Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

birinchidan,
maxsus qonunlar va 
qoidalarning mavjudligiga
ikkinchidan
, ishning ko`zini biladigan rahbarlarning va bozor 
iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy kun kechira olish qobiliyatining mavjudligiga hamda, 
uchinchidan,
kasb mahorati va o`z so`zi uchun ma`suliyat hissining darajasiga bog`liq. 
Mamlakatimiz demokratik huquqiy davlat qurish g`oyasiga sodiqligini jahon oldida 
e`tirof etmoqda. Shunday ekan, so`z erkinligi uchun tazyiqqa uchragan jurnalist ham uning 
maqolasi tufayli o`zini haqoratlangan sezayotgan amaldor uchun ham yo`l bitta-qonuniy 
huquqlarni himoyasini so`rab so`zga murojaat qilishdir. Buning uchun esa, har bir fuqaro 
amaldagi qonunni va o`z huquqini yaxshi bilishi kerak bo`ladi. Siyosiy partiyalar, ijtimoiy 
harakatlar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamiyatda fikrlar erkinligi va 
muxolifatni shakllantiradi, aholining siyosiy faolligi va siyosiy madaniyatini o`sib borishiga 
xizmat qiladi.
Bugunga kelib zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o`zaro muloqot va 
axborot ayirboshlashning mutlaqo yangi shakllari va imkoniyatlarini ochib berdi. Shu bois 
ham axborot ayirboshlashga nisbatan ommaviy axborot vositalari atamasini qo`llash bir 
tomonlama ma`no kasb etadi. Shunga qaramay bevosita jamoatchilikka daxldor bo`lgan 
axborot yetkazish bilan shug`ullanuvchi vosita-ommaviy axborot vositalaridir.
 


301 
YOSHLARNI G’OYAVIY XURUJLARDAN HIMOYA QILISHDA AJDODLAR 
MA’NAVIY MEROSINING O’RNI
 
Shukurov Nusratillo Narzullaevich 
NavDPI katta o‘qituvchisi 
 
Betakror o’zbek zamini o‘ziga xos go‘zal tabiati, iqlim sharoiti, madaniy – ma’naviy 
hayoti, hunarmandchiligi, dehqonchiligi, chorvachiligi hamda sanoati bilan qadimda ham, 
hozirda ham mashhur bo‘lgan hudud hisoblanadi. Bu go‘shani manbalarga tayanib, jamiyat 
taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘sha olgan zamin desa bo‘ladi. Birgina Quyi Zarafshon 
vohasining qadimiy maskanlaridan bo‘lgan Navoiy viloyati qishloq va shaharlaridan topilgan 
osori atiqalar ushbu zaminda o‘z aqlu zakovati, ilmu ma’rifati va o‘lmas ma’naviyati bilan 
nom qoldirgan buyuk zotlar yashaganligidan dalolat beradi. Ajdodlardan qolgan ilmiy va 
ma’naviy merosni, tarixiy va madaniy yodgorliklarni o‘rganib, uni kelajak avlodga qoldirish 
esa bugungi kun farzandlarining muqaddas burchidir. Chunki, tarix hech qachon o‘lmaydi, 
yo‘qolib ketmaydi. Dunyo ahliga ma’lumki, mamlakatimiz, jumladan o‘zbek xalqi juda 
qadim tarixga ega. O‘zining madaniyati, san’ati, adabiyoti, ma’naviyati, aql – zakovati, 
hunarmandchiligi, ta’lim va tarbiya borasidagi tajrabasi bilan ko‘hna Sharq, qolaversa, butun 
jahon taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘sha olgan qadimiy yurtimiz istiqlol tufayli qayta 
dunyoga keldi. Shukrlar bo‘lsinkim, tilimiz, dinimiz, madaniyatimiz, tariximiz, an’analarimiz 
o‘z qadr – qiymatini topdi. Qizil imperiya davrida milliy qadriyatlarimiz haqida og‘iz 
ochishga hayiqardik. Endi yurtimiz ozod, tilimiz uzun, ko‘ksimiz tog‘dek. Shu bois ma’rifat, 
ma’naviyat, milliy mafkuramiz rivojiga ham yo‘l ochiq. Bu jarayonlarda avvalo yoshlar 
tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylangan, desak 
mubolag’a bo’lmaydi.
Barchamizga ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat 
rahbari sifatidagi dastlabki faoliyatini aynan yoshlar masalasiga kengroq e’tibor qaratish, 
ularga barcha imkoniyatlarni yaratish uchun muhim chora – tadbirlarni amalga oshirish bilan 
boshladi. 2019 yil iyul oyida BMTning Assambleyasining 72 – sessiyasida so’zlagan nutqida 
“Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo’lib kamolga 
yetishi bilan bog’liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o’z salohiyatini namoyon qilishi 
uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat”,
269
- deb, alohida ta’kidlab o’tgan edi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tarixni millat ravnaqining tayanch manbasi deb atadi. 
Zero o‘tmishni, tarixni izchil o‘rganish, uning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash tarix 
qonuniyatilarini o‘rganish asosidagina yuzaga chiqadi. O‘tmish tariximiz esa bevosita 
madaniy an’analar va milliy, diniy qadriyatlarimiz bilan chambarchas bog‘liq holda taraqqiy 
etib kelgan. Tarixiy manbalar va adabiyotlarning guvohlik berishicha, Quyi Zarafshon 
vohasida, xususan Navoiy viloyatida ko‘plab avliyolik darajasiga etgan olimu donishmandlar, 
shayxlar, tasavvuf namoyandalari, islom olamida ma’lum va mashhur bo‘lgan piru 
komillarning manzillari borki, xalqimiz asrlar osha bu joylarni muqaddas bilib, ulardan o‘z 
maqsadlarida foydalanib kelmoqda. Ularning boy ta’limoti uzoq asrlar davomida xalqimiz 
ma’naviyatini boyitishga xizmat qilib kelgan. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov 
aytganidek, “o‘tmishdagi allomalarning merosi qanchadan – qancha avlodlarning ma’naviy – 
ruhiy ongini va turmush tarzini shaklllantirgan edi va hamon ta’sir ko‘rsatmoqda”.
270
Insonning ruhiy – axloqiy poklanishi, ilohiy muhabbat bilan yuksalib borishi ul zotlar 
269
Sh. Mirziyoyev. “O’zbekiston – yoshlar mamlakati”. “Taraqqiyot strategiyasi markazi”. https://strategy.uz  
270
Каримов И.А. Ўзбекистон:миллий истиқлол, иқтисодий, сиёсий мафкура. Т., “Ўзбекистон”. 1993. 40 – 41 
бетлар. 


302 
ta’limotining asosiy g‘oyalari hisoblangan. Ayniqsa, tasavvuf chuqur insonparvarlik g‘oyalari 
bilan omuxta bo‘lib, haqiqat talabida yurgan odamlar qalbiga yo‘l topa oldi, odamlarning 
poklik, abadiy hayot, ko‘ngil hurriyati, ya’ni ma’naviy kamolot haqidagi orzularini ifodalab 
berdi. Demak, yuqorida tilga olingan fazilatlarning barchasini “ma’naviyat” so‘zi orqali ifoda 
etsak, tasavvuf mazmun va mohiyatiga ko‘ra cheksiz ummonga mengzagulikdir. Ana shu 
“ma’naviyat” tushunchasini bugungi yoshlarimiz ongiga yetkaza olsak, ularni har qanday 
g’oyaviy xurujlardan himoya qila olishimiz oson kechadi. 
Ma’naviyat qotib qolgan aqidalar yig‘indisi emas, aksincha doimiy harakatdagi 
uzluksiz jarayon bo‘lib, taraqqiyot davom etar ekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma’naviy 
hayot oldiga qo‘yiladigan talablar ham muttasil paydo bo‘laveradi. Bunda birinchi 
Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida keltirgan quyidagi 
fikri alohida ahamiyat kasb etadi: “Har qaysi xalq yoki har qaysi millatning ma’naviyatini 
uning tarixi, o‘ziga xos urf – odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur 
etib bo‘lmaydi. Bu borada tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy 
yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi”.
271
Shuni narsani alohida 
ta’kidlab o‘tish lozimki, ma’naviyat faqatgina o‘tmishda buyuk zotlar ta’limotidan yig‘ilgan 
ma’naviy boyliklardan faxrlanish va foydalanish bilan cheklanishni mutlaqo xushlamaydi
balki uning davomiy taraqqiyotini, insonlar hayoti uchun bebaho boylik kabi hayotiy 
zaruratga aylantiradi. Shu bois ulug‘ avliyolar, piru murshidlar, karomatli zotlarning faoliyati, 
ularning ilmiy merosini o‘rganish, tahlil qilishdek savobli ishni bajarish ilm ahlining asosiy 
vazifasi hisoblanadi. Chunki ularning ta’limoti insonlar qalbiga doimo ezgu fazilatlar urug‘ini 
sepgan. Ilm ahli, ayniqsa, yetishib kelayotgan salohiyatli, bilimli yoshlar esa bugungi kunda 
ajdodlar ma’naviy merosini ilmiy talqin etishda, uning mazmun – mohiyatini ochib, xalqqa 
targ‘ib etishda eng asosiy vositachi hisoblanadi. Xalq ma’naviyatining yuksalishi esa 
xalqning o‘z o‘tmishini anglash tuyg‘usini, iymon – e’tiqodini mustahkamlaydi. Bu o‘z 
o‘rnida o‘tmish ma’naviyatini xolisona o‘rganib, uni kelajak avlodlarga etkazib berish 
imkoniyatini beradi.
Xulosa o‘rnida quyidagi fikrni keltirishni joiz deb bildik: Payg‘ambarimiz Muhammad 
alayhis – salom muborak hadislarida aytadilarkim, “o‘z nasablaringizni o‘rganinglar”, shu 
hadisga muvofiq har bir kishi o‘zining ota – bobolari tarixi, o‘z vatani tarixini bilsa, o‘zini 
tanisa haqiqiy, mukammal inson bo‘lib yetishadi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhis – 
salom yana aytadilarkim, “o‘zini tanigan o‘z parvardigorini taniydi”.
272
 
271
Каримов И.А. “Юксак маънавият – енгилмас куч”. Тошкент. “Маънавият”. 2008. 19 – бет. 
272
Абдулкарим ас – Самъоний. “Ал - Ансоб”. “Насабнома”. Бухоро. 1999 йил. 3 – бет. 


303 

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish