jalik tarmog’ini boshqarilishini samarali bo’lishligini ta’minlash maqsadida uyidagi tashkiliy islohotlar amalga oshirildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakat qishloq xo’jaligini hamda u bilan bog’liq bo’lgan tarmoqlarni boshqarish bilan:

- O’zbekiston qishloq xo’jaligi vazirligi;

- O’rmon xo’jaligi vazirligi;

-Meva sabzavot uzum sanoati aksiyadorlik jamiyati;

-Davlat suv xo’jaligi qurilishi qo’mitasi;

-Davlat yer resurslari qo’mitasi;

- O’z go’shtsanoati aksiyadorlik jamiyati va boshqa tashkilotlar shug’ullanganlar. Bular boshqarishni bozor iqtisodi talablari asosida samarali boshqarilishini ta’minlay olmadilar. SHuning uchun ham ularning faoliyatini uyg’unlashtirish natijasida boshqarilishi qulay bo’lgan ixcham vazirliklar, kompaniyalar hamda davlat qo’mitalari shakllantirildi. Hozirgi davrda O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Respublika dehqon va fermer xo’jaliklari uyushmasi, Uzmevasabzavotuzum xolding kompaniyasi, Uzishlomashlizing kompaniyasi, uzdonmahsulot aksiyadorlik kompaniyasi, Uzagromashservis kompaniyasi va boshqa tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqdalar. Ularni kelajakda yanada takomillashtirish talab etiladi.

Tashkiliy islohotlar bilan birgalikda tarkibiy o’zgartirishlar ham amalga oshirilmoqda. Respublikada paxta yakkaxonligining salbiy oqibatlariga barham berish maqsadida paxta ekiladigan maydon qisartirilib, o’rniga asosan g’alla ekila boshlandi.

SHuning natijasida g’alla ishlab chiqarish miqdori 2005 yilda 6 mln. tonnaga yetkazildi. g’alla mustaqilligi siyosatining amalga oshirilishi respublika aholisini don mahsulotlariga bo’lgan talabini to’li qondirdi.

Qishloq xo’jalik sub’ektlarining faoliyatlarini rivojlantirish, uning samaradorligini yuksaltirish maqsadida tarmoqda moliya, kredit, soli va baholar islohoti amalga oshirilmoqda. Mustaillikkacha qishloq xo’jalik korxonalari asosan davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag’ hisobidan moliyalashtirilgan. Ular yetishtirgan barcha mahsulotlarni davlat tomonidan markazdan o’rnatilgan xarid narxlarda asosan davlatning vakil tashkilotlari tomonidan sotib olingan. Bunda ularga o’z mahsulotlarini sotishda mustaqillik, ya’ni erkinlik berilmagan. Usha yillarda xo’jaliklarga turli xildagi kreditlarni belgilangan tartibda davlat banki bergan. Sababi boshqa banklar bo’lmagan. Qishloq xo’jalik korxonalari 8 ta xildagi soliqlarni belgilangan stavkalarda to’lab kelganlar. Tarmoqda erkin bozor munosabatlarini shakllantirish jarayonida nodavlat mulkchiligiga asoslangan sub’ektlarni moliyalashtirish tartibi tubdan o’zgardi.

Ularning faoliyatini moliyalashtirish asosan o’zlarining mablag’lari evaziga amalga oishrilmoqda. Uning manbasi bo’lib mahsulot yetishtirib sotish, xizmat ko’rsatish natijasida olayotgan pul daromadlari, asosiy vositalarning eskirishi oqibatida shakllanayotgan amortizatsiya fondi, ishlab chiqarish vositalarini sotishdan olinayotgan pul tushumlari hamda ularning foydalari hisoblanadi. 2004 yildan boshlab, davlat buyurtmalari miqdoridagi paxta hamda g’allani ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mablag’lar davlat tijorat banklari tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlar evaziga qoplanmoqda. SHu manbalardagi mablag’lar yetishmagan hollarda qishloq xo’jalik korxonalari davlat, tijorat banklarining, xorij davlatlarining nodavlat korxona, tashkilotlarning, xomiylarning va boshqalarning vaqtincha bo’sh bo’lgan mablag’larini jalb etmoqdalar.

Hozirgi davrda qishloq xo’jalik korxonalarining faoliyatini rivojlantirish uchun aksariyat hollarda o’zlarining mablag’lari yetishmasdan qolmoqda. CHet eldan qishloq xo’jaligiga jalb etilayotgan investitsiyalar jami investitsiyalarning 6,5 foizidan oshayotgani yo’q. SHuning bilan birgalikda moliya-kredit institutlaridan berilayotgan mablag’ talabni qondiradigan darajada emas. CHunki qishloq xo’jalik sub’ektlarining iqtisodiy holati moliya-kredit institutlari tomonidan qo’llaydigan shirkatlarni to’liq qondira olmaydi.

Qishloq xo’jaligida irrigatsiya-melioratsiya ishlarini, ekologik tadbirlarni amalga oshirishga ma’lum miqdordagi mablag’ davlat byudjetidan ajratilmoqda. Lekin bu mablag’lar ta’kidlangan ishlarni to’liq amalga oshirilishini ta’minlay olmaydi. SHuning uchun kelajakda qishloq xo’jalikdagi moliya-kredit islohotlarini yanada kengaytirib, chuqurlashtirish maqsadga muvofiqdir.

Qishloq xo’jalik korxonalari tomonidan yetishtirilayotgan paxta xom ashyosining hamda g’allaning 50 foiziga davlat buyurtmalari mavjud. Ularni davlat tomonidan belgilangan harid narxlarda, qolgan qismini, shuningdek, boshqa mahsulotlarni erkin, kelishilgan narxlarda xohlagan miqdorda erkin sotish imkoniyatiga egalar. Bu jarayon qishloq xo’jalik mahsulotlarining ma’lum darajada erkinlashganligidan dalolat beradi. Lekin davlat xarid narxlari ichki va jahon bozoridagi narxlardan past. Ammo qishloq xo’jalik sub’ektlari tomonidan sotib olinayotgan sanoat korxonalarining mahsulotlarining erkin narxlari yil sayin yuqori sur’atlarda oshib bormoqda. Oqibatda qishloq xo’jalik mahsulotlarining narxi bilan sotib olinayotgan sanoat mahsulotlarining narxlari o’rtasida nomutanosiblik mavjud.

SHuning natijasida qishloq xo’jaligi korxonalari tomonidan yaratilayotgan sof foydaning talaygina qismi sanoat korxonalarning ixtiyoriga o’tib ketmoqda. Bu masalani ijobiy hal etish uchun davlat tomonidan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish talab etiladi. Ular barcha qatnashchilarning o’zaro manfaatlarini e’tiborga olgan bo’lishi lozim.

Agrar tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlar tarmoq hamda mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta hissa ko’shmoqda. Bu haqda respublika Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisining qonunchilik palatasi va Senatning qo’shma Majlisidagi ma’ruzasida quyidagi fikrlarini bildirganlar. «Avvalambor, iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi... qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o’tgan yili 10,1 foizga oshdi... qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish tizimi tubdan o’zgarmoqda, fermerlik kishloqda xo’jalik yuritishning eng istiqbolli va samarali shakli sifatida yetakchi o’rinni egallamoqda»1,- deb yakun yasagan. Lekin, erishilgan natijalar hozirgi o’sib borayotgan talabni to’liq qondira olmaydi. SHuning uchun ham agrar tarmoqda amalga oshirilayotgan «bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish»2 asosiy ustuvor vazifa ekanligini Prezident tomonidan belgilangan. Eng asosiy ustuvor vazifa mamlakatni modernizatsiya qilish va aholiga munosib turmush sharoitini yaratib berishdir.

Uni hal etish maqsadida qishloq xo’jaligini modernizatsiya etish natijasida tarmoqni yanada yuqori sur’atlar bilan rivojlantirishni ta’minlash zarur. Buning uchun qishloq xo’jaligidagi xususiy tarmoqni ustuvor darajada o’sishini ta’minlashga erishish lozim. Buning bilan birgalikda «... kichik biznes va fermerlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni chuqurlashtirish va ko’lamini kengaytirish»3agrar islohotining ustuvor yo’nalishi deb belgilangan. Ularni ijobiy hal etilishini ta’minlashga qaratilgan aniq chora tadbirlar hambelgilangan. Jumladan, avval ta’kidlangan Vazirlar Mahkamasining 607-sonli qarorida 2005-2007 yillarda uch yil davomida rentabelligi past bo’lgan 1100ta shirkat xo’jaliklari negizida fermer xo’jaliklarini to’g’ri tashkil etishga katta e’tibor berish zarur. Buning uchun bo’lajak fermer xo’jaliklarining rahbarlarini to’g’ri tanlash hamda ular talab etgan yer uchastkalarini belgilangan muddatlarda ajratib berish masalalarini oshkoralikda, adolatli tarzda va qat’iy tanlov, tender asosida o’tkazilishini ta’minlashga erishish lozim. «Bunda mahalliychilik, urug’-aymoqchilik va poraxo’rlik hollariga keskin barhamberish lozim»2,- deb alohida ta’kidlagan Respublika Prezidenti I.A.Karimov. Fermerlikni ustuvor sur’atlarda rivojlantirish uchun quyidagi masalalarga alohida e’tibor berish:

-davlat tuzilmalarining qishloqda tadbirkorlik, kichik biznes sub’ekti hisoblangan fermerlik faoliyatiga aralashuvini yanada cheklash;

-fermerlarni tander asosida tanlovini o’tkazish, ularga yer ajratish ishlarini oshkoralikda, barcha qonunlar talabi asosida adolatli tarzda amalga oshirish, tender komissiyasining a’zoligiga yetuk, tajribali, bilimdon, halol ma’naviyatli rahbar, mutaxassislarni jalb etish, uning faoliyatini to’liq kompyuterlashtirish;

-fermerlarga uzoq muddatga foydalanish uchun ajratib berilayotgan yerlarning sifatini yaxshilab, unumdorligini yuksalishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni o’z vaqtida sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydigan miqdorda mablag’larni davlat byudjetidan ajratish imkoniyatlarini yaratib berish;

-ayrim qishloq xo’jalik mahsulotlariga belgilanayotgan davlat buyurtmasini rivojlangan davlatlarda qo’llanilayotgan o’zaro manfaatli davlat dasturlari bilan almashtirish;

-fermerlik faoliyatini moliyalashtirish, kreditlashtirish ishlarini soddalashtirish, shartlarining yukini yumshatish, muddatlarini va stavkalarini o’zaro manfaatli bo’lishini ta’minlash;

-fermerlik faoliyatida zarur bo’lgan ishlab chiqarish vositalarini erkin sotib olish va o’z mahsulotlarini mustaqil sotish uchun bozorlarga chiqish (naqd pullarini o’z vaqtida olish) imkoniyatlarini kengaytirish;

-fermerlarga barcha turdagi xizmatlarni ko’rsatadigan sub’ektlarni tashkil etish bozor infratuzilmasini shakllantirishni, ularni moddiy resurslar va texnikalar, kadrlar bilan ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni jadallashtirish;

-fermer xo’jaliklari to’layotgan soliq va to’lovlar mazmunini, tartibini hamda stavkalarini qayta ko’rib chiqish;

-fermer xo’jaliklariga chet el investitsiyalarini jalb etish masalalariga ko’maklashish va boshqalar maqsadga muvoffikdir.Biz bugun mamlakatimizni isloh qilish va yangilash maqsadida oldimizga qo’yayotgan va o’z tadbig’ini kutayotgan eng muhim ustuvor vazifalar asosan mana shulardan iboratdir.

Respublikamizda mustaqillikning daslabki kunlaridan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash eng muhim vazifalardan biri bo’lib kelmoqda. Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida fermer xo’jaliklari boshqa yirik mulk shakllariga nisbatan bir qator ustunliklarga ega ekani ma’lum bo’ldi. Fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligida faoliyat yuritayotgan xech qaysi boshqa xo’jalik yuritish shakllariga o’xshamagan, qishloq xo’jaligi maxsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan o’ziga xos xo’jalik bo’lib, ular maxsulot yetishtirish uni sotish, moddiy va mehnat resurslari hamda olingan daromaddan erkin foydalanish xuquqiga ega xo’jalik yuritish sub’ektlari hisoblanadi. Xukumatimiz tomonidan fermer xo’jaliklarini suv bilan ta’minlash va suvdan oqilona foydalanish uchun bir qancha qonun va qarorlar qabul qilingan.

O’zbekiston Respublikasining 1992 yilda qabul qilingan Konstitutsiyasi tabiatdan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha huquq, majburiyat va tartibni belgilovchi asosiy qonun hujjati hisoblanadi. Suv va tabiatni muhofaza qilish munosabatlari mustaqillikka erishilgandan so’ng qabul qilingan qonunlar majmui orqali tartibga solinmoqda.

Ayni paytda mamlakatning tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi quyidagi asosiy sohalardagi munosabatlarni tartibga soladi: atrof-muhit va uning asosiy tarkibiy qismlarini muhofaza qilish; ekotizimlarni himoya qilish va tabiiy resurslardan foydalanishni boshqarish; atrof-muhitga ko’rsatilgan ta’sirni baholash va ekologik ekspertiza; atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplashni tartibga solish (jumladan iqtisodiy hamda ma’muriy jihatlar); tabiiy resurslar mulk huquqini tartibga solish.

“Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun (1992) tabiatni muhofaza qilish munosabatlarini tartibga soluvchi va tabiiy resurslarni asrab-avaylash va monitoringi, ekotizimlarni himoya qilishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, fuqarolarning qulay atrof-muhitda yashash huquqini kafolatlovchi asosiy qonuniy hujjat hisoblanadi.

So’nggi yillarda va tegishli qonunchilik bazasini kuchaytirish va rivojlantirish maqsadida tabiiy resurslarni asrash, foydalanish va boshqarish bilan bog’liq qonunlar ishlab chiqilib, qabul qilindi. Bu hujjatlarda atrof-muhitning himoyaga muhtoj tarkibiy qismlariga alohida e’tibor qaratilgan. Tabiatni muhofaza qilishga oid qonunini buzganlik uchun Jinoiy, Ma’muriy, Fuqarolik, Mehnat kodekslarida tegishli javobgarlik ko’zda tutilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1993 yil 6 mayda imzolangan “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi qonun eng muhim huquqiy hujjat hisoblanadi. Keyinchalik ushbu qonunga ayrim o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Qonunning 3-moddasida suv resurslari davlat mulki hisoblanishi, uning himoyasida ekani va ulardan oqilona foydalanish lozimligi ko’zda tutilgan. 49-moddada suv omborlari, davlatlararo kanallar, inshoatlar va yer osti suvlarini olish qurilmalari uchun ajratilgan yerlar mulkchilik va foydalanish shaklidan qat’iy nazar davlat mulki hisoblanishi, xo’jalik ichidagi inshoatlar esa o’z majburiyat va huquqlarini zimmasiga olgan shirkatlar va suvdan foydalanuvchilar uyushmalari mulki ekani qayd etilgan.

“Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi qonunning vazifasi suvdan foydalanish, suvdan aholi va xalq xo’jaligi ehtiyojlari uchun oqilona foydalanishni tartibga solish, suvlarni ifloslanishi va qurishidan himoya qilish, suvlarga zararli ta’sir o’tkazilganida ogohlantirish va uni bartaraf etish, suv ob’ektlarining ahvolini yaxshilash shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon xo’jaliklari, fuqarolarning suvga oid munosabatlardagi huquqlarini himoya qilish hisoblanadi.

Qishloq xo’jaligida mulk shakllarining samarali faoliyat ko’rsatishlari uchun 259 mini-banklar (2004 yilda 146 ta), 398 muqobil MTP (208), 170 ta mineral o’g’itlar tarqatidigan punktlar (206 ta), 285 YOMM tarqatadigan punktlar (215ta), 112 ta zooveterinariya xizmatlari ko’rsatadigan punktlar (85 ta), 86 ta informatsion-konsalting xizmatlari ko’rsatadigan tarmoqlar (38ta), 11 ta qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash va realizatsiya qilish tarmoqlari (46ta), 1032,2 ming ga ekin maydonlariga xizmat ko’rsatayotgan 366 ta suvdan foydalanuvchilar asotsatsiyalari (156ta) tashkil etildi. Biroq fermer xo’jaliklari tomonidan suv bilan ta’minlash xizmatlariga o’z vaqtida to’lovlarni amalga oshirish ishlari sust bajarilmoqda. Bu esa SFA faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Masalan,2005 yilning 1 choragi uchun ko’rsatilgan xizmatlarning bor yo’g’i 19,2% iga o’z vaqtida pul to’langan xolos. 1 aprel holatiga ko’ra 73,8 mingta fermer xo’jaliklari o’z ixtiyorlari bilan 884 ta SFU larini tashkil etdilar va shartnoma asosida suvga haq to’lash ishlarini amalga oshirib kelmoqdalar.

Institutsional tub o’zgarishlarni qo’llab-quvvatlash, fermer xo’jaliklari uyushmalarini rivojlantirish, qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining huquqi va iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2002 yil 1 avgustda “2003-2007 yillar davrida Qoraqalpog’iston Respublikasida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi barqaror rivojlantirilishini ta’minlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 276-qarorni qabul qildi.

Hukumat maxsus komissiyasi 2004 yilning noyabrida mavjud huquqiy tizimda cheklovlarning oldini olish maqsadida manfaatdor tomonlar bilan birgalikda SFUlarni rivojlantirishga taalluqli quyidagi qarorlarni ishlab chiqdi va tasdiqladi: suvdan foydalanuvchilar uyushmasi bo’yicha maxsus qonun qabul qilish, tegishli qonunlar va qonun osti hujjatlariga zarur tuzatishlar kiritish to’g’risida (bunda ayni paytda suvdan foydalanuvchilar maqomi va vazifalarining huquqiy asoslari yetarlicha ishlab chiqilmagani qayd etildi); sug’oriladigan yerlarda suv resurslaridan oqilona foydalanishni rejalashtirish va boshqarishda suvdan foydalanuvchilar uyushmasi rolini kuchaytirish to’g’risida; bir gektar yerga beriladigan suv miqdorini kamaytirish uchun eng samarali irrigatsiya texnologiyasidan foydalanish orqali suvdan foydalanuvchilar uyushmasini suv resurslaridan oqilona foydalanganlik uchun rag’batlantirish to’g’risida; zamonaviy irrigatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun maxsus dastur va fermer xo’jaliklarini moliyalashga oid masalalar ma’lumotnomasini ishlab chiqish to’g’risida; suvdan foydalanuvchilar uyushmasiga fermerlar tomonidan foydalaniladigan suvni aniq o’lchash va hisobga olish uchun suv hisoblagich priborlarini joriy etishda ko’maklashish to’g’risida.

Quyidagi masalalarga ham alohida e’tibor berilmoqda: har bir fermerning uyushmani tuzishdagi ishtirokini kuchaytirish (“oxiriga yetkazish” usulida), fermerlarga tizimning ishlashi va uni boshqarishga doir qarorlar qabul qilishda ularning fikri inobatga olinishi ham bunga ta’sir ko’rsata olishi kafolatini berish uchun barcha sharoitlarni hisobga olgan holda suvdan foydalanuvchilar uyushmasini tashkil etishni davom ettirish; qishloq va suv xo’jaligi vazirligida muayyan yordam ko’rsatish byurosi yoki bo’limini tashkil etish, havzali birlashmalar rahbarlari suvdan foydalanuvchilar uyushmasini tashkil etishda ko’maklashishi va boshqa masalalar.




Download 136,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish