Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor bermoqda



Download 23,86 Kb.
Sana19.05.2022
Hajmi23,86 Kb.
#604346
Bog'liq
KIRISH.-WPS Office


KIRISH.
MAVZUNING DOLZARBLIGI.Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor bermoqda.
Insonning eng muhim xususiyatlaridan biri so’zlash qobiliyatidir.Ravon nutq orqali ifodalangan fikr tushunarli va yoqimlidir.Nutq harakatlari murakkab a’zolar tizmi orqali amalga oshiriladiki,bunda bosh miya faoliyati asosiy rol o’ynaydi,nutq faqat inson uchun xos bo’lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir,nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta’sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi; til-bu fonetik leksik va grammatik vositalar tizimidir odam nutqi tushunarli va ma’noli bo’lishi uchun nutq a’zolarining xarakatlari aniq va tog’ri bo’lishi kerak. Nutq talaffuzi mexanizmi harakatini tushunish uchun nutq apparatining tuzilishini yaxshi bilishi zarur. Nutq buzilishlari uzoq yillar davomida o’rganib kelayotgan sohadir.Nutq normasi deganda nutq faoliyati jarayonidagi til ishlatilishining umumiy qabul qilingan variantlari tushuniladi. Nutqning normal faoliyati holatiga uning psixofiziologik mexanizmlarning zaiflashuviga bog’liq holda til normalaridan chetlashuvi bilan belgilanadi. Kommunikativ nazariya nuqtai nazaridan qaraganda, nutq buzilishlari bu aloqa vositasining buzilishidir. Bunda individ bilan jamiyat orasidagi nuqtiy muomalada ko’zga tashlanadigan o’zaro munosabatlarning buzilgani ma’lum bo’ladi.
O`zbekiston Respublikasi Ta’lim to`g`risidagi qonunning 23 -moddasiga ko’ra rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchiliklarga ega bo`lgan anomal bolalar ta’lim olish huquqiga ega. Bizning mamlakatimizda anomal bolalarga yordamni tashkil etish – inson haqida g`amxo`rlik ko`rsatilishining yorqin namunalaridan biridir. O`zbekistonda anomal va nogiron bolalarga yordamni tashkil etish maxsus maktab internatlar, professional mehnat kollejlarida maxsus guruhlar; zaif ko`ruvchi va zaif eshituvchi,o`g`ir nutq nuqlari bor bolalalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalari,maxsus maktab internatlar,o`rta umumiy ta’lim maktablari qoshida nutqiy sinflar; nutqiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun o`rta umumiy ta’lim maktablari qoshida tenglashtirish sinflari,maktab internatlar; harakat – tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar muassasalari, maktab-internat; o`rta umumiy ta’lim maktablari qoshida logopedik puktlar ishlab turibdi.
Bolalar nutqini rivojlantirishning metodik masalalarini ishonchli tarzda psixologolingvistik asoslash zamonaviy pedagogik tadqiqotlarga xos jihatlar hisoblanadi. Rus pedagogika fanining eng yaxshi an’analari ruhida bajarilgan ushbu tadqiqotlar katta faktik materiallarga ega bo`ladi, bola nutqining obyektiv qonuniyatlarini aniqlaydi. F.A.Soxin vaO.S.Ushakovlarning tasnifidan foydalangan holda bolalar nutqini psixologik-pedagogik tadqiq qilishni bir nechta yo`nalishga ajratish mumkin: tuzilmaviy (til tizimining turli tuzilmaviy darajalarini: fonetik, leksik, grammatik darajalarini shakllanirish), funksional (kommunikativ faoliyatda tilni egallash ko`nikmalarini shakllantirish); kognitiv (til va nutq hodisalarini oddiy anglashni shakllantirish).
“Bola nutqini rivojlantirish” hodisasining o`zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o`tishlari zarur, degan xulosani keltirib chiqaradi. Nutqqa oid zamonaviy tadqiqotlar tizimli yondashuvga ega, bu “u yaxlit bir tizim sifatida mavjud bo`lgan ko`plab tashqi va ichki munosabatlar” (B.F.Lomov) hodisasini o`rganishda namoyon bo`ladi. Nutq-til tizimi ko`plab aloqalarga kirishadi, jumladan, ma’noni so`zga aylantiradigan hamda inson ongi va his-hayajonlari bilan uzviy bog`liq bo`lgan semantik axborot apparati, psixofizik hodisa (ya’ni, miya vazifasi, jismoniy tovushlar chiqaruvchi hamda ularni qabul qiluvchi va tabaqalashiruvchi qurilma), muloqot va ijtimoiy aloqa vositasilari ularning asosiylari hisoblanadilar.
KURS ISHINING OBYEKTI. Maktabgacha ta’lim muassasasi,oila va ta’lim jarayoni.
KURS ISHINING PREDMETI. Bog’chagacha yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalar va ularda ravon nutqni rivojlantirish va ulardagi nutqiy nuqsonlarni bartaraf etish ustida ishlash metodlari, mazmuni, shakl va usullari.
KURS ISHINING MAQSADI. Bog’chagacha va maktabgacha yoshdagi bolalarda ravon nutqni rivojlantirishning qulay va samarali metodlardan foydalanish yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

1.Savod orgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsan shakllantirish maqsadiga kora talimiy va ostiruvchi harakterda boladi, nutqiy mashqlar orqali aqlning osishini taminlaydi, oqitishning ongli bolishini talab etadi.


1. Bu metod tashkiliy tomondan ikki davrga;
A) Alifbegacha tayyorlov davri
B) Alifbo davriga bolinadi. Ikkinchidan, yozuvga orgatish, oqishga orgatish bilan parallel holda olib boriladi.
Analitik-sintetik tovush metodi psixolingvistik nuqtai nazaridan: Birinchidan, savod orgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi; Ikkinchidan, savod orgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, analiz va sintez qilishga, tovushlar artikulyasiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi; uchinchidan, oqish birligi sifatida bogin olinadi, bogin ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi.
Metodning shakllanishi va tashkil topish jarayonida bolgan tamoyillari:
Talim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod orgatish jarayonida oquvchilarga differensial va individual yondashish;
Oqitishning istiqbolli nuqtai nazaridan: grammatika, soz yasalishi, imlo,leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib borish;
Psixolingvistik nuqtai nazardan: tovush va harfni oqitishning qulay usulini izlash, tovush va harflarning mosligini, osonligini, ikkinchidan, talimning tarbiyaviy va ostiruvchi xarakteri hisobga olinadi.
Talim jarayonida oquvchilarga tarbiya ham berib boriladi. Tarbiyalash didaktikaning muhim prinsiplaridandir.
Maktabda axloqiy tarbiya beriladi, ilmiy dunyoqarash elementlari shakllantiriladi. Bolalar darsda ommaviy siyosiy tushunchalarni egallaydilar. Alifbe sahifalarida dostlik, baynalmilal munosabat, bolalar mehnati, tabiat, kattalar mehnati, bolalar oyinlari, oila, maktab hayoti kabi rasmlar berilgan. Turli mavzularda matn berilgan. Bular bolalarda ozaro dostlik, mehnatsevarlik, mehnatni qarlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, tabiatni sevish va asrash, hayvonot dunyosiga qiziqish, ularni muhofaza qilish, maktab va oqishni sevish umuman, estetik tarbiyani shakllantiradi. Bular bolalarni xalqning qaynoq hayotiga, uning baxtiga, orzulariga, muvaffaqiyatlariga ruhlantiradi. Demak, bolalarga axloqiy, goyaviy-siyosiy, mehnat va estetik tarbiya berish ham savod orgatish vazifasiga kiradi.
Savod orgatishni togri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligi maxsus organish talab etiladi. Maxsus organish avgustda, hatto undan oldin bahordan boshlanadi. 1-sinfga keladigan oquvchining oilasiga yoki bolalar bogchasiga boriladi, suhbat otkaziladi, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlanadi.
1.Oqish konikmasini aniqlash:
a) sozni sidirga oqiydi;
b) boginlab oqiydi;
v) harflab oqiydi (notogri oqish);
g) anchagina harflarni biladi, lekin oqishni bilmaydi;
d) ayrim harflarni biladi.
2. YOzuv konikmasi:
a) hamma harfni yozishni biladi, soz yozadi (bosma yoki yozma):
b) ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma yoki yozma);
v) yozishni umuman bilmaydi.
3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi:
a) sozni boginlarga boladi;
b) soz yoki bogindagi tovushni ajratadi;
v) hamma tovushni togri talaffuz qiladi;
g) ayrim tovushlarni notogri talaffuz qiladi (qaysi tovushlar ekanini xisobga olinadi);
d) nutqning baland yoki pastligi.
4. Ogzaki boglanishli nutq. SHerni yoddan oqish:
a) 3 ta sherni biladi, uni zavqlanib aytadi;
b) 1-2 ta sherni biladi, aytishga uyaladi;
v) birorta sherni yoddan oqishni bilmaydi.
5. Ogzaki boglanishli nutq. Ertak aytish:
a) bir yoki bir nechta ertakni aytishni biladi;
b) ertak aytishga harakat qiladi, lekin ayta olmaydi;
v) ertak aytishni bilmaydi, organishga ham harakat qilmaydi.
6. Ogzaki boglanishli nutq. Fikr bayon qilish. (Rasmda nimalar korayotganingni aytib ber):
a) 20 sozdan ortiq boglanishli hikoya, bir necha gap;
b) 10 tadan 20 tagacha soz, bir necha gap;
v) 10 tagacha sozli boglanishli javob;
g) 3-4 sozli qisqa javob.
Shuningdek, bola nutqining sintaktik qurilishi ham foydalanadigan sozlar doirasi ham organiladi, toplangan materiallar 2 variantda yoziladi.
a) har bir oquvchi haqida alohida malumot, bu bolaga yakka yoki differensial yondashish uchun kerak boladi;
b) sinf oquvchilari uchun umumiy malumot, bu malumotdan darsda sinf oquvchilari uchun umumiy ishlar metodikasini tanlashda foydalaniladi.
v) malumotning bittasi maktab malumotida, ikkinchi nushasi sinf oqituvchisida qoladi.
1-bosqichning asosiy vazifasi oquvchilarni maktab, sinf bilan tartib-intizom qoidalari bilan tanishtirish. Ularga nutq, ogzaki va yozma nutq haqida gap, nutqning gaplardan tuzilishi, soz, gaplarning sozlardan tuzilishi; bogin, sozlarning boginlardan tuzilishi, sozlarning boginlarga bolinishi; tovush, boginlarning tovushlardan tuzilishini; tovushlarning unli tovush va undosh tovushlarga ajratilishini orgatish, ulardan amaliy foydalana bilish konikmalari hosil qilishdan iborat. Bu davrda maxsus nusxalar asosida oquvchilarning boglanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga Alifbeda berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, ozlari bilan sher,ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qoshiqlar, latifalardan ayttirish lozim.
Tayanch sozlar asosida gap tuzdirish, Alifbesahifalaridagi sozlar, ularning manolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi. (Bu tarzdagi ishlar har bir darsda mavzularga bogliq ravishda izchil davom ettirib boriladi)
Bu bosqichdagi yozuv darslarida oquvchilarga daftar bilan, yozuv chiziqlari bilan tanishtirish, harf elementlarini yozishga orgatish, namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash oz-ozini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish kabi konikmalar hosil qilinadi.
2-bosqichda harf elementlarini yozishga orgatiladi.
Shuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga orgatish kozda tutiladi. Bu bosqichdayoq tovush va harf ortasidagi chegaraga qatiy rioya qilinadi. Bolalarga tovush haqida malumot kitob ochirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi harf korsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid xususiyatlar (tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz, harflarni yozamiz, koramiz, oqiymiz) ham izchil ravishda oquvchilarni ozlashtirishlarini hisobga olgan holda ochila boriladi.

Analitik-sintetik tovush metodida savod orgatish jarayoni 4 oy davom etadi. Bu jarayon 2 davrga bolinadi:


a) alifbegacha tayyorgarlik davri (2 hafta)
b) alifbo (asosiy) davr 31 dekabrgacha davom etadi. (120 soat 60 soat oqish, 60 soat yozuv darsi)
Alifbogacha tayyorgarlik davri 2 bosqichga bolinadi:
a) tovush-harf yozilmaydigan bosqich (2 hafta) oqish darsi (8 soat)
b) harf yozilmaydigan bosqich (2 hafta) yozuv darsi (8 soat)
Savod orgatish jarayonidagi darslar faniga kora ikki turli:
A) Alifbe darsligi asosidagi oqish darslari
B) Yozuv daftari asosidagi yozuv darslari
1-bosqichning asosiy vazifasi oquvchilarni maktab, sinf bilan tartib-intizom qoidalari bilan tanishtirish. Ularga nutq, ogzaki va yozma nutq haqida gap, nutqning gaplardan tuzilishi, soz, gaplarning sozlardan tuzilishi; bogin, sozlarning boginlardan tuzilishi, sozlarning boginlarga bolinishi; tovush, boginlarning tovushlardan tuzilishini; tovushlarning unli tovush va undosh tovushlarga ajratilishini orgatish, ulardan amaliy foydalana bilish konikmalari hosil qilishdan iborat. Bu davrda maxsus nusxalar asosida oquvchilarning boglanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga Alifbe”da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, ozlari bilan sher,ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qoshiqlar, latifalardan ayttirish lozim.
Tayanch sozlar asosida gap tuzdirish, Alifbe”sahifalaridagi sozlar, ularning manolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi. (Bu tarzdagi ishlar har bir darsda mavzularga bogliq ravishda izchil davom ettirib boriladi)
Bu bosqichdagi yozuv darslarida oquvchilarga daftar bilan, yozuv chiziqlari bilan tanishtirish, harf elementlarini yozishga orgatish, namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash oz-ozini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish kabi konikmalar hosil qilinadi.
2-bosqichda harf elementlarini yozishga orgatiladi.
Shuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga orgatish kozda tutiladi. Bu bosqichdayoq tovush va harf ortasidagi chegaraga qatiy rioya qilinadi. Bolalarga tovush haqida malumot kitob ochirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi harf korsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid xususiyatlar (tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz, harflarni yozamiz, koramiz, oqiymiz) ham izchil ravishda oquvchilarni ozlashtirishlarini hisobga olgan holda ochila boriladi.
Alifbo davri. Bu davr 31 dekabrgacha davom etadi. Unda asosan oquvchilar unli, undosh tovush va unli, undosh harflar bilan tanishtiriladi. Unli va undoshlar osondan qiyinga tamoyili asosida joylashtiriladi. A, o, i unlilari, undoshlar oldin sonor tovushlar (n, m, l) e, o, u unlilari keyin esa b, k, d, t, s kabi undoshlar songroq ikki tovushni ifodalaydigan j, harf birikmalarini (ng, ch, sh), tovush bildirmaydigan harf tutuq belgisi bilan tanishtiriladi. Tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar oqishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun boginga bolish, bogin chegarasini aniqlash, bogindan tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bogin tuzish va oqish, bogin-tovush, tovush-harf, tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi.
Bu davrda boginlab oqish asosan shakllantiriladi: ikki harf yopiq, ikki harfli ochiq, uch harfli yopiq boginlar (il, ol, la, lo, nom, lim) oqishga orgatiladi.
Alifbo davrini organiladigan tovush-harfning murakkablini hisobga olib 3 bosqichga ajratish mumkin;
1-bosqichda o-na, a-na, il, in, bi-lan, tuzilishidagi sozlar;
2-bosqichda echki, un, on kabi artikulyasiyasi qiyin bolgan r, q, v, f kabi undoshlar va yolbars, dost, rasm kabi tuzilishidagi sozlar;
3-bosqichda harf birinmalari ng, ch, sh 2 tovushni ifodalaydigan j, tutuq belgisi va jurnal, jirafa, tong, song, bodring, choynak, shudring kabi sozlar oqishga orgatiladi.
Alifbe davrining oxirida oquvchilar quyidagi bilim va konimalarga ega bolishlari zarur:
f) hamma tovushlarni tanishi va har qanday holatda togri talaffuz qilishi;
b) sozni bogin, tovush, tovush-harf tahlilini bilishi sozdagi tovushlarning izchil tartibini aniqlay olishi, kerakli tovushni soz va boginga ajrata olishi;
v) kesma harf va boginlardan soz tuza olishi va oqishi;
g) 2-3-4 boginli sozlarni boginlab oqishi, adabiy-orfoepik talaffuz bilan oqishi;
d) gaplarni ohangiga rioya qilib oqishi;
e) oqigan matnining mazmunini tushunib, ongli oqishi;
j) oqigan matn mazmunini savollar asosida soddagina qilib qayta hikoyalab berishi;
z) oqigan matniga sarlavha topishi;
i) togri, tez, ongli va ifodali oqish malakalari shakllantirilishi.
Alifbo davri yozuv darslarining vazifasi kichik va bosh yozma harflarni togri shakllantirish, harflarni togri ulash, alifbeda oqilgan bogin, soz va gaplarni namunaga qarab yozish, harf, bogin, soz, gap diktantlarni yozish konikmasini shakllantirish, izohli, saylanma, koruv, talimiy, diktant yoza olishlariga erishish, umuman grafik malakani shakllantirish. Savod orgatish jarayonining oxirida bir darsda, agar darsning 3\2 qismi yozuvga ajratilsa, 20 tagacha soz yoza olishlari talab qilinadi.
Malumki, 1-sinfga oquvchilar har xil tayyorgarlik bilan keladi. Oquv materiallari 1-sinf oquvchilari saviyasiga mos, izchil ravishda beriladi. SHunga qaramay, har xil tayyorgarlik bilan kelgan oquvchilarning uni ozlashtirishlari turlicha boladi. Bu savod orgatish jarayonida oquvchilarga differensial va individual yondashishni taqozo etadi. Bunday yondashish talimning barcha bosqichlarida ham yaxshi natija beradi.
Savod orgatishning asosiy davrida oqishga orgatishda quyidagi masalalarga etibor qaratishimiz lozim:
Malumki, savod orgatish, oqish darslarining asosiy vazifasi oquvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ularning togri talaffuzini orgatish orqali bolalarda togri, ongli ifodali oqish konikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, oquvchilar lugatini boyitish, boglanishli natqini ostirish, bilimini boyitish, mavhum tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini ostirishda ham bu davr masuliyatliligi bilan alohida orin tutadi.
Tayyorgarlik davri oqishga orgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda ozgalar nutqini eshitish, diqqatni toplash, til birikmalarini (tovush, bogin, soz, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar shakllanadi. Bular oquvchilarning oqishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam beradi.
Oqishga orgatish uchun avvalo oquvchi tovush va harf bilan yaxshi tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bogindan tovushni ajratish tamoyiligi rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha xil yonalishda amalga oshirilishi mumkin:
Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan boglanishli hikoya tuzdiriladi. Undan kerakli gap, song kerakli soz ajratib olinadi, songra soz ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi.
Soz asos qilib olinadi. Analitik mashqlar yordamida orgatiladigan tovush ajratib olinadi: ot, oqituvchi ot rasmini korsatadi, oquvchilar uning nomini sozni aytadi. Oqituvchi o tovushini chozib (o-o-o-o t) aytadi va qaysi tovushni chozib aytayotganini oquvchilardan soraydi. Oquvchilar o tovushini aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-javob otkaziladi. O tovushli sozlar oylab toptiriladi. SHundan song o harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan korsatiladi. Bunda o harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida etibor beriladi.
Organilgan harf ichiga bugun organiladigan harf aralashtirib qoyiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, song oqituvchi bu harf ifodalaydigan tovushni aytadi. Oquvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. SHu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan korsatadilar.
Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, oqishga orgatish usulida ishlanadi.
Oqishga orgatishda bogin asos qilib olnadi. Buning uchun oqituvchida bogin jadvali bolishi lozim. Bogin jadvali asosida oqish namunasi korsatiladi, yani harflab emas, ichida, birinchi harfni koz bilan korib, uning nomini dilda saqlab, ikkinchi harfni korish va ikkalasini boglab, unlini moljallab ulab aytish tushuntiriladi. Bogin oqish oqituvchining namunasi asosida doimiy ravishda har bir darsda izchil olib boriladi.
Oqituvchining namunali oqishidan song xor bilan oqish, yakka-yakka oqishdan, shivirlab oqishdan fodalaniladi.
Ayniqsa, sekin oqiydigan oquvchilar bolgan sinflarda xor bilan oqitish oqishni tezlashtirishga yordam beradi. Sinf oquvchilarining oqish konikmalaridan kelib chiqib, matndagi sozlarni sinf xattaxtasiga boginlarga bolib yozish, organilgan harflarni hisobga olgan holda qoshimcha soz birikmalari, gaplar tuzib yozish va oqitish usulidan ham foydalaniladi.
Malumki, Alifbe sahifalarida bogin tuzilishi murakkablashib boradi. SHuning uchun oqituvchi har bir bogin tuzilishini murakkabligiga qarab ish usullarni belgilab olishi zarur. Masalan, uch tovushdan tuzilgan, tort tovushdan tuzilgan boginlarni oqishga orgatish ham oziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunda o-lam, Man-non, tipidagi boginlarda o-la:m, Ma:n-no:n tarzidagi qoshimcha chiziqdan, bod-ring, dost tipidagi boginda ring, dost tarzidagi qoshimcha chiziqlardan foydalaniladi.

Umuman olganda, har bir oqish darsida albatta bogin tuzilishi murakkab sozlarni oqish mashqi otkazilishi lozim. Bu usul oquvchilarda oqish malakasining takomillashuviga yordam beradi.
Oqishga orgatishda sozlarni va gaplarni toldirib oqish konikmalarini hosil qilish oquvchini gap tuzishga, tez fikrlashga yonaltiriladi. Oquvchi tushib qoldirilgan harf va sozni rasmga qarab topadi, uning gap mazmuniga mos yoki mos emasligiga etibor beradi, ortoqlariga nisbatan tez topib, oqituvchining ragbatiga sazovor bolishga intiladi.
Alifbe darsligidagi matnlarda turli tinish belgilari ishlatilgan. Ular shularga mos ohang tanlashni, toxtash, pauza qilish orinlarini belgilab olishni taqazo etadi. Bunda ham oqituvchining tushuntirishi (birinchi uchragan tinish belgini izohlashi) va ifodali oqish namunasini korsatishi katta ahamiyat kasb etadi. Ifodali oqilgan matngina tushunarli boladi.
Har bir fanda bolgani kabi oqish darslarida ham talim-tarbiya birligiga etibor beriladi. Oqish darslarida tarbiya oqilgan matnning ongli ozlashtirilishiga bogliq. Oquvchi matnda fikr nima haqida borayotganini anglasagina, ozida shunday xislatlarni shakllantirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, esa yaxshi inson bolish uchun oqishning zarurligini anglaydi. SHuning uchun ongli oqishni taminlashda matn bilan unga ishlangan mazmunli rasmlar ortasidagi boglanishlarni shakllantirishga, matn yuzasidan savollar berishga diqqat qaratish lozim. Masalan, rasmni kuzating, endi matnni oqing, matnda nima haqida gapiriladi? Rasmda nima tasvirlangan? Ular orasida boglanish bormi?, matn mazmunini rasmga qarab sozlab bering.
Yoki: Bolalar qaerga bordilar?, Qizning ismi nima?, Bolaning ismichi? Ali, Lola nima qildi? Ular qanday lolalar terdilar?.
Demak, oqish oqilganlarni ozlashtirishga yonaltirilgan bolishi lozim. Shundagina matndagi asosiy fikr, ilgari surilayotgan goya oquvchilar tomonidan ozlashtiriladi. Song soz va matnlar yod olingan taqdirda ham oquvchiniki bolib qoladi.
Oqishning ongliligini va tasirchanligini taminlash uchun matn mazmunini oquvchilarning korgan kechirganlarini, taassurotlari bilan boglash lozim. Shunda oquvchida oqishga, organishga qiziqish ortadi.
Ongli oqishni amalga oshirishda lugat ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, 51-sahifada uvol, rizq-roz sozlari bor. Ularning manosi ustida toxtalish, birinchidan, fikrni oydinlashtirsa, ikkinchi tomondan tarbiyalashga ham xizmat qiladi.
Sher, tez aytish, topishmoq, qoshiq, maqol, hikmatli sozlardan oqitish, yod oldirish ham oquvchilarning oqishga qiziqishini oshiradi, oqish malakasini shakllantiradi, xotirasini mustahkamlaydi.
Oqish darslarining uchdan ikki qismi oqishni mashq qilishga ajratilishi lozim.
Demak, oquvchilarni oqishga orgatish, ularning oqish suratini oshirish, ifodali va ongli oqish elementlarini shakllantirish, tarbiyalash oqish darslarining muhim vazifalari hisoblanadi.
Differensial yondashishda oquvchilar guruhlarga bolinadi, har bir guruhning saviyasiga va imkoniyatiga mos topshiriqlar beriladi. Sinf oquvchilari 3 guruhga bolinishi mumkin. Topshiriqlar ham 3 variantda ishlab chiqiladi.
Oqituvchi sinfda frontal ishlash jarayonida 3 guruhdagi oquvchilar bilan parallel ish olib boradi. 3 guruh uchun ham oquv materiali qoshimcha alifbe hisoblanadi, unga qoshimcha alifbe uchun qoshimcha tarqatma materiallardan, jadvallardan mustaqil ishlardan foydalaniladi.
Alifbedagi oquv materiali yoki oqilayotgan matnning qiyin orni oldin tayyorligi puxta oquvchiga, song bosh oquvchiga oqitiladi. Bazi oquvchilar bilan darsdan tashqari vaqtda yakka tartibda ishlar olib borishga ham togri keladi.
Yangi material organiladigan oqish darsida ishning asosiy turlari: organiladigan Yangi tovushni sozni (shu tovush soz boshida, ortasida, oxirida kelgan sozni) bogin-tovush tomonidan tahlil qilish bilan ajratish. Yangi tovush ajratiladigan sozni oquvchilar rasm asosida ozlari tuzgan gaplari ichidan oladilar. Tovushni ajratishda shu sozning sxemasi modeliga asoslanadilar. Masalan, archa. Tovushlarni eshitish, talaffuz qilish, artikulyasiyasi (nutq organlarining tovush chiqarishdagi ishi) mashq qilinadi.
Kichik va bosh harflar bilan tanishtiriladi. Boginlar oqitiladi.
Sozlarni avval doskada, keyin Alifbe”dan oqish. Harf, boginlardan harf terish kartonida soz, soz birikmasi, gap tuzish (oqish), soz manosi ustida ishlash.
Matnni oqish va tahlil qilish, uni qayta oqish, rasmni matnga bogliqligini belgilash.
Nutq ostirish: lugatni boyitish, soz birikmasi, gap ,boglanishli hikoya tuzish.
Umumlashtirish: Yangi harfni jadvalga qoyish, Yangi organilgan tovushni unli va undoshga kiritish, Yangi harfni ilgari organilganlar bilan qiyoslash, tovush va harfning ahamiyatini takrorlash va hokozo.
Organilganlarni mustahkamlash darsida Yangi tovushni ajratish, Yangi harf bilan tanishtirish, mashqidan tashqari barcha ish turlaridan foydalaniladi, shuningdek qoshimcha sozlar va matnlar bilan ishlanadi; matnni oqish va tahlil qilishga, korgazma vositalari bilan ishlashga (harfni terish kartoni, magnit doskasi, abak, sirli mato, rasmlar va b.) nutq ostirishga, oyinlar va qiziqarli materiallarga, ilgari organilgan tovushlar va harflarni takrorlab mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi. Tarqatma materiallardan ham foydalaniladi.
Birinchi uchragan sozlar bilan ishlash; ochiq boginlar bir undosh bilan tuziladi va oqiladi, yopiq bogin esa unli bilan tuzilgan ochiq boginni oqib keyingi undosh oqiladi va soz toliq tuziladi.
Yangi soz urgusi qoyilgan holda beriladi, bu uni oqishga, boginlab oqishdek sintetik oqishga (sozni butunicha oqishga) yordam beradi.
Yangi sozni doskada katta bosma harflar bilan yozish oquvchilarga oqitish tavsiya qilinadi. Soz shivirlash bilan oqiladi, kesma harf bogin bilan yoziladi.
Syujetli (rasmning asosiy mazmunini bildiradigan) rasmga qarab oqituvchi yordamida, uning yollovchi soroqlari asosida hikoya tuzish, undan gapni ajratish va analiz qilish). Yangi bogin, soz tuzishda harf terish matosi, magnit doskasi, sirli mato kabilarning va Yangi sozni doskada va daftarda yasash”ning ahamiyati juda katta. Oqish uchun xilma-xil bosma materiallardan qanchalik kop bolsa, ulardan turli xil mashqlar tuzishda foydalanilsa, oqish shunchalik ongli, qiziqarli boladi, malaka puxta shakllantiriladi. Bola endigina oqiy boshlagan bosqichda ularni qatorni yoqotmaslikka, shuningdek, hatto, sozdagi keyingi harfni,keyingi sozni yoqotmaslikka orgatish juda muhimdir. Bu vazifani savod orgatishning boshlangich bosqichida xatchop(oqiyotgan betni belgilab qoyish uchun kitob ichiga solib qoyiladigan qogoz yoki lentacha) va tayoqcha bajaradi. Oqilayotgan qatorni kuzatib borish konikmasi sinf oquvchilaridan ortogining xatosini togrilashni talab qilish bilan ham erishiladi. Oquvchilar bu talabni qizganib bajaradilar, shu yol bilan ularda darsga, oqishga etibori jalb etiladi.
Savod orgatishning birinchi kunlaridayoq oqish ongli bolishi, bolalarni ongli oqishga orgatish juda muhim. Soroqlar yordamida oqilganlarni bola qanday tushungani aniqlanadi, tekshiriladi. Oqishdan oldin otkazilgan tayyorlov suhbati ham oqilgan matn yuzasidan otkazilgan suhbat ham shu maqsadga ongli oqish uchun xizmat qiladi. Sharoitga qarab, bolalarga nimanidir oqishni talab qiladigan problemali holatni yaratish ham zarur. Bunday problemali holatni javobini Alifbe”dan yoki terish matosidan oqiladigan topishmoq yaratishi mumkin. Bunday maqsadni problemali savolni keltirib chiqaradigan taxminiy suhbat yordamida ham amalga oshiriladi. Masalan, Qishda qushlar qaerga uchib ketadilar? (Harf terish matosida: Issiq olkalarga uchib ketadilar.) Mana shu kabi tayyorlov mashgulotlari oqishning yuqori darajada ongli bolishini taminlaydi va shu bilan birga, bolalar koz ongida oquv mehnati ozlashadi, ularni qiziqtiradi.
Ongli oqishni ifodali oqishdan ajratib bolmaydi. Ammo analitik oqishning birinchi bosqichida ifodali oqish mumkin emas, chunki bolalar sozda urguli boginni ajrata olmaydilar, tugallangan intonasiyani, soroq intonasiyasini, hatto orfoepik togri oqishni ham bera olmaydilar. SHuning uchun analitik oqish bosqichida sozni yaxlit, orfoepik qayta oqish tavsiya qilinadi. Bunday qayta oqish togri intonasiyaga, ifodalilikka rioya qilib oqishga orgatibgina qolmay, oqishning ongli bolishiga ham yordam beradi.
Savod orgatishning birinchi darslaridayoq oquvchilarga tabaqalashtirib (differensial) yondashish (bunda oquvchilarning oqishga tayyorgarliklaridagi farqlarni hisobga olinadi) amalga oshiriladi.
Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlar taqqoslashga, ularning soz manosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar otkaziladi. (ziyrak-siyrak, dil-til kabi). Artikulyasiyasi qiyin bolgan undoshlar ng (tong), lab-tish undoshi v, qorishiq undosh s, ch, jarangli portlovchi j va jarangli sirgaluvchi j kabilarni organishda tovush artikulyasiyasiga oid ishlar qiyinlashadi.
Asosiy davrning oxirlarida jarangsiz jufti talaffuz qilinadigan undoshli sozlar: korib (korip), qaytdik (qayttik), aytib (aytip), ketayotib (ketayotip), tortib (tortip), terib (terip), olib (olip), obod (obot) borishdi (borishti); qisqa talaffuz qilinadigan i unli bor sozlar: bilan (blan); talaffuzda tushib qoladigan undoshli sozlar: baland (balan), dost (dos), Toshkent (Toshken), farzand (farzan), daraxt (darax). Bunday sozlarni yozilgandek oqish imloni organishga tayyorlaydi. Bular avval orfoepik, song orfoepik oqitiladi. Shu kabi sozlarni oqish bilan boginlab oqish malakasi takomillashadi: oquvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan sozlarni oqishni organadilar.

3.MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARNI RAVON NUTQQA O’RGATISH.


Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa o’rgatish. Bolalarda ravon nutqni rivojlantirish maktabgachaa ta’lim muassasasining asosiy vazifasi hisoblanadi, maktabgacha yoshning nihoyasiga kelib bola kattalarga xos bo’lgan o’g’zaki nutqning asosiy shaklini egallashi, ya’ni ravon nutqning ikki shakli- dialogik va monologik nutqni egallab olishi shart.
Maktabgacha ta’lim muassasasining vazifasi bolalarda ravon so’zlashuv nutqni (dialogik nutq) va monologik nutqni rivojlantirishdan iborat. So’zlashuv nutqini shakllantirish vazifasi ko’p qirrali. Maktabgacha bosqichdagi kichik bolalarda ularga qaratilgan nutqni tinglash va tushunish, bir birini tinglash, savollarga javob berish qobiliyati shakllanadi.Nutqning ushbu ikki turlari o’rtasidagi farq matn ichidagi gapning mantiqiy aloqa turi bilan belgilanadi. Monolog doimo vaqti yoki sabab-oqibatli aloqada bo’ladigan (bir-biriga nisbatan) borliq faktlari haqida xabar qiladi.Vaqtinchalik aloqa ikki tomonlama bo’lishi mumkin: faktlar haqiqatan ham bir vaqtdalik yoki ketma ketlik munosabatlarida bo’lishi mumkin.Bir vaqtning o’zida mavjud bo’ladigan faktlar haqidagi xabarlar tavsif deb ataladi. Faktlar ketma-ket keladigan xabar bayon qilish deyiladi. Sabab-oqibatli munosabatlarda bo’lgan faktlar haqidagi xabarlar esa mulohaza deb yuritiladi.
Ilk yoshda bola ravon nutqni eshitadi.Dastlab bu unga nisbatan aytilgan luqmalar, so’ngra esa ertalar, hikoyalar, kattalarning monologik nutqlari bo’ladi.
Ravon nutqdan til elementlari-tovushlar, morfemalar, so’zlar, gaplarni ajratib olar ekan, bola ravon matnda har bir til elementining o’rnini eslab qoladi, bu esa ilk yoshdan boshlab nutqdan oldingi mashqlar boshlanadigan til sezgilarini rivojlantrish jarayonini tashkil etadi.
Ma’lumki, ravon nutqda bolalarning boshqalar bilan voqea-hodisalar ta’siri natijasida o’zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir yoki bir nechta jumlalarda o’z aksini topishi mumkin. Ravon nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosabati, muomala shakli katta rol o’ynaydi. Maktabgach katta yoshdagi bolalarda ravon nutqni rivojlantirishda ancha-muncha tajriba, malaka va ko’nikmalar mavjud bo'lganligini hisobga olib, ularda ravon nutqni shakllantirishda, avvalo, ertaklar matnini tinglahda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo, ona Vatanimiz haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. Unda “Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun dastur”da bolalarni buyuk siymolar,sarkardalar, ulug’ mutafakkirlar haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shularning barchasi bolalarning milliy qadriyatlarimiz haqidagi bilimlarini aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida ravon nutqni rivojlantirishga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni ijodiy hikoya tuzishga o’rgatish:
Mavzu: “Men yoqtirgan fasl”.
Maqsad: Shaxsiy tajribaga asoslanib ravon nutqni rivojlantirish mantiqiy rivojlanib boruvchi hikoya tuzish qobiliyatlarini rivojlantrish.
Vazifalar: Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasini shakllantirish, sabzavot va mevalar bo’yicha lug’atini shakllantirish, topishmoqlar, maqollar mazmunini tushunishga o’rgatish, maqollardagi so’zlarni aniq va burro aytish.
Kutilayotgan natijalar: Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasi shakllanadi, hikoya to’qishga qiziqish uyg’otadi, topishmoq, maqollar mazmunini tushunib oladilar.
Kerakli jihozlar: To’rt faslga oid katta rasmlar, to’rt faslga oid qirqma rasmlar.
Mashg’ulotning borishi: Tarbiyachi: Bolalar hozir qanday fasl? (Qish). Qish faslida qanday o’zgarishlar ro’y beradi? Sizga qaysi fasl ko’proq yoqadi? Nima uchun yoqadi? Bugun biz “Men yoqtirgan fasl” mavzusida qisqa va tugallangan hikoya tuzishni o’rganamiz. Kelinglar, bolalar hozir biz kichik guruhlarga bo’linib olamiz.
Bir yilda nechta fasl bor? (4ta fasl).
Demak, biz to’rt guruhga bo’linamiz.
Bolalar guruhlarga bo’linish uchub bahor, yoz ,kuz va qish fasllari tasvirlangan suratlarning qirqma bo’laklarini oladilar. Ular o’z fasllariga tasvirlangan qirqma bo’laklarini yig’ish bilan guruhlarga bo’linib oladilar. 1-guruh bolalari bahor faslini; 2-guruh bolalari yoz faslini; 3-guruh bolalari kuz faslini; 4-guruh bolalari qish faslining qirqma bo’laklarini yig’adilar. Natijada har bir guruhda katta fasl tasviri hosil bo’ladi. Har bir guruh o’z fasllari haqida hikoya tuzishlari kerak. Hikoya yakunida shu fasl haqida she’rlar, topishmoqlar aytishlari mumkin. Bolalar hikoya tuzishga qiynalsalar tarbiyachi hikoya namunasini beradi.
Tarbiya: Men uchun sevimli fasl kuz. Kuzda shamol g’ir-g’ir esib turadi. Osmon toza va beg’ubor bo’ladi. Bog’larda kuzgi mevalar pishib yetiladi. Paxtazorlarda paxtalar oppoq bo’lib ochiladi. Dala va bog’larda ish qizg’in bo’ladi. Mevalar teriladi, kartoshka, piyoz, sabzi kabi sabzavotlarda birin-ketin kovlanadi. Paxtalar teriladi.
Bolalarning tuzgan hikoyalari bo’yicha guruhlar taqdimoti o’tkaziladi. Har bir guruhning tuzgan hikoyalari tinglanadi va rag’batlantiriladi.
Tetiklashtiruvchi mashqlar
Quyosh
Erta tongda
Quyosh turib
Bolalarni erkalaydi,
Boshlarini silaydi.
Bilaklarni ichki tarafi bir-biriga tekkiziladi. Barmoqlar quyosh nurlari kabi keng yoyilgan holatda bo’ladi.
Tarbiyachi bolalarga fasllar haqida maqollar ayttirib mashg’ulotni tugatishi mumkin.
Qish g’amini yozda ye.
Bahorgi harakat-kuzgi barakat.
Yozgi mehnat-qishki rohat.
Yer haydasang kuz hayda,
Kuz haydamasang yuz hayda.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Bir yilda nechta fasl bor?
Siz qaysi faslni yoqtirasiz?
Mehnat haqida maqollar aytib bering.

4.Bolalarda ravon nutq rivojlanishini yoshga xos xususiyatlari.


Bolalarning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqnitog’ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribasiga, tog’ri nutq muhiti va ta’lim-tarbiyasiga bog’liq.
Nutq tug’ma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanib boradi. Nutq buzlishlarini o’rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yo’lini, bu jarayonning o’ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol o’ynovchi sharoitni bilish lozim.
Bunda tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilish zarur. Bu esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o’z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bo’ladi.
G.I.Rozengrad-Pupko bolada nutqni rivojlanishini ikki davrga ajratadi: 1.tayyorlov davri (2 yoshgacha); 2.nutqning mustaqil shakllanish davri. A.N.Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga ajratadi:
1. Tayyorgarlik davri-bola tug’ilganidan bir yoshgacha;
2. Bog’chagacha bo’lgan davr -3 yoshgacha;
3. Maktabgacha bo’lgan davr- 7 yoshgacha;
4. Maktab davri.
Bola tug’ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va yig’idan iborat bo’ladi. To’g’ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin ana shu qichqiriq va yig’i nutq apparatining 3 bo’limi (nafas olish, ovoz hosil bo’lish, artikulyatsion) rivojlanishida katta rol o’ynaydi.
Ikki hafta o’tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e’tibor bera boshlaydi. Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo’shiq (alla) ostida tinchlanishi mumkin bo’lib qoladi.2 oylik atrofida gu-gulash, 3-oyning boshida bog’inlarning talaffuzi paydo bo’ladi. Bunda tovushlar birikmalari aniq artikulyasiya qilinmaydi.Bola 5 oyligida tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari artikulyatsion harakatini ko’rib unga taqlid qilishga harakat qiladi. Bolaning qandaydir aniq harakatlarni ko’p marotaba takrorlashi harakat ko’nikmasining mustahkamlanishiga olib keladi. 6 oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali ba’zi bo’g’inlarni talaffuz eta boshlaydi.
Ikkinchi yarim yillikda bola ba’zi bir tovushlar birikmasini idrok qila boshlaydi va ularni predmetlar yoki harakatlar bilan bog’laydi. Bola 7-9 oyligida kattalar ketidan turli xil bo’g’inlarni qaytara boshlaydi. 10-11oyligida so’zlarning o’ziga reaksiya paydo bo’la boshlaydi (vaziyat va gapirayotgan kishining intonatsiyasidan qat’i nazar).
Ikkinchi davr-bog’chagacha bo’lgan davr. (1yoshdan 3 yoshgacha). Bolada birinchi so’zlar paydo bo’lgandan so’ng, tayyorlov davri tugab, aktiv nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar artikulyatsiyasiga e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan so’zlarni ko’p marotaba takrorlaydi va o’zi ham so’zlarni talaffuz qiladi. Bola hayotining 2-3 yiliga kelib, uning lug’at boyligi sezilarli darajada boyib boradi.
Eng keng tarqalgan ma’lumotga ko’ra bolalarning lug’at boyligini bog’chagacha bo’lgan davrda o’sishi quyidagi raqamlarni ko’rsatadi:1 yoshu 6 oylikda-10-12 ta so’z, 2-yilning oxiriga kelib 300 ta so’z, 3 yoshga borganda -1000 ta so’z.
Bola hayotining 3-yiliga kelib, nutqning grammatik tomoni shakllana boshlaydi. Avval bola o’z xohish va iltimoslarini bir so’z bilan ifodalaydi. Keyinchalik 1-2 ta so’zdan iborat sodda jumlalar paydo bo’la boshlaydi.
Uchinchi davr – maktabgacha bo`lgan davr (3 yoshdan 6 yoshgacha). Maktabgacha bo’lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyatsion jihatdan oson talaffuz etiladigan: lab-lab, lab-til undoshlari – p, b, m, f, v va boshqalarni o’rganadilar. Artikulyatsion jihatdan etish qiyin bo’lgan: shivirlovchi, sirg’aluvchi (s, z, sh, j, ch) va sonor (r, l), til orqa (k, g) tovushlarni talaffuzini egallashda qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda notog’ri qo’llaydilar yoki talaffuz etmaydilar.
Bu davrda lug’at boyligining o’sishi davom etadi. Bolalarning 4-6 yoshida uning aktiv lug’ati 3000-4000 ta so’zgacha yetadi. Lug’at boyligi o’sib borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi.
Bola hayotining 4-yiliga kelib, ular o’z nutqlarida sodda va murakkab gaplarni qo’llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa, qo’shma gaplardan erkin foydalana oladilar. 5 yoshli bolalar qo’shimcha savollarsiz hikoya va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega bo’ladilar.
Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi. Bola avval unli va undoshlarni, so’ng sonor, shovqinli va sirg’aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydilar. Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok shakllangan bo’lishi lozim. Bu vaqtga kelib tovushlarni tog’ri talaffuzining shakllanishi tugallanadi va bola har tomonlama to’g’ri, aniq gapiradi.
To’rtinchi davr- maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bu davrning o’ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrladagiga nisbatan ongli ravishda ro’y beradi. Bu davrda bolalar tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarini egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq yetakchi rol o’ynaydi. Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni o’zlashtirib olishga, tevarak-atrof haqidagi bilim va tasavvurini kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir.

XULOSA.
Mamlakatimizda fan-texnika yuksak sur’at bilan rivojlanib borayotgan bir paytda yosh avlod zimmasidagi mas’uliyat ham ortmoqda. Ularga berilishi lozim bo’lgan bilimlarning hajmi yil sayin oshmoqda.


Bolalarni bog’chadayoq maktabga tayyorlash maktabda esa ularni o’qitishning yangi shakllari amalga oshirilmoqda. Modomiki, harakat va so’z insonning o’zligini namoyon etuvchi asosiy vosita ekan, buning uchun bolaning jismoniy va nutqiy tarbiyasiga ilk davrdan boshlab e’tibor qaratmoq lozim.
Nutq kamchiliklarining kelib chiqishi sabablarini oilada har biro ta-ona, maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyachi, maktabda esa o’qituvchilar bilishlari zarur. Chunki nutq kishilarning til vositasi orqali aloqa jarayonining tarixan topgan formasidir. Shunindek, nutq rang-barang ifodali tovushlarning majmuasidan iborat. Bu tovushlar oliy nerv sistemasining signallari vositasida nutq organlarining turlicha shakllanishi yoki harakati natijasida paydo bo’ladi. Shuning uchun nutq tovushlarining vujudga keltiruvchi manbalarini organlar fiziologiyasini, ularning faoliyatini o’rganish talaffuzdagi nuqsonlarning kelib chiqish sababini aniqlash, to’g’ri va ravon talaffuzni ta’minlovchi omillardan biridir. Nutq bolalarda asta-sekin shakllanadi,bola o’sib rivojlanib boradi. Aslida bola nutqining o’sib borishidagi hal qiluvchi bosqich bir yarim yoshdan besh yoshgacha bo’lgan davrga to’g’ri keladi. Bu davrda bolaning nutqi muayyan sur’atda, besh yoshdan keyin esa nutq intensiv ravishda xilma-xil o’sib boradi. Biroq ayrim bolalarning nutqiy rivojlanishida bir qator kamchiliklar uchraydi va ma’lum bir sababga bo’g’liq bo’ladi. Tovushning notog’ri talaffuz etishni ona tilidagi hamma tovushlarda uchratish mumkin. Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, bolalarning ko’pchiligi asosan artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo’lgan tovushlarni notog’ri talaffuz etadilar.
Bizning bebaho boyligimiz bu minglab avlodlar tomonidan yaratilgan va doimiy takomillashib boriladigan til. Til qobiliyati, til bizni odamga aylantiradi: tirik mavjudotlar dunyosida boshqa aloqa tizimlari ishlab chiqilgan, ammo ularni inson tili va undan foydalanish mexanizmlari bilan taqqoslab bo’lmaydi. Nutq odamlarning ushbu boylikni mukammallashtirishga bo’lgan intilishini tushunish qiyin emas: nafaqat so’zlarva ularning kombinatsiyasining qoidalarini bilish, balki nutqni shakllantirishning eng murakkab tizimiga, boshqa odamlarning nutqini idrok etish va uni tushunish, bolaning shovqinidan tortib, erkin oqadigan, mantiqiy va ma’ruzachining so’zli, ishonarli nutqiga qadar odam uzoq o’rganish yo’lidan o’tadi.
Bir kishi hayoti davomida nutqini rivojlantiradi. Bolalar bog’chasida bola turli xil texnik vositalardan foydalangan holda nutqni rivojlantiradi: matematikada-mantiqiy muammolarni yechishda, mutqni rivojlantrish darslarida-so’z birikmalaridan foydalanish, nutq mashqlari, matnni o’qish va qayta o’qish, rasmlar, buyumlarni tasvirlash, ertaklar o’qish va h.k. O’quv jarayonida nutqning rivojlanishi bolalarning so’z boyligini boyitishga, rus adabiyot tili normalarini mohirona o’rganishga olib keladi. Nutqning rivojlantirish jarayoni uzoq davom etadi va tarbiya yillari davomida amalga oshiriladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
Babayeva D. R. “Bolalar nutqini o’stirish nazariyasi va metodikasi”. Toshkent “ Barkamol fayz media”. 2018.
Fayzullayeva M, Rahimova Z, Rustamova M. “ Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o’stirish”. Toshkent-2010.
Safarova R. va boshqalar. “Savodga o’rgatish darslari”. Toshkent “ Ma’naviyat”. 2003.
Shodiyeva Q. “Maktabgacha yoshdagi bolalarni tog’ri talaffuzga o’rgatish”. Toshkent. “O’qituvchi”, 1990.
Shodiyeva Q. “O’rta guruhlarda bolalar nutqini o’stirish”. Toshkent . “O’qituvchi”,1993.
Qodirova F.R, Qodirova R.M. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. Toshkent. “Istiqlol” 2006.
Sharipova M.B, Nizomova SH.SH. “ Bolalar nutqini o’stirish” maruzalar matni. Buxoro. 2019-2020 o’quv yili.
Babayeva D.R. “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” o’quv- uslubiy majmua. Toshkent-2018.
O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to’g’risidagi Nizom. Maktabgacha tarbiya-Toshkent-2010.
Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi, Toshkent-2011.
O’zbekiston Respublikasi “Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o’quv dasturi. Toshkent -2018.
Elektron ta’lim resurslari:
www.tdpu.uz
www.pedagog.uz
www.ziyonet.uz
www.Edu.Uz
Download 23,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish