Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

Фойдаланилган адабиётлар 
 
1.
М.Артикова. Олий таълим тизимида “Устоз-шогирд” анъаналаридан 
фойдаланишнинг ўзига хослиги. http//fikr.uz/posts/96-46hnml 
2.
К.Н.Жўрабоев 
“Устоз-шогирд” 
тизимида 
рақобат 
усуллари 
http//www.fikr.uz/posts/ta`lim-fan taraqqiyoti/4894.htiml 
3. Инновацион таълим технологиялари. Муслимов Н.А. Тошкент.: “Сано Стандарт” 
нашриёти, 2015.
O`ZBEKISTONDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI 
RIVOJLANTIRISH VA TARG`IB ETISHGA QARATILGAN HUQUQIY 
MA`NAVIY ISHLAR. 
 
Artiqova Adolat Nav.DKI
 akademik litsey tarix fani o’qituvchisi
Har bir mamlakatda demokratiya va fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik, yetuklik 
darajasi siyosiy partiyalar, harakatlar va jamoat tashkilotlarining mavjudligi, jamiyatdagi 
o`rni va faolligi bilan belgilanadi. Jumladan bunday salbiy ko`rinishdagi axborotlarga qarshi 
ma`rifat bilan javob qaytarmog`imiz lozim “...hozirgi vaqtda axborot-kommunikatsiya sohasi 
shiddat bilan rivojlanmoqda televideniya, radio, internet, kompyutr, mobel telefon kundalik 
hayotimizdan chuqur joy olmoqda. Biz ana shu imkoniyatlardan samarali foydalanib
mamlakatimizda yoshlarning kitob o`qishga bo`lgan qiziqishini kuchaytirish, aholining 


299 
kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e`tabor qaratishimiz lozim”
1
Afsuski, 
sovetlar hukmronligi davrida XX asr boshlaridayoq Vatanimizda shakllana boshlagan siyosiy 
tashkilotlar va ularning rahbarlari yo`q qilib tashlandi, kommunistik partiyadan boshqa 
siyosiy partiyalar tuzish taqiqlandi. 
Ommaviy axborot vositalari - jamiyat a`zolarini, ommani, xolis va haqqoniy axborotlar 
bilan ta`minlovchi asosiy vositadir. So`nggi paytda ommaviy axborot vositalari atamasidan 
ko`ra ko`proq ommaviy kommunikatsiya vositasilari - atamasi qo`llanilyapti. Nima uchun 
shunday? “Elektronika asri”ning kirib kelishi axborotni tasvir va tovush vositalari orqali ham 
jamoatchilikka yetkazadigan bo`ldi. Demak, shu bois matbuotga nisbatan, ommaviy axborot 
vositalari atamasi qabul qilingandi. Bugunga kelib zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari o`zaro muomala qilish va axborot ayirboshlashnining mutlaqo yangi shakllari 
va imkoniyatlarini ochib berdi. Shu bois ham axborot ayirboshlashga nisbatan ommaviy 
axborot vositalari atamasini qo`llash bir tomonlama ma`no kasb etadi. Shunga qaramasdan 
bevosita jamoatchilikka daxldor bo`lgan axborot yetkazish bilan shug`illanuvchi vositalar 
bular ommaviy axborot vositalaridir.
O`zbekistonda ommaviy axborot vositalarining huquqiy holati dastlab davlatning 
bosh qomusi Konstitutsiyada belgilab berilgan. Uning 67-moddasida: “Ommaviy axborot 
vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to`g`riligi uchun 
belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo`l qo`yilmaydi”
2
, deyb qonuniy kafolati 
qayd etib o`tilgan. 
Ommaviy axborot vositalari albatta, doimiy nomga ega bo`lishi, o`sha nom bilan 
chiqishi va ro`yxatdan o`tgan bo`lishi kerak. Qonunchilikda bitta nomdagi ikkita ommaviy 
axborot vositasi bo`lishiga yo`l qo`yilmaydi. 
OAVlari to`g`risidagi va jurnalistlarning huquq va erkinliklari, mamlakatimizdagi 
qonunchilik tizimi haqida gapirganda aytish lozimki, ular shu nuqtai nazardan xalqaro 
huquqiy me`yorlarga mos keladi. Erkin faoliyat sharoitidagina OAVlari va jurnalistika
jamiyat a`zolarini xolis va haqqoniy axborot bilan ta`minlash vazifasini uddalay oladi. 
So`z va fikrlash erkinligi kafolatlangan jamiyat o`zi uchun eng kerakli maqsadlar va 
qadriyatlarni belgilab oladi. Adam Mets keltirgan faktda xat orqali bo`ladigan muloqot 
boshqa har qanday ko`makdan yuqori qo`yiladi: “Yaxshi so`zning savobiga hech narsa 
yetmaydi”
3
Masalan, so`z erkinligi haqiqatning qaror topishiga, jamiyatda rasmana 
demokratik boshqaruvni o`rgatilishiga, mojorolarni kuch ishlatmasdan hal qilishga va 
shaxsning jamiyat vakili sifatida o`zini to`la namoyon qilishga ko`mak beradi. hukumat va 
vakillik organlari ustidan doimiy jamoatchilik nazoratini o`rnatadi.
Aslida demokratiya - o`zaro erkin muloqot, degani. Odamlar bir-birlari bilan o`zlari 
uchun mushtarak narsalar haqida gahlashadilar va o`zaro umumiy taqdirlari haqida xulosa 
qiladilar. Rivojlangan demokratik davlatlarda fuqorolar g`oyalari va qarashlarining erkin 
1
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T. 
O`zbekiston n. 2017 yil 114 bet 
2
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyast T. O’zbekiston n. 2016 y, B-22 
3
Адам Мец. Мусулманский реннессанс—М.:Наука,1973. – Б. 33. 


300 
almashuvi natijasida, oxiri haqiqat yolg`onni yengadi, degan ishonch bilan yashaydilar. 
Bunday axborot almashuv hajmi qancha katta bo`lsa, shuncha yaxshi. Bu haqda amerikalik 
essenavis I.B.Uayt shunday deydi: “Bizning ozod mamlakatda matbuot o`zining ezgu 
fazilatlariga binoan emas, balki o`zining xilma-xilligi tufayli mustahkam va foydalidir. 
Modomiki, matbuot egalari ko`p ekan va ularning har biri haqiqat haqidagi o`zining fikriga 
sodiq ekan, biz, xalq, haqiqatga erishmoq va nurga burkanib yashamoq imkoniyatiga egamiz. 
Xavfsizlik - xilma-xillikdadir”. 
Matbuotni rasmana demokratlashtirish uchun nima qilish kerak?. Buning uchun bizda 
qonuniy asos bormi? Buning uchun birinchidan, so`z erkinligini himoya qiluvchi mezonlarga 
mos qonunlarning mavjudligi, ya`ni huquqiy asosni mustahkamlash lozim. Bu bizda 
ta`minlangan. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida so`z erkinligi kafolatlandi, senzura 
man qilindi. Qabul qilingan ushbu sohaga taalluqli qonunlarni demokratiya rivojlangan 
davlatlar bilan taqqoslaydigan bo`lsak, bizda uning kuchli va puxta ishlanganini guvohi 
bo`lamiz. Bu sohada asosiy masala bu qonunlarni hayotga tatbiq etish orqali erkin faoliyat 
yuritishdadir. Bu qonunlar qog`ozda qolib ketmasligi, ularga hayotda amal qilish kerak. 
Qolaversa, erkin fikrni gazetxonlar saviyasiga mos axborotlarni chop etishga chog`langan 
OAVlarining moliyaviy quvvatga ega bo`lishi va buning uchun hur fikrlilik, qobiliyatli 
xodimlarga va o`quvchilar xohlaydigan haqqoniy va samimiy mulohazalarni chop etish 
natijasida uni pul bilan ta`minlaydigan obunachi sonini - bir so`z bilan aytganda, har bir 
ommaviy axborot vositasi ham ma`naviy -ruhiy, ham moddiy jihatdan qo`llab-
quvvatlaydigan o`z auditoriyasiga ega bo`lishi lozim. 
Mutaxassislarning fikricha, yangi mustaqil davlatlarda ommaviy axborot 
vositalarining mustaqilligi va erkinligi asosan, uch omilga: 

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish