88
ТАLIM SOHASIDAGI SAMARALI ISLOHOTLAR
(Xorijiy tillarni o‘rganish misolida)
Elmuradova Surayyo Abdijalilovna SamDChI o‘qituvchisi
Odilova Mehrubon Xayratovna SamDChI talabasi
Mamlakatimizda yoshlarning ta’lim olishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol
o‘zlashtirishi, zamonaviy kasb-hunar, xorijiy tillarni o‘rganishi uchun barcha imkoniyatlar
yaratilgan. Bugun yoshlarimiz ana shunday ulkan imkoniyatlardan samarali foydalanmoqda.
Xususan, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
islohotlar natijasida yuz minglab o‘g‘il-qizlarimiz muayyan mutaxassislik bo‘yicha ta’lim
olish bilan birga xorijiy tillarni puxta o‘rganmoqda.
Bugungi kun-globallashuv davridir. Bu davr insoniyatning zamon bilan hamnafas
odimlashini talab etadi. Shu boisdan, turli soha mutaxassislari oʻz ona tilini mukammal bilish
bilan bir qatorda, bir nechta xorijiy tillarni bilishi va muloqot qila olishi maqsadga muvofiq.
Darhaqiqat, xorijiy tillar deganda koʻz oʻngimizda barcha chet mamlakat tillari namoyon
boʻlsa-da, afsuski, mamlakatimizda maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tizimida bu borada
oqsash yaqqol seziladi. Negaki, deyarli davlat tasarrufidagi barcha oʻrta maktablarda shu
kunga qadar asosan ingliz tili chet tili sifatida oʻrgatib kelinmoqda edi. Biroq Prezidentimiz
tashabbusi bilan bugungi kunda taʼlim
muassasalari, tarmoqlar va hududlarning ehtiyojidan
kelib chiqib, kamida 10 ta chet tilini — ingliz, rus, nemis, fransuz, xitoy, koreys, yapon, turk,
arab, fors tillarini oʻrgatishni tashkillashtirishdek dolzarb masala kun tartibiga qoʻyilgan.
Xorijiy tillarni o‘rganish va undan amaliy hayotda foydalana olish har doim dolzarb bo‘lib
kelgan. Asosan, bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan, global o‘zgarishlar zamonida xorijiy
tillarni o‘rganish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib turli qonun va qarorlar qabul
qilinmoqda. Bundan maqsad bitta – yosh avlodni yuksak intelektual, zamontalablariga javob
bera oladigan kadr etib tarbiyalashdir.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini
mustahkamlash yili”ga oid davlat dasturining qabul qilinishi va unda xorijiy tillarnii
mukammal o‘rganishga alohida e’tibor qaratilishi barobarida “O‘zbekiston
Respublikasida
xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib
chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul
qilindi. Mazkur qarorga muvofiq xorijiy tillarni o‘rgatishni ta’lim siyosatining ustuvor
yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim
sifatini tubdan oshirish, sohaga
malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan
qiziqishini oshirish kabi dolzar vazifalar nazarda tutilgan. Shuningdek, umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan o‘qituvchilarning kamida
С1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi attestasiya
jarayonida malaka sinovi uchun maksimal
ball bilan sifatida baholanib, xorijiy til moduli
bo‘yicha sinovdan ozod etilishi hamda xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan mashg‘ulotlar
olib boradigan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro
sertifikatga ega o‘qituvchilarga ellik foizgacha oylik maoshlariga ustamalar tatbiq etish
to‘g‘risidagi qarorlar ham qabul qilingan.
Ushbu sa’yi-harakatlarning barchasi ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni mukammal
o‘rgatish va yosh avlodni zamon talabiga javob beradigan
kadr qilib tarbiyalashga
qaratilgandir.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilishda xorijiy tajribalarga asoslangan xalqaro
standartlarga to‘la mos keluvchi o‘quv dasturlari ishlab chiqildi. Shuningdek, ta’lim
sifatini
89
tubdan isloh qilish va uni xalqaro standartlarga mos ravishda, milliy mintalitetimiz, urf-
odatlarimizni inobatga olgan holda takomillashtirish ishlari amalga oshirildi. Bu borada
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda “…ta’lim va o‘qitish sifatini
baholashning xalqaro standartlarini joriy qilish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining
sifati hamda samaradorligini oshirish, ilmiy tadqiqot va innovasion faoliyatni rag‘batlantirish,
ilmiy va innovasion yutuqlarni amaliyotga joriy qilishning samarali mexanizmlarini
yaratish…”, kadrlar tayyorlashning sifat darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida
malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shart- sharoitlarni yaratish, har bir oliy ta’lim
muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari
o‘rnatishi va talabalarning kreativlik
qobiliyatlarini rivojlantirish, yoshlar auditoriyasi bilan
ish olib borishda interfaol usullardan samarali foydalanish, ularga chet tilidan sifatli ta’lim
bera olish, oliy ta’lim darajasini namunali bosqichga olib chiqish va tubdan takomillashtirish
kabi dolzarb masalalar eng asosiy vazifalar etib belgilandi.
Bundan ko‘zlangan asl maqsad bitta – yurtimizning har bir yosh, mustaqil fuqarosi o‘z
ixtisosligi bo‘yicha jahondagi xalqaro e’tirof etilgan nufuzli tashkilotlar mutaxasislari bilan
barobar bellasha olishi uchun chet tillarni mukammal o‘rganishi va yurtimz nomini jahonga
yoyishdir. Zero, millatlararo munosabatlar va ijtimoiy-ma’naviy
aloqalar hamda muloqotlar
til orqali namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham chet tillarini o‘rganish bugungi globallashgan
davr talabidir.
Таlim sohasidagi samarali islohotlar o‘zining natijasini bera boshlagan bugungi kunda Abu
Ali ibn Sino va Ulug‘beklardek donishmandlar avlodi bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarimizni yanada
bilimli, zukko, intiluvchan bo‘lib ta’lim olayotganliklarini ko‘rib, barchamiz – ota-onalar
qatori biz o‘qituvchilar ham juda xursand bo‘lamiz. O‘zbekistonimizda o‘sib kelayotgan
avlodning o‘ziga xos ma’naviy-axloqiy xislatlarini shakllantirish hamda ta’lim-tarbiyasiga
katta e’tibor qaratilishi jahon mamlakatlari orasida alohida e’tirof etilayotganidan
faxrlanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: