Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


partizanlar urushi boshlanib ketdi. Monro doktrinasiga ishora qiiib, AQShning



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


partizanlar urushi boshlanib ketdi. Monro doktrinasiga ishora qiiib, AQShning 
tashqi ishlar vaziri Syuard Napoleon III dan harbiy harakatlarni to'xtatishni talab 
qildi. AQShda fuqarolar urushi nihoyasiga yetgach, 1866 yilda Amerika hukumati 
Fransiyaga ultimatum qo'yib, Napoleon III ni Meksikadagi fransuz harbiy 
ekspeditsion korpusini chaqirib olishga majbur qildi. 
Ikkinchi imperiya davrida ijtimoiy-siyosiy harakatlar va imperiyaning 
inqirozi
Imperiya o'rnatilgandan so'ng ishchi tashkilotlar ta'qib ostiga olindi. Liondagi 
ishchi ittifoqlari tugatildi, ishchi kooporativlari va "Ishchilarni birlashtirish 
jamiyatlari", Parijdagi "Xo'jalik jamiyati" o'zlarining inventarlarini sotishga va 
faoliyatini to'xtatishga majbur bo'ldilar. Davlat to'ntaruvigacha Fransiyada mavjud 
bo'Igan 290 ta ishlab chiqarish kooperativlaridan bor yo'g'i 15 tasi saqlanib 
qoldi.Ishchilarning iqtisodiy ahvoli niyoyatda yomonlashdi. Ayrirn ishchilardan ish 
haqi ko'tarilishiga qaramasdan eng zarur oziq-ovqat maysulotlarining narxi 45% , 
kvartira haqi 70% ko'tarilganligi sababli ahvol tangligicha qolaverdi. Aksariyat 
korxonalarda ish kuni 12 soatdan ziyod bo'Iib, bolalar va ayollarni ekspluatatsiya 


63 
qilish kuchaydi.Shu bilan birga Napoleon III "Ishchi tashkilotlarini" tinchlantirishga 
harakat qildi. Bunday jamiyatlar politsiyaning ko'rigidan o'tgan bo'Iib imperator 
ularning raislarini tayinlashi lozim edi. Bunday jamiyatlar bepul bino, mebel, 
davlatdan moliyaviy yordam olish kabi imtiyozlar bilan ta'minlangan edi. '"Politsiya 
sotsializmi" deb atalgan bunday jamiyatlarni qurishga urinish muvaffaqiyatsiz 
bo'ldi, ishchilarning norozilik chiqishlari davom etdi. 50-yillarda ishchilarning 
imperiyaga qarshi norozilik harakatlari ish tashlashlar bilan, siyosiy chiqishlari esa, 
suiqasd va terroristik ko'rinishlar bilan bordi.1855 yil Anjer yaqinida 600 ta 
qurollangan ishchilar shaharni egallash uchun qo'zg'aldilar. Ammo ular hukumat 
qo'shini tomonidan tor-mor etildi. Bu qo'zg'olonchilar "Marianna" jamiyatiga 
mansub bo'Iib, ular respublika tarafdorlari edilar (Marianna-fransuz respublikasini 
aks ettiruvchi ayolning nomi edi).Respublikachi maxfiy jamiyatlar va to'garaklar 
qatorida 50- yillarda Fransiyada sotsialistik tashkilotlar ham mavjud edi. Masalan, 
Anzen shahridagi shaxtyorlarning maxfiy tashkiloti 1856 yil may oyida tashkil 
qilinib, u o'zining bosh maqsadi sifatida demokratik respublika o'rnatishga harakat 
qildi.1859 yildan so'ng Fransiyada yakobinchilardan iborat bo'Igan harakat 
qaytadan jonlandi. Bu yakobinchilar 1792 yildagi kabi konvent chaqirib, imperiyani 
ag'darilishini va xususiy mulkni daxlsiz, deb e'lon qilinishini talab qilayotgah edilar. 
Yakobinchilar asosan mayda burjuaziya va ziyolilardan iborat edi. Ayrim sotsialistik 
elementlar ulardan ajralib chiqib, blankichilarga qo'shildi. Blankichilar partiyasi 
1859 yilgi avfdan so'ng Blankining Fransiyaga qaytishi bilan tashkil topdi. Uning 
yadrosini inqilobiy ziyolilar, o'quvchi va talaba yoshlar, qisman ishchilar 
tashkil etdi. Bu jamiyat o'z oldiga bir hovuch ziyolilarning fitnalar uyushtirishi 
bilan hokirniyatni qo'lga kiritish va o'zining diktaturasini o'rnatishni maqsad qilib 
qo'ygan edi.60-yillarning boshida mamlakatda bo'lgan ish tashlashlar natijasida 
XVIII asr fransuz burjua inqilobi davrida chiqarilgan Le-Shapele qonuni 1864 yilda 
bekor qilindi. Bu qonun ishchi ittifoqlarining faoliyatini ta'qiqlar edi. Qonunning 
bekor qilinishi ishchilar harakatining jonlanishiga sabab bo'ldi.60-yillaming 
oxirlaridan boshlab, ikkinchi imperiyaning davlat binosiga darz keta boshladi. 
Napoleon III ning reaksion ichki va doimiy bosqinchilik urushlarini olib borish 
siyosati xalq ommasining katta noroziligiga sabab bo'ldi.Fransuz burjuaziyasi 
imperatorning muvaffaqiyatsiz tashqi siyosatidan katta moliyaviy zarar 
ko'rayotgan edi. Fransiyaga qo'shni hududda zaif, tarqoq german davlatlari o'rnida 
Prussiya boshchiligida Fransiyaga xavfli raqib Shimoliy Germaniya ittifoqi tashkil 
topdi. Italiyaning birlashishi ham Yevropadagi kuchlar nisbatini Fransiya 
zarariga o'zgartirib yubordi. Fransuz jamiyati yuqori doiralarning noroziligiga 
papaga yordam sifatida Rimga fransuz qo'shinlarining jo'natilishi ham sabab bo'ldi. 
1867 yil 3 noyabrda fransuz qo'shinlari papani yollanma qo'shini bilan 
ittifoqchilikda Menlane yaqinida garibaldichilarni tor-mor etdi, Rim papa 
hokimiyati ostida qolaverdi. Italyan xalqining milliy birlashish uchun kurashiga 
Fransiyaning aralashuvi fransuz xalqi demokratik qatlamlarining g'azabini 
uyg'otdi.Juda ko'p mablag' sarflangan mustamlakachilik ekspeditsiyalari, imperator 
saroyini ta'minlash uchun ham ko'p mablag' sarflanishi, ma'muriyatning xoinligi, 
nafaqat keng xalq ommasida, balki imperator bilan hamkorlikda bo'lgan savdo-
sanoat burjuaziyasida ham norozilik tug'dirdi. Ayniqsa, 1867 yilda juda ko'p 
qurbonlar talab qilgan Meksika harbiy ekspeditsiyasining muvaffaqiyatsizlik bilan 
tugashi bu noroziliklarni nihoyatda kuchaytirdi.60- yiliarning oxirlaridan Fransiyada 
ish tashlashlar yanada xafli tus oldi. Agar 50-yillarda ish tashlashlarasosan iqtisodiy 


64 
ahamiyat kasb etgan bo'lsa, 60-yillardan boshlab u siyosiy chiqish tusini ola 
boshladi.Mamlakatda o'sib borayotgan inqiroz Napoleon III ni bir qancha yon 
berishlarga majbur qildi (Senzuraning yumshatilishi, Quyi palataga qonun 
chiqaruvchilik tashabbusini berilishi va boshqalar shular jumlasidandir). Ammo 
bunday mayda yon berishlar ommaning noroziligini barlaraf etmadi. 1867-yilda 
Prussiyaning Avstriyaga qarshi urushining muvaffaqiyatli tugashi va Shimoliy 
Germaniya ittifoqining tashkil topishi, Meksika yurishining barbod bo'lishi, 
imperiya inqirozini kuchaytirdi. Fransiyaning 1870 yil Germaniyaga qarshi 
urushidagi maglubiyati imperiya inqirozining eng yuqori nuqtasi bo'ldi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish