TARIX(MAMLAKATLAR AV YO’NALISHLAR BO’YICHA) TA’LIM YO’NALISHI
204-GURUH TALABASI
ABDUMALIKOV JAHONGIRNING
“O’ZBEKISTON TARIXI”
FANIDAN TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
Buxoro Amirlikdagi eng katta saroy mansablari va unvonlari
Buxoro Amirlikdagi eng katta saroy mansablari va unvonlari
Qushbegi, dargoh vaziri, ya’ni bosh vazir lavozimi edi. Davlatning barcha boshqaruv idoralari unga itoat etar edi. Bir so’z bilan aytganda, barcha ijroiya hokimiyat qushbegining qo’lida edi. Viloyat va tuman hokimlari ham qushbegi tavsiyasiga binoan tayinlanar edi. Qushbegi xon istiqomat qilib turgan arki oliyda turar edi.
Devonbegi - xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan. Soliq va jarimalarning undirilishi ustidan nazoratni ham devonbegi amalga oshirgan. Devonbegi arki oliyning bir chetida yashagan.
Ko’kaldosh -(xon bilan bir onadan sut emgan kishi) butun amirlik hududida amirga va amirlikka nisbatan do’stona yoki dushmanlik munosabatida bo’luvchilar haqidagi ma’lumotlarni to’plab hukmdorga etkazib turgan.
Mushrif - lavozimida ishlagan amaldorlar xonga in’om etilgan buyumlarni hamda harbiy anjomlarni ro’yxatga olish bilan mashg’ul bo’lgan. Soliq tushumlarini ham maxsus daftarga yozib borgan.
Mirshab - tungi qorovullar boshlig’i vazifasini bajargan.
Mirshab - tungi qorovullar boshlig’i vazifasini bajargan.
Dodxoh - fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi, hal etuvchi mansabdor bo’lgan, bularni kerak bo’lsa xon yoki qushbegiga etkazib turgan.
Inoq - bu lavozimda ishlagan amaldorlarning vazifasi amir farmoyishlarini bek va boshqa tabaqadagi mahalliy mansabdorlarga etkazishdan iborat bo’lgan.
Miroxo’r - amirning ovchi qushlarini tasarruf qiluvchilar ustida turgan, xon ovlarini uyushtirish ishiga mutasaddi bo’lgan.
Dasturxonchi - amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul amaldor.
To’qsobo - amir tug’i sohibi bo’lgan harbiy mansabdor.
Parvonachi - biror shaxsning biror lavozimga tayinlanganligi haqidagi yorliqni o’sha shaxsga etkazuvchi amaldor.
Sadrlar - vaqf mulklarini boshqaruvchi mansabdorlar. Vaqf muassasasining boshliqlari bo’lgan mutavallilar sadrlarga bo’ysunganlar. Sadrlarning vazifa va huquqlari vaqf yorlig’i shartlarida qayd etib qo’yilgan. Sadrlar vaqf xo’jaligi daromadining ma’lum qismini olardilar.