Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

XX asr boshlarida Fransiya 
90-yillarning o’rtalaridan boshlab Fransiya sanoatida yuksalishi boshlanib, 
u Birinchi jahon urushigacha davom etdi. Temir ruda qazib chiqarish 1900-yildagi 
5,4 mln tonna 1913-yilda 22 mln tonnaga yetdi. Bu sohada Fransiya, Germaniya, 
AQSH va Belgiyadan o’zib ketdi. Sanoatning yangi tarmoqlari-elektro texnika, 
avtomobil, kimyo ancha rivojlandi. 1912 yidda aholining 40% qishloq xo’jaligida, 
36% sanoatida band edi. Fransiyaning 1909 yildagi eksportda tovarning qimmatligi 
jihatidan jun birinchi uringa chiqib oldi. Ip-gazlama ikkinchi o’ringa, shoyi 
gazlama uchinchi o’ringa, fransuz vinolari to’rtinchi o’rinda turardi. Kimyo 
sanoatining mahsulotlari sakkizinchi va avtomobillar sotish to’qqizinchi o’rinda 
edi. Ammo ishlab chiqarish konsentrasiyalashishi darajasi jihatdan Fransiya, 
AQSH va Germaniyadan orqada qolayotgan edi. Fransiyada kredit-pul kapitali tez 
o’sib katta qudratga ega bo’ldi. XX asr boshlarda u bir necha bank-moliya tizimi 
ustidan hukmron bo’lib qoldi. 1914 yilda banklarga qo’yilgan 11 mlrd. frank 
pulning 8 mlrd.di 5 ta bankda to’plangan edi. Qog’oz pullar chiqarishni esa 4 ta
bank-Lion kredit, Milliy hisoblash idorasi, Bosh jamiyat, Parij Niderlandiya banki 
egallagan edi. Chetga kapital chiqarish bo’yicha Fransiya jahonda Angliyadan 
keyin ikkinchi o’ringa chiqib oldi. Agar 1900 yilda chetga 487 mln. frank kapital 
chiqarilgan bo’lsa, 1914 yilga kelib bu raqam 1 mlrd. 329 mln. frankka 
yetdi.Moliya kapitali Fransiya iqtisodiyotida asosiy o’rinni egallab, mamlakatning 


70 
siyosiy hayotida katta ta‘sir o’tkazdi. Moliya oligarxiyasining yuqori tabaqasi – de
Vandeli, Shneyder, Lende, Malle, Vogyue, Roshild va boshqalar birjani 
mustamlakalar bilan bo’ladigan aloqani, transportni, matbuotni o’z qo’llarida tutib 
turdilar.Hukumatning ichki siyosati. Fransiyada ijtimoiy harakat. Radikallarning 
eski siyosiy guruhlari 1901 yilda birlashib, respublikachi radikallar va radikal - 
sotsialistlar partiyasini tuzdilar.1902 yildagi saylovda radikallar Deputatlar 
palatasida birinchi marta ko’p o’rin oldilar. Radikallar sotsialistlarning bir qismi 
bilan birgalikda «So’l blok» deb atalgan ittifoq, keyinchalik shu blokka tayanib, 
Emil Komb (1902-1905) boshchiligila hukumat ham tuzdilar. Komb hukumati 
«Dreyfus ishi» dan saboq olib armiyaning eng reaksion monarxiyachi zobitlardan 
tozalash tayyorgarligini ko’rdi. Shu maqsadda zobitlar to’g’risida ma‘lumotlar 
yig’ilib, mahfiy «ishlar» ochildi. «O’ng» partiyalar bundan norozi bo’lib shovqin-
suron ko’tardilar. Komb hukumati 1905-yil yanvarda iste‘foga chiqishga majbur 
bo’ldi. «O’ng» radikal Ruve cherkovni davlatdan ajratish to’g’risida Komb 
tayyorlagan qonun loyihasini to’xtatib qololmadi. Bu loyihasi 1905-yil iyunda har 
ikkala partiyada qabul qilindi va kuchga kirdi. Shu yilgi ikki yillik harbiy xizmat 
to’g’risidagi qonun ham qabul qilindi. 1905 yil martida Ruve hukumatni radikal 
Sarrenga topshirdi. Sarren hukumat tarkibiga ko’zga ko’ringan «taraqqiyotchilar» 
Puankare va Barte a‘zo bo’lib kirgan edi. Hukumat tarkibida birinchi marta Jorj 
Klemanso Ichki ishlar vaziri etib tayinlandi. 1906 yilgi saylovlarda radikallardan 
parlamentga 250 ga yaqin deputatsaylandi. Ushbu saylovlar mamlakatdagi ijtimoiy 
kayfiyat «So’lga burilganini» ko’rsatdi. Vazirlar kengashining yangi raisi, 
radikallar partiyasining boshlig’i Jorj Klemanso o’z hukumatining oldinigi hamma 
hukumatlardan farqi borligini uqtirishga harakat qildi. «Dreyfus ishi»da nom 
chiqargan general Pikar harbiy vazirlikka rahbar bo’ldi. Dreyfus va Pikar bundan 
oldinroq, 1906 yilda batamom «oqlangan» edilar.1907 yilda ijtimoiy harakat 
keskinlashdi. Parijda mart oyida elektr sanoati ishchilari ish tashladilar. Hukumat 
ularga qarshi qo’shin yubordi. Iyun oyida hukumat poyafzal sanoati ishchilarining 
chiqishlari kuch bilan bostirildi. Yozda janubiy hududlardagi vino tayyorlovchi 
dehqonlar orasida harakat boshlandi. Tokzorlarga kasal tegib, uzum hosili nobud 
bo’lganligi dehqonlarga katta zarar yetkazdi. Natijada mamlakatda soxta, arzon 
vino ko’payishi ularni xonavayron qildi. Uzumchi dehqonlar ahvolini yaxshilashga 
hukumatning aralashuvini talab qildilar. G’alayonlar bo’layotgan tumanlarga 
qo’shinlar yuborildi.Mahalliy aholidan iborat 17-polk dehqonlar tomoniga o’tdi. 
Hukumat katta qurolli qo’shin yuborib, bu polklarni qurolsizlantirdi. Harakatni 
bostirdi. 1908 yil iyulida Klemanso hukumati iste‘fo berdi. Mamlakat tepasida 
«mustaqil sotsialist» A.Brian (1909-1911) hukumati keldi. 1911 yili radikallaridan 
Monis va Kayo tuzgan qisqa muddatli hukumat hokimiyat tepasiga chiqib olib, 
«O’ng» siyosat o’tkazdi. Monis hukumati Umummehnat konfederasiyasi 
tayinlagan 1-may namoyishini taqiqladi. Shampandagi vinochi dehqonlar harakati 
ham zo’rlik bilan bostirildi.Puankarening ichki va tashqi siyosati. Xalqaro ahvol 
tobora keskinlashdi. Bir-biriga qarshi turgan qudratli davlatlar urushga faol 
tayyorlandilar. 1910 yilda Brian rahbarligida harbiy-dengiz floti qurishning katta 
dasturi qabul qilingandi. Yirik burjuaziyaning «Qattiqqo’l hokimiyat» tuzishga 
intilish yanada kuchaydi. 1912 yil yanvarda Kayo hukumati «quladi». Raymon 


71 
Puankare hokimiyatni qo’lga oldi. 1913 yil yanvarda Prezident saylovlari bo’ldi. 
Prezident qilib Puankare saylandi.1913 yil dekabrda radikal-sotsialistlar
Bartunini «O’ng» hukumatini ag’dardilar va Dumerg boshchiligida hukumat 
tuzdilar. 1914 yilgi saylovdan oldin Moliya vaziri Kayoga qarshi kurash 
boshladilar va Kayo iste‘fo berishga majbur bo’ldi. 1914 yil mayida o’tkazilgan 
saylovlarda «So’l partiyalar ko’p ovoz oldi.Sotsialistlar partiyasining rahbari Jan 
Jores urush xavfidan xalqni ogoh etdi. Biroq, Fransiya dunyoga qayta bo’lib olish 
uchun boshlangan urush girdobiga tortilgan edi. J. Jores urushga qarshi nutqlari 
uchun 1914 yil 31 iyulda yovuzlarcha o’ldirildi. 
Mustamlakalari:1893 yil-Sahroi Kabirdagi Xartumni bosib oldi va Laos ustidan 
protektorat o’rnatdi.1897 yil-Xitoyning Guanchjoun viloyatini,1899 yil-Shimoliy 
Afrika va Sudan,1912 yil-Marokash ustidan protektorat o’rnatildi,1914 yilda bu 
mamlakatlarda 100000 fransuz bor edi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish