Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 136,08 Kb.
bet4/4
Sana01.03.2017
Hajmi136,08 Kb.
#3653
1   2   3   4

Хулоса

Mustaqil Respublikamiz iqtisodiyotining asosini hozirgi sharoitda tashkil qiluvchi dehqonchilik sanoatini boshqarishni ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish muammosi juda murakkab va ko’p qirrali masalalardan biridir. Buni amalga oshirish uchun ko’plab ilg’or qishloq xo’jalik xodimlarining qo’lga kiritgan yutuqlarini o’rganish juda katta ilmiy tadqiqot va mahalliy sharoitni hisobga olgan xolda tajribalar o’tkazish talab qilinadi.

Hozirgi kunda eng muhim masala qishloqda mulk masalasini hal qilmasdan turib, mexnatni tashkil etishning har qanday mukammal tizimi samara bermasligini yaxshi anglab olish zarur. Qishloq istiqboliga erishish uchun yerni haqiqiy egasi bilan taminlaydigan xo’jalik yuritishning yangi shakllari, ya’ni oilaviy pudrat va paychilikni rivojlantirish yo’li bilan ko’zlangan maqsadga erishish mumkin. yerga paychilik asosida jamoa bo’lib egalik qilish bilan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini pudrat shaklida tashkil etishni uyg’unlashtirish xo’jalik korxonalarini tozish shakli va maqomi tamoyillarini butunlay qaytadigan ko’rib chiqishni talab etadi.

Hozirgi kunda qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan ortiqcha mehnat resurslarini sanoatga, xizmat ko’rsatish sohasiga jalb etish davlat agrar siyosatining g’oyat muhim yo’nalishi hisoblanadi. Qishloq joylariga sanoatni olib kirish zamonaviy texnologiyaga ega bo’lgan kichik korxonalarni ochish hisobga yangi ish joylarini yaratish ustivor vazifa hisoblanadi.

Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan yuqori va unumli foydalanishning asosiy omillari tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa muhim omillari bilan birgalikda jamoa, ijara yoki dehqon(fermer) xo’jaliklarini yuqori malakali hozirgi respublikamizda jadal su’ratlar bilan amalga oshirilayotgan islohotlarni tushunib yetgan mutaxassis kadrlar, dehqonchilik va chorvachilik sohalarida mukammal tajribaga ega bo’lgan qishloq xo’jalik xodimlarini tanlashga va ularning unumli ishlashlari uchun yetarli sharoitlar yaratib berilishiga bog’liq. Ya’ni yerni yoki bogni chorvachilik fermalarini, korxonani yuqori bilimli, tashkilotchi, el hurmatiga ega bo’lgan, o’z ish faoliyatiga ijodiy yondoshib ishlaydigan, so’zi bilan ishi bir bo’lgan odamlarga berilsagina ishlab chiqarish imkoniyatlaridan unumli foydalanish mumkin.

Yuqorida bayon qilingan fikr mulohazalarga asosan dehqonchilik sanoatini boshqarishda ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun:



  1. Mavjud yer maydonlaridan(resurslaridan foydalanishda fan yangilarini, ilg’orlar tajribalarini keng qo’llash va shu asosda kam harajat qilib, ularni haqiqiy egalariga berib imkoniyatlar darajasida hosil olishga erishish.

  2. Agrotexnika talablari asosida mahalliy va madaniy o’gitlar bilan ta’minlash hamda qishloq xo’jalik zararkunandalari bilan kurashda biologik usullarni keng qo’llashni tashkil qilish.

  3. Qishloq xo’jaligini yuqori hosil beradigan urug’lar bilan ta’minlashga asosiy e’tiborni qaratish.

  4. Xalqimizni chorvachilik mahsulotlari bilan yetarli darajada ta’minlash uchun yuqori mahsulotlari bilan jamoa, dehqon(fermer) xo’jaliklarni, qishloq aholisini ta’minlash.

  5. Dehqonchilikda, chorvachilikda mavjud texnikalardan unumli foydalanish chora-tadbirlarni izlab topish, yangi texnika va texnologiyalarni keng joriy qilish.

  6. Qishloqlarda yashovchi ishchi kuchlaridan to’g’ri foydalanish, mavjud tibbiy boyliklarni qayta ishlash bo’yicha xalk ist’emoli mollari ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar tashkil qilish, aholiga savdo, maishiy va madaniy xizmat ko’rsatish masalalariga keng jalb qilish zarur.

Yuqorida bayon qilingan tadbirlarni amalga oshirish orqali O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “O’zbekiston - iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida” nomli kitobida bayon qilingan “Islohotlarning ikkinchi bosqichida strukturaviy siyosatning eng muhim ustivor yo’nalishi qishloq xo’jaligida va umuman agrosanoat kompleksida chuqur progressiv siljishlarga erishdir. Bu siljishlar oziq-ovqat muamosini tubdan hal etishga, qishloq xo’jalik xom ashosini qayta ishlashga va qishloqlarda kichik korxonalar barpo etishga, qishloqning ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturasini rivojlantirishga, qishloq aholisining turmush darajasini oshirishga qaratilishi lozim” - degan ko’rsatmalarini ruyobga chiqarishga zamin yaratildi deb o’ylaymiz.

Bugungi kunda agrosanoat sohasida faoliyat ko’rsatayotgan har bir rahbar qishloq xo’jaligi sohasining qonuniy asoslarini, me’yoriy xujjatlarni chuqur o’zlashtiribgina qolmay, balki ularning targ’ibotchisi va tashviqotchisi ham bo’lishi lozim.

Tugatilayotgan xo’jalik hududida oldindan tashkil etilgan fermer xo’jaliklarining faoliyati o’rganilib, yerdan unumli foydalanib yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishgan, qishloq xo’jalik texnikalariga va yetarli ishchi kuchiga ega bo’lgan da’vogarlarga qo’shimcha yer maydoni ajratish tajribasini ko’proq qo’llash kerak.

Tugatilayotgan shirkat xo’jaliklaridagi texnikalarni fermer xo’jaliklarining yer maydonlariga qarab shartnoma asosida o’zoq muddatli ijaraga (keyinchalik sotib olish huquqi bilan) berilishi kerak.

Tashkil etilayotgan muqobil MTPlarda mustahkam texnika bazasini yaratish uchun ehtiyot qismlarni, kerakli tirkamalarni hamda Yangi texnikalarni lizing asosida berilishini yo’lga qo’yish lozim. Ulardagi mavjud texnikalarni garovga qo’ygan holda yangilarini olish uchun uzoq muddatli kreditlash mexanizmini joriy etilishi va kelgusida muqobil MTPlarni xususiylashtirish davr talabidir.

Bugungi kunda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishning keng qamrovli choralarini ko’rish kerak.

Hozirgi kunda qishloq xo’jaligida o’tkazilayotgan islohotlarning borishi, chuqurlashuvi va samaradorligini oshirishda ijobiy natijalar bilan bir qatorda kamchiliklar ham mavjud. Qishloq xo’jaligini tubdan isloh qilish bilan bog’liq ko’plab muhim omil va imkoniyatlar hali ishga solinmagan.

Avvalo qishloq xo’jaligini isloh qilishning asosiy maqsadi-qishloqda haqiqiy mulkdorlarni, mulk egallarini shakllantirish yo’li bilan yerga, mulkka munosabatni o’zgartirishga erishishdir.

Shu bilan birga ko’plab qishloq xo’jalik korxonalarida xo’jalik yuritish shakllarini ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulotni rag’batlantirishda rasmiyatchilikka yo’l qo’yilmoqda. Qishloq xo’jaligida xo’jalik yuritishning serharajat mexanizmi hamon ustunlik qilmoqda. Bu ishdab chiqarishda, mahsulot tannarxida nomutanosiblikni keltirib chiqaradi. Bu esa moddiy xarajatlar bilan ishlab chiqarish natijalarida haddan tashqari katta farq bo’lishiga olib kelmoqda. Qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarining iqtisodiy va texnologik mustaqilligi yo’lida to’siqlar mavjud.

Yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga urug’chilik va chorachilikda naslchilik muammolariga yetarli e’tibor berilmayotir. Qishloq xujalik ekinlarini parvarishlashda agrotexnika talablari bo’zilmoqda.

Bundan tashqari hozirgi bosqichida qishloqda xo’jalik yuritishning zaif jihatlari, bu birinchi galda dehqonning yerga, mulkka, ishlab chiqarilgan mahsulotlarga va daromadga egalik qilishining huquqiy asoslariga tegishlidir.

Qishloq xo’jaligini isloh qilish amaliyoti va maqsadlaridan uning huquqiy asosini takomillashtirish jarayoni orqada qolmoqda.

Agrar tarmoqning jadal o’sishi mamlakatda umumiy iqtisodiyetning o’sishi uchun asosiy omillardan biri bo’lib xizmat qiladi. Shu sababli mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi uchun makroiqtisodiy kursatkichlarda qishloq xo’jaligining o’rniga aloqida e’tibor berilmoqda.

Chet mamlakatlarda qishloq xo’jaligida band bo’lganlar ulushi mehnatga qobiliyatli aholining 5-7%dan ortmaydi. O’zbekistonda esa bu ko’rsatkich 40%dan ortiqdir.

Qishloq joylarida istiqomat qiluvchilar ulushi 60%ni tashkil etadi. Bu o’z navbatida qishloqdagi ortiqcha mahsulot resurslarini bo’shatish va boshqa tarmoqlarga jalb qilish, ulardan samarali foydalanishni qayta ko’rib chiqishi talab etadi.

O’zbekistonda agrar tarmoq hosildorligini oshirish imkoniyati nihoyatda katta. Bu jahonda keng qo’llanayotgan agrotexnik me’yorlarga, qoidalarga amal qilishni, dehqonchilik madaniyati va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishni oqilona tashkil etishni talab etadi, xolos.

Bu quyidagilardan iborat :

1.Tuproq hosildorligini oshirmasdan, yerga o’z vaqtida ishlov bermasdan turib yaxshi natijalarga erishib bo’lmaydi. Sug’orish tarmog’idan foydalanishi va uni boshqarish mexanizmini yo’lga qo’yish zarur.

2.Selleksiya ishlarini tashkil etishni yaxshilash, o’zoq yillar davomida ko’plab xo’jalik, tuman, viloyatlarda paxta, don va boshqa qishloq xo’jalik ekinlari ekishda hosildorligi past urug’ navlaridan foydalanishi natijasida paxta hosildorligi Respublikada 1997 yil bilan taqqoslaganda 30,7 sentnerdan 23,8 sentnerga tushib qolgan.

Hosildorlikning pasayishi kartoshkachilik va sabzovotchilikda ham mavjud.

3.Har bir ekin o’z tabiyatiga mos ravishda tegishli agrotexnologiyaga amal qilishni talab etadi.

Bu tuproqni vaqtida tayorlash, urug’ni muddatida ekish,erga mineral o’g’it solish va paxtachilikda defolyatsiyani vaqtida o’tkazishning ahamiyati katta. Eng muhimi hosilni nobud qilmasdan yig’ishtirib olish zarur bo’ladi.

4.Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va ximiyalash muammosidir. Qishloq xo’jaligini texnika bilan taminlashda ijobiy natijalarga erishilmoqda.

5.Dehqon mehnatini tashkil etishni takomillashtirish, rag’batlantirish omillarini kuchaytirish lozim. Keyingi yillarda past rentabelli va zarar ko’rayotgan qishloq xo’jalik korxonalari soni oshib bormoqda. Shu sababli Oliy Majlisining X sessiyada qishloq xo’jalik korxonalarni sannatsiya qilish haqidagi qonunining qabul qilinishi bu muomalarni hal qilishga qaratilgan.

Xo’jalik yuritishning bu tamoyillarini eng avallo mulkka munosabatni tubdan o’zgartirish lozimligini ko’rsatdi. Bu o’rinda yerga egalik masalasi eng muhim masala bo’lib qoladi. yerga egalik tushunchasining o’zi ancha keng bo’lib, u yerdan qanday maqsadda foydalanishga qarab o’zgartirib turadi.

Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishda foydalanilmaydigan yerlarini qurilishlari bilan sotish, yerlarni shaxsiy qurilish uchun kimoshdi savdosida sotish va boshqa ishlar keng amalga oshirilmoqda.

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni tashkil etish va ixtisoslashtirish eng muhim omillardan hisoblanadi. Hozirgi dehqonchilik asosan paxta va g’alla yetirishtirishga ixtisoslashtirilmoqda. Bu ish aksariyat sug’oriladigan yerlarda amalga oshiriladi. Bu jarayon xo’jaliklararo sug’orish tarmoqlari orqali suv bilan ta’minlaydi. Shu sababli bunday yerlar sotish va sotib olish ob’ekti bo’lishi mumkin emasligini tasdiqlaydi.

Umuman olganda O’zbekiston mustaqilligi sharoitida agrar sohadagi islohotlarning jadal rivojlantirilishi mamlakat iqtisodiy salohiyatining nechogolik taraqqiy etishiga bog’liq.



Bugungi kunda fermer xo’jaliklarini rivojlantnrnsh, qishloq infratuzilmasini shakllantirish, kichik va o’rta biznesni taraqqiy toptirish agrar siyosatning maqsad va vazifasidir.

FOYDALANILGAN ADABYOTLAR

  1. Karimov I.A. "O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li" T: "O’zbekiston" 1992 y.

  2. Karimov I.A. "Dehqonchilik taraqqiyoti – farovonlik manbai" T: "O’zbekiston", 1994 y.

  3. Karimov I A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Toshkent, “Sharq “ 1998.

  4. Karimov I.A."Iqtisodiy islohot: ma’suliyatli bosqich" T: "O’zbekiston", 1994.

  5. Karimov I.A. "Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida" T: "O’zbekiston", 1995.

  6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni «Respublikada dehon-fermer xo’jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash to’g’risida» 1992yil,7 yanvar

  7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni «Fermer xo’jaliklarini xususiylashtirish to’g’risida» 1004 yil, fevral.

  8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni «qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini davlat yo’li bilan qullab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida» 1996yil, 3 aprel.

  9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni «2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to’g’risida» 2003 yil, 27 oktyabr.

  10. O’zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida” qonuni. (06.06.1993y.)

  11. O’zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi to’g’risida”onuni (30.04.1998)

  12. O’zbekiston Respulikasining “Fermer xo’jaligi to’g’risida” onuni (30.04.1998)

  13. O’zbekiston Respublikasining “dehon xo’jaligi to’g’risida” onuni (30.04.1998)

  14. O’zbekiston Respublikasining “qishloq xo’jaligi kopperativi va shirkat xo’jaligi to’g’risida” qonuni (30.04.1998)

  15. Abdullayev YO. «Bozor iqtisodiyoti asoslari» 100 savolga 100 javob. T: «Mehnat» 1997 yil.

  16. «Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» T: «O’zbekiston», 1998

  17. Jo’rayev A. «qishloq xo’jaligidagi islohotlar»g’g’ “Muloqot” 2004 y, №2.

  18. Mustafoyev E. «Oq yo’l senga fermerlik» T: «O’qituvchi» 2001 yil.

  19. Tuxliyev N. O’zbekiston Respublikasi iktisodiyoti. Toshkent, "O’zbekiston milliy ensiklopediyasi", 1998.

  20. YOrmatov A. «Sug’oriladigan dehonchilik» T: «O’qituvchi» 1983yil.

  21. YOrmatov E. Usmonov M. «qishloq xo’jaligi aholisi turmush darajasining o’sishi» T: «Mehnat» 1989yil.

  22. «O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat» T: «Adolat» 1995yil.

  23. O’zbekiston fermer xo’jaliklari uyushmasi Navoiy viloyati vakilligi hisoboti.Navoiy-2006 yil.

  24. «qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturi» 2000-2002yy. T: «O’zbekiston» 2000 yil.

  25. «qishloqda ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish asoslari» T: «Ijod dunyosi» 2004 yil.

  26. «Jamiyat va boshqaruv»g’g’jurnali. 2003 y. № 1, 4 sonlari, 2005 № 3 soni.

  27. «Itisodiyot va ta’lim»g’g’jurnali. 2003 yil № 1, 2 sonlari.

  28. «Xo’jalik va huquq»g’g’ jurnali. 2004 yil № 10. oktyabr.

  29. «Muloqot» jurnali. 2004 yil, № 2 son.

  30. «O’zbekiston iqtisodiyoti»g’g’ jurnali. 2005 yil № 4soni, 2006yil №1, 2 sonlari.

  31. «O’zbekiston itisodiy axborotnomasi»g’g’ taxliliy jurnal.2005yil № 7-8son, 2006 yil № 1-2 sonlari.

  32. //«Xalq so’zi»g’ gazetasi. 2000-2006 yillar barcha sonlari.

  33. // «O’zbekiston ovozi» gazetasi. 2005 yil, 12 fevral soni, 2006 yil barcha sonlari.

  34. // “Qishloq hayoti” gazetasi barcha sonlari.

  35. www.Internet ma’lumotlari.

36. http://textbook.ru/catalogue/book/33320.html

37. http://www.tstu.ru/



38. “Fermer” ijtimoiy iqtisodiy jurnal. 1997 yil 4-son.

1 Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт проворд масадимиз. – Т:Ўзбекистон, 2000. – Б. 57.

1 Каримов И. А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. - Т:Ўзбекистон, 1994. – Б. 59-60.

11 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. - Т:O’zbekiston, 2000. - В. 57.

22 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. –Т: Ўзбекистон, 1995. – Б. 246.

11 Жўраев А. «Қишлоқ хўжалигидаги ислоҳотлар» // «Мулоқот» журнали 2004й. №2-сон .3-бет

11.Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсагасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. – Т: Ўзбекистон, 1997. – Б.78.

22 Каримов И.А. Ўзбекистон бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли. - Тошкент: Ўзбекистон, 1993.- Б. 31.

33 Каримов. И.А. Ўзбекистон итисодий ислоҳотларни чуурлаштириш йўлида. - Т:Ўзбекистон, 1994. – Б. 59-60.

11 Каримов И.А. Ўзбекистон итисодий ислоҳотларни чуурлаштириш йўлида . – Т:Ўзбекистон, 1995. – Б.13.

2-2 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI-асрга интилмоқда. - Тошкент:Ўзбекистон, 1999.- Б. 55.

11 Туркистон газетаси. 2008 йил 6-декабр

11 “Халқ сўзи” газетаси 22 октябрь 2008 йил

22 Каримов И.А.Ўзбекистон буюк келажвк сари. - Т: Ўзбекистон, 1999. - Б 98.

1 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг 16 йиллик мустақил тараққиёт йўли. - Т: Ўзбекистон, 2007. – Б 6.

1 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг 16 йиллик мустақил тараққиёт йўли. - Т: Ўзбекистон, 2007. – Б 16.

1 O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti. – T: O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 1998. - Б103.


1


1 1 «O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti». – Tошкен, “O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi”, 1998. – Б. 105.

22 «Иқтисодий ислоҳотлар» . – Тошкент:Ўзбекистон,1998. - Б.

11 Barnoyev O’. Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasi ishchi guruh rahbari. «Qishloqda ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish asoslari» Т. «Ijod dunyosi» 2004, 239-bet.

22 Barnoyev O’. “2004-2006 yillarda qishloq xo’jaligida zamonaviy ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini kompleks rivojlantirish dasturi va uni amalga oshirish chora-tadbirlari”. «Qishloqda ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish asoslari» Т. «Ijod dunyosi» 2004 yil. 241-bet


11 “Фермер” ижтимоий –иқтисодий журнал . 4-сон, 2007 йил август, 20 бет.

1 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. - Т: Ўзбекистон, 2010.

11 Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз - жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни медернизация ва ислоҳ этишдир. -Т: Ўзбекистон, 2005. – Б. 68-70.

2 Шу манба. 76 бет

33 Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз - жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни медернизация ва ислоҳ этишдир. -Т: Ўзбекистон, 2005. – Б. 82.

22 Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз - жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни медернизация ва ислоҳ этишдир. -Т: Ўзбекистон, 2005. – Б. 84.


11 Умирзоқов Ў., Тошбоев А. “Фермер хўжалиги иқтисодиёти” Т: Иқтисодиёт-Молия, 2007. –B.19.

11 Jo’rayev A. Qishloq xo’jaligidagi islohotlar // «Muloqot» jurnali 2004y №2-son.3-bet.

22 O’zbekiston iqtisodiyoti // jurnali № 4 – son. . 37-bet.


11 O’zbekiston Respublikasi iqtisodoyoti. – Тoshkent: « O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi», 1998 yil. – B.93.

11 Ushbu ma’lumotlar manbasi O’zbekiston Respublikasi davlat statiatika qo’mitasi.


1 Каримов И.А. 2006 йилда мамлакатни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2007 йилда иқтисодий ислоҳатларни чуқурлаштиришнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маъруза. “Халқ сўзи”. 2007 йил 13 февраль.

1 “Халқ сўзи” газетаси 22 октябрь 2008 йил

1 Ўзбекистон Республикаси давлат статистика қўмитаси маълумотлари

1 Ўзбекистон Республкаси давлат статистика қўмитаси маълумотлари


Download 136,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish