YOSHLARNI MILLIY QADRIYATLAR VA URF-ODATLARGA HURMAT
RUHIDA TARBIYALASH
Toshmurodov Bahriddin Umarovich,
NavDPI “Musiqa ta’limi” kafedrasi
katta o`qituvchisi
Ma’naviyatni yuksaltirish va xalqning ruhini ko’tarishda tarixiy meros hamda
tarixiy xotiraning juda katta ahamiyati bor. Tarixni haqqoniy o’rganish, undan saboqlar
chiqarish lozim. O’zbek xalqi jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa qo’shgan millatlar
qatoridan faxrli o’rinni egallaydi. Rizouddin ibn Faruddinning “Oila” nomli risolasida “Bola
tarbiyasi yomon niyat va qo’pollik bilan emas, balki sabr-toqat matonat, mehribonlik,
chidamlilik, shafqatu sezgirlik bilan bo’lishi kerak. Bundan esa bolani tizg’insiz hayvon kabi
o’z holiga qo’yish lozim , degan gap kelib, chiqmaydi. Zarar bilan foydani ayira olmagan
yosh go’dakni nazoratsiz tutish ulug` xatolikdir. Balki uni qattiqlik bilan yumshoqlik
o’rtasida, adolat bilan tarbiya qilmoq kerak” ligi haqida fikrlar berilgan .
Bolalarni kamtarlik va donolikka o’rgatishda buyuk o’zbek mutafakkiri Abu Ali ibn Sino
kabi olimlarimizning hayot namunalari va bizga meros qilib qoldirilgan durdona fikrlarini
asos qilib olish foydalidir. Kamtarlik va donolikda Ibn Sinoningg o’zi ajoyib namuna
ko’rsatdi. U fanning juda ko’p tarmoqlari sohasida buyuk kashfiyotlar yaratdi. Ilmning turli
44
sohalarida, jumladan ta’lim-tarbiyada ham qimmatli fikrlar yaratdiki, u o’z hayotida, bularni
yetarli emas deb hisobladi.
Ibn Sino manmanlik, maqtanchoqlik va o’zidagi bilimga ortiqcha baho berish kabi
xususiyatlarni kishining axloqi past ekanligini ko’rsatuvchi belgilar deb ta’kidlaydi. Uning
fikricha, oilada bola yoshligidan boshlab faqat yaxshi qiliqlarga o’rgatilishi kerak, bu esa
unda mustahkam xarakter shakllanishiga zamin yaratadi.
Ibn Sino yosh bolani yaxshi axloqli, jismoniy sog’lom qilib yetishtirishda ko’pgina foydali
usullarni ko’rsatib beradi. U tarbiya jarayonida shaxsiy namuna bo’lish usuli g’oyat katta
ahamiyatga ega ekanligini qayta-qayta uqtirib o’tgan. Ibn Sino Oilaviy tarbiya to’g’risidagi
fikrlarining chuqur mazmunini va amaliy ahamiyatini uning quyidagi so’zlaridan bilib olish
mumkin: “Bolaning xulqini mo’tadillikda saqlashga alohida e’tibor berish kerak, unga esa
bolani qattiq g’azablanishdan, qo’rqish, xafalik va uyqusizlikdan saqlash orqali erishiladi.
Bolaning xohlagan va foydali narsasini ko’zdan uzoqlashtirishga doim tayyor bo’lib turish
kerak. Bu ishning ikki xil foydasi bor. Bir tomondan bolaning ruhiga foyda qiladi, bola eng
yosh chog’idanoq xushxulq bo’lib o’sadi va bora-bora unga bu xushxulqlik odat bo’lib
qoladi. Ikkinchi tomonidan, bolaning tanasiga foyda qiladi, chunki yomon xulq turli mijoz
buzilishlaridan bo’ladi. SHuningdek, agar yomon xulq odatga kirib qolsa, u mijoz buzilishini
keltirib chiqaradi. Masalan, G’azab kuchli qizdiradi, qayg’u kuchli ozdiradi. Xulqning
mo’tadilligi natijasida ham nafas, ham badan sog’lom bo’ladi”.
Milliy udumimiz bo’yicha bola dunyoga kelganda eng avvalo eshitgan tovushi olloh
taoloning ismi bo’lishi lozim. SHuning uchun ham uning qulog’iga azon aytiladi. Yettinchi
kunda sochi olinib, sochi og’irligida kumush yoki oltin sadaqa berganlar. Ota-onalar
bolalariga yaxshi tarbiya, chiroyli xulqlarni va ko’rkam odatlarni o’rgatmoqlari kerak.
Madaniy yodgorliklar, me’morchilik san’ati namunalari, qadimiy qo’lyozmalar – milliy
ma’naviyatning bebaho durdonalari, xalqimiz uchun eng qadrli va muqaddas bo’lgan
boyliklardir. Bularni avaylab-asrash, kelajak avlodlarga yetkazish ma’naviyat sohasidagi eng
dolzarb vazifadir. Ilm-fan va uning yutuqlari – milliy yoki hududiy chegaradan chiqadigan,
butun jahon e’tirof etadigan, umuminsoniyatga xizmat qiladigan boylikdir. Biroq olimning
ijodi va uning ilmiy kashfiyoti avvalo uning millati va Vatanini dunyoga tanitadi, milliy
qadriyatni jami bashariyatning yutug’iga aylantiradi. Milliylik, xalqning ruhiyati va
ma’naviyati, ayniqsa, san’at va adabiyot rivojida yorqin ifodalanadi. Ezgulik va poklikni,
insoniylik va haqqoniylikni kuylagan buyuk asarlar, qaysi janrda yoki qaysi tilda
yaratilganidan qat’iy nazar, jahonga taniladi, pirovardida yana shu millatning xalqaro
nufuzini yuksaltiradi. Milliy qadriyatlar tizimida axloqiy sifatlar, diniy qadriyatlar munosib
o’rin egallaydi va milliy o’zlikni anglashning muhim sharti, omili sifatida namoyon bo’ladi.
Axloqiy va diniy qadriyatlar aksari hollarda o’zaro bog’liq bo’lib, jamiyatning ma’naviy
yuksalishida, yosh avlod tarbiyasida birdek muhim ahamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati, birinchidan, millati, irqi, tili,
dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma’lumoti va e’tiqoddan qat’iy nazar yoshlar to’g’risida
g’amxo’rlik qilish, ikkinchidan, yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish,
uchinchidan, yoshlar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, ularning O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida o’z manfaatlarini amalga oshirish yo’llarini erkin
tanlab olishlariga kafolat berish, to’rtinchidan, jamiyatni rivojlantirishda, ayniqsa, respublika
yoshlari hayotiga oid siyosat va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda
yoshlarning bevosita ishtirok etishi, beshinchidan, huquq va burchlarning, erkinlik va
fuqarolik mas’uliyatining birligi qoidalariga asoslanadi. SHuningdek, keksalarga hurmat –
inson yaratgan uning ma’naviy mavjudligini ifoda etuvchi qadriyat. Tirik tabiatning «yashab
qolish uchun kurash», «faqat kuchlilar yengadi» qabilidagi qonunlari mavjud. Qariyalarni
45
e’zozlash, keksalarga ehtirom, mehr-muruvvat ko’rsatish - insoniy fazilatdir. Bularsiz milliy
o’zligimizni tasavvur eta olmaymiz.
Kattalarni hurmat qilishdek milliy qadriyat, ba’zan yoshi va ilmi ulug’lar qolib, mansab va
lavozimi yuqorilarga qulliq qilish kabi holatlarni e’tirof etmaydi. Ayni paytda, xalq
tomonidan ko`rsatiladigan yuksak ehtirom keksalarga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Ayol
zotiga ehtirom – insoniyatning yarmini tashkil etadigan xotin-qizlarga bo’lgan
munosabatning eng yuqori cho’qqisi bo’lib, insoniy qadriyatlardan biridir.
Xulosa qilib aytganda, milliy ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy hayotning va ma’naviy
borlig’imizning muhim va serqirra sohasi bo’lib, inson va jamiyat kamolotida muhim
ahamiyat kasb etadi. Milliy qadriyatlar muttasil rivojlanib, takomillashib boradi. Bularning
ijtimoiy guruhlar va alohida shaxslar tomonidan o’zlashtirilishi ta’lim va tarbiyani talab
qiladi, shuningdek, yoshlarni milliy qadriyatlar va urf-odatlar ruhida tarbiyalashda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |