76
inqilobi"nomi bilan kirdi.Germaniya davlatlarida xalqning norozilik harakatlari
burjuaziya orasidatezroq umumgerman Ta'sis majlisini chaqirish fikrini tug'dirdi.
31-martdan 3-aprelgacha bo'lgan muddatda Frankfurt Maynida german
davlallari vakillarining parlament oldi majlisi (Syezdi) chaqirildi.Syezd majlis
uchun saylovlar o'tkazishga qaror qildi.1848-yil parlamentga saylovlar bo'lib
o'tdi.1848-yil 18-may kuni Frankfurlda parlament Markaziy Germaniya
hukumatini tuzdi. Germaniya imperiyasining
muvaffaqnoyibi lavozimiga
Avstriya etsgersogi logann saylandi, liberal ministrlardan iborat hukumat tuzildi,
Markaziy hukumat Germaniyada real hokimiyatga ega bo'lmasdan, hokimiyat
amalda alohida german davlatlarining monarxlari qo'lida qolaverdi.Parlament
tuzgan maxsus komissiyaning feodal soliq va majburiyatlarini bekor qilish,
savdodagi
soliq turlarini tugatish, mehnat qilish huquqini joriy qilish haqida
olib borgan uzoq muzokaralari mustamlakachilikni qo'llab-quvvatlab, Poznanni
bo'lg’usi Germaniya imperiyasining ajralmas tarkibiy qismi deb hisobladi.1848-
1849 - yillarda Germaniya davlatlarida bo'lib o'tgan inqilobning bosh masalasi
Germaniyani birlashlirish edi.Germaniyani birlashtirishnig 2 ta yo'l mavjud
bo'lib,ulardan biri - xalq ommasining inqilobiy harakatlari bilan "quyidan"
birlashtirish yoki Germaniya davlatlari orasidagi yirik davlatlar (Avstriya,Prussiya)
ning
biri
boshchiligida
birlashtirish
edi.Shimoliy
german
davlatlari
burjuaziyasining aksariyati Prussiya boshchiligida Avstriyasiz “Kichik
Germaniya"imperiyasini
tuzishgajanubi-g'arbiy
german
davlatlarining
burjuaziyasi esa iqtisodiy jihatdan qudratli bo'lgan prussiya burjuaziyasining
raqobatidan cho'chib,
Avstriya ham
qo'shilgan "Buyuk
Germaniya"
imperiyasini tuzishga harakat qildilar. Keyingisiga
Avstriya imperiyasining
burjuaziyasi ham intilmoqda edi.Frankfurt parlamentining demokratik so'l oqimi
Germaniya federativ respublikasini tuzishga harakat qildilar.Daniya bilan shaxsiy
uniya asosida birlashgan Shlezvig va Golshteyn gersogliklarida mart oyida
qo'zg'olon boshlanib,mazkur gersogliklarda muvaqqat hukumat tuzildi.Bu
gersogliklar aholisi asosan nemislardan iborat bo'lib,muvaqqat hukumat Daniyadan
ajralib chiqish uchun german davlatlaridan yordam so'radi. Xalqni inqilobiy
harakatlardan chalg'itish maqsadida Prussuya Daniyaga harbiy qo'shin kiritdi.
Tezda bu 2 gersoglik Daniyadan ajratildi, biroq Rossiya, Angliya va Fransiyaning
aralashuvi bilan Shvetsiyaning Malmyo shahrida kelishuv bitimi imzolandi. Bu
bitimga ko'ra mazkur xalqaro nizo echilmaguncha Prussiya qo'shinlari Daniyadan
chiqib ketishi lozim edi.Germaniyani birlashtirishning maqsad va vazifalari mazkur
kelishuv bitimini
tuzishni taqozo etar edi, aks holda u german davlatlarining
Rossiya, Angliya va Fransiya bilan to'qnashuvini keltirib chiqarar edi. Shuning
uchun 16-sentyabr kuni Frankfurt parlamenti Malmyo kelishuv bitimini
ma'qulladi. Bunga qarshi xalq ommasining FrankfurtMaynda yangidan norozilik
chiqishlari boshlandi, lekin, u Prussiya va Avstriya qo'shinlari
tomonidan tezda
bostirildi.1848 yilning kuz fasliga kelib, Germaniya davlatlarida hukumatlarning
inqilobga qarshi kuchlari ustunlikni qo'lga kirita boshladilar. Vena qo'zg'oloni
bostirilgandan so'ng, Prussuya qiroli Fridrix Vilgelm IV inqilobning eng ashaddiy
dushmanlarini ministrlik lavozimlariga tayinlay boshladi. Ichki ishlar ministri
qilib O.Manteyfel tayinlandi. 1848 yil 9 noyabrda qirol Ta'sis majlisi yig'ilishini
Berlindan aholisining soni kamroq bo'lgan provinsiya shahar Brandenburgga
ko'chirish haqida farmoyish chiqardi. Bu voqelik 9 noyabr davlat to'ntaruvi nomi
bilan ataldi. 5-dekabrda Millat majlisini bekor qilinganligi haqida farmoyish
77
chiqdi. Bu konstilutsiya keyinchalik Manteyfel konstitutsiyasi deb ataldi.
Konstitutsiya mart inqilobi qo'lga kiritgan yutuqlarmng ko'pchiligini saqlab qoldi.
Biroq, u qirolga qonun chiqaruvchi palatalarning bar qanday qarorini bekor
qilish huquqini berdi.1849 yil 30 maydagi
saylov haqidagi yangi qonun
Prussuyada yana senzti saylovni joriy qildi. 1850 yil 2 martida dehqonlarning
mayda feodal soliq va majburiyatlari bekor qilindi.1849 yil 28 martda Frankfurt
parlamenti imperiya konstitusiyasini qabul qildi. Unga ko'ra, Germaniyada meros
o'tuvchi imperator hokimiyati va ikki palatadan iborat reyxstag joriy qilindi.
Konstitusiya xalqqa qonun oldida barchaning tengligi,
shaxs va xususiy
mulkning daxlsizligi va boshqa burjua erkinliklarini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: