33
ham katta ustunlikka ega edi.Quldorlar asosan o'zlarining vaqtinchalik harbiy
ustunliklariga va Angliya, Fransiya va Ispaniya tomonidan yordam berilishiga
ishonmoqda edilar. Chunki, AQShning nisbatan zaifroq bo'lgan ikkita davlatga
ajralib ketishidan Garbiy Yevropa davlatlari manfaatdor bo'lib, Janubiy G'arbiy
Yevropaning to'qimachilik sanoatiga paxta va boshqa agrar xom-ashyo yetkazib
beruvchi hudud edi. Shuningdek, Angliya, Fransiya va Ispaniya hukumatlari AQSh
quldorlarining isyonidan mustamlakalar bosib
olish maqsadida Amerika
davlatlarining ichki ishlariga aralashishda ham foydalanmoqchi bo'ldilar. Bulardan
tashqari ko'pchilik quldorlar Shimol sanoatining paxta xom-ashyosiga bo'lgan
ehtiyoji katta, shuning uchun ular urushni tezroq tugatishga majbur bo'ladi, deb
o'yladilar.1861 yil yozida janubliklar 120 ming kishilik qo'shin tashkil qildi. Bir
zarb bilan Shimol qo'shinini tor-mor etib, Vashingtonni egallash bilan urushni
tugatmoqchi bo'lgan quldorlar, 1861 yil 2 iyulda Vashington yaqinidagi 30
ming kishilik qo'shini bilan Manossas nomli shahar yaqinida Shimolning 35
ming kishilik qo'shinini maglubiyatga uchratdi. Biroq, janub qo'shini sonining
cheklanganligi Vashingtonga hujumni davom ettirishga yo'l qo'ymadi. Har
ikkala tomonning tez g'alaba qozonish haqidagi rejalari amalga oshmadi, urush
cho'zilib ketdi.Shimol hukumati 500 ming kishilik qo'shin tuzish uchun yangidan
safarbarlik e'lon qildi. Qo'shin tarkibi janubliklarga xayrixoh bo'lgan zobitlar
(ofitserlar)dan tozalandi. 1861 yilning oxirlarida Shimol qo'shinining soni 660
ming kishidan oshib ketdi, ammo, bu qo'shinning harbiy
tayyorgarlik darajasi
past va intizomi juda yomon bo'lib, bu qo'shinning bosh qo'mondoni qilib
layoqatsiz general Mak-Klellan tayinlangan edi. U harbiy qo'mondondan ko'ra
xalq ommasining norozilik harakatini ko'tarilib ketishidan ko'proq tashvishga
tushayotgan yirik kapitalist sifatida ma'lum edi. Mak-Klellanning harbiy
harakatlari o'zining konservativligi, qat'iyatsizligi va sustligi bilan ajralib
turardi. Janubliklar ro'paradan hujum qilish taktikasidan foydalanayotgan bir
vaqtda, Mak-Klellan bunga javoban "bo'g'ib qo'yish rejasi"
deb atalgan
konfederasiya hududiga hamma tomondan hujum qilib, uni qurshovga olish
haqidagi puch rejasini qarshi qo'ydi. U Richmond yonida Shimol armiyasini
sharmandali halokatiga sabab bo'lgan. Richmondda maglubiyatga uchragan Mak-
Klellan qo'mondonlikdan tushirildi. Shimol burjuaziyasi urushda tez g'alaba
qilishga shoshilmadi, balki, aksincha, urush davomida davlatning harbiy
buyurtmalaridan ko'proq foydalanish payida bo'ldi.
Urushning birinchi bosqichi
1861-1862 yillarni o'z ichiga oldi. Urushning birinchi bosqichida Janubning kuchi
biroz ustun keldi.Yirik burjuaziyaning ta'siri ostida Linkoln hukumati G'arbdagi
yerlarni egallash va qulchilikni bekor qilish haqidagi masalalarni demokratik
tarzda hal qilishga jur'at eta olmasdan kelmoqda edi. Chunki bunga Janub
quldorlari bilan uzviy aloqada bo'lgan Shimolning moliyachi-bankirlari va
savdogarlari qarshilik ko'rsatib, bu chora tadbirlar quldorlarni xonavayron qiladi
va keyin ular olgan qarzlarni to'lay olmaydilar, deb tashvishlanmoqda edi.Xalq
ommasining talabi ostida va harbiy zaruriyat tufayli Linkoln hukumati 1861
yilda mulkdorlarga yangi soliq joriy qildi. Bu qonunga muvofiq isyonchi
quldorlarning muiklari konfiskatsiya qilindi. Gomstedlar haqidagi ushbu qonun 10
dollar to'lashga qodir bo'lgan har bir AQSh fuqarosiga G'arbdagi yerlardan 160 akr
hajmida yer uchastkalari olish huquqini berdi. Besh yil davomida agar mazkur yer
sohibi shu yerda yashasa, ushbu yer uchastkasi to'liq uning mulkiga aylangan. 1862
yif 22-sentyabrda hukumat 1863 yilning 1-yanvaridan
qulchilikni hech qanday
34
to'lovsiz bekor qilish haqidagi "Ozodlik to'g'risidagi proklamatsiya"ni chiqardi.
Linkoln proklamatsiyaga imzo chekar ekan: "Vaqti kelib mening nomim tarixga
yoziladigan bo'lsa, faqat shu ishim uchun yoziladi, chunki men butun qalbimni
shu ishga bag’ishlaganman",- degan. Ayni bir vaqtda negrlarni armiya safiga jalb
etish haqida e'lon ham chiqdi. AQSh hukumatining bu chora -- tadbirlari buyuk
tarixiy ahamiyatga ega edi. Gomstedlar haqida va qulchilikni bekor qilish
haqida Linkoln chiqargan qonunlar xaqli ravishda, uni XIX asrning ilg'or
burjua-demokralik arboblari safiga qo'shdi.Mazkur tadbirlardan so'ng ommaviy
ravishda 100 minglab aholi armiya safiga kira boshladi. Urush davomida 200
mingga yaqin negr Shimol qo'shini tarkibida qatnashdi.
Tezda Shimol
armiyasining soni 1,5 mln. kishidan oshib ketdi. Qulchilikni bekor qilish haqidagi
va Gomsled haqidagi qonunlarni qabul qilinishi Shimol uchun muhim harbiy-
strategik ahamiyatga ega bo'lgan inqilobiy tadbirlar edi.Xalq ommasining
inqilobiy ko'tarilishi Linkoln hukumatining inqilobiy urush olib borish siyosati va
chora-tadbirlari urush harakatlarini borishini butunlay Shimol foydasiga o'zgartirib
yubordi. Shu bilan bir vaqtda Janubning xalqaro ahvoli yomonlashdi, uning
Angliya va Fransiyadan yordam olish umidi chippakka chiqdi. Angliya
o'zining neytralligini e'lon qilishga qaramasdan konfederasiyaga nisbatan Linkoln
hukumati e'lon qilgan blokada siyosatini buzishdan nariga o’tmadi.
Fransiya
hukumati esa AQShdagi fuqarolar urushidan foydalanib, Fransiya hukumronligi
ostida "Lotin imperiya"sini tuzish maqsadida 1861-1863 yillarda Meksikaga
interventsiya uyushtirdi, xolos. Biroq konfederatsiya kutganidek Angliya va
Fransiya Shimolga qarshi urushda unga ittifoqchilik qilmadi. Shimolga qarshi
Angliya va Fransiyaning urushga kirmaganligiga
Rossiya imperiyasining AQSh
hukumatiga bo'lgan iliq munosabati ham sabab bo'ldi.1863 yil Polsha masalasida
Fransiya va Angliyaning Rossiyaga qarshi urush xavfi paydo bo'lgach, Rossiya
g'arbiy Yevropa davlatlariga qarshi turadigan muvozanat kuch sifatida AQSh
birligini saqlab qolinishidan manfaatdor edi. O'z navbatida, AQSh hukumati ham
Rossiya uchun juda tahqirli va og'ir bo'lgan 1856 yildagi Parij sulhini qayta ko'rib
chiqishda Rossiya tomonida bo' lish majburiyatini olgan edi.AQShda fuqarolar
urushining ikkinchi bosqichi 1863-1865 yillar davomida bo'lib o'tdi. 1863 yilning
yozidan urush harakatlarining borishida tub burilish yuz berdi. 1-3
iyulda
Gettisberg ostonasidagi janglardan so'ng, konfederasiya qo'shini mag'lubiyatga
uchrab chekina boshladi. Shimolning general Grant qo'mondonligidagi qo'shini 4-
iyul kuni konfederasiyaning Missisipidagi bosh istehkomi Viksbergni egalladi.
1864 yil general Grantning umumiy qo'mondonligidagi Shimol qo'shini
konfederasiya armiyasini butunlay tor-mor etishga kirishdi. May oyida general
Sherman qo'mondonligidagi Shimol qo'shini Jorjiya orqali "Dengizga reyd" deb
atalgan mashhur yurishni boshlab, sentyabrda Atlantani egalladi. 1864 yil
oxirida general Sherman qo'shini Savannani olib, Grant qo'mondonligidagi
qo'shinlar bilan qo'shilish uchun harakat qildi. Konfederasiya qo'shini halokatli
ahvolga tushib qoldi. 1865 yil 3 aprelda general Grant qo'shini Richmondni
egalladi. General Li qo'mondonligidagi konfederatsiya qo'shinlari Appomattoks
yaqinida qo'rshovga olinib, 1865 yil 9 aprel kuni taslim bo'ldi. Shundan s o'ng
konfederatsiya qo'shinining qolgan qismlari ham birin-ketin taslim bo'lib, urush
harakatlari tugadi.
Do'stlaringiz bilan baham: