83
MAKTABDAN TASHQARI TA`LIM TIZIMINING YOSHLARNI KASBGA
YO`NALTIRISHDAOI O`RNI(Navoiy viloyati misolida)
R. N. Tolibov, NDPI Tarix kafedrasi dotsenti
magistrant S.A. Abdurasulova
O’zbekiston mustaqillikka erishgach barcha sohalarda bo’lgani kabi ta`lim yo’nalishi
jumladan, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ham tub islohatlar amalga
oshirilmoqda. Mazkur sohadagi islohatlahning asosiy maqsadi - uzluksiz ta`lim
mazmunini
yangilash, uni jahon ta`lim standarti darajasiga ko’tarish, ta`lim tizimiga
innovatsiyalarni tadbiq etishdan iborat. Bu yo’lda amalga oshirilayotgan ishlar O’zbekiston
Respublikasining “Ta`lim to’g’risida”gi qonuni “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda
«Davlat ta’lim standartlari» talablariga muvofiq barkamol shaxs va malakali mutaxassisni
tarbiyalashga qaratilgan ijtimoiy harakat muvaffaqiyatini ta`minlashga xizmat qilmoqda.
Istiqlolning ilk qadamlaridanoq, asriy qadriyatlarimizni, ma’naviyatimizni tiklash va
yuksaltirish yo’lida milliy ta’lim - tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zamini
yanada mustahkamlash va zamon talablari bilan uyg’unlashtirilgan
holda jahon andozalari
darajasiga chiqarish asosiy maqsad qilib olingan. Zero, ilm-fan madaniyat va ma`rifat har
qanday mamlakatning taraqqiyotini ta`minlaydi.
Ta`lim - tarbiya tizimini hozirgi zamon talabi darajasiga ko’tarish barkamol shaxsning
tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikaning kelajagi ilm-fan,ta`lim tarbiya
taraqqiyoti bilan bevosita bog’liqdir.Shu bois mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ta`lim-
tarbiya, ilm- fan, kasb-hunar o’rgatish masalalari davlatimiz siyosatining ustivor
yo’nalishlaridan biriga aylandi.O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2022-2026
yillarga mo`ljallangan harakatlar strategiyasi asosiy maqsadida ta`limning innovatsion
modelini ishga tushirib, mamlakatimizdagi mavjud ijtimoiy-siyosiy
iqlimni butunlay
o’zgartirish, mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish, jamiyatimizning
imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, dunyo miqiyosida munosib o’rinni egallash nazarda
tutiladi.
Shu qisqa bosib o’tilgan yillar mobaynida O’zbekistonda ta`lim tizimi islohati jumladan,
maktabdan tashqari tizimida ham o’zining ijobiy o’zgarishlarini namoyon etmoqda.
Yurtimizda juda ko’plab ta`lim maskanlari bunyod etildi. Jahon mamlakatlari tajribalarini
keng ko’lamda o’rganish, yangiliklar va yutuqlari ta`lim tizimiga joriy etildi.Ayniqsa,
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 may, 331-sonli “Maktabdan tashqari ta`lim tizimini
takomillashtirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risidagi qarori “Barkamol avlod”
bolalar maktabi faoliyatini tuzish va yangicha faoliyat korsatishini ta`minladi.Bularning
hammasi umumta`lim va maktabdan tashqari ta`lim tizimi faoliyatini yanada rivojlantirishga,
ta`lim - tarbiya jarayonida sifat o’zgarishlariga olib kelmoqda.
Maktabdan tashqari ta’lim tizimining bosh vazifasi o’quvchilarni ma’nan boy,
aqliy
jihatdan yetuk,jismonan sog’lom va barkamol qilib tarbiyalash, o’quvchi-yoshlarning bo’sh
vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan
qurollantirishdir. Bolalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etilishida, shuningdek,
kelajakda o’zlari hohlagan kasb-hunar egalari bo’lishlarida uzluksiz ta’lim tizimining muhim
bo’g’ini hisoblangan maktabdan tashqari ta’lim muassasalari katta ahamiyatga egadir. Yosh
avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar,
yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy ma’naviy va axborot
tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g’oyaviy immunitetni shakllantirish masalalari
davlatimizning doimiy diqqat markazida bo’lib kelmoqda. Aynan shu maqsadda ma’naviy-
84
ma’rifiy, o’quv-tarbiyaviy ishlar ko’lami kengaymoqda,
mazmuni sifat jihatidan
yangilanmoqda, sohada faoliyat olib boradigan pedagoglardan chuqur ijodiy izlanish, ishga
yangicha yondashuv, fidoiylik, mas’uliyat hamda o’z kasbining haqiqiy ustasi, jonkuyari
bo’lishi talab etilmoqda.
Hozirgi kunda o’quvchi-yoshlarga turli kasb sirlarini o’rgatish,
ularni hayotga
tayyorlash va qiziqishlariga qarab maktabda olgan bilimlarini rimvojlantirish, amaliyotga
mustahkamlash maqsadida bugungi kunda respublikamiz miqyosida jami 580 dan ortiq
maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda.
Hozirda viloyatda 11 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil etilgan bo’lib,
maktabdan tashqari ta’limga qo’yilgan Davlat talablari asosida viloyat bo’yicha 6
yo’nalishda,70 dan ortiq turdagi jami 231 ta to’garaklar tashkil etildi.
Ushbu tashkil etilgan to’garaklarga 231 nafar mutaxassis pedagog xodimlar jalb
qilingan. Maktablarda faoliyat olib boradigan jami pedagog xodimlarning 76 nafari oliy
ma’lumotli,
10
nafar tugallanmagan oliy ma’lumotli va 191 nafari o’rta maxsus ma’lumotli
kadrlardir. Viloyat bo’yicha 231 ta to’garaklarda 5734 nafar to’garak a’zolari kasb-hunar
sirlarini o’rganib kelmoqdalar.Tashkil etilgan to’garaklardagi jami guruhlar soni 570 tani
tashkil etdi. Shundan, Badiiy ijodiyot yo’nalishidagi 128 ta to’garaklarga 3273
nafar to’garak
a’zolari, Texnik ijodkorlik yo’nalishidagi 51 ta to’garaklarga, 1311
nafar to’garak a’zolari,
O’lkashunoslik va ekologiya yo’nalishidagi 42 ta to’garaklarga 895 nafar to’garak a’zolari,
tillar yo’nalishidagi 13
ta to’garakka 195
nafar to’garak a’zolari muntazam qatnab kelmoqda.
Shuningdek, viloyatda 13 ta jismoniy tarbiya va sport to`garagiga
310 nafar o`quvchi jalb etilgan.
1
Bugunda viloyat maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga qo’yilgan davlat talablari
asosida kadrlar
salohiyatini yaxshilash, ularning ijodiy qobilyatlaridan kelib chiqqan holda
to’garaklar turini ko’paytirish, o’zaro tajriba almashish, o’quv jarayoniga innovatsion
g’oyalar va texnologiyalarni tadbiq etish, faoliyati jarayonida hamkor tashkilotlar, o’quvchi-
yoshlar va keng jamoa fikridan foydalana olish, iqtidorli o’quvchilar bilan bir qatorda
ijtimoiy
himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan o’quvchilarni ham o’z mahoratlariga
ko’ra to’garaklarga jalb eta olishi, hamda o’quvchilarni bo’sh vaqtlarini mazmunli
o’tkazishga qaratilgan amaliy jarayonlar o’tkazilib kelinmoqda.
Bugunda “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Axborot tenologiyalari”, “Dasturlash”,
“Mexatironika”, “Robototexnika” kabi zamonaviy to’garaklar tashkil etilmoqda.Lekin
hozircha mutaxassislar etishmovchiligi mavjud. Ta`kidlash o`rinliki, viloyat maktabdan
tashqari ta`lim muassasalari zamon bilan hamnafas
Do'stlaringiz bilan baham: