2 BOB O’ZBEKISTONDA XALQARO TERRORIZMGA QARSHI
KURASHNING G’OYAVIY MA’NAVIY ASOSLARI
2.1. O’zbekistonda xalqaro terrorizm qarshi kurashning ma’naviy marifiy
masalalari
Xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm nafaqat tashqi, balki ichki xafsizlikka
xam daxldor masaladir. Chunki diniy ekstremistik va xalqaro terrorchilik
tashkilotlari jangarilik usullari bilan hokimyat uchun kurashuvchi guruxlarni
shaklantirish, ularni xar tomonlama rag’batlantirish va ko’plab quvatlashga
intiladi.
24
Yurtimizda terrorizm va diniy ekstremizmni oldini olish uchun ko’plab
ma’naviy marifiy ishlar amalga oshirilmoqda.Bu yo’nalishda aloxida axamiyat
yoshlarga qaratilgan bo’lib ularni ongini xar tomonlama ximoya qilishga qaratilgan
xisoblanadi.
Mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasiga doimo aloxida e’tibor bilan qaralgan.
2008 yilning «Yoshlar yili» deb e’lon qilingani xam buning yana bir yorqin
xayotiy-amaliy ifodasi bo’ldi. Shu munosabat bilan qabul qilingan Davlat dasturi
doirasida yoshlarning manfaatlarini yanada to’liq ta’minlashga yo’naltirilgan,
ularning jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishini kafolatlashga xizmat qiladigan
xuquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, g’oyaviy-mafkuraviy tadbirlar tizimli tarzda
amalga oshirilayotganini aloxida takidlash zarur. Ayni paytda, Dastur doirasida
yosh avlodni xayotga qatiy e’tiqod va qarashlar ruxida, mentalitetimizga yot
bo’lgan zararli tasirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan milliy xamda
umuminsoniy qadriyatlarga xurmat ruxida tarbiyalash masalalari bilan bog’liq
kompleks chora-tadbirlar xam yuksak samara va sifat bilan ro’yobga
28 Qarang:Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy ma’rifiy asoslari,-Toshkent.:Toshkent
islom universiteti.2013.4-6 b.
25
chiqarilayotganini qayd etish lozim. Inson ongi va qalbi uchun kurash global
xarakter kasb etgan bir davrda bunday masalalarga etibor berilishi bejiz emas,
albatta. Yurtboshimiz takidlaganlaridek, «...muqaddas islom dinimizni pok saqlash,
uni turli xil g’arazli xuruj va xamlalardan, tuxmat va buxtonlardan ximoya qilish,
uning asl moxiyatini unib o’sib kelayotgan yosh avlodimizga to’g’ri tushuntirish,
islom madaniyatining ezgu g’oyalarini keng targ’ib etish vazifasi xamon dolzarb
bo’lib qolmoqda».
Shundan kelib chiqib, o’quv qo’llanmada mintaqamizda diniy ekstremizm va
terrorizmning namoyon bo’lishining o’ziga xos xususiyatlari, yoshlar va xotin-
kizlarning bunday kuchlarning asosiy nishoniga aylanishi sabablari taxlil qilingan
va «jaxolatga qarshi marifat» g’oyasining moxiyati ochib berilgan.
25
Diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashda
O’zbekistonning o’ziga xos o’rnini xalqaro siyosatchilar va nufuzli mutaxassislar
xam ochiq etirof etishmoqda. Qo’llanmada O’zbekistonning bu boradagi qatiy
siyosati, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdagi o’rni haqida
xam atroflicha muloxaza yuritilgan. Shu bilan birga, ijtimoiy barqarorlik va
taraqqiyotni taminlashda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli
isloxotlar, din soxasidagi ilmiy asoslangan siyosatning axamiyati, fuqarolarda
mutaassib g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishning dolzarb
vazifalari yoritib berilgan.
Muxokama qilingan masalalar shubxasiz murakkab va serqirra mazmunga
ega. Bir o’quv qo’lanmasi doirasida ularning barcha jixatlarini qamrab olish, to’liq
yoritib berish nixoyatda qiyin,to’g’rirog’i mumkun emas.Shunday bo’lsada, bayon
etilgan fikrlar yoshlarimiz tomonidan ularning moxiyatini tushunib olishga
yordam beradi, deb o’ylaymiz.
Bilamizki terrorizm diniy ekstremizmni qurol kuchi bilan to’xtatib qolishni
imkoni bo’lmayapti. Endi ular boshqa yo’lni tanlab olib odamlarning ongini
o’zgartirishga xarakat qilmoqdalar. Muxtaram Prezdentimiz buni yaxshi anglagan
29 Xasanov A. Munavvarov Z.‖ Diniy ekstremizm va terrorizm‖ ,-Toshkent.: Toshkent islom universiteti.2013.22-
b.
26
xolda jaxolatga qarshi jaxolat bilan emas balki marifat ma’naviyat yo’li bilan
qarshi chiqishga undamoqdalar.
Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash jaxon
xamjamiyati uchun eng dolzarb masalaga aylandi. Shu jumladan, bizning
yurtimizda xam begunox kishilarning qoni to’kilishi, obod joylar vayron bo’lishi,
axoli o’rtasida vaxima, parokandalik kelib chiqishining oldini olish maqsadida bu
kabi ishlarni amalga oshirmoqchi bo’lganlarga qarshi qat’iy kurash olib
borilmoqda. Bu kurashning moxiyati, jumladan, Prezidentimizning: «Xozirgi
vaqtda kuz o’ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-
kommunikatsiya manzarasida chuqur o’zgarishlar ruy berayotgan, turli mafkuralar
tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi
fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaxolatga qarshi ma’rifat bilan kurashish xar
qachongidan ko’ra muxim axamiyat kasb etmoqda», - degan fikrlarida o’zining
yorqin ifodasini topgan.
26
Xush, jaxolatning o’zi nima? U qanday ko’rinishlarda namoyon bo’lmoqda?
Jaxolat arabcha «jaxila» fe’lining o’zagi bo’lib, bilmaslik ma’nosini anglatadi.
Islom dinidan oldingi davrni «joxiliyat davri» deb atalishining sababi xam shunda.
Kishilar bilimsizligi, joxilligi tufayli qiz bolalarni tiriklay ko’mganlar, ayollarni
odam o’rnida ko’rmaganlar, ularning xech qanday xaq-xuquqlari bo’lmagan,
jamiyat jinoyat botqog’iga botgan zamon bo’lgan. Islom dini kelgach, jaxolat
o’rnini marifat egalladi. U ayol-qizlar shanini ko’klarga ko’tardi uch qiz
tarbiyalab, ularni turmushga bergan ona jannattiy bulishi, jannat onalar oyog’i
ostida ekanini baralla aytdi. Kishilar ma’rifatli bo’la boshladilar.
Afsuski, bugungi kunda xam jaxolat turli ko’rinishlarda o’zligini namoyon
qilmoqda. Shulardan biri, diniy bilimsizlikdir. Diniy savodi past bo’lgan kishilar
o’zlarini islom dinining jonkuyarlari qilib ko’rsatuvchi, aslida esa xokimyatni
egallashni maqsad qilib qo’ygan turli oqim vakillarining quruq vadalariga aldanib
qolmoqdalar, xatto o’zlarini qurbon qilishgacha yetib bormoqdalar. Bunday
30 Karimov I.A. ―Dunyoviy daxriylik emas yoxud ―Xizbut-taxrir‖ning davolari xususida muloxazalar‖.-
Toshkent.:Toshkent islom universiteti.2005.166-b.
27
mudxish oqibatlarni keltirib chiqaruvchi bilimsizlikning oldini olishga davlatimiz
katta etibor qaratayotganini takidlash zarur. Xaqiqiy diniy bilim olaman
deganlarga keng imkoniyatlar yaratilgani - o’rta maxsus islom bilim yurtlari,
Toshkent Islom istituti va Toshkent Islom universiteti kabi o’quv yurtlari faoliyat
ko’rsatayotgani xam jaxolatga qarshi ma’rifat bilan kurashish borasida aniq amaliy
ishlar qilinganining yorqin ifodasidir.
27
Joxillik xam mutaassib oqimlarning g’arazli niyatlarini amalga oshirishiga
zamin yaratadigan omillardandir. Respublikamiz xududiga yashirin tarzda olib
kirilayotgan ekstremistik ruxdagi adabiyotlar, tarqatilayotgan varaqalardan
tasirlanayotgan va to’g’ri yo’ldan adashayotganlarning borligi xam buni
tasdiqlaydi.
Buning oldini olishda, Prezidentamiz qayd qilganlaridek, «...bugungi
murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jixatdan atroflicha taxlil qilish va
baxolash, ularning ustuvor yo’nalishlarini kimga va nimaga qarshi qaratilganini
aniqlash axoli turli qatlamlariga tasirini o’rganish, milliy manfaatlarimizga, xayot
tarzimizga zid bo’lgan zararli g’oyalar va mafkuraviy xurujlarning moxiyatini
ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog’lom dunyoqarash
asoslarini mustaxkamlash aloxida axamiyat kasb etadi». Shu bilan birga davr
fuqarolarimizning ekstremistik oqimlar tasiriga tushib qolishining oldini olish
uchun qilayotgan ishlarimizni muntazam asosda takomillashtirishib borishni talab
etayotganini xam aloxida qayd etish lozim.
O’zini portlatish orqali begunok kishilarning xalok bo’lishiga, qanchadan-
qancha bolalarning yetimga aylanishiga sabab bo’ladigan jafokorlik xam
jaxolatning o’ziga xos ko’rinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |