Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 136,08 Kb.
bet1/4
Sana01.03.2017
Hajmi136,08 Kb.
#3653
  1   2   3   4


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

TARIX FAKULTETI

O’ZBEKISTON TARIXI” KAFEDRASI



MAVZU: O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGI SHAROITIDA AGRAR SOHADAGI ISLOHATLARNI CHUQURLASHTIRISH VA FERMER XO’JALIKLARINI RIVOJLANTIRISHNING USTIVOR YO’NALISHLARI

MALAKAVIY BITIRUV ISHI

bakalavr darajasini olish uchun



Bajardi: IV-kurs talabasi Р.Хайитов

Ilmiy rahbar: katta o’qituvchi U.Narzullayev

Navoiy- 2012 yil.

MAVZU: O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGI SHAROITIDA AGRAR SOHADAGI ISLOHATLARNI CHUQURLASHTIRISH VA FERMER XO’JALIKLARINI RIVOJLANTIRISHNING USTIVOR YO’NALISHLARI

REJA:

KIRISH

I Bob. O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGI SHAROITIDA AGRAR SOHADAGI TUB ISLOHOTLAR O’TKAZISHNING ZARURIYATI, UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA OMILLARI.

I.1O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov agrar sohadagi islohotlarning zarurligi to’g’risida.

I.2. agrar sohadagi tub islohotlarning maqsadi,vazifalari va qishloqda aholining bandligini oshirish muommolari.

I.3. Agrar sohadagi islohotlarning huquqiy asoslarini yaratilishi, suv resurslaridan samarali foydalanishning qonuniy asoslari.

2-BOB. FERMER XO’JALIGINING TAVSIFI VA UNING FAOLIYATINI TAHLIL QILISHNING AHAMIYATI, MAQSADI VA VAZIFALARI



    1. Fermer xo’jaligi tushunchasi va faoliyatining qisacha ta’rifi.

1.2. Fermer xo’jaligi faoliyatining natijalarini tahlil qilishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari.

XULOSA VA TAKLIFLAR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH

Qishloq xo’jaligida islohatlar amalga oshirilmasa, hech qaysi sohada o’zgarish bo’lmaydi.

Islom Karimov

O’zbekiston mustaqilikka erishganidan so’ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish vazifasi turar edi. O’tgan qisqa davr maboynida mamlakatimiz itisodiyotini yuksaltirish, aholi turmush darajasini oshirish borasida ko’plab islohotlar amalga oshirildi va bu davom etib kelmoqda. Islohotlar natijalari jamiyatimizni turli jabhalarida xususan, fan va ta’lim, ijtimoiy-iqtisodiy , madaniy –ma’rifiy, ilmiy texnikaviy sohalarda erishilayotgan yutuqlarda ko’rinmoqda.

Vatanimizning 20 yillik mustaqil taraqqiyot yo’lida jamiyatni turli sohalarda bo’lgani kabi agrar sohalarda ham ko’pgina islohotlar amalga oshirildi. 2009 yilning Prezidentimiz tamonidan “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb e’lon qilganligi bu sohadagi islohotlarning uzviy va davomiyligini bildiradi.

Qishloq xo’jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotida yetakchi o’rinni egallaydi, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni esa xomashyoga bo’lgan talabini qondiradi. Mamlakatda ishlab chiarilayotgan yalpi mahsulotning salmoqli qismi shu sohada yetishtiriladi. Respublika aholisining 60 foizdan ortiq qismi qishloqda yashaydi. SHuning uchun agrar sohani rivojlantirish masalasiga mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq katta e’tibor berila boshlandi, ya’ni qishloq xo’jaligini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida qator qonunlar, farmonlar va qarorlar qabul qilindi, natijada ushbu sohada ular o’z samarasini bera boshladi. “Mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirish va islohatlarni chuqurlashtirish haqida gapirganimizda iqtisodiyotimizning asosiy negizini tashkil etuvchi soha- qishloq xo’jaligidagi ishlarning ahvoli bizning diqqat markazimizda turmog’i lozim”1 deb ta’kidlaydi, yurtboshimiz I.Karimov.

So’nggi yillarda qishloq xo’jaligi sohasida ham tub o’zgarishlar ro’y berdi, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari yaratildi. Xo’jalik yuritishning sovet davridan qolgan, o’zini olamagan shakllaridan voz kechib, ularning o’rniga butun dunyoda joriy etilgan xususiy fermer xo’jaliklari tashkil etildi. O’nlab qonunlar hukumat qarorlari ushbu sohada olib borilayotgan islohotlarning qonun me’yorlari va tartib-qoidalari asosida amalga oshirilishida asos bo’lib xizmat qilmoda. Xususan, “Yer to’g’risida”, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”, “Ijara to’g’risida”, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”, “Xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari to’g’risida”, “Yer solig’i to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”, “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish to’g’risida” gi qonunlar hamda hukumat qarorlari qishloq xo’jaligida ko’p ukladli iqtisodiyot poydevorini yaratishga yo’l ochdi. Mustakillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab hukumatimiz, shaxsan Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo’jaligini isloh qilishga qaratilgan ko’plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo’jaligida olib borilayotgan muhim iqtisodiy islohotlar allaqachon ijobiy natijalar bermoqda, ya’ni ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari bozor tamoyillari asosida shakllanmoqda. Xususiy mulk, mulk egasi, mulkdorlar sinfi kabi iboralar hayotimizda kundalik ishlatiladigan va o’zining tub ma’nosi bilan yangi jamiyatni ifodalovchi iboralarga aylanib bormoqda.

1994 yil fevralda hukumatimiz tamonidan chorvachilikda islohotlarni chuqurlashtirish va dehqon (fermer) xo’jaliklari hamda xususiy fermalarning manfaatlarini himoyalash to’g’risida qaror qabul qilindi.

Iqtisodiy sohadagi, ayniqsa agrar sohadagi tub islohotlarni amalga oshirish, mavjud muammolarni o’rganib chiqish va hal etish, ko’zlangan natija va yutuqlarga erishish, iqisodiy hayotni yanada takomillashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, yerlarni o’z egalariga berish, dehqon fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va shular asosida iqtisodiyotni taraqqiy ettirish bosh maqsadimizdir. Ushbu nuqtai nazarlar, fikr va mulohazalar, muhtaram Prezidentimiz nutqlarida, sessiya ma’ruzalarida, qonun hujjatlarida, qarorlar ijrosida va jamoatchilik fikrlarida bayon qilindi. Darhaqiqat, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Agrar sektorni tubdan isloh qilish va jadal rivojlantirish muommolari islohotlarning dastlabki bosqichida hamda O’zbekistonning bozorga o’tish strategiyasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi”1.

Muhtaram Prezidentimiz I.Karimov tamonidan ishlab chiqilgan davlatning ijtimoiy-itisodiy rivojlanishi dasturlarining asosi bo’lgan bozor va bozor munosabatlari asosida har bir tarmoqni rivojlantirish orqali yuqori samarali natijalarga erishish ko’zda tutilgan. Ayniqsa, agrar tarmoqni rivojlantirishda bu dasturning bajarilishi o’z samarasini berib kelmoqda.

“Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir” -deb alohida ta’kidlagan edi, Prezidentmiz.

O’zbekistonda agrar siyosatning bosh maqsadi mamlakatimiz aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashga erishish va qishloqda tadbirkorlikning rivojlanib borishidir. Shundan kelib chiqilsa, fermer xo’jaliklari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va rag’batlantirish tizimini uzluksiz takomillashtirib borish lozim bo’ladi. Hur O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning ilgarigi holatidan demokratik huquqiy jamiyat va bozor iqtisodiyoti qadriyatlariga o’tishning o’ziga xos yo’lini tanlab oldi.

Mamlakatimiz sharoitida agrar sohani rivojlantirmasdan turib, umumiqtisodiyotni ko’tarish qiyin ish. Agrar tarmoq respublikamiz iqtisodiyotining eng muhim sohalaridan biridir. Zero, hozirgi kunda respublikamizda yashaydigan 26 milliondan ortiq aholining 65% foizga yaqini qishloqlarda istiqomat qilib, mamlakat yalpi mahsulotining bir qismi ushbu soha ulushiga to’g’ri keladi.

Mustaqillik sharoitida iqtisodiy sohadagi, ayniqsa, agrar sohadagi tub islohotlarni amalga oshirirsh, mavjud muammolarni o’rganib chiqish va hal etish, ko’zlangan natija va yutuqlarga erishish, iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, yerlarni o’z egalariga berish, dehqon-fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va shular asosida iqtisodiyotni taraqqiy toptirish bosh maqsadimizdir.

Jumladan, Prezidentimiz I.A.Karimov Oliy Majlisning 1999 yilgi XIV sessiyada qilgan ma’ro’zada mamlakatimizning yangi asr boshida amalga oshirish lozim bo’lgan ustivor yunalishlarning birinchisi iqtisodiyotimizning muhim tarmog’i bo’lgan qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirish masalasiga qaratilgandi.

Iqtisodiy sohani yanada erkinlashtirish maqsadi-birinchi navbatda davlatning boshqaruv rolini chegaralash, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy erkinliklarini hamda iqtisodiyotning barcha sohalarida, shu jumladan agrar sohada ham xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, mulkdorlarning mavqei va huquqlarini mustahkamlash demakdir.

Mamlakatimizda qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning huquqiy asoslari yaratildi. O’nlab qonunlar, hukumat qarorlari ushbu sohada olib borilayotgan islohotlarning qonun me’yorlari va tartib qoidalar asosida amalga oshirilishida asos bo’lib xizmat qilmoqda. Qishloq xo’jaligada ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, turli mulkchilik hamda xo’jalik yuritish shakllarini faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan huquqiy me’yoriy asoslar yaratildi.

Qishloq xo’jaligidagi tub islohotlardan maqsad aholi turmush sharoitini yaxshilash, mulkchilikning barcha shakllarini taraqqiy ettirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va o’rta biznesni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va yangi ishchi o’rinlarini yaratish, samarali mehnat qilish, daromad olish, viloyat iqtisodiyotini yuksaltirish va mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo’shishdan iboratdir.

Mavjud yer maydonlarini shirkatlarga ajratib foydalanish samaradorligi ko’zlangan natijalarni bermadi. Ana shu sababdan mustaqillika erishilgan dastlabki kunlardanoq qishloq xo’jaligi sohasiga katta e’tibor qaratildi. Masalan: 1991 yil 21 dekabrda qabul qilingan “Dehqon (fermer) xo’jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik foaliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmon qishloq xo’jaligi ishlab chiqarilishini zamon talablari asosida tashkil qilishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Qishloqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida 1991 yildan to hozirgi kungacha yuzlab farmon, qaror va qonunlar qabul qilindi. Vaqt o’tar ekan, jamiyatning barcha tarmoqlari singari qishloq xo’jaligida ham yangidan-yangi o’zgarishlar qilish talab etiladi. Ana shu o’zgarishlar O’zbekiston davlatining iqtisodiy salohiyatini dunyodagi iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqishiga xizmat qiladi.

Tanlangan mavzuda tadqiqotning predmeti: asosan, qishloq xo’jaligi sohasi bo’lib. Uni rivojlantirish, tarkibiy tuzilishi, yer munosabatlari, huquqiy asoslari va foydalanish uslublari, bozor infrastrukturasini shakllantirish, dehqon va fermer xo’jaliklarini rivojlantirishdan iboratdir.

Tadqiqotning ob’ekti: Bu asosan, yer bo’lib, pudrat, shirkatlar, dehqon (fermer) xo’jaliklari, ularning ish faoliyati va ishlash mexnizmlari, mashina traktor parklari (MTP) va qishloq mehnatkashlarining faoliyatidir.



Tanlangan mavzuning tarkibiy tuzilishi: Kirish, 2 bob, 5 ta paragraf va xulosa qismlaridan iborat bo’lib, ilovalar, jadvallar, foydalanilgan adabiyotlar tarkibdan o’rin olgan.

I BOB. O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGI SHAROITIDA AGRAR SOHADAGI ISLOHOTLAR UNING AHAMIYATI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

I.1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov agrar islohotlar to’g’risida

So’nggi yillarda boshqa sohalarda bo’lgani kabi agrar sohasida ham tub o’zgarishlar ruy berdi. Xo’jalik yuritishning sovet davridan qolgan, o’zini oqlamagan shakllaridan voz kechib, ularning o’rniga butun dunyoda keng joriy etilgan xususiy fermer xo’jaliklari tashkil etildi.

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng vaziyat birinchi navbatda, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ustuvor yo’nalishlarni belgilab olishni talab etdi, sababi mustaqillikgacha bo’lgan davrda mamlakat iqtisodiyoti masalasi, uning yutug’i va kamchiligi, umuman taqdiri Markaziy hokimiyat qo’lida edi. Respublika mustaqil ravishda o’zi tanlagan holatda iqtisodiy islohotlar o’tkaza olmagan. Konstitutsiyada belgilangan demokratiya, erkinlik amalda qo’llanilmagan. Qishloq aholisi faqatgina mahsulotni belgilangan vaqtda va belgilangan miqdorda yetishtirib berishi talab qilingan. Birgina mamlakatning asosiy boyligi bo’lgan paxta yetishtirish yiliga 6 mln. tonna qilib belgilangan. Buni esa O’zbekiston sharoitida yetishtirish mumkin bo’lmagan. Chunki yerlarning mileorativ holati va suv tanqisligi mavjud bo’lgan joylarda hosildorlik juda past yoki umuman bo’lmagan. Mustaqil O’zbekistonning hozirgi sharoitida ham 4 mln. tonnadan ortiqroq paxta yetishtirish mumkin xolos. Sobiq ittifoq o’z mustamlakalarni mavjud imkoniyatlari bilan xisoblashmay ularga qo’yilgan barcha talab va rejalarni ortig’i bilan bajarishni qat’iy talab qilgan. Aks holda xalqni sara kishilari, rahbar kadrlari markazga xiyonatda, loqaydlikda, millatchilikda ayblanib, o’ylab topilgan uydirmalar orqali jazoga tortilgan shu orqali xalqlarni qurquv va dahshatda tutib turgan. XX-asr 30-yillarida boshlangan bunday siyosat 90-yillargacha davom etdi. 80-yillarda respublikamizda olib borilgan, markazdan atay uyushtirilgan “Paxta ishi”, “O’zbeklar ishi” deb nomlangan, aslida quruq tuhmatdan iborat bo’lgan siyosat natijasi ko’plab vatandoshlarimiz “millatchi”, “xalq dushmani” ga aylanib qolishgani yaqin o’tishdagi haqiqat.

YUrtboshimizning bevosita rahbarligida qishloq xo’jaligida islohotlar bosqichma-bosqich, izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Respublika Prezidentining 2003yil 24 martdagi “qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo’nalishlari to’g’risida” gi PF3226-sonli farmoni qabul qilinib, unda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo’nalish qilib belgilandi.

«Mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish haqida gapirganimizda iqtisodiyotimizning asosiy negizini tashkil etuvchi soha-qishloq xo’jaligidagi ishlarning ahvoli bizning diqqat markazimizda turmog’i lozim»1 - deb ta’kidlaydi, yurtboshimiz I. Karimov.

Agrar soha respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlaridan bir bo’lib qolmoqda va O’zbekiston yalpi ichki mahsulotining asosiy qismini yaratuvchi tarmoqlarning faoliyati mazkur sohaga bog’liqdir. Qishloq xo’jaligida amalga oshirilgan tarkibiy o’zgarishlar ishlab chiqarishni xususiy sektorda ishlab chiqarilishiga olib keldi.

Ma’lumki, Prezidentimiz xo’jalik yuritish shakllaridan fermerlikni rivojlantirishga katta e’tibor berib, fermerlar muammolarini hal qilish hamda ularga yordam berish to’g’risida ko’pdan beri g’amxo’rlik qilib kelmoqda. Bunga misol qilib fermerlar huquqlarini kengaytirish, fermerlar haqidagi qonunlarga qator o’zgartirishlar kiritilishi, shu jumladan, ularga yerlarni uzoq muddatga ijaraga berish va ijara muddatida meros qilib qoldirish huquqining berilishi va bu yerlarni shirkatlar yer balansidan chiqarilishi, xizmat ko’rsatuvchi va tayyorlov hamda qayta ishlash korxonalari bilan to’g’ridan-to’g’ri shartnoma tuzish huquqining, resurslardan foydalanish va yollanma ishchilar olib ishlatish huquqining berilishi kabilarni keltirish mumkin.

Erdan samarali foydalanishda Respublika Prezidenti I.Karimov: “qishloqda bozor mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohiblik xissini o’yg’otish, mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish, jamoa xo’jaliklarining o’zida ijara munosabatlarini chuqurlashtirish, yerni meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanishga berib qo’yish orqali, shuningdek, dehon, fermer hamda shaxsiy yordamchi xo’jaliklarini keng rivojlantirish asosida ro’y berishi lozim ”2 - deb ko’rsatib o’tgan.

Respublika agrar sohasda mulkiy munosabatlarni shakillantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o’tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish , dehqon fermer xo’jaliklari faoliyatini yo’lga qo’yish agrar islohotlarning muhim yo’nalishidir.

- Islohotlarning ilk bosqichida mamlakat qishloq xo’jaligi barqarorligini ta’minlash va rejali itisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki asoslari yaratildi.

Agrar sohada mulkni davlat tasarrufidan chiqarishga va xususiylashtirishga muhim ahamiyat berildi. 1066 davlat xo’jaliklari (sovxoz)lar tugatilib, ular negizida fermer xo’jaliklari tashkil etildi. CHorvachilik fermalari, bog’ va tokzorlar kichik yer maydonlari hamda issiqxonalar xususiylashtirildi.

-Islohatlarning ikkinchi bosqichida “yer kodeksi”, “qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat) to’g’risida ” , “fermer xo’jaliklari to’g’risida”, “dehon xo’jaliklari to’g’risida” gi qonunlar, hukumat qarorlari va me’yoriy xujjatlar qabul qilindi.

Bunday huquqiy asoslarning yaratilishi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga zamin yaratdi. qishloq xo’jaligida xo’jalik yuritishning bozor munosabatlariga xos shirkat, fermer xo’jaliklari vujudga keldi va ularning ustuvorligi belgilandi.

-Islohotlarning uchunchi bosqichi 2000 yildan boshlanib, u qishloq xo’jaligida tavar ishlab chiqaruvchilar haq-huquqlarini himoya qilish ustuvorligi; tavar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy erkinligini yanada kengaytirish va davlat buyurutmasi bo’yicha yetishtirilgan mahsulotlarga baho belgilashda dunyo bozori narxlariga mos keluvchi tizimni shakillantirish; birinchi navbatda past rentablli va zarar ko’rib ishlayotgan shirkat xo’jaliklarini fermer xo’jaliklariga aylantirish asosida qayta tashkil etish mexanizmini joriy etish; qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko’rsatuvchi zamonaviy infratuzulma tizmining barpo etilishi bilan xarakterlanadi.

2003 yilda Respublikada 177ta xo’jalik negizida 11383ta fermer xo’jaliklari tashkil etildi. Natijada paxtaning hosildorligi 4,3 sentnerga, donning hosildorligi 3,8sentnerga oshdi. Boshqaruv apparatidan 6740 kishi qisartirilib, 3,4 mlrd sum iqtisod qilindi.

2004 yilga kelib fermer xo’jaliklarining umumiy soni 87,5 mingdan oshib ketdi. Ularga 2,1 mln. gektardan ortiq yer maydonlari biriktirilib berilgan, o’rtacha har bir fermerga 24,5 gektar yer maydoni to’g’ri kelmoqda.

“2005 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra Respublikada fermer xo’jaliklari soni 116741 tani tashkil etib, yaqin 3 yil davomida respublikamizdagi 337 ta qishloq xo’jalik korxonalari tugatilib, ularning negizida 20 mingdan ortiq fermer xo’jaliklari tashkil etildi. Respublikaning 11 tumanidagi shirkat xo’jaliklari to’liq tugatildi.»1 Qishloq xo’jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar o’zining natijalarini bermoqda. Dehonning yerga, o’zi yetishtirgan mahsulotga egalik hissi shakllanmoqda.

2003 yilda respublika bo’yicha 5 mln. 100 ming tonnadan ziyod boshoqli don yetishtirilib, to’liq g’alla mustaqilligiga erishildi. Suvli maydonlarda gektaridan 43,9 sentnerdan, Andijon viloyatida 75,1, Samarqand viloyatida esa 53,1 sentnerdan hosil olindi.

Surxandaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida paxta xom ashyosi yerishtirish bo’yicha shartnoma majburiyatlari ortig’i bilan bajarildi.

O’rtacha hosildorlik gektariga Qoraqalpoqiston Respublikasida bor-yo’g’i 10,2 sentnerni, Sirdaryo viloyatida 12,9 sentnerni, Xorazm va Jizzax viloyatlarida esa 15,9-16,1 sentnerni tashkil etdi.

Islom Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida ta’kidlaganidek: “Hozirgi vatqda aynan itisodiyotning agrar sektorida katta-katta zahiralar mavjud. Ularni ishga solish yaqin vatq ichidayoq sezilarli natijalar berishi mumkin. Butun iqtisodiy o’zgarishlarning yakuni, barqarorlik va hal farovonligi ko’p jihatdan tub o’zgarishlar jarayonlari agrar sektorni qanchalik keng qamrab olishiga, qishloqda islohotlar qanchalik chuqur borishiga bog’liq bo’ladi”.1

Respublika qishloq xo’jaligida asosiy e’tibor mamlakatning iqlimi, yer-suvi va moddiy resurslardan hamda xalqning asrlar davomida to’plagan dehqonchilik madaniyatidan unumli foydalanish negizida qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishga qaratilgan. Dehonchilikda g’allachilik, paxtachilik, sholikorlik, mevachilik, uzumchilik, polizchilik, sabzavotchilik sohalari, chorvachilikda esa qoramolchilik, qo’ychilik, qorauko’lchilik, echkichilik, parrandachilik, yilqichilik, asalarichilik, pillachilik tarmoqlari faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekiston jahonda yalpi paxta hosilini yetishtirish bo’yicha 4-o’rinda, paxta tolasining eksporti bo’yicha 2-o’rinda (ASHdan keyin) turadi.

Respublikamizda qishloq xo’jaligini zamonaviy, yuqori samarali qishloq xo’jaligi texnikasi bilan ta’minlash maqsadida 1998-2000 yillarda bu sohaning moddiy texnik bazasini yanada to’ldirish va yangilash bo’yicha ayni dastur ishlab chiqildi. SHu masadda 633ta “Keys” g’alla o’rish kambayni, 544ta “Magnum” haydov traktori sotib olindi. Bu esa joylarda yerga o’z vaqtida sifatli ishlov berish imkoniyatlarini yaratmoqda.

«O’zbekiston qudratli qishloq xo’jaligiga egadir»2 -, deb e’tirof etadi yurtboshimiz. Buni esa amalda isbotini ko’rib turibmiz.

Agar 1991 yilda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi butun hajmining 63 % i davlatga qarashli bo’lmagan sektor hissasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, hozirda deyarli 100% ga yetdi. (1997 yilda 98,4%ni tashkil etgan.)

Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlaganlaridek, “Agrar sektorni tubdan isloh qilish va jadal rivojlantirish muommolari islohotlarning dastlabki bosqichida hamda O’zbekistonning bozorga o’tish strategiyasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi”3.

Iqtisodiy qayta o’zgarishlar davrining boshlang’ich bosqichida O’zbekiston o’z strategiyasini va islohot kursini shakllantirish modelini ishlab chiqdi va uni amalda muvaffaqiyat bilan qo’llay boshladi. Bu nazariy ishlar Prezidentimizning “qishloq xo’jaligi taraqqiyoti-to’kin hayot manbai”, «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li», «O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy yo’nalishlari», «O’zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlari»,“O’zbekiston XX1-asrga intilmoqda”,«O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura», «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin» risolalarida ilmiy jihatdan har tomonlama asoslab va ochib berildi.

Keng jamoatchilik e’tiborini o’ziga tortgan va e’tirof etilgan mazkur fundamental tadqiqotlar O’zbekistonda olib borilayotgan jarayonlarga chuqurroq kirib borish, respublikaning iqtisodiy-siyosiy kelajagini aniq-ravshan tasavvur etish va islohotlar evalyutsiyasini ko’zatish imkonini beradi.

«Erkin bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan demokratik jamiyat barpo etishdan iborat pirovard maqsad, - deb yozadi I.Karimov, - unga olib boruvchi har bir bosqichda o’z ifodasini topmog’i kerak»1

Bu maqsad yo’lida qadam-baqadam ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, kuchli hamda har tomonlama hisob-kitob qilingan ko’p ukladli iqtisodiy tizimni yaratish, shaxsiy mulkchilikning davlat muhofazasini ta’minlash, korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, iqtisodiy o’zgarishlar chuqur tuzilmasini amalga oshirish, kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirishga qaratilgandir.

“Agrar siyosatning asosi-davlatning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni to’g’ridan-to’g’ri boshqarib borishdan voz kechishdir”2-deb ta’kidlaydi, yurtboshimiz. Buni, Respublikamizda bugungi kunda agrar sohada olib borilayotgan isloxotlar xususan, dunyoning ko’plab rivojlangan mamlakatlari bosib o’tgan, tajribada sinalgan va o’zini oqlagan yerga egalik shakli fermer xo’jaliklarini tashkil etilishida ham ko’rishimiz mumkin. Hozirda qishloq xo’jaligi sohasida yetishtirilayotgan turli mahsulotlarning asosiy qismi fermer xo’jaliklari hissasiga to’g’ri kelmoqda.

qishloq turmush darajasini shahar turmush darajasiga ko’tarish butun agrar siyosatning juda muhim vazifasidir.

“qishloq hayotinig saviyasi va madaniyatini yangi pog’onaga ko’tarishga ustuvor ahamiyat berishimiz kerak ”1- deydi Prezidentimiz I. Karimov.

O’zbekistonda agrar siyosatning bosh maqsadi mamlakatimiz aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashga erishish va qishloqda tadbirkorlikning rivojlanib borishidir. Shundan kelib chiqilsa, fermer xo’jaliklari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va rag’batlantirish tizimini uzluksiz takomillashtirib borish lozim bo’ladi. Respublikamiz bozor munosabatlariga o’ta boshlaganidan beri o’tgan davr hamda ilg’or xorijiy mamlakatlar tajribalari qishloq xo’jaligini davlatning faol aralashuvisiz rivojlantirib bo’lmasligini ko’rsatmoqda. Xususan, «Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida yangi bozor munosabatlarini faol shakllantirish, mulkni davlat tassarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirish, tashqi savdoni erkinlashtirish hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish ob’ektiv suratda muassasalarning Yangi bo’g’inlarini tashkil etishni taqozo etadi», - deb ta’kidlaydi I.Karimov.

Mamlkatimiz mintaqalarida iqtisodiy islohotlar jadallashtirilishi tufayli qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining o’sishiga erishilmoqda. Ammo, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashning rivojlanish holati past darajada qolmoqda. Ko’p xududlarda qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash texnologiyasining juda eskiligi tufayli har yili sabzavot va mevalarning 20 foizigacha isrof bo’lmoqda. Qishloq xo’jaligida ko’p mehnat va mablag’ sarflanib yetishtirilayotgan mahsulotlarning bir qismi nes-nobud bo’lib turgan bir paytda, aholining oziq-ovqat va boshqa keng istemol tovarlariga bo’lgan talabining ma’lum qismi import va g’ayri-qonuniy yo’llar bilan keltirilayotgan sifatsiz tovarlar hisobidan qondirilmoqda.

Endilikda, mintaqalardagi mavjud ishchi kuchlaridan oqilona foydalanish orqali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini jadal rivojlantirish asosiy vazifa bo’lib qolmog’i lozim.

20 oktyabr 2008 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oziq- ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida» farmoni e’lon qilindi.1 Farmonda respublikada aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini yanada to’laroq qondirish maqsadida paxta ekiladigan maydonlarni 50 ming gektarga qisqartirish hisobiga boshoqli don, sabzavot, moyli o’simiklar va boshqa oziq-ovqat ekinlari maydonlarini yanada kengaytirish zarurligi ta’kidlangan.Bu ayni vaqtda to’g’ri qabul qilingan farmon edi. Darhaqiqat, faktlarga e’tibor qarataylik: Markaziy Osiyoda yiliga 2 million tonnaga yaqin paxta tolasi ishlab chiqarilayotgan bo’lsa, shundan 1,5 million tonnasi O’zbekiston tolasidir. O’zbekiston paxta tolasi ishlab chiqarishda jahonda beshinchi o’rinda turadi va uni eksport qilishda ikkinchi o’rinda turadi.2 Demak bog’dorchilikni rivojlantirish bilan O’zbekiston paxta yetishtirishda keyingi o’rinlarga tushib qolmaydi.

Muhtaram Prezidentimiz I.Karimov tamonidan ishlab chiqilgan davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dasturlarining asosi bo’lgan bozor va bozor munosabatlari asosida har bir tarmoqni rivojlantirish orqali yuqori samarali natijalarga erishish ko’zda tutilgan. Ayniqsa, agrar tarmoqni rivojlantirishda bu dasturning bajarilishi o’z samarasini berib kelmoqda. Qishloq xo’jaligida o’tkazilayotgan islohotlarning bosh yo’nalishi etib – ushbu sohada bozor munosabatlarini shakllantirish, qishloqda mulkchilikning yangi shakllariga o’tish, dehqon va fermer xo’jaliklari safini kengaytirish va ularni moliyaviy qo’llab – quvvatlashga katta e’tibor berilayotgani bejiz emas.

2009 yilda mamlakatimizda yerlarning melirativ holatini yaxshilash ishlari uchun 130 milliard so’m miqtorda mablag’ ajratilishi ko’zda tutilmoqda. Hukumatimizning 2008 yilning 19 martida qabul qilgan 2008-2020 yillarda so’g’oriladigan yerlarning holatini yaxshilash to’g’risidagi davlat programmasi hamda 2008 yilning 21 aprelida qabul qilingan dehqon va fermer xo’jaliklarida chorvachilik mahsulotlarini ko’paytirish to’g’risidagi qarorini amalga oshirib borish davlatimizni iqtisodiy salohiyatini yanada o’sib borishiga xizmat qiladi.

I.2. AGRAR SOHADAGI TUB ISLOHOTLARNING MAQSADI, QISHLOQ AHOLISINING BANDLIGINI OSHIRISH MUOMMOLARI



Download 136,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish